Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. XО‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA.
4-Amaliy
vaziyat.Korxonaninghisobotyilidagimahsulotsotishdansoftushum 213344,0 mingso’mnitashkilqilgan. Sotilganmahsulotlarninguchyotbaholari 170000,0 mingso’mni, sotishxarajatlariesa 800,0 mingso’mni, uchyotbaholaridanfarqlar +6400,0 mingso’mnitashkilqilgan. Sotilganmahsulotlarningtulatannarxinivakorxonaningyalifoydasinianiqlanghamda mahsulotlarnisotishbilanbog’liqbo’lganbuxgaltnriyapravodkalarinituzing. 13-MAVZU. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA Mavzuga doir atamalar: buxgalteriya hisobi schyotlari, schyotning nomi, schyotning raqami (shifri), debet, kredet, oborot, qoldiq (saldo), aktiv schyot, passiv schyot, xо‘jalik operatsiyasi, operatsiyalarni schyotlarga yozish (raznoska), ikki yoqlama yozuv, pravodka, oddiy pravodka, murakkab pravodka. 1. XО‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA. Korxonalar faoliyatida har kuni ularning aktivlarini, passivlarini va majburiyatlarini о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan о‘nlab, yuzlab hattoki bir necha minglab xо‘jalik jarayonlari sodir bо‘ladi. Amalga oshirilgan har bir xо‘jalik jarayoni huquqiy kuchga ega bо‘lishi uchun hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich hisob hujjatlari va ularni о‘tkazishga doir farmoyishlar xо‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun asos bо‘ladi. Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi bank korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda tо‘langanida tо‘lov terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hujjatlari deb tan olinadi. Boshlang‘ich hisob hujjatlari xо‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bо‘linganidan keyin tuziladi. Hisobot davriga tegishli bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bо‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 384 Buxgalteriya hujjatlari xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligi yoki moddiy qiymatliklarni moddiy javobgar shaxslarga ishonib topshirilganligi haqida yozma guvohnoma bо‘lib xizmat qiladi. Xо‘jalik operatsiyalari qog‘oz yoki kompyuterlarda о‘qish mumkin bо‘lgan axborot tashish vositalarida (disklarda, fleshkalarda, magnit lentalarida, perfo lentalarda va boshqalar) rasmiylashtiriladi. Shunga kо‘ra, hujjat axborot tashuvchi vosita bо‘lib, uning yordamida xо‘jalik operatsiyalari birlamchi qayd qilinadi. Har qanday xо‘jalik operatsiyasi sodir bо‘lish ketma-ketligi tartibida buxgalteriya hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Bu, birinchidan, buxgalteriya hisobi obyektlarini yoppasiga, uzluksiz hisobga olishni ta’minlaydi; ikkinchidan, buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kuchga ega bо‘ladi; uchinchidan, amalga oshirilgan xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligi haqida huquqiy asos, yozma dalil va isbot bo’lib xizmat qiladi; to’rtinchidan, korxona xо‘jalik faoliyatini joriy nazorat qilish va tezkor boshqaruv uchun asos bо‘ladi; beshinchidan, qiymatliklarni saqlanishiga nazorat о‘rnatadi, binobarin, qiymatliklarni moddiy javobgar shaxslarga biriktirib qо‘yilganligi hujjat bilan tasdig‘ini topadi; oltinchidan, korhona faoliyatini audit qilishga asosiy manba bо‘lib hisoblanadi. Hujjatlar xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida yozma guvoh va dalil bо‘lib, ularni buxgalteriya hisobining qaysi schyotlarida, qancha summada aks ettirish kerakligini kо‘rsatadi. Shunga kо‘ra buxgalteriya hujjatlari iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan voqealar, hodisalar tо‘g‘risidagi axborotlarni maxsus qog‘ozlarda turli usullar bilan rasmiylashtirish vositasi vazifasini bajaradi. Korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik operatsiyalarini haqiqiyligi haqida huquqiy asos, yozma dalil va guvohlik beruvchi hamda buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun asos bо‘ladigan maxsus shakldagi ish qog‘ozlari hujjatlar deb ataladi. 385 Hujjatlashtirish esa, korxonaning xо‘jalik faoliyati ustidan doimiy nazorat о‘rnatish maqsadida sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini maxsus shakldagi ish qog‘ozlarida aks ettirish usulidir. Hujjatlarni shakli ularning kо‘rsatkichlarini (rekvizitlari) soni va ularni hujjatlarda joylashuvi bilan belgilanadi. Har bir hujjat о‘z vazifasiga tо‘la javob berishi uchun ma’lum kо‘rsatkich va belgilarga ega bо‘ladi. Hujjatlarda qayd qilingan xо‘jalik operatsiyalari mohiyatini harakterlovchi va ularga huquqiy kuch beruvchi kо‘rsatkich va belgilar hujjatlarning rekvizitlari deyiladi. Hujjatlarning rekvizitlar soni, ularda aks ettiriladigan xо‘jalik operatsiyalarining mazmuni va qaysi maqsad uchun belgilanganligi bilan belgilanadi. Hujjatlarning rekvizitlari zarurligi jihatidan umumiy va xususiy bо‘ladi. Xо‘jalik operatsiyalarini turli-tumanligiga qaramasdan ba’zi bir rekvizitlar barcha hujjatlar uchun umumiydir. Umumiy rekvizitlar hamma hujjatlarda mavjud bо‘ladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir: -buxgalteriya hisobi subyektining nomi; -hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy; -xо‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va о‘lchov birliklari kо‘rsatilgan miqdor о‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda); -xо‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya qilish uchun zarur bо‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari kо‘rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari. Boshlang‘ich hisob hujjatlarid quyidagi qo’shimcha rekvizitlarkeltirilishi mumkin: -korxonaning manzili; -hujjat bilan qayd qilingan xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun asos; -hujjatlashtirilayotgan xo’jalik operatsiyasining xususiyati belgilay-digan boshqa qo’shimcha rekvizitlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling