Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBI HUJJATLARINI TURKUMLASH
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
2. BUXGALTERIYA HISOBI HUJJATLARINI TURKUMLASH.
Hujjatlar muayyan axborotni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun har qanday korxona faoliyatini hujjatlarsiz tassavur qilib bo’lmaydi. Buxgalteriya hujjatlari mazmunan, shaklan, hajman xilma-xil bо‘ladi. Ularning maqsadi, yo’nalishi va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunga kо‘ra, hujjatlarni to’ldirishga qо‘yilgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlarni tuzishga qо‘yiladigan alohida talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat о‘ziga xos xususiyat va sifatlarga ega. Hujjatlarni xususiyat va sifatlarini bilmasdan turib buxgalteriya hisobi hujjatlarini tо‘g‘ri tuzish mumkin emas. Korxona xо‘jalik faoliyatida yuz beradigan kо‘p sonli operatsiyalarni hujjatlashtirish uchun turli - tuman hujjatlardan foydalaniladi.Ular alohida belgilari bо‘yicha guruhlanadi: 1. Bajaradigan vazifasiga kо‘ra; 2/ Xо‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibiga kо‘ra; 3. Tuzilish joyiga kо‘ra. Barcha hujjatlar bajaradigan vazifasiga kо‘ra buyruq beruvchi, dalil bо‘luvchi, buxgalteriya yо‘li bilan rasmiylashtiriluvchi va aralash hujjatlarga bо‘linadi. Buyruq beruvchi hujjatlarga xо‘jalik operatsiyasini bajarish uchun farmoyish, topshiriq yoki buyruq berish harakteriga ega bо‘lgan hujjatlar kiradi. Buyruq beruvchi hujjatlarda avvalo bajarilishi lozim bо‘lgan ishning mazmuni va muddati, tartibi, kim tomonidan ijro etilishi kо‘rsatilgan bо‘ladi. Ular xо‘jalik operatsiyasini amalga oshirish va rasmiylashtirish uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Buyruq beruvchi hujjatlar turkumiga ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qilish, ishdan bо‘shatish, ularni mukofotlash tо‘g‘risidagi buyruqlar, tovar moddiy boyliklarni olish uchun berilgan ishonch qog‘ozlari va boshqalar kiradi. Masalan, korxona ekspeditoriga ta’minotchilardan xomashyo olib kelish uchun ishonch qog‘ozi berildi. Ishonch qog‘ozida, ishonch qog‘ozi qaysi korxona tomonidan, kimga, nima maqsad uchun va qancha muddatga berilganligi 387 kо‘rsatiladi. Ishonch qog‘ozi xomashyoni ta’minotchidan olish uchun buyruq berayotganligini tasdiqlaydi. Dalil bо‘luvchi hujjatlar xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligini tasdiqlaydi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga huquqiy asos bо‘ladi. Dalil bо‘luvchi hujjatlarga kassa kirim va chiqim orderlari, talabnomalar, bildirishnoma, marshrut varaqlari, schyot-faktura, tovar - transpot nakladnoylari, va boshqalar kiradi. Buxgalteriya yо‘li bilan rasmiylashtiriluvchi hujjatlar buxgalteriya xodimlari tomonidan tuziladi. Bunday hujjatlar buyruq beruvchi va dalil bо‘luvchi hujjatlarning ma’lumotlariga kо‘ra buxgalteriya hisobi schyotlariga yozuvni amalga oshirishga tayyorgarlik qilish paytida tuziladi. Bunday hujjatlarga moddiy javobgar shaxslarning, kassirlarning va hisobdor shaxslarning hisobotlari, har-xil hisob-kitoblar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, egri xarajatlarni taqsimlash, foydani taqsimlash bо‘yicha hisoblar hamda jurnal-orderlarni, qaydnomalarni va guruhlash qaydnomalarini tо‘ldirish kiradi. Aralash hujjatlarga buyruq beruvchi, dalil bо‘luvchi va buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi hujjatlarning belgilariga ega bо‘lgan hujjatlar kiradi. Ular bir paytning о‘zida xо‘jalik operatsiyasini sodir bо‘lganligiga va buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirishga hо‘quqiy asos bо‘ladi. Aralash hujjatlar turkumiga kassa chiqim orderi, kassa kirim orderi, hisob - kitob tо‘lov vedmostlari va boshqalar kiradi. Masalan, kassa kirim orderi birinchidan, pul berish uchun farmoyish vazifasini bajarsa, ikkinchidan, kassadan pul berilganligini isbotlaydi va uchinchidan, buxgalteriya yо‘li bilan rasmiylashtirish uchun maxsus rekvizitlarga ega. Hujjatlar xо‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibiga kо‘ra boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarga bо‘linadi. Boshlang‘ich hujjatlar xо‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda tuzilib, hо‘jalik operatsiyaning sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida huquqiy asos va dalil bо‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich hujjatlarga kassa kirim orderi , kassa chiqim orderi, schyot faktura, yuk nakladnoylari, talabnomalar, tovar-transport nakladnoylari kabi hujjatlar misol bо‘la oladi. 388 Jamlovchi hujjatlar esa boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilib, sodir bо‘lgan operatsiyalarni ma’lum bir vaqt davomida qayd qiladi. Mazkur hujjatlar boshlang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlarni umumlashtiradi. Masalan, limit-zabor kartalari, moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari jamg‘aruvchi vedomostlar va boshqalar misol bо‘ladi. Tuzilish о‘rniga kо‘ra barcha hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bо‘linadi. Ichki hujjatlarga korxona ichida tuzilib shu korxona ichida foydalanadigan hujjatlar kiradi. Tashqi hujjatlarga boshqa korxonalar yoki ayrim jismoniy shaxslar bilan tuzilgan hujjatlar kiradi (yuk nakladnoylari, talabnomalar, tovar-transport nakladnoylari kabi xujatlar misol bо‘la oladi). Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling