Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
-jadval Xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish xronologik jurnali
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
3-jadval
Xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish xronologik jurnali T/ r Hujjat Xo’jalik operatsiyasining mazmuni Summa Pravodka Raqami Sanasi Raqami 1 566 Mol yetkazib beruvchilar-dan materialla sotib olинdi 80000 1010 6000 22 1225 Mol yetkazib beruvchilar-dan ehtiyot qismlar sotib olинdi 40000 1040 6000 33 6478 Mol yetkazib beruvchilar-dan arzon baholi tezeskiruvchi buyumlar sotib olинdi 60000 1080 6000 4. SINTETIK VA ANALITIK HISOB. О‘zbekiston respublikasida «Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasi талабига биноан барча хўжалик юритeвчи сeбъектларdabuxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi. SHeнга биноан 281 buxgalteriya hisobi schyotlari xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari haqidagi axborotlarni qamrab olishiga kо‘ra ikki xil bо‘ladi: Sintetik schyotlar; Analitik schyotlar. Ma’lum bir guruh xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari hamda xо‘jalik jarayonlari haqida pul ifodalarida umumlashgan ma’lumotlar beradigan schyotlar sintetik schyotlar deb ataladi. Sintetik schyotlarda hisobga olish sintetik hisob deb ataladi. Sintetik schyot ma’lumotlari yordamida korxonaning moliya- xо‘jalik faoliyati ustidan nazorat о‘rnatiladi hamda butun iqtisodiyot tarmoqlarining ish faoliyatiga baho beriladi. Sintetik schyotlarga “Asosiy vositalar”, “Nomoddiy aktivlar”, “Materiallar”, “Ustav kapitali”, “Zahira fondi”, “Mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar” va h.k schyotlar kiradi. Korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatlariga nazorat о‘rnatishda va tezkor boshqaruvni tashkil qilishda faqat sintetik schyotlardan foydalanish yetarli bо‘lmaydi. Buxgalteriya hisobining har bir obyektining holati va unda bо‘ladigan о‘zgarishlarni (ta’minot jarayonini, tayyor mashulotlar ishlab chiqarish rejalarini bajarilishini va xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar bо‘yicha mashulot sotishni doimiy nazorat qilish va boshqa masalalar) bilish uchun qiymat hamda natural о‘lchovlardagi batafsil ma’lumotlar zarur bо‘ladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi tizimida sintetik schyotlar bilan bir qatorda analitik deb nomlangan schyotlardan ham foydalaniladi. Xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari harakatini pul, natura va mehnat о‘lchovi kо‘rsatkichlarida hisobga oladigan schyotlar analitik schyotlar deb ataladi. Analitik schyotlarda hisobga olish analitik hisob deb ataladi. Analitik schyotlar sintetik schyot ma’lumotlarini iqtisodiy mazmun jihatdan bo’laklarga bo’lib aks ettiradi. Masalan: “Xom ashyo va materiallar” schyoti bо‘yicha qurilishda, truba, lak, bо‘yoq, avtomobil sanoatida avtomobillarning alohida bо‘tlovchi qismlari, motor, oldi oynasi, orqa oynasi, qanotlari, eshiklari va shu kabi boshqa moddiy qiymatliklar bо‘yicha ochiladigan schyotlar analitik schyotlarga kiritiladi. 282 Sintetik schyotlarda analitik hisob ma’lumotlari umumlashtiriladi. Shuning uchun ham bitta sintetik schyot bir necha analitik schyotlarga bо‘linishi mumkin. Agar sintetik schyotlar korxonaning moddiy qiymatliklarini umumiy summasi yoki debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati haqida pul ifodalaridagi umumiy ma’lumotlarni kо‘rsatsa, analitik schyotlar korxonadagi moddiy qiymatliklarning alohida turlari bо‘yicha qoldig‘ini, harakatini, joylanishini, xodimlarning har biriga korxonaning qancha qarzi borligini, har bir hisobdor shaxsning korxonaga bо‘lgan qarzini va boshqalarni kо‘rsatadi. Buxgalteriya hisobini rivojlanishida sintetik schyotlar birlamchimi yoki analitik schyotlar degan haqli bir savolga javob berish kerak bо‘ladi. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida oddiy tovar ishlab chiqarish davridagi tovar ayriboshlash muomilasiga murojaat qilamiz. Tovar muomalasi quyidagi almashuv shaklida amalga oshiriladi. T-T. Tovar ayriboshlashning rivojlangan bosqichida pul muomala vositasini bajaradi. Natijada tovar muomilasi jarayoni quyidagi almashuv shaklida amalga oshiriladi. T-P-T. Bunda №1 tovarning qiymati ma’lum miqdordagi pul massasida о‘z ifodasini topadi va tovar shaklidan pul shakliga ko’chadi. Mantiqan tovar ishlab chiqaruvchining xо‘jaligida tovarni tovarga ayriboshlash yuz beradi. Pul vositachilik rolini bajarib muomila vositasi sifatida namoyon bо‘ladi, xolos. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi, unda qancha, qanday tovarlar borligini doimo bilishi kerak. Axborotlar oqimining kо‘pligi tufayli tovarda sodir bо‘ladigan hamma о‘zgarishlarni yodda saqlab bо‘lmaydi. Shuning uchun tovarni tovarga almashtirishni bilgan har bir mulkdor har xil tovarlar schyotlarini alohida olib borgan, chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni sotib oladi. Bundan kо‘rinib turibdiki buxgalteriya hisobi rivojlanishida, eng avvalo, analitik schyotlar yuzaga kelgan. Korxonalar xо‘jalik-moliyaviy faoliyatida analitik schyotlar yordamida korxona xо‘jalik mablag‘larining tarkibi aniqlanib, butligi va ulardan samarali foydalanish ta’minlanadi, shuningdek, moddiy javobgar shaxslar faoliyatiga nazorat о‘rnatiladi. Analitik schyotlar yordamida qiymat о‘lchovi kо‘rsatkichlari ma’lumotlar bilan birgalikda natura va mehnat о‘lchovlarda ham ma’lumotlar olinadi. 283 Xо‘jalik mablag‘larini va ularning paydo bо‘lish manbaalarini, shuningdek, xо‘jalik jarayonlarini joriy hisobda aks ettirishda sintetik va analitik schyotlarning bir-biri bilan aloqasini “Xom ashyo va materiallar hisobga olinadigan schyotlar” sintetik schyot misolida kо‘rib chiqamiz. Hisobot davrining boshiga “Xom ashyo va materiallar” sintetik schyotida 490000 sо‘m qoldiq bor edi. Shundan: “Chit” schyotidagi qoldiq 400000 sо‘m (2000 m - 200sо‘m); “Atlas” schyotidagi qoldiq 90000 sо‘m (90m - 1000 sо‘m); Hisobot oyi davomida korxona omboriga quyidagi moddiy qiymatliklar qabul qilindi: “Chit”- 500m., har bir metri 200 sо‘mdan = 100000 sо‘m “Atlas”- 400m., har bir metri 1000 sо‘mdan = 400000 sо‘m. Hisobot oyi davomida materiallarning sarfi bilan bog‘liq bо‘lgan quyidagi operatsiyalar sodir bо‘ldi: “Chit”- 300m., har bir metri 200 sо‘mdan = 60000 sо‘m “Atlas”- 200m., har bir metri 1000 sо‘mdan = 200000 sо‘m. Yuqorida bayon qilingan operatsiyalarni sintetik schyotlarda quyidagicha aks ettiramiz: Korxona omboriga qabul qilingan moddiy qiymatliklar bilan bog‘liq bо‘lgan operatsiyani: D-t–“Xom ashyo va materiallar” schyoti – 500000 K-t - ”Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” schyoti – 500000 sо‘m Materiallarning sarfi bilan bog‘liq bо‘lgan operatsiyani D-t - ”Asosiy ishlab chiqarish” schyoti – 260000 K-t - “Xom ashyo va materiallar ” schyoti - 260000sо‘m. Keltirilgan ma’lumotlarni “Xom ashyo va materiallar”sintetik schyotiga ochilgan analitik schyotlarga yozib chiqamiz: Misoldan kо‘rinib turibdiki, “Xom ashyo va materiallar” sintetik schyotning oy boshiga qoldig‘i, debet va kredit oborotlari hamda oy oxiriga qoldiq summalari shu sintetik schyotga tegishli bо‘lgan, bizning misolimizda ikkita, ya’ni “Chit” va 284 “Atlas” analitik schyotlarning xuddi shunday ma’lumotlarning pul ifodasidagi yig‘indilariga teng bо‘ladi. Agar bu tenglik buzilsa, unda joriy hisobni tashkil qilishda, yoki sintetik hisobni yurgizishda, yoki analitik hisobni yurgizishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘ladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling