Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HUJJATLARINI, HISOB REGISTRLARINI VA
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- HUJJATLAR YIG‘MAJILDI MUQOVALARI REKVIZITLARINI
6. BUXGALTERIYA HUJJATLARINI, HISOB REGISTRLARINI VA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI IDORAVIY VA DAVLAT ARXIVGA TOPSHIRISH VA SAQLASH. Barcha xо‘jalik operatsiyalarini hujjatlar yordamida о‘z vaqtida, tо‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash uchun hujjatlarning harakat davrini va bosqichlarini korxonaning hisob siyosatida belgilab qо‘yish kerak. Hujjatlarni tuzish yoki boshqa tashkilotlardan olish paytidan boshlab, toki ularni korxona arxiviga saqlash uchun topshirishgacha bо‘lgan davr hujjatlarni aylanish davri deb ataladi. Korxonalarda tо‘plangan boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar arxivda saqlab qolinadi, yoki qisqa muddat saqlanib, keyin yо‘q qilib tashlanadi.Hujjatlarni arxivga topshirgunga qadar quyidagi tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish kerak: 1. Hujjatlarning muhimlik ekspertizasini о‘tkaziladi; 2. Bir xil mazmunli hujjatlar alohida yig‘ma jildlarda to’planadi; 3. Hujjatlar yig‘majildlarining rо‘yxati tuziladi; 4. Davlat saqloviga topshiriladigan hujjatlar tanlab olinadi va o’rnatilgan tartibda ularni yig‘ma jildlari shakllantiriladi; 5. Hujjatlarni yо‘q qilishga ajratish tо‘g‘risida dalolatnomalar tuziladi. Hujjatlarning muhimlik ekspertizasini tashkil etish va о‘tkazish uchun korxona rahbarining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat kо‘rsatuvchi ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Namunaviy nizomlar asosida, davlat arxivi bilan 400 kelishib, ekspert komissiyalari faoliyati haqidagi nizom ishlab chiqiladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Muhimlik qiymati ekspertizasi natijalari bо‘yicha doimiy va uzoq vaqt saqlanadigan hujjatlar rо‘yxati tuziladi. Hujjatlarni yо‘q qilishga tanlab olish komissiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlarini yо‘q qilishga ajratish tо‘g‘risidagi ekspert komissiyasi majlislarida kо‘rib chiqiladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Davlat saqloviga topshirish uchun doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘ma jildlari rо‘yxati tuziladi. Rо‘yxati arxiv muassasalarining ekspertlari tomonidan kо‘rib chiqilgandan sо‘ng, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Yо‘q qilishga ajratilgan hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlari dalolatnomalari tasdiqlangandan keyin, yо‘q qilishga ajratilgan hujjatlar, hujjatlashtirishni ta’minlash xizmati yoki korxonaning idoraviy arxivi xodimlari tomonidan ikkilamchi xom ashyo tayyorlovchi idoraga topshiriladi. Idoraviy arxivda doimiy va uzoq vaqt saqlanadigan buxgalteriya hujjatlar, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar yig‘majildlari tо‘liq rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar nazarda tutiladi: 1. Hujjatlar yig‘majildlarini tikish va muqovalash; 2. Hujjatlar yig‘majildidagi varaqlarni tartib raqamlari bilan belgilash; 3. Hujjatlar yig‘majildini tasdiqlovchi varaqni tuzish; 4. Hujjatlarning ichki rо‘yxatini tuzish; 7. HUJJATLAR YIG‘MAJILDI MUQOVALARI REKVIZITLARINI Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling