Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
INVENTARIZATSIYA HAQIDA TUSHUNCHA, UNING
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
8. INVENTARIZATSIYA HAQIDA TUSHUNCHA, UNING AHAMIYATI VA TURLARI. Korxona aktivlarini va moliyaviy majburiyatlarini haqiqiy holatini, saqlanishini va butligini nazorat qilish maqsadida. ular qayta rо‘yxatga olinadi. Qayta rо‘yxatga olish, buxgalteriya hisobi usullaridan biri bо‘lib, uning yordamida korxona aktivlari, passivlari va majburiyatlarning haqiqiy miqdori qayta о‘lchash, sanash, tortish va solishtirish yо‘li bilan aniqlanadi. Korxonalar mol-mulkini hamda moliyaviy majburiyatlarini qayta rо‘yxatga olish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi Ўзбекистон Респeбликаси Молия вазирлиги томониdaн 1999 йил 19 октябрdaEГ/17-19- 2075-сон билан тасdиқланган ва 1999 yil 2 noyabrda 833-son bilan Adliya Vazirligida rо‘yxatga olingan. Hisobot yilida qayta rо‘yhatga olish soni, uni о‘tkazish sanasi, mulk va moliyaviy majburiyatlar rо‘yxati ushbu andozaning 1,5 va 1,6 bandlarida kо‘zda tutilgan holatlardan tashqari, korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Quyidagilar, qayta rо‘yxatga olishning asosiy maqsadlari bо‘lib hisoblanadi: 1. Mavjud mol-mulkning haqiqiy miqdorlarini aniqlash; 404 2. Haqiqatda mavjud mol-mulk miqdorlarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish; 3. Majburiyatlarning buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning joylashgan yeri va moliyaviy majburiyatlaridan qatiy nazar, ularning tassarufidagi barcha mol-mulklar qayta rо‘yxatga olinadi. Shuningdek, xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan vaqtincha saqlashga, ijaraga, qayta ishlash uchun olingan va biron-bir sababga kо‘ra ilgari hisobga olinmay qolgan barcha mol-mulklar ham yо‘qlama qilinishi kerak.Qayta rо‘yxatga olish, о‘tkazish xarakteriga, korxonalar mulkini qamrab olishiga va o’tkazish muddatlariga kо‘ra tavsiflanadi. О‘tkazish harakteriga kо‘ra qayta rо‘yxatga olish rejali va tasodifiy bо‘lishi mumkin. Rejali qayta rо‘yxatga olish xо‘jalik mablag‘larini ma’lum bir belgilangan vaqtda hisobga olish bilan izohlanadi. Buning uchun, har hisobot yilining boshiga, korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda bosh buxgalter tomonidan aktivlarni, passivlarni va majburiyatlarni qayta rо‘yxatga olish rejasi ishlab chiqiladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Qayta rо‘yxatga olishni tо‘g‘ri va sifatli bо‘lishini ta’minlash uchun, uni tо‘satdan о‘tkazish kerak. Shuning uchun qayta rо‘yxatga olish rejasini ma’lumotlari moddiy javobgar shaxslardan sir saqlanadi. Tasodifiy qayta rо‘yxatga olish ma’lum bir sabablarga kо‘ra о‘tkaziladi. Masalan, moddiy javobgar shaxslar almashganda yoki tashqi nazorat idoralari (soliq idorasi, soliq departamenti, prokuratura hamda bо‘lak nazorat idoralari) talabiga kо‘ra. Tekshiruvlar ularning bevositi ishtirokida va nazoratida о‘tkaziladi. Korxonalar mulkini qamrab olish darajasiga kо‘ra qayta rо‘yxatga olish yoppasiga va qismani bо‘ladi. Yoppasiga rо‘yxatga olishda qaytda rо‘yxatga olish joyidagi hamma mol-mulkar, qisman rо‘yxatga olishda esa, saralab olingan mol-mulklargina xatlovdan о‘tkaziladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling