Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

 
4. HUJJATLAR AYLANUVI 
Hujjatlarning rasmiylashtirilishidan toki ularni saqlash uchun arxivga 
topshirgunga qadar bosib o‘tgan yo‘li hujjat aylanishi deyiladi. Buxgalteriya 
hisobida hujjatlarning bunday harakati korxona rahbari yoki u qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda tayinlagan shaxslar tuzadigan hujjatlar aylanuvi jadval bilan 
tartibga solinadi. Hujjatlar aylanuvi jadvali korxona rahbarining buyrug’i bilan 
tasdiqlanadi. Hujjatlar aylanuvi jadvali, korxonaning har bir bo’linmasi hamda 
barcha ijro etuvchilar tomonidan ularning o’zaro bog’liqligini va ishlarni bajarish 
muddatini ko’rsatgan holda bajariladigan, hujjatlarni tuzish, tekshirish va ularga 
ishlov berish bo’yicha ishlarning chizmasi yoki ro’yxati ko’rinishida 
rasmiylashtiriladi.
Korxona xodimlari o’z faoliyat sohasiga taalluqli bo’lgan hujjatlarni hujjatlar 
aylanuvi jadvali bo’yicha tuzishadi va taqdim etishadi. Buning uchun xar bir 
ijrochiga jadvaldan ko’chirma beriladi. Ko’chirmada ijrochining faoliyat sohasiga 
tegishli hujjatlar, ularni taqdim etish muddatlari va ushbu hujjatlar taqdim 
etiladigan korxona bo’linmalari ko’rsatiladi. 
Hujjatlar aylanuvi jadvaliga rioya qilish uchun javobgarlik hamda hujjatlarni 
o’z vaqtida va sifatli tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun 
ularni o’z vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi 
bo’yicha javobgarlik ushbu hujjatlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga 
yuklanadi.
Ijrochilarning korxona bo’yicha hujjatlar aylanuvi jadvaliga rioya qilishlarini 
nazorat qilish korxona rahbari yoki u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
tayinlagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Hujjat aylanish jadvali korxonada 
oqilona hujjatlar aylanuvini ta’minlashi (har bir birlamchi hujjatning o’tishi 
bo’yicha ijro etuvchilarning maqbul sonini nazarda tutishi, hujjatning bo’linmada 
eng kam muddatda bo’lishini belgilanganligi) lozim. 


393 
Hujjatlar aylanuvi jadvali korxonada butun hisob ishining yaxshilanishiga
buxgalteriya hisobi nazorat qilish funktsiyasining kuchayishiga yordam berishi 
lozim. 
Hujjat aylanish jadvalida hujjatlarni rasmiylashtirishga ma’sul shaxslar, hujjatlar 
tuziladigan joy, ularni tuzishdan to arxivga topshirgunga qadat harakat muddati 
belgilab qо‘yiladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling