Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Misol yechimini quyidagi jadval shaklida rasmiylashtiring


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Misol yechimini quyidagi jadval shaklida rasmiylashtiring. 
T/R 
Xo’jalik 
jarayonlarining 
mazmuni 
Balansning tip o’zgarishi 
Tip 
o’zg
arish 
Aktiv 
Passiv 












Debitorlik qarzlari hisob-
kitob schyotiga kirim qilinadi 
3000,0 
3000,0 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11-МАВЗU. XO’JALIKOPERATSIYALARIDAIKKIYOQLAMAYOZUV 
Mavzuga doir atamalar: buxgalteriya hisobi schyotlari, schyotning nomi, 
schyotning raqami (shifri), debet, kredet, oborot, qoldiq (saldo), aktiv schyot
passiv schyot, xо‘jalik operatsiyasi, operatsiyalarni schyotlarga yozish (raznoska), 
ikki yoqlama yozuv, pravodka, oddiy pravodka, murakkab pravodka. 
1. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARI, ULARNING TUZILISHI VA 
KORXONANI BOSHQARISHDAGI ROLI. 


266 
Ma’lumki balans hisobot davrining ma’lum bir kuniga, odatda hisobot 
davrining boshiga tuziladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur bo‘lgan 
axborotlar korxona rahbarining “qo‘l ostida” doimo bo‘lishi kerak. Buxgalteriya 
hisobida axborotlarni saqlash tizimi schyotlardan iborat. Buxgalteriya schyoti –
axborotlarni buxgalteriya hisobida saqlashning asosiy vositasidir. Shuning uchun 
ham xo‘jalik jarayonlari ta’sirida korxonalarning mablag‘lari, mablag‘lar 
manbaalari va majburiyatlari tarkibida ro’y beradigan o‘zgarishlarni hisobga olish 
uchun buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Shuningdek, buxgalteriya 
hisobi schyotlari korxonaning iqtisodiy resurslari harakatini va holatini qayd qilish
saqlash hamda hisobot davri davomida sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini 
iqtisodiy mazmunlariga ko‘ra bir tizimga solib turish vositasi vazifasini ham 
bajaradi. Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobi schyotlaridan korxonaning xo‘jalik 
faoliyatida sodir bo‘ladigan iqtisodiy ma’lumotlarni jamlash, saqlash, nazorat 
qilish va mazmuniga ko‘ra guruxlash maqsadida foydalaniladi. Schyotlar 
aktivlarning, passivlarning va korxona kapitalining har bir turiga ochiladi. 
Schyotlarga yozuv ikki yoqlama yozuv asosida amalga oshiriladi. Bu usul bundan 
taxminan 522 yil avval, 1494 yillarda, fransuz monaxi Luki Pachola
62
tomonidan 
asoslangan bo‘lib, shu davr ichida harakatda. U shaklan o‘zgargan bo‘lishi 
mumkin, lekin mazmuni saqlanib qolgan. Ikki yoqlama yozuv faqat buxgalteriya 
hisobiga xos bo‘lib uning metodini elementi va tamoyili bo‘lib hisoblanadi. 
Ulug‘ nemis shoiri Gyote ikkilamchi buxgalteriyani insoniyat idrokining 
birdan bir eng ajoyib ixtirosidir, deb ataydi
63
. Mashhur sotsiolog va iqtisodchi 
Verner Zombart ikki yoqlama yozuv Galiley va Nyuton sistemasi kabi kо‘tarinkilik 
bilan hayotga kelgan deydi
64
. Ushbu fikrlarni mantiqiy davom etgan holda 
professor A. Galagan ikki yoqlama yozuv tizimi barcha iqtisodiy hodisalarni ikki 
jihatga ega ekanligini bildiruvchi, bir-birini tо‘ldiruvchi ikki tomonlamalik 
tamoyiliga ega: ya’ni, kо‘payish va kamayish; sotmoq (bermoq) va sotib olish 
62
О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri). «Xalq sо‘zi» gazetasi 
2016 yil 14 apreldagi 73 (6508)-soni.
63
МедведевМ. Ю.Теориябухгалтерскогоучета. Учебник.– М.: «Омега-Л», 2007 37 b. 
64
МедведевМ. Ю.Теориябухгалтерскогоучета. Учебник.– М.: «Омега-Л», 2007 37 б. b. 


267 
(olmoq); sodir bо‘lish va g‘oyib bо‘lish, deb asoslaydi
65
. Ikki yoqlama yozuv 
tizimida sodir bo’lgan xo’jalik hodisalari eng kamida ikki joyga, ikki marta, bir 
schyotning debetiga va boshqa bir schyotning kreditiga teng so’mmalarda qayd 
qilinishi kerak. SHuning uchun ham buxgalteriya hisobida har doim balans 
(tenglik) mavjud bo’ladi. Ikki yoqlama yozuvni o’rganishni schyotning “T- 
modeli”ni o’rganishdan boshlash uning mohiyatini tushunishni osonlashtiradi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlari sxematik tarzda ikki tomonlama jadval bо‘lib 
кирилча “T” harfi yoki kitobning ikki beti ko’rinishiga ega (14-chizma). 
Bu kitob “Bosh kitob” deyiladi. Kitobning yoki schyotning chap tomoni 
“Debet” o’ng tomoni esa “Kredit” deb ataladi. “Debet” va “Kredit” sо‘zlari 
lotinchadan olingan bо‘lib, “Debet” sо‘zi “qarzdor”, “Kredit” sо‘zi esa “ishonadi” 
degan ma’nolarni bildiradi. Bu so’zlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida 
ishlatishda о‘zining tub ma’nosini yо‘qotadi, shunchaki schyotning о‘ng va chap 
tomonlarini shartli belgisi bо‘lib xizmat qiladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling