Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Schyot nomi: 6810-“Qisqa muddatli bankkrediti”


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Schyot nomi: 6810-“Qisqa muddatli bankkrediti” 
D-t K-t 
1. 650000 
3. 400000 
Qoldiq:700000 
2. 1000000 
Debet oborot: 1050000 
Kredit oborot: 1000000 
Qoldiq: 650000 
Ma’lumki passiv schyotlarda hisobot davri va oxiriga qoldiq va kо‘payish 
schyotning kredit tomoniga, kamayish esa debet tomoniga yoziladi. Shuning uchun 
hisobot davri boshiga qoldiqni, hisobot davri davomida olingan qisqa muddatli 
kreditlarni “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotining kredit tomoniga, qaytarib 
berilgan qisqa muddatli bank kreditlarni summasini esa debet tomoniga yozamiz.
Schyotining debet va kredit tomonidagi yozuvlarni bir-biriga qо‘shib, uning 
debet va kredit oborotlarini topamiz. Misolimizda “Qisqa muddatli bank kreditlari” 
schyotining debet oboroti 1050000 (650000+400000) sо‘mni, kredit oboroti esa 
1000000 sо‘mni tashkil qildi. 
Schyotining oy oxiriga qoldig‘ini yuqorida keltirilgan matematik modul 
asosida quyidagicha topiladi: 
∑S
2
P =700000 + 1000000 - 1050000 = 650000 


272 
Demak, passiv schyotlarning kredit tomonida korxona kapitalining va 
majburiyatlarining qoldiqlari, kо‘payishi, debet tomonida esa ularning kamayishi 
yoziladi. 
Schyotlarning qoldiqlari uning qaysi tomoniga yozilganligiga qarab ham 
ularning aktiv yoki passiv ekanligini bilib olish mumkin. 
Xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi schyotlari xо‘jalik mablag‘lari 
va ularning manbaalari tо‘g‘risida umumlashgan axborotlarni aks ettirib, korxona 
xodimlarini boshqaruv qarorlari qabul qilishi uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar 
bilan ta’minlashni asosiy manbai bо‘lib xizmat qiladi. 
3. SCHYOTLARDA IKKI YOQLAMA YOZUV VA UNING IQTISODIY 
MOHIYATI. 
Korxonalarning faoliyatlarida bajarilayotgan ishlariga qarab kо‘plab 
iqtisodiy о‘zgarishlar yuz beradi. Bunday о‘zgarishlar, xо‘jalik mablag‘lari va 
ularning manbaalarini, shuningdek, xо‘jalik jarayonlarini о‘z vaqtida hisobga olib 
borishni talab qiladi. Buxgalteriya hisobida korxona xо‘jalik mablag‘lari va 
ularning manbaalarida bо‘ladigan о‘zgarishlar, odatda, xо‘jalik operatsiyalariga 
binoan tuziladigan buxgalteriya pravodkalari yordamida ikkita schyotning qarama-
qarshi tomoniga yozish bilan aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risidagi adabiyotlarda ikki yoqlama yozuv 
mohiyatini xо‘jalik operatsiyalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni 
schyotlar tizimi bilan о‘zaro aloqador holda aks ettirish usuli, deb dogmalashtirilib 
izohlanadi. Bu masalada ilmiy izlanishlar deyarli yо‘q. Schyotlarda ikki yoqlama 
yozuvni moddiy asosini yaxshi bilish schyotlar va ikki yoqlama yozuv tizimi 
mohiyatini osonroq tushunishga imkon beradi. 
Har qanday ilmiy asoslashda, hodisani о‘zini yoki uning tashqi mohiyatini 
tushuntirish yoki ochish bilan cheklanmasdan, shu bilan birga shu hodisani paydo 
bо‘lish sabablarini kо‘rsatish va uning ichki aloqalar qonuniyatlarini bilish zarur. 
Bu esa, о‘z navbatida, hodisaga nazariy asos berish kerakligini bildiradi. 


273 
Ikki yoqlama yozuv tamoyilini qanday amalga oshirilishini nazariy jihatdan 
asoslashda va uning mazmunini yoritishda, sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini 
bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kreditiga yozishni moddiy asosi 
nimada ekanligiga va bu yozuvlarni teng summalarda amalga oshirish kerakligini 
qanday obyektiv zaruriyat taqoza etganligi asos qilib olinadi. Bundan kо‘rinib 
turibdiki, birinchidan, gap qiymatda hisobga olish va ikkinchidan, har qanday 
xо‘jalik operatsiyasi pul ifodalarida teng summalarda qayd qilinishi tо‘g‘risida 
bormoqda. Bu belgilar tovar ishlab chiqarish sharoitida buxgalteriya hisobini 
tashkil qilishni nazarda tutadi. 
Ma’lumki, tovar ikki xil xususiyatga ega, birinchidan iste’mol qiymatiga, 
ya’ni odamlarni iste’molini buyum sifatida qondirish, ikkinchidan, almashuv 
qiymatiga, ya’ni boshqa tovarlar bilan teng almashtirish. Tovarlar iste’mol qiymati 
jihatidan turlicha, ammo qiymat jihatdan bir xil taqqoslanadi. Chunki tovar 
abstraktlashgan ijtimoiy-zaruriy mehnat xarajati sifatida namoyon bо‘ladi. 
Tovarlarni bozorda ayriboshlash qiymati bо‘yicha amalga oshiriladi.
Ayriboshlashda doim ikkita mulkdor ishtirok etadi, birinchi, tovar egasi – 
sotuvchi, ikkinchi, puldor – sotib oluvchi. 
Tovar ishlab chiqaruvchi bozorda sotuvchi sifatida namoyon bо‘lganda, uning 
xо‘jaligidagi tovar pulga almashadi, qachonki u xaridor sifatida namoyon bо‘lsa, 
uning xо‘jaligidagi pul tovarga aylanadi. Bunday о‘zgarish ayriboshlashning 
ekvivalent kuchiga teng qiymatlarda kechadi. 
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi ayriboshlash jarayonini amalga oshirish 
uchun unda qancha, qanday tovarlar va qancha puli borligini doimo bilishi kerak. 
Axborotlar oqimining kо‘pligi tufayli tovar va pullarda sodir bо‘ladigan hamma 
о‘zgarishlarni yodda saqlab bо‘lmaydi. Shuning uchun tovarni pulga, pulni tovarga 
aylanishini bilgan har bir mulkdor pullar va tovarlar schyotini alohida – alohida 
olib boradi. Shu bilan birga har xil tovarlar schyotlarini ham alohida olib boradi
chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni sotib oladi. 
Har bir korxona bir holatda sotuvchi, yana bir holatda sotib oluvchi rolini 
bajaradi. Har ikkala holatda ham uning xо‘jaligida tovarlar kamayib pullar 


274 
kо‘payadi, yoki teskarisi, pullar kamayib tovarlar kо‘payadi. Pullarda va tovarlarda 
sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni qayd qilish ikkita о‘lchovlarda, kо‘payish yoki 
kamayish, sifatida qayd qilib borish bilan ifodalanadi. Binobarin, xо‘jalik 
muomalalarining matematik ifodasi qarama-qarshi, ikki xil qiymat bо‘yicha qayd 
qilinar ekan (plyus, minus), unda ularning yozuvini ham ketma-ket shu bilan birga 
birini ikkinchisidan alohidalangan holda olib borish zarur.
Faraz qilaylik birinchi mulkdorning tovarlar schyotida har bir metri 10000 
sо‘mdan bо‘lgan “Atlas” matosidan 25 metr, ikkinchi mulkdorning tovarlar 
schyotida esa har bir kilosi 50000 sо‘mdan bо‘lgan “Ipak” mashulotidan 5 kilo 
mavjud. Birinchi mulkdorning buxgalteriya hisobida tovarlar metamarfozasi 
quyidagi tartibda aks ettiriladi: 
1) Tovarini sotganda: 
Kredit – “Atlas” - 250000 sо‘m 
Debet – “Pul mablag‘lari” - 250000 sо‘m. 
2) Ikkinchi mulkdorni tovarini sotib olganda: 
Kredit – “Pul mablag‘lari” – 250000 sо‘m 
Debet – “Ipak” – 250000 sо‘m. 
Ikkinchi mulkdorning buxgalteriya hisobida esa tovarlar metamarfozasi quyidagi 
tartibda aks ettiriladi: 
1) Tovarini sotganda: 
Kredit – “Ipak” - 250000 sо‘m 
Debet – “Pul mablag‘lari” – 250000 sо‘m. 
2) Birinchi mulkdorni tovarini sotib olganda: 
Kredit – “Pul mablag‘lari” – 250000 sо‘m 
Debet – “Atlas” – 250000 sо‘m. 
Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, ikki yoqlama yozuv tamoyili bir 
iste’mol qiymatiga ega bо‘lgan tovarni boshqa iste’mol qiymatidagi tovarga 
almashtirish jarayoni natijasidir. 
Ikki yoqlama yozuvni amalga oshirish uchun sodir bо‘lgan xо‘jalik 
operatsiyalari asosida buxgalteriya pravodkasi tuziladi. Buxgalteriya pravodkasi 


275 
sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini qaysi bir schyotning debetiga va qaysi bir 
schyotning kreditiga yozish kerakligini kо‘rsatib beruvchi buxgalteriya 
formulasidir. 
Buxgalteriya pravodkalari tuzishda tо‘rt asosiy qoidaga amal qilish kerak: 
1. Birinchi qoida, sodir etilgan xо‘jalik operatsiyasining tub iqtisodiy 
mazmunini tushunish; 
2. Ikkinchi qoida, mazkur operatsiyada ishtirok etuvchi sintetik schyotlarni 
aniqlash; 
3. Uchinchi qoida, ishtirok etuvchi schyotlarning aktiv yoki passivekanligini 
aniqlash; 
4. Tо‘rtinchi qoida, xо‘jalik operatsiyasini schyotlarning debet va kredit 
tomonlarga tо‘g‘ri qо‘yish. 
Mazkur qoidalarga amal qilgan holda ba’zi misollarni kо‘rib chiqamiz. 
Misol №1. “Toshmuhammadhoji” xususiy firmasining bankdagi hisob-kitob 
schyotidan oylik maosh tо‘lash uchun naqd pul olib kelindi va kassaga kirim 
qilindi - 50000 sо‘m. Ushbu operatsiya natijasida firmaning kassasidagi naqd 
pullarini kо‘payishi va bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini 
kamayishi kuzatiladi. Ya’ni pul mablag‘larining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi 
sodir bо‘ladi. Bu operatsiyada ikkita sintetik schyot ishtirok etgan. Biri “Kassa” 
schyoti, ikkinchisi esa “Hisob-kitob” schyoti. Xо‘jalik operatsiyasida ishtirok 
etuvchi schyotlarning ikkalasi ham aktiv, chunki ular balansning aktiv moddalariga 
xos schyotlardir. Bizga ma’lumki, aktiv schyotlarni kо‘payishi schyotning debet 
tomonida, kamayishi esa uning kredit tomonida kо‘rsatiladi. Shuning uchun ham 
mazkur xо‘jalik operatsiyasi ta’sirida schyotlarda quyidagicha о‘zgarish sodir 
bо‘ladi “Kassa” schyotida pul mablag‘lari 50000 sо‘mga kо‘payadi va bir vaqtning 
о‘zida “Hisob kitob” schyotida pul mablag‘lari 50000 sо‘mga kamayadi. “Kassa” 
schyoti aktiv bо‘lganligi uchun kо‘payish uning debet tomoniga yoziladi, “Hisob 
kitob” schyoti ham aktiv shuning uchun pul mablag‘larining kamayishi “Hisob 
kitob” schyotning kredit tomonga yoziladi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya 
pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi: 


276 
D-t “Kassa” schyoti - 50000 sо‘m 
K-t “Hisob-kitob” schyoti - 50000 sо‘m 
Mazkur pravodka schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling