Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
4-Misol. “Toshmuhammadhoji” xususiyfirmasi jamoasining qaroriga binoan о‘tgan hisobot yili foydasi hisobiga zahira fondi tashkil qilindi - 1500000 sо‘m. Ushbu operatsiya natijasida firmaning foyda summasi kamayishi, zahira fondini kо‘payishi kuzatiladi.Bu operatsiyada ikkita sintetik schyot ishtirok etgan. Biri 278 “Foyda va zararlar”schyoti, ikkinchisi esa “Zahira fondi” schyoti. Xо‘jalik operatsiyasida ishtirok etuvchi schyotlarning ikkalasi ham passivdir, chunki ular balansning passiv moddalariga mos schyotlar. Bizga ma’lumki, passiv schyotlarda kо‘payish schyotning kredit tomonida, kamayish esa uning debet tomonida kо‘rsatiladi. Shuning uchun ham mazkur xо‘jalik operatsiyasi ta’sirida schyotlarda quyidagicha о‘zgarish sodir bо‘ladi: “Foyda va zararlar” schyotida foyda 1500000 sо‘mga kamayadi va bir vaqtning о‘zida “Zahira fondi” schyotida mablag‘lar 1500000 sо‘mga kо‘payadi. “Foyda va zararlar” schyoti passiv bо‘lganligi uchun kamayish uning debet tomoniga yoziladi, “Zahira fondi” schyoti ham passiv shuning uchun fondni tashkil qilinishi yoki mavjud zahiralar mablag‘ining kо‘payishi bu schyotining kredit tomonga yoziladi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi: D-t “ Foyda va zararlar ” schyoti - 1500000 sо‘m K-t “ Zahira fondi ” schyoti - 1500000 sо‘m Mazkur yozuv schyotlarda quyidagi sxemada aks ettiriladi: Pravodkalar shaklan ikki xil bо‘ladi: oddiy va murakkab. Oddiy buxgalteriya pravodkasini tuzishda faqat ikkita schyot ishtirok etadi. Bunda sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyasini bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kredetiga teng summalarda yoziladi. Bunday yozuvga oddiy buxgalteriya pravodkasi deyiladi. Murakkab buxgalteriya pravodkasini tuzishda uchta va undan ortiq schyotlar ishtirok etadi. Bunda sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyasini bitta schyotning debetiga hamda ikkita va undan ortiq schyotlarning kreditiga yoki teskarisi, bitta schyotning kreditiga hamda ikkita va undan ortiq schyotlarning debetiga teng summalarda 279 yoziladi. Bunday yozuvga murakkab buxgalteriya pravodkasi deyiladi. Masalan: faraz qilaylik “Toshmuhammadhoji” xususiyfirmasi mol yetkazib beruvchilardan quyidagi moddiy qiymatliklarni sotib oldi: materiallar - 80000 sо‘m, ehtiyot qismlar - 40000 sо‘m, arzon baholi tezeskiruvchi buyumlar - 60000 sо‘m. Bu operatsiya ta’sirida firmaning ombordagi moddiy qiymatliklar ham, mol yetkazib beruvchilarga bо‘lgan qarzdorligi ham kо‘payadi. Mol yetkazib beruvchiga bо‘lgan qarzning umumiy summasi 200000 sо‘mni (80000+40000+60000) tashkil qiladi. shbu operatsiya murakkab pravodka bilan quyidagicha rasmiylashtiriladi. Dt -1010 - “Xom-ashyo va materiallar” - 80000 sо‘m. Dt -1040 - “ Ehtiyot qismlar” - 40000 sо‘m. Dt -1080 - “Inventar va xо‘jalik ashyolari” -1080- 60000 sо‘m. Kt -6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar” - 200000 sо‘m. Yuqoridagi bitta murakkab yozuvni uchta oddiy provodka kо‘rinishda ham yozish mumkin: 1. Dt -1010 - “Xom-ashyo va materiallar” - 80000 sо‘m, Kt - 6000-“Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob - kitoblar”- 80000 sо‘m. 2. Dt -1040 “Ehtiyot qismlar” - 40000 sо‘m, Kt – 6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar” - 40000 sо‘m. 3. Dt -1080 - “Inventar va xо‘jalik ashyolari”Kam qiymatli va tezeskiruvchi buyumlar” – 60000 sо‘m, Kt – 6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar” - 60000 sо‘m. Xо‘jalik operatsiyalari ta’sirida ikki va undan ortiq schyotlarning о‘zaro bog‘lanishi schyotlar aloqasi (korrespondensiyasi), о‘zaro bog‘lanuvchi schyotlar esa aloqador (korrespondensiyalanuvchi) schyotlar deyiladi. 280 Korxonalar faoliyatida sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalari ustidan nazorat olib borish maqsadida xо‘jalik operaiyalarini qayd qilish “Xronologik jurnali” yurgizishadi (3-jadval). Jurnal 7 ta ustundan iborat bо‘lib uning 1-5 ustunlari sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini xronologik ketma-ketlikda qayd qilish uchun, 6-7 ustunlari esa jurnalda qayd qilingan xо‘jalik operatsiyalarini iqtisodiy mazmun jihatdan guruhlash, ya’ni buxgalteriya pravodkalari tuzish uchun belgilangan. Xronologik jurnalda tuzilgan pravodkalar hisobot davri uchun ochilgan schyotlarga yozib chiqiladi, ya’ni “raznoska” qilinadi. Operatsiyalarni schyotlarga yozishda pravodkani oldiga yozuvni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi “V” belgisi qо‘yiladi. Buxgalterlar tilida bu belgi “galochka” yoki”ptichka” deyiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling