Buxgalteriya xisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash, hisobdan chiqarish va tugatilishini tekshirish


Download 58.41 Kb.
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi58.41 Kb.
#1519263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
АУДИТ курс иши Ниязов Аброр (2)

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash, hisobdan chiqarish va tugatilishini tekshirish.
Nomoddiy aktivlar bo'yicha amortizatsiya hisoblash va amortizatsiya ajratmalarining mahsulot (ish, xizmatjlar tannarxiga to'g'ri olib borilishini tekshirish chog'ida auditor nomoddiy aktiviarning ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilayotganligi va daromad keltirayotganligi to'g'risida isbotga ega bo'lishi lozim.Nomoddiy aktivlar bo'yicha amortizatsiya ajratmalari baholash miqdori bo'lib, taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish davriga asoslanib hisob-kitob qilinadi. Shuning uchun auditor o'matilgan foydali xizmat qilish muddatlari va amortizatsiya ajratmalari normalarining xosligini 7-sonli BHMSga muvofiq tegishli metodlar to'g'ri qo'llaniiganligini tekshirib ko‘rishi lozim. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun I-sonli NMA shakldagi kartochka va nomoddiy aktivlar obyektlarini hisobga qabul qilishda asos bo‘Igan dastlabki hujjatlardan foydalaniladi.
Nomoddiy aktiv bo'yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblasb mazkur obyekt nomoddiy aktivlar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to'liq so ‘ndirilgunga qadar yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktiv bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to ‘liq so‘ndiri!gan yoki bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasida to’htatiladi.Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash to ‘xtatilmaydi, nomoddiy aktivdan foydalanishda bevosita va bilvosita cheklovlar (masalan: asosiy vositalar va boshqa aktivlami konservatsiyalash, rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish) mavjud b o ‘lgan holatlar bundan mustasno.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan q at’i nazar amalga oshiriladi va u tegishli bo‘lgan hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya hisobida alohida schyotlardagi tegishli summalami jamlash yo‘li bilan aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini belgilashda quyidagi omillami e ’tiborga olish lozim:
• nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati;
• ishlab chiqarishni o ‘zgartirish va yaxshilash natijasida yoki mazkur aktiv tomonidan ishlab chiqarilayottan mahsulot (ishlar, xizmatlarga nisbatan bozor talablarining o'zgarishi natijasida texnika jihatidan eskirish;
• aktivdan foydalanishdagi yuridik va boshqa cheklovlar (masalan, foydalanish muddati tugashi bilan bog‘liq b o ‘lgan cheklovlar).
Nomoddiy aktivlaming foydali xizmat muddati korxona tomonidan nomoddiy aktiv buxgalteriya hisobiga qabul qilinish chog'ida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlaming foydali xizmat muddatini belgilash quyidagilardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
a) patent, guvohnomaning amal qilish muddati va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatining boshqa cheklanishi;
b) ushbu obyektdan foydalanish ko‘zda tutilayotgan muddat, ya’ni korxona iqtisodiy foyda (daromad) olishi mumkin bo'lgan muddat.
Nomoddiy aktivlaming alohida guruhlari uchun foydali xizmat muddati ushbu nomoddiy aktivdan foydalanish natijasida olinishi kutilayotgan mahsulotlar miqdori yoki ishlar hajmining boshqa moddiy ko'rsatkichidan kelib chiqqan holda belgilanadi.Foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bo'lmagan nomoddiy aktivlar bo'yicha amortizatsiya ajratmalari me’yori besh yil hisobida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlaming foydali xizmat muddati, agarda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa hoi nazarda tutilmagan bo‘lsa, nomoddiy aktiv foydalanishga tayyor bo'lgan paytdan boshlab korxonaning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshmasligi lozim.
Gudvill summasini hisobdan chiqarish davri korxonaga kelgusidagi iqtisodiy foyda tushumi kutilayotgan davming eng yaxshi bahosini aks ettirishi kerak. Gudvillning foydali xizmat muddati dastlab tan olingan paytdan boshlab yigirma yildan oshmasligi kerak (lekin korxonaning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshib ketmasligi lozim).
Gudvill bo'yicha amortizatsiya ajratmalari mazkur BHMSning 7 va 64-paragraflarida nazarda tutilgan tartibda va usullami qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisobotda Gudvillning qiymati tegishli hisobot davrida amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlami chegirgan holda aks ettiriladi. Gudvill bo'yicha amortizatsiya ajratmalari uning foydali xizmat muddati mobaynida boshlang'ich qiymatini kamaytirish yo'li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi:
-Debet
2010 «Asosiy ishlab chiqarish»«,
2310 «Yordamchi ishlab
chiqarish»,
0810 «Tugallanmagan qurilish»,
9420 «Ma’muriy xarajatlar» va xarajatlami hisobga oluvchi boshqa schetlar,
- Kredit
0480 «Gudvill» scheti
Manfiy gudvill summasi sotib olingan amortizatsiyalanadigan alohida aktivlaming o'rtacha tortilgan foydali xizmat muddati mobaynida muntazamlik asosida korxonaning moliyaviy natijalarga asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar sifatida kiritiladi.
Nomoddiy aktivlardan qancha muddatda foydalanish va ularga eskirish hisoblash zarurati haqidagi masalaga ko'pchilik davlatlaming ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshishi bu sohadagi mavjud xalqaro standartlarga muvofiq keladi. Chunki, hisobning xalqaro standartalari komiteti yoxud ishbilarmonlik aloqalari qiymati kapitallashtirishni, yoxud birdaniga korxonaning xususiy kapitali hisobiga hisobdan chiqarishga ruxsat beradi. Lekin, bu standartlarga muvofiq nomoddiy aktiviarga eskirish hisoblashning qandaydir maksimal muddati tavsiya qilinmaganligiga qaramasdan, ayrim davlatlarda ma’lum cheklashlar kiritilgan. Masalan, firma amaliy shuxrati «Goodwill» ning qiymati Kanada, AQSh va Yaponiyada 40yil, Avstraliyada 20 yil, Niderlandiya va Shvetsiyada 10 yil.
Amortizatsiya hisoblanadigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha auditor quyidagilami tekshiradi:
• qo'llanilayotgan amortizatsiya bisoblash usullari korxona hisob siyosatiga mos kelishi;
• tanlangan amortizatsiya hisoblash usuli nomoddiy aktivlar obyektiari qiymatini qolgan foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqarish sarflarini hisobga oladigan schyotlarga to‘g‘ri o'tkazilishini.
• 7-sonli BHMS 46 bandiga muvofiq nomoddiy aktiviarga amortizatsiya hisoblashning to‘rt usuli ko‘zda tutilgan. Ular:
• to‘g‘ri chiziqli (yoki birtekis);
• kamayib boruvchi qoldiq;
• ishlab chiqarish birliklari summasi bo'yicha amortizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli);
• kumulyativ usul.
Nomoddiy aktiviarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyali, korxona moliyaviy holatiga ta’sirini bilish va shu asosda malakaviy auditorlik xulosasi shakllantirish maqsadga muvofiq. To'g’i chiziqli usulning mohiyati muavyan nomoddiy aktivning jami foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish summalari bir me’yorda hisoblab yozib borilishidan iborat. Kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalanish chog'ida muntazam hisoblab boriladigan amortizatsiya summalari foydali xizmat qilish davri davomida kamaytirib boriladi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli) ga muvofiq amortizatsiya hajmi nomoddiy aktivdan necha marotaba foydalanilishi yoki nechta mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganligiga bevosita bogliqdir.
Amaliyotda amortizatsiya hisoblashning to'g'ri chiziqli usulidan foydalanish afzalroq. Qolgan usullardan muayyan holatlarda foydalanilishi maqsadga muvofiqdir Auditor hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining schyotlarda to'g'ri aks ettirilganligini ham aniqlashi lozim. Bunda 21-sonli BHMS ga muvofiq quyidagi test-jadvaldan foydaianish mumkin:
Hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari arifmetik hisob-kitobiarining to‘g‘ri!igini tekshirish auditorlik jamlash qoidalarini hisobga olgan hoida, jamlash asosida amalga oshiriladi. Nomoddiy aktiviar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni tekshirish chog;ida:
• nomoddiy aktiviar obyektlarining o‘rtacha qiymati va o‘rtacha amortizatsiya normasidan foydalangan hoida hisoblash yo'li bilan amortizatsiya, ajratmalari summalarini prognozlash;
• bir necha hisobot davrlarida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalarini taqqoslash va aniqlangan farqlarni nomoddiy aktiviar obyektlarining mavjudligi hamda ular kirimi va chiqimining ta'sirini inobatga olgan hoida tahlil qilish kabi analitik amallardan ham foydaianish mumkin.
Amortizatsiya ajratmalarini batafsil tekshirish chog‘ida auditor amortizatsiya ajratmalari hisoblash usullaridagi o ‘zgarishlaming korxona hisob siyosatida aks ettirilganligini aniqlashi iozim. Chunki bunday o'zgarishlar bir qancha davrlar oralig'idagi ma’lumotlaming taqqoslanuvchanligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunda joriy sharoitga yangi baho berish kerak. Nomoddiy aktivlaming foydali xizmat muddatlari o ‘zgargan hollarda o‘zgarish sabablari o ‘rganilib, ulaming 1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» va 7-sonli «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMS talablariga muvofiqligi o‘rganiladi.
Chiqib ketadigan nomoddiy aktivlaming qiymati balansdagi hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida korxona balansidan hisobdan chiqariladi:
a) tugatish;
b) sotish;
v) ayirboshlash;
g) tekinga berish;
d) ustav kapitaliga muassis ulushi sifatida berish;
e) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchining chiqib ketishi chog'ida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish;
j) kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi.
Nomoddiy aktivlaming chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlaming chiqib ketishidan olingan daromaddan ulaming qoldiq (balans) qiymatini, nomoddiy aktivlaming chiqib ketishi bilan bog'liq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlami chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zarami) aniqlash chog'ida ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivni qo‘shimcha baholash summasi, ya’ni mazkur nomoddiy aktivni ilgarigi qo'shimcha baholashlar summasining ilgarigi qiymatning kamayishi summasidan yuqorisi bir vaqtning o'zida «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schel bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytirish bilan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan daromad sifatida «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi» schet kreditiga olib boriladi. Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymati quyidagicha balansdan chiqarilishi Iozim:
- Debet 9220 - «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi»schyoti
- Kredit 0410-0490 - «Nomoddiy aktivlami hisobga oluvchi schyotlar».
Hisoblangan eskirish summasiga esa
-Debet 0510-0590 - «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar»
- Kredit 9220 - «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi» schyotiga qayd etilishi lozim.
Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlami jamlash)» schyotiga o‘tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi, foyda, byudjet bilan hisob-kitoblar ko'rsatkichlari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini baholashning asoslanganligi ko‘p jihatdan nomoddiy aktivlaming mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaming haqqoniyligiga bog‘liq.
Nomoddiy aktivlaming hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalami hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
21-sonli BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlami hisobdan chiqarish bilan bog‘liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qatiy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko'rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320-«Boshqa aktivlaming chiqib ketishidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish. 0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlaming ayrim turlari qo'shimcha qiymat solig‘i (QQS) dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur. 21-son BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olinganida QQS 4410 - «Soliqlar va yig'imlar bo'yicha avans toMovlar» schyotida aks ettiriladi (hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib ko'rsatilganida).
Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo'yicha QQS summasi quyidagi hollarda byudjetga o‘tkaziladi:
• sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol yetkazib beruvchilarga to'langanida;
• nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida;
• nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida.
Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko'rsatilgan bo'lmasa, u hoida hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko‘rsatilmaydi. Nomoddiy aktivlami hisobga olishga doir muomalalami tekshirish natijalari auditorlik hisobotida umumlashtiriladi. Har bir yo’l qo'yilgan xato-kamchilik bo‘yicha:
- qaysi me’yoriy hujjatning qaysi talabi buzilganligi;
- etkazilgan zarar summasi; aniqlangan xatolikning korxona faoliyati va buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatish darajasi, jiddiyligi va hokazolar aniqlanadi.
0400 - «Nomoddiy aktivlami hisobga oladigan schetlar» (0410-0490)da asossiz ravishda nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligi, obyektlar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; nomoddiy aktivlaming inventar (balans) qiymatiga ularni sotib olish yoki yaratish bilan bog'liq bo‘Imagan xarajatlarning qo‘shilgartligi; analitik hisob yuritilmasligi.
Quyidagi faktlar korxonada ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi:
-yiilik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin nomoddiy aktivlar inventarizatsiya qilinmasligi, hisob siyosatida belgilangan inventarizatsiya o’tkazish muddatlariga rioya qilinmasligi;
-inventarizatsiya natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi;
-inventarizatsiya natijalari yiilik buxgalteriya hisobotida o’z vaqtida aks
ettirilmasligi;
- nomoddiy aktivlaming foydali xizmat qilish muddatlarini noto‘g‘ri (noqonuniy) belgilash oqibatida korxona xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari buzib ko’rsatilishi;
- amortizatsiya hisoblanmaydigan toifaga kiruvchi nomoddiy aktivlarga ham amortizatsiya hisoblanishi;
-noishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha
hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilishi;
-nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishga doir muomalalami hisobda aks ettirish uslubiyotining buzilishi.
-nomoddiy aktivlar harakatiga doir muomalalami hisobda aks ettirish uslubiyotiga rioya qilmaslik soliq bilan bog‘liq noxush holatlami keltirib chiqaradi. Jumladan: to'lanmagan va hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig‘ini byudjetga taqdim qilish;
- nomoddiy aktivlami sotish va shartnomaga asosan tekinga berish chog'ida QQS hisoblamaslik va noto‘g‘ri aniqlash; nomoddiy aktivlami hisobdan chiqarilishi natijasida ko‘rilgan zararlar summasiga soliqqa tortiladigan foydaning kamaytirilishi;
-nomoddiy aktivlar jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan summasidan daromad solig'i ushlab qolmaslik.


Download 58.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling