Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

 
 
10. INVENTARIZATSIYA NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH VA 
BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARIDA AKS ETTIRILISHI. 
Inventarizatsiya 
jarayonida ishchi komissiya a’zolari moddiy 
qiymatliklarni qayta sanash, o’lchash, tortish yо‘li bilan ularning haqiqiy 
miqdorlarini aniqlaydilar va 19-sonli milliy andozada kо‘rsatilgan namunadagi 
inventarizatsiya rо‘yxatini (opis) tuzadilar (2-ilovaga qarang). Rо‘yxatning har 
bir betini oxirida shu betda necha nomdagi moddiy qiymatlikdan qancha 
miqdorda borligi sо‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs 
tomondan imzolanadi. 
Shuningdek, ishchi poda va ma’suldor xayvonlar, parranda va asalari 
oilalari, kо‘p yillik о‘simliklar, kо‘chatzorlar yо‘qlama qilinayotganda 
О‘zbekistan Respublikasi Qishlok va suv xо‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq 


411 
xо‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan inventarizatsiya rо‘yxatini (opis) 
tuzadilar.
Inventarizatsiya yakunlangandan keyin Inventarizatsiya rо‘yxatining 
oxirgi varag‘ida komissiya a’zolari shu rо‘yxatda necha nomdagi moddiy 
qiymatlikdan qancha miqdorda borligi sо‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va 
moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi. Sо‘ng moddiy javobgar shaxs “... 
ushbu qayta rо‘yxatga olish dalolatnomasida kо‘rsatilgan moddiy qiymatliklar 
mening bevosita ishtirokimda hisoblab chiqilganligini tasdiqlayman va shu 
moddiy qiymatliklarni о‘z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim, qayta 
rо‘yxatga olish komissiyasiga mening hech qanday davoim yо‘q… (agar, davosi 
bо‘lsa, e’tirozini yozadi)” degan mazmundagi tilxatga imzo chekadi. Tо‘liq 
rasmiylashtirilgan qayta rо‘yxatga olish rо‘yxati (opis) komissiya raisi 
tomonidan korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. 
Korxona rahbariyati inventarizatsiya tо‘g‘ri о‘tkazilganini nazorat qilish 
maqsadida, inventarizatsiya о‘tkazilgan ombor yoki boshqa obyekt ochilgunga 
qadar nazorat tekshiruvlari о‘tkazadilar.Nazorat tekshiruvi natijalari dalolatnoma 
bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma tekshirishlarni hisobga olish daftarida 
rо‘yxatdan о‘tkaziladi. 
Korxona mulkining bir qismini saralab rо‘yxatga olish uchun 
korxonalarda tekshirish va saralab qayta rо‘yxatga olish komissiyasi tuziladi. Bu 
komissiya inventarizatsiya davrlari о‘rtasida moddiy qiymatliklarning butligi, 
ularni saqlash qoidalarining va о‘rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish 
tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. Inventarizatsiya moddiy 
javobgar shaxslar almashayotganda o’tkazilayotgan bо‘lsa, rо‘yxatga olish 
rо‘yxatida moddiy qiymatliklarni qabul qilayotgan shaxslar, ularni о‘zining 
javobgarligiga olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida 
imzo chekadilar. 
Korxonaga tegishli bо‘lmagan, biroq vaqtincha saqlash uchun olingan 
moddiy qiymatliklarga aloxida inventarizatsiya rо‘yxatlari tuziladi. 


412 
Inventarizatsiya rо‘yxatlari texnik vositalarda yoki qо‘lda tо‘ldirilishi 
mumkin.Qо‘lda tuziladigan inventarizatsiya rо‘yxatlari chiroyli husnixat bilan
aniq-ravshan qilib tо‘ldiriladi. Hech qanday о‘chirish va tuzatib yozishlarga yо‘l 
qо‘yilmaydi. Qayta rо‘yxatga olish rо‘yxatlarida tо‘ldirilmagan satrlar ustiga 
chizib qо‘yiladi. 
Inventarizatsiya tugagandan keyin komissiya a’zolari va moddiy javobgar 
shaxs rо‘yxatning oxirigi varag‘iga shu rо‘yxatda nechta moddiy qiymatlikdan 
qancha miqdorda borligini yozib imzo chekadilar. Moddiy javobgar shaxslardan 
«…hayat a’zolari boyliklarni uning xozirligida tekshirganini, hayat a’zolariga 
nisbatan xech qanday da’vosi yо‘qligi va rо‘yxatda sanalgan boyliklar 
masuliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga…» oladilar va 
rо‘yxatni buxgalteriyaga topshiradilar. 
Korxona buxgalteriyasida inventarizatsiya ma’lumotlari mantiqan va 
arifmetik usul bilan tekshirib kо‘riladi. Baholarda, summalarni chiqarishda yо‘l 
qо‘yilgan arifmetik xatoliklar tо‘g‘rilanadi va bu haqda komissiyaning hamma 
a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. Inventarizatsiya rо‘yxatining 
oxirgi betida baholar va summalarning tо‘g‘riligi tekshirgan buxgalteriya xodimi 
bu haqidagi yozuvni amalga oshirib imzo chekadi. Shundan keyin 
inventarizatsiya natijalarini aniqlash uchun taqqoslash vedomosti tuziladi. Unda 
hisob ma’lumotlari bilan qayta rо‘yxatga olish rо‘yxati ma’lumotlari о‘rtasida 
aniqlangan farqlar qayd qilinadi.
Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida aniqlangan boyliklarning 
haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha 
tartibga solinadi: 
1. Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va 
boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo’jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy natijalariga yo’naltiriladi va keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va 
aybdor shaxslar aniqlanadi: 
D-t – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 - “Tayyor
mashulotlar” va boshqa qiymatliklarir hisobga olinadigan schyotlar 


413 
K-t – 9710 - “Favqulodda foydalar” schyoti; 
2. Belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi xo’jalik 
yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko’ra ishlab chiqarish va 
muomala chiqimlari hisobdan o’chiriladi (yo’qolish me’yorlari haqiqatda 
kamomad aniqlangan taqdirdagina qo’llani). Bunda belgilangan me’yorlar 
doirasida boyliklarning yo’qolishi boyliklar kamomadi qayta navlarga 
ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. 
Agar belgilangan tartibda o’tkazilgan qayta navlarga ajratish bo’yicha hisobga 
olingandan keyin ham boyliklar kamomadi mavjud bo’lsa, tabiiy yo’qolish 
me’yorlari kamomad aniqlangan boyliklar nomi bo’yicha qo’llaniladi. 
Tasdiqlangan me’yorlar bo’lmagan taqdirda yo’qolish me’yorlardan ortiqcha 
kamomad sifatida qaraladi: 
D-t - 9400 “Davr xarajatlari”
K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor 
mashulotlar”; 
3. Yo’qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek, 
boyliklar buzilishidan ko’rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi
74

D-t - 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” 
K-t - 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor 
mashulotlar”; 
4. Boyliklarning yo’qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar 
me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari 
aniqlanmagan hollarda, mashulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari tarkibi to’g’risidagi nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki 
byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga qayd etiladi.
D-t - 9400 “Davr xarajatlari”
74
Suiiste’molliklar oqibati bo’lgan kamomad va talafotlar aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va 
talafotlar aniqlangandan so’ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va 
talafotlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi. 


414 
K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor 
mashulotlar”; 
5. Kamomatlar undirib olinganda:
D-t – 5000 - “Kassadagi pul mablag‘lari” schyoti 
K-t – 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” 
schyoti. 
Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning 
o’zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina 
tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va 
ishonchli shaxs ruxsatiga ko’ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo’l 
qo’yiladi. Bunda yo’l qo’yilgan qayta navlarga ajratish to’g’risida moddiy 
javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar. 
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo’lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil 
bo’lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday 
farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida komissiya mufassal tushuntirish 
berilishi kerak. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling