Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
4. HUJJATLAR AYLANUVI Hujjatlarning rasmiylashtirilishidan toki ularni saqlash uchun arxivga topshirgunga qadar bosib o‘tgan yo‘li hujjat aylanishi deyiladi. Buxgalteriya hisobida hujjatlarning bunday harakati korxona rahbari yoki u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslar tuzadigan hujjatlar aylanuvi jadval bilan tartibga solinadi. Hujjatlar aylanuvi jadvali korxona rahbarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Hujjatlar aylanuvi jadvali, korxonaning har bir bo’linmasi hamda barcha ijro etuvchilar tomonidan ularning o’zaro bog’liqligini va ishlarni bajarish muddatini ko’rsatgan holda bajariladigan, hujjatlarni tuzish, tekshirish va ularga ishlov berish bo’yicha ishlarning chizmasi yoki ro’yxati ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Korxona xodimlari o’z faoliyat sohasiga taalluqli bo’lgan hujjatlarni hujjatlar aylanuvi jadvali bo’yicha tuzishadi va taqdim etishadi. Buning uchun xar bir ijrochiga jadvaldan ko’chirma beriladi. Ko’chirmada ijrochining faoliyat sohasiga tegishli hujjatlar, ularni taqdim etish muddatlari va ushbu hujjatlar taqdim etiladigan korxona bo’linmalari ko’rsatiladi. Hujjatlar aylanuvi jadvaliga rioya qilish uchun javobgarlik hamda hujjatlarni o’z vaqtida va sifatli tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun ularni o’z vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi bo’yicha javobgarlik ushbu hujjatlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Ijrochilarning korxona bo’yicha hujjatlar aylanuvi jadvaliga rioya qilishlarini nazorat qilish korxona rahbari yoki u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Hujjat aylanish jadvali korxonada oqilona hujjatlar aylanuvini ta’minlashi (har bir birlamchi hujjatning o’tishi bo’yicha ijro etuvchilarning maqbul sonini nazarda tutishi, hujjatning bo’linmada eng kam muddatda bo’lishini belgilanganligi) lozim. 393 Hujjatlar aylanuvi jadvali korxonada butun hisob ishining yaxshilanishiga, buxgalteriya hisobi nazorat qilish funktsiyasining kuchayishiga yordam berishi lozim. Hujjat aylanish jadvalida hujjatlarni rasmiylashtirishga ma’sul shaxslar, hujjatlar tuziladigan joy, ularni tuzishdan to arxivga topshirgunga qadat harakat muddati belgilab qо‘yiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling