Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

4-Amaliy 
vaziyat.Korxonaninghisobotyilidagimahsulotsotishdansoftushum 
213344,0 
mingso’mnitashkilqilgan. 
Sotilganmahsulotlarninguchyotbaholari 
170000,0 
mingso’mni, 
sotishxarajatlariesa 
800,0 
mingso’mni, 
uchyotbaholaridanfarqlar 
+6400,0 
mingso’mnitashkilqilgan. 
Sotilganmahsulotlarningtulatannarxinivakorxonaningyalifoydasinianiqlanghamda
mahsulotlarnisotishbilanbog’liqbo’lganbuxgaltnriyapravodkalarinituzing. 
 
13-MAVZU. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA 
Mavzuga doir atamalar: buxgalteriya hisobi schyotlari, schyotning nomi, 
schyotning raqami (shifri), debet, kredet, oborot, qoldiq (saldo), aktiv schyot, 
passiv schyot, xо‘jalik operatsiyasi, operatsiyalarni schyotlarga yozish (raznoska), 
ikki yoqlama yozuv, pravodka, oddiy pravodka, murakkab pravodka. 
1. XО‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH HAQIDA 
TUSHUNCHA. 
Korxonalar faoliyatida har kuni ularning aktivlarini, passivlarini va 
majburiyatlarini о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan о‘nlab, yuzlab hattoki bir necha 
minglab xо‘jalik jarayonlari sodir bо‘ladi. Amalga oshirilgan har bir xо‘jalik 
jarayoni huquqiy kuchga ega bо‘lishi uchun hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich hisob 
hujjatlari va ularni о‘tkazishga doir farmoyishlar xо‘jalik operatsiyalarining 
buxgalteriya hisobi uchun asos bо‘ladi. Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 
savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi bank 
korporativ 
plastik 
kartalaridan 
foydalangan 
holda 
tо‘langanida tо‘lov 
terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hujjatlari deb tan olinadi. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xо‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan 
paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bо‘linganidan keyin tuziladi. 
Hisobot davriga tegishli bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga 
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bо‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjat 
rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 


384 
Buxgalteriya hujjatlari xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligi yoki 
moddiy qiymatliklarni moddiy javobgar shaxslarga ishonib topshirilganligi haqida 
yozma guvohnoma bо‘lib xizmat qiladi. Xо‘jalik operatsiyalari qog‘oz yoki 
kompyuterlarda о‘qish mumkin bо‘lgan axborot tashish vositalarida (disklarda, 
fleshkalarda, magnit lentalarida, perfo lentalarda va boshqalar) rasmiylashtiriladi. 
Shunga kо‘ra, hujjat axborot tashuvchi vosita bо‘lib, uning yordamida xо‘jalik 
operatsiyalari birlamchi qayd qilinadi.
Har qanday xо‘jalik operatsiyasi sodir bо‘lish ketma-ketligi tartibida 
buxgalteriya hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Bu, birinchidan, buxgalteriya hisobi 
obyektlarini yoppasiga, uzluksiz hisobga olishni ta’minlaydi; ikkinchidan, 
buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kuchga ega bо‘ladi; 
uchinchidan, amalga oshirilgan xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligi haqida 
huquqiy asos, yozma dalil va isbot bo’lib xizmat qiladi; to’rtinchidan, korxona 
xо‘jalik faoliyatini joriy nazorat qilish va tezkor boshqaruv uchun asos bо‘ladi; 
beshinchidan, 
qiymatliklarni saqlanishiga nazorat о‘rnatadi, binobarin, 
qiymatliklarni moddiy javobgar shaxslarga biriktirib qо‘yilganligi hujjat bilan 
tasdig‘ini topadi; oltinchidan, korhona faoliyatini audit qilishga asosiy manba 
bо‘lib hisoblanadi. 
Hujjatlar xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida yozma guvoh 
va dalil bо‘lib, ularni buxgalteriya hisobining qaysi schyotlarida, qancha summada 
aks ettirish kerakligini kо‘rsatadi. Shunga kо‘ra buxgalteriya hujjatlari iqtisodiy 
jarayonlarni boshqarishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan voqealar, hodisalar 
tо‘g‘risidagi axborotlarni maxsus qog‘ozlarda turli usullar bilan rasmiylashtirish 
vositasi vazifasini bajaradi. 
Korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik operatsiyalarini haqiqiyligi 
haqida huquqiy asos, yozma dalil va guvohlik beruvchi hamda buxgalteriya 
hisobini amalga oshirish uchun asos bо‘ladigan maxsus shakldagi ish qog‘ozlari 
hujjatlar deb ataladi. 


385 
Hujjatlashtirish esa, korxonaning xо‘jalik faoliyati ustidan doimiy nazorat 
о‘rnatish maqsadida sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini maxsus shakldagi ish 
qog‘ozlarida aks ettirish usulidir. 
Hujjatlarni shakli ularning kо‘rsatkichlarini (rekvizitlari) soni va ularni 
hujjatlarda joylashuvi bilan belgilanadi. Har bir hujjat о‘z vazifasiga tо‘la javob 
berishi uchun ma’lum kо‘rsatkich va belgilarga ega bо‘ladi. Hujjatlarda qayd 
qilingan xо‘jalik operatsiyalari mohiyatini harakterlovchi va ularga huquqiy kuch 
beruvchi kо‘rsatkich va belgilar hujjatlarning rekvizitlari deyiladi. 
Hujjatlarning 
rekvizitlar 
soni, 
ularda 
aks 
ettiriladigan 
xо‘jalik 
operatsiyalarining mazmuni va qaysi maqsad uchun belgilanganligi bilan 
belgilanadi. Hujjatlarning rekvizitlari zarurligi jihatidan umumiy va xususiy 
bо‘ladi. 
Xо‘jalik operatsiyalarini turli-tumanligiga qaramasdan ba’zi bir rekvizitlar barcha 
hujjatlar uchun umumiydir. Umumiy rekvizitlar hamma hujjatlarda mavjud bо‘ladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir: 
-buxgalteriya hisobi subyektining nomi; 
-hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy; 
-xо‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va о‘lchov birliklari kо‘rsatilgan
miqdor о‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda); 
-xо‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya 
qilish
uchun zarur bо‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari
yoxud boshqa rekvizitlari kо‘rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlarid quyidagi qo’shimcha rekvizitlarkeltirilishi mumkin:
-korxonaning manzili; 
-hujjat bilan qayd qilingan xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun 
asos; 
-hujjatlashtirilayotgan xo’jalik operatsiyasining xususiyati belgilay-digan 
boshqa qo’shimcha rekvizitlar. 


386 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling