Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

RASMIYLASHTIRISH. 
Hujjatlar yig‘majildlari varaqlari qora grafit qalam bilan yoki raqamlagich 
bilan varaqning yuqoridagi о‘ng burchagiga, hujjat matniga tegib ketmasdan, 
nechta bet borligi sо‘zsiz va tinish belgilarisiz arab raqamlari bilan belgilanadi. 


401 


402 
Idoraviy arxiv mudiri hujjatlarni va hujjatlar yig‘majildlarini qabul 
qilishda ularning tо‘g‘ri tо‘ldirilganligini tekshiradi. Hujjatlar va hujjatlar 
yig‘majildlari arxivda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Bosh arxivboshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda saqlanadi. Hujjatlar 
yig‘majildlari arxivdan tashkilotlar xodimlari sо‘rovlari bо‘yicha tilxat bilan 
beriladi. Arxivdan olingan hujjatlarga biror-bir belgi qо‘yish va yozuvlar tagiga 
chizish tasdiqlanadi. 
Doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlaridai hujjatlarni olib qо‘yishga 
va berishga ruxsat etilmaydi. Istisno hollarda prokuratura va sud organlarining 
sо‘rovlari bо‘yicha, tashkilot rahbarining ruxsati bilan olish olib qо‘yilgan 
hujjatning aniq tasdiqlangan nusxasini hujjatlar yig‘majildida majburiy qoldirish 
va hujjat aslining olinish sabablari tо‘g‘risidagi dalolatnomani solib qо‘yish 
yо‘li bilan amalga oshiriladi. 
Arxivdan olingan hujjatlar, zarurat tugashi bilanoq, biroq 15 kundan 
kechiktirmasdan, arxivga qaytarilishi kerak. Arxiv mudiri hujjatlar va hujjatlar 
yig‘majildlarining о‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilib boradi. Tashkilotda 
ishlamaydigan shaxslarning hujjatlar yig‘majildlaridan foydalanishi faqat 
tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasi bо‘yicha amalga oshiriladi. 
Hujjatlar yig‘majildlari va hujjatlar idoraviy arxivda 15 yil davomida 
saqlanadi, shundan sо‘ng belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy davlat arxiviga beriladi. Arxiv mudiri arxivga topshirilgan hujjatlar 
yig‘ma-jildlarining saqlanishiga, ularni davlat saqloviga topshirish uchun 
tayyorlashga javobgar hisoblanadi. 
Doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlari 
muqovalaridagi yozuvlarga har yil quyidagi aniqliklar kiritiladi:
1. Hujjatlar yig‘majildlari muqovasidagi sarlavhalarning tikilgan hujjatlar 
mazmuniga muvofiqligi tekshiriladi, zarur hollarda sarlavhalariga 
qо‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi; 


403 
2. Muqovadagi sana hujjatlar yig‘ma jildining yuritila boshlangan va 
tugallangan yiliga muvofiq kelishi tekshiriladi
3. Hujjatlar yig‘majildlari muqovasidagi sarlavhalarning tikilgan hujjatlar 
mazmuniga muvofiqligi tekshiriladi, zarur hollarda sarlavhalariga 
qо‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi; 
4. Muqovadagi sana hujjatlar yig‘ma jildining yuritila boshlangan va 
tugallangan yiliga muvofiq kelishi tekshiriladi; 
5. Bir necha jildlardan iborat bо‘lgan hujjatlar yig‘majildlari 
muqovalariga har qaysi jild hujjatlarining oxirgi sanasi qо‘yib chiqiladi. 
6. Kalendar sana, yil, kun, arab raqamlarida yoziladi, oy sо‘z bilan 
yoziladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling