Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


  9. INVENTARIZATSIYA О‘TKAZISHNI TASHKIL QILISH TARTIBI


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

 


405 
9. INVENTARIZATSIYA О‘TKAZISHNI TASHKIL QILISH TARTIBI. 
Inventarizatsiya muddatlari 1999 yil 2 noyabrda 833-son bilan 
AdliyaVazirligida ro‘yxatga olingan “Inventarlashni tashkil etish va 
o’tkazish” nomli 19-son buxgalteriya hisobining milliy andozasida 
belgilab berilgan: 
1. Mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, davlat 
korxonasi qayta shakllantirilganda yoki tassarufidan chiqarilgan 
paytda; 
2. Tovar-moddiy 
qiymatliklar O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida 28.08.98 yilda 486-son bilan ro‘yxatga olingan buxgalteriya 
hisobining “Tovar-moddiy zahiralar” nomli 4-son milliy andozasiga 
binoan
73
tovar-moddiy zahiralarni inventarlash (ro’yxatdan o’tkazish) 
tovar-moddiy zahiralarning amalda mavjudligini nazorat qilish va 
ularning sof sotish qiymatini tasdiqlash hamda ularning saqlanishini 
ta’minlash uchun bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi
3. Asosiy vositalar О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.09.98 
yilda 491-son bilan rо‘yxatga olingan buxgalteriya hisobining “Asosiy 
vositalar” nomli 5-son milliy andozasiga binoan ikki yilda kamida 
birmarta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta yо‘qlama 
qilinadi; 
4. Kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, markalar, qat’iy hisobdagi 
blankalar, cheklar va qimmatga ega bо‘lgan boshqa boyliklar oyda bir 
marta; 
5. Yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mashulotlari har chorakda 
bir marta, qimmatbaho materiallar tarmoq yо‘riqnomalariga muvofiq 
qayta rо‘yxatga olinadi; 
6. Jamoaviy moddiy javobgarlik sharoitida qayta rо‘yxatga olish, jamoa 
rahbari о‘zgarganda, jamoadan, uning ellik foizdan ortiq a’zolari 
73
Mazkur Standartga O’zR AV 20.11.2002 y. 486-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’iga muvofiq 
o’zgartirishlar kiritilgan. 


406 
chiqib ketganda, shuningdek jamoa a’zolarining talabi bilan 
о‘tkaziladi; 
7. Xо‘jalik subyeklarining rahbarlarini ixtiyori bilan. 
Mavsumiy xarakterga ega bо‘lgan korxonalarda qayta rо‘yxatga olish 
moddiy qiymatliklarning eng kam qoldig‘i bо‘lgan davrlarda hamda quyidagi 
hollarda о‘tkaziladi;: 
1. Asosiy vositalar, tovar – moddiy qiymatliklar qayta baholanganda; 
2. Moddiy javobgar shaxslar almashganda; 
3. О‘g‘rilik, suiiste’mol va moddiy qiymatliklarni buzilish holatlari 
aniqlanganda; 
4. Tabiiy ofat (yong‘in, suv olish va boshqalar) yoki boshqa favqulodda 
holatlarda; 
5. Korxona tugatilganda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa 
holatlarda. 
Inventarizatsiyani sifatli tashkillash va o’tkazish maqsadida hisobot 
yilining boshida korxona rahbarining buyrug‘iga binoan korxona rahbari yoki 
uning о‘rinbosari, bosh buxgalter, mutaxassislar (muxandis, iqtisodchi va 
boshqalar) va ichki audit vakillaridan iborat tarkibda doimiy harakatdagi 
inventarizatsiya komissiyasi tuziladi. 
Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari quyidagi 
vazifalarni bajaradilar: 
1. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomat, ortiqcha va da’vo 
qilish muddatning о‘tkazib yuborilgan debetor qarzlari natijasida 
kо‘rilgan zarar summalari bо‘yicha mas’ul shaxslardan yozma 
tushuntirish xatlari oladilar;
2. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomat, nobudgarchilik, 
qiymatliklarning buzilishi va ortiqcha chiqishlarning sabablarini 
о‘rganadilar; 
3. Inventarizatsiya natijasida topilgan tafovutlar (kamomat va ortiqcha 
chiqishlar) bо‘yicha о‘zining xulosasini va takliflarini protokol bilan 


407 
rasmiylashtiradilar. Bu protokol keyinchalik kamomad va ortiqcha 
chiqqan summalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishga asos bо‘ladi. 
Inventarizatsiya rejasiga muvofiq qayta rо‘yxatga olish joyi bо‘yicha 
korxona rahbarining buyrug‘i tayyorlanadi. Buyruqda quyidagilar keltiriladi: 
1. Inventarizatsiyaning maqsadi
2. Inventarizatsiya joyi; 
3. Inventarizatsiyani boshlash va tugatish vaqti; 
4. Inventarizatsiya ishchi komissiyasi tarkibi.
Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari tarkibidan qayta 
rо‘yxatga olish ishchi komissiyasi shakllantiriladi. Uning tarkibiga, mutaxasislar 
(buxgalteriya, moliya, iqtisod yoki texnika bо‘limi xodimi) va ichki audit vakili 
kiritiladi. 
Inventarizatsiya ishchi komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar 
yuklatiladi: 
1. Moddiy javobgar shaxsni korxona rahbarining qayt rо‘yxatga olish 
tо‘g‘risidagi buyrug‘i bilan tanishtirish; 
2. Moddiy 
javobgar 
shaxsdan, 
uning 
moddiy 
javobgarligidagi 
qiymatliklarning butligi haqida tilxat olish; 
3. Inventarizatsiya joyini obdan kо‘zdan kechirish va qо‘shimcha kirib-
chiqish yо‘llarni muhrlab qо‘yish; 
4. Xatlovni bevosita javobgar shaxs ishtirokida о‘tkazish; 
5. Barcha о‘lchov birliklarini sozligini tekshirish; 
Tovar-moddiy 
boyliklarning 
xaqiqatda 
mavjudligini 
tekshirishga 
kirishishdan oldin inventarizatsiya ishchi komissiyasi, yordamchi binolar, 
yertо‘lalar va boyliklar saqdanadigan omborlarning alohida kirish-chiqish eshiklari 
plombalaydi; og‘irlikni о‘lchaydigan barcha ulchovlar sozlanganini tekshiradi, 
zaruriyat bо‘lganda davlat standart organlari tekshiruvidan о‘tkazadi.
Inventarizatsiya, qiymatliklarning joylashgan о‘rnida va moddiy javobgar 
shaxslarning bevosita ishtirokida о‘tkaziladi. Bir moddiy javobgar shaxs 


408 
tasarufidagi moddiy qiymatliklarni qayta rо‘yxatga olish uchun bir kishini birin - 
ketin ikki marta inventarizatsiya komissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas. 
Komissiya a’zolari har bir xо‘jalik obyektidagi mol-mulkni rо‘yxatga 
olishdan oldin moddiy javobgar shaxsdan 2-ilovada keltirilgan mazmunda tilxat 
oladilar.
1-ilova 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling