Buxgalteriya xisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 58.41 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi58.41 Kb.
#1519263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
АУДИТ курс иши Ниязов Аброр (2)

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH

Respublikamizda iqtisodivotning bozor munosabatlariga o'tishi tufayli korxona mablag'lari va mablag'lar tashkil topish manbalarini, shuningdek, ularning harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirish uslubida ham sezilarli o'zgarishlar ro‘y berdi. Buxgalteriya hisobining ob’yekti bo‘lgan va tegishli nazorat o‘rnatilishini talab etuvchi xo'jalik mablag‘larining yangi turlari paydo bo‘ldi. Bozor islohotlarining chuqurlashtirilishi va iqtisodyotning erkinlashtirilishi tufayli korxonalar, firmalar va aksiyadorlik jamiyatlarining xo'jalik yuritish amaliyotida mulkchilik va muomalalarning yangicha turlari kirib keldi. Bulardan biri nomoddiy aktivlardir.


Nomoddiy aktivlaming ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida foydalanilishini va u moddiy mohiyatga ega bo‘lmasligini talab etadi. Moddiy ko‘rinishga ega bo‘Imagan aktivlar, agarda yuridik huquqlar, jumladan mulk huquqi bilan o‘zaro munosabatda bo’lishi mumkin bo‘lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanilgan taqdirda nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi.
Nomoddiy aktivlar moddiy ashyoviy asosga ega bo'lmagan va kelgusida iqtisodiy naf olishga moljallanadi. Shu sababli nomoddiy aktivlaming muhimligini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasida ham bu ob’yektlar hisobiga doir standart qabul qilindi.
7-son «Nomoddiy aktivlar» nomli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartida nomoddiy aktivlarga quyidagicha ta’rif beriladi: «Nomoddiy aktivlar - korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlami sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalami amafga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk obyektlari».
Ushbu ta’rifdan ko'rinib turibdiki, bizning mamlakatimizda asosiy e’tibor xo‘jalik faoliyatida boshqarishga, bir yildan ortiq ishlatishga mo‘ljallangan aktivlar nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritilgan.

Download 58.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling