Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
RASMIYLASHTIRISH.
Hujjatlar yig‘majildlari varaqlari qora grafit qalam bilan yoki raqamlagich bilan varaqning yuqoridagi о‘ng burchagiga, hujjat matniga tegib ketmasdan, nechta bet borligi sо‘zsiz va tinish belgilarisiz arab raqamlari bilan belgilanadi. 401 402 Idoraviy arxiv mudiri hujjatlarni va hujjatlar yig‘majildlarini qabul qilishda ularning tо‘g‘ri tо‘ldirilganligini tekshiradi. Hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlari arxivda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxivboshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda saqlanadi. Hujjatlar yig‘majildlari arxivdan tashkilotlar xodimlari sо‘rovlari bо‘yicha tilxat bilan beriladi. Arxivdan olingan hujjatlarga biror-bir belgi qо‘yish va yozuvlar tagiga chizish tasdiqlanadi. Doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlaridai hujjatlarni olib qо‘yishga va berishga ruxsat etilmaydi. Istisno hollarda prokuratura va sud organlarining sо‘rovlari bо‘yicha, tashkilot rahbarining ruxsati bilan olish olib qо‘yilgan hujjatning aniq tasdiqlangan nusxasini hujjatlar yig‘majildida majburiy qoldirish va hujjat aslining olinish sabablari tо‘g‘risidagi dalolatnomani solib qо‘yish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Arxivdan olingan hujjatlar, zarurat tugashi bilanoq, biroq 15 kundan kechiktirmasdan, arxivga qaytarilishi kerak. Arxiv mudiri hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlarining о‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilib boradi. Tashkilotda ishlamaydigan shaxslarning hujjatlar yig‘majildlaridan foydalanishi faqat tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasi bо‘yicha amalga oshiriladi. Hujjatlar yig‘majildlari va hujjatlar idoraviy arxivda 15 yil davomida saqlanadi, shundan sо‘ng belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxiviga beriladi. Arxiv mudiri arxivga topshirilgan hujjatlar yig‘ma-jildlarining saqlanishiga, ularni davlat saqloviga topshirish uchun tayyorlashga javobgar hisoblanadi. Doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlari muqovalaridagi yozuvlarga har yil quyidagi aniqliklar kiritiladi: 1. Hujjatlar yig‘majildlari muqovasidagi sarlavhalarning tikilgan hujjatlar mazmuniga muvofiqligi tekshiriladi, zarur hollarda sarlavhalariga qо‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi; 403 2. Muqovadagi sana hujjatlar yig‘ma jildining yuritila boshlangan va tugallangan yiliga muvofiq kelishi tekshiriladi; 3. Hujjatlar yig‘majildlari muqovasidagi sarlavhalarning tikilgan hujjatlar mazmuniga muvofiqligi tekshiriladi, zarur hollarda sarlavhalariga qо‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi; 4. Muqovadagi sana hujjatlar yig‘ma jildining yuritila boshlangan va tugallangan yiliga muvofiq kelishi tekshiriladi; 5. Bir necha jildlardan iborat bо‘lgan hujjatlar yig‘majildlari muqovalariga har qaysi jild hujjatlarining oxirgi sanasi qо‘yib chiqiladi. 6. Kalendar sana, yil, kun, arab raqamlarida yoziladi, oy sо‘z bilan yoziladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling