Buxgalteriya xisobi, iqtisodiy tahlil va audit
Kompьyuter dasturiy ta`minoti
Download 58.41 Kb.
|
АУДИТ курс иши Ниязов Аброр (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тashkiliy xarajatlar
Kompьyuter dasturiy ta`minoti – bu korxonaning ishlab chiqarish, ma`muriy faoliyatida ishlatish yoki ijaraga berish uchun mo`ljallangan hamda kelgusida iq-tisodiy manfaatlar keltiradigan komp`yuterlarda maxsus operatsiyalarni (buxgal-teriya hisobi, iqtisodiy tahlil va shunga o`xshashlarni) bajarishga mo`ljallangan hamda korxonani o`zida yaratilgan yoki sotib olingan dasturlardir.
Тashkiliy xarajatlar - bu faoliyatni tashkil qilishga ketgan xarajat-lardir. Тashkiliy xarajatlarning ba`zilari to`g`ridan-to`g`ri kapitalizatsiyalanadi. Bunday xarajatlarga misol tariqasida huquqiy masalalar bo`yicha, buxgalteriya bo`yicha, devon tovarlari uchun qilingan xarajatlarni keltirish mumkin. Тashki-liy xarajatlarni kapitalizatsiya qilishning sababi, ular kelgusida daromad keltiradi. Barcha xarajatlarni birinchi yilda hisobdan chiqarish xarajatlar va daromadlarning muvofiqlik tamoyiliga putur etkazadi. Shuning uchun tashkiliy xarajatlar odatda erkin tanlab olingan qiska davr ichida amortizatsiya qilinadi. Gudvill - noaniq nomoddiy aktiv hisoblanadi. Hisobga olish maqsadida gudvill - kompaniyaning sotib olingan haqiqiy bahosi bilan identifikatsiya-lanadigan sof aktivlarning bozordagi bahosi o`rtasidagi farqdir. U eng ko`p tar-qalgan va muhim nomoddiy aktiv hisoblanadi. Gudvill kompaniyaning ijobiy tavsiflaridan kelib chiqadigan qiymat bo`lib, kompaniyaning aniq aktivlaridan kutilayotgan daromadlarning qo`shimcha ravishda ko`paytirishga xizmat qiladi. Kompaniyaning o`zi tomonidan yuzaga keltirilgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi. Chunki bu kompaniya sotib olinayotganda sotib olish bahosi va kompaniya aktivlarining haqiqiy bahosi o`rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Gudvill asosan kompaniyaning oddiy ko`rsatkichlaridan yukori bo`lgan moliyaviy ko`rsatkichlarining taxmin qilinayotgan qiymatini aks ettiradi. Bu taxminlar kompaniya yoki uning operatsion muhitiga aloqador bo`lgan nomoddiy ijobiy tavsiflar yoki omillar bunday daromadlar olishiga ishonch tugdiradi. Ular kompaniyalar uchun o`rtachadan yuqori bo`ladi. Nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona xodimlarining intellektual va ishchanlik sifati, ularning malakasi va mehnatga qobiliyati kirtilmaydi, chunki ular o'zlarining egalaridan ajralmas hisoblanadi va ularsiz foydalanish mumkin emas.Tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, qo'shma korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi sababli nomoddiy aktivlar hisobi va auditi oldiga muayyan talablar qo'yilmoqda. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishning asosiy qoidalari bo'lib tan olish (e'tirof etish) paytini belgilash, balans qiymati va foydali xizmat muddatini baholash, amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, balans qiymatidagi boshqa o'zgarishlarni baholash va hisobga olish hamda ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash, shuningdek ular bo'yicha axborotlarni moliyaviy hisobotda ochib berish tartibi hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi buxgalteriya hisoboti «nomoddiy aktivlar» moddasining ishonchlilik darajasi to‘g‘risida fikr shakilantirish va korxonada qoMlanilayotgan nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubi hamda soliqqa tortish bilan bog‘liq muomalalarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat. Nomoddiy aktivlar auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Nomoddiy aktivlar mavjudligi ustidan nazorat o‘mati!ishini aniqlash (mulkiy obyektlami nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to‘g‘riligi; mavjudligini va muomalalarni hujjatlashtirishning to‘g‘riligini tekshirish; nomoddiy aktivlami baholashning to‘g‘riligini tekshirish; inventarizatsiya qilish; hisobot ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligini aniqlash); 2. Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlaming kirimi va chiqimiga doir muomaialami soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimiga doir muomaialami sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomaialami soliqqa tortish masalalari); 3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (foydali xizmat muddatini belgilashning asoslanganligi; amortizatsiya hisoblashda qo'llanilgan usullaming qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya ajratmalarining hisobda aks ettirilishi). 4. Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha etarli ma’lumotlarga ega bo‘lish auditorga nomoddiy aktivlar hisobining holatini mustaqil baholash va qoidabuzarliklar hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan qoidalardan chetga chiqishlami aniqlashga imkon beradi. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish sharoitida nomoddiy aktivlaming tobora salmoqli ahamiyat kasb etib borayotganligini hisobga olgan holda, ulaming hisobi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi va ulardan samarali foydalanilayotganligini auditorlik tekshiruvlaridan muntazam ravishda o'tkazib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Nomoddiy aktivlar auditi ham ulaming hisobi kabi yetarli darajada shakl topmagan tadqiqot obyektlari jumlasiga kiradi. Audit bunga vakolatli bo‘lgan shaxslar - auditorlar tomonidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotining ishonchliligi hamda moliyaviy va xo'jalik operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ekanligini aniqlash maqsadida mustaqil ekspertiza va tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini, ulaming to ‘liqligi va aniqligini tekshirish demakdir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, nomoddiy aktivlar auditining maqsadi- O‘zbekiston Respublikasidagi qonunchilik asosida nomoddiy aktivlaming holati, harakati, baholanishiga obyektiv baho berishdan iborat. Bunda nomoddiy aktivlar hisobining ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo 'jalik operatsiyalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Nomoddiy aktivlami tekshirishning asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir: • aktivlaming nomoddiy aktivlarga to‘g ‘ri olib borilganligi; • nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘lgan ixtirolar bo‘yicha patentlar, sanoat namunalari, tovar belgilari, kompyuterlar uchun dasturlar va boshqa huquqlar, ishchanlik obro‘si tegishli hujjatlarda rasmiylashtirilishi; • nomoddiy aktivlar kelib tushishi va hisobdan chiqarilishi bo'yicha operatsiyalami to‘g ‘ri rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish; • nomoddiy aktivlar boshlang‘ich qiymatini to‘g ‘ri baholash; • nomoddiy aktivlaming foydalanish muddatini va amortizatsiva ajratmalarini hisoblashni to ‘g ‘ri aniqlash; • nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va uni hisobda aks ettirishni tanlangan usulini hisob siyosatida belgilanishi; • nomoddiy aktivlaming ayrim obyektlari bo‘yicha analitik hisobini tashkil etilishi; • nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi, hisobotda ma’lumotlarni to ‘liq va to‘g ‘ri ochib berilishi» Nomoddiy aktivlarni hisobga olish bo'yicha dastlabki hujjatlar qo'yidagilardan iborat: • nomoddiy aktivlar bo'yicha operatsiyalar to‘g‘risida ma'lumot manbalari quyidagilardan iborat: nomoddiy aktivlar obyektlari bo'yicha sotib olish-sotish (yaratish) shartnomalari, mualliflik shartnomalari, nomoddiy aktivlar obyektlari bo'yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnomalar, litsenziyalar, nomoddiy aktivlar obyekti Ustav kapitaliga kiritilganligi va ular narxlari bo'yicha kelishilganligi to'g'risida bayonnomalar, nomoddiy aktivlarni hisobga olish bo'yicha inventar varaqalari. inventar daftarlari, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, ta’sischilar majlisining bayonnomalari, amortizatsiya ajratmalarini hisoblash bo'yicha jadvallar, 0410-0490, 0510-0590, 9220, 6010, 4890-sonli va boshqa schetlar bo'yicha hisob registrlari (jumal- orderlar, qaydnomalar, mashinogrammalar va boshqalar), Bosh kitob va boshqalar; • nomoddiy aktivlar hisobi bo'yicha sintetik va tahliliy hisob registrlari; • buxgalteriya hisoboti. Dastavval, auditor korxona hisob siyosatining nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubiyoti bayon qilingan asosiy qoidalari bilan tanishib chiqadi. Bular xususan quyidagilardan iborat: • amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari (bir butunligicha yoki nomoddiy aktivlarning har bir turi bo'yicha); • amortizatsiya vaqtincha hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar ro'yxati; • nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun qo'lianiladigan namunaviy qabul qilingan va korxonaning o'zida tasdiqiangan dastlabki hujjatlar shakllari; • nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish muddatlari; • nomoddiy aktivlar hisobiga doir hujjatlar aylanishi; • nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalami hisobga olishda qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxati. Nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalami tekshirish uchun sintetik va analitik hisob registrlari qo‘llaniladigan hisob shakllariga bog‘liq holda foydalaniladi. Buxgalteriya hisobining jumal-order shaklida nomoddiy aktivlaming sintetik hisobi 13-ASH jumal-orderda va «nomoddiy aktivlami hisobga olish qaydnomasi»da yuritiladi. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktiv qismidagi I-Uzoq muddatli aktivlar» bo'limida «Nomoddiy aktivlar» deb nomlanadigan modda bo‘yicha boshlang‘ich (tiklash) qiymati (020-satr), jamg‘arilgan amortizatsiyasi (0 2 1 -satr), qoldiq qiymat (022-satr) aks ettiriladi. Moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida quyidagi axborotlaming mohiyati yoritilishi lozim: • nomoddiy aktivlar foydali xizmat muddatlari to‘g‘risidagi (ayrim guruhlari bo'yicha); • qiymati qoplanmaydigan (eskirish hisoblanmaydigan) nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi; • amortizatsiya ajratmalari hisoblash usullari to‘g‘risidagi. Amalda nomoddiy aktivlarga doir muomalalar kamdan-kam sodir bo‘lganligi sababli, mulklami nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to‘g‘riligini yoppasiga tekshirish maqsadga muvofiq. Mulklar nomoddiy aktivlar qatoriga to‘g‘ri olib borilganligining tekshirish chog‘ida huquqlar va shunga o‘xshash fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilish natijasida nomoddiy aktivlar sotib olinadi va patent to‘g‘risida, tovar belgilari, xizmat, ko'rsatish belgilari, mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar bilan tartibga solinadi. Mavjud nomoddiy aktivlami quyidagilarasosida sotib olish mumkin: • litsenzion shartnoma; • «nou-xau»ni qabul qilish-topshirish shartnomasi; • ta’sis shartnomasi. Nomoddiy aktivlarni korxonaning o‘zida yaratish quyidagilar doirasida amalga oshiriladi: • asarni yaratish to‘g‘risidagi shartnoma; • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish to‘g‘risida shartnoma; • ilmiy-texnik mahsulotni yaratish (berish) to‘g‘risida shartnoma. • ekspertiza o'tkazish chog'ida e’tibor qaratish zarur bo'lgan ayrim shartnomalaming xususiyatlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz. • Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish usullari mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan muayyan huquqlar; • foydalanish uchun beriladigan huquq muddati; • mukofotlash ko'lami yoki uni aniqlash tartibi, to‘lash tartibi va muddatlari. Lisenzion shartnoma predmeti bo‘lib shunday nomoddiy aktivlar hisobianadiki, ular tegishli organlarda maxsus ro'yxatdan o‘tkaziladi (kashfiyot, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi). Litsenziyalovchi (barcha zarur hujjatlami beruvchi tomon) va litsenziat litsenzion shartnomaning tomonlari bo'lib hisoblanadi. Litsenzion shartnomada obyektdan foydalanish usullari (sanoat mulki obyektidan foydalanishga doir muayyan huquqlar); foydalanish uchun beriladigan huquq muddati; mukofotlash kolami yoki uni aniqlash tartibi, to'lash tartibi va muddatlari. Mukofotlash litsenziatning foydasidan ajratma ko'rinishida yoki qat’iy summa ko’rinishda, yoki ushbu usullami birgalikda qo‘shib aniqlanishi mumkin. Shartnomada tomonlaming majburiyatlari ko‘rsatiladi. Litsenzion shartnoma patent idorasida ro‘yxatdan o'tkazilishi lozim. «Nou-xau»ni bir-birovga o'tkazish shartnomasi bo'yicha «nou-xau» (axborot)dan foydalanish uchun beriladigan huquq emas, balki uning o ‘zi beriladi. Shartnomada «nou-xau»ni berish tartibi to‘g ‘risidagi asosiy shartlar, shartnomaning amal qilish muddati, bahosi va to'lov tartibi, maxfiylikni saqlash bo‘yicha tomonlaming majburiyatlari ko‘rsatiladi. Berilayotgan «nou-xau»ni bayon qilish shartnomaning muhim shartlaridan hisoblanadi. Shartnoma ro'yxatdan o‘tkazilmaydi. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish shartnomasida ishlaming nomlari va ulaming har bir bosqichi; ishni bajarish uchun asos (dastur, reja, texnik topshiriqlar va shunga o‘xshash); butun ishlarni bajarish muddati va har bir bosqichni bajarish muddati: ish qiymati va to‘lov tartibi; ishni qabul qilish tartibi; ishlar natijalaridan foydalanish shartlari; tomonlaming mas’uliyatlari ko'rsatiladi. Nomoddiy aktiv obyektini hisobga qabul qilish kuchga kirgan shartnoma asosida amaiga oshiriladi. Shartnomalami yuridik ekspertizadan o'tkazish uchun auditorlik tashkilotsiningyuristi jalb qilinishi mumkin. Auditor shartnomalami tekshirish bilan bir qatorda nomoddiy aktivlarni qabul qiiish-topshirish dalolatnomasi (qabul qilish dalolatnomasi) va nomoddiy aktivlarni hisobga olish kartochkasi ( 1 -sonli NMA shakli) ni to‘lg‘azishni tekshiradi (majburiy rekvizitlaming to'g'riligi, foydali xizmat muddatining ko‘rsatilish, foydalanishga qabul qilish sanalari, obyektni ro'yxat qilish; dastlabki hujjatlami hisob registrlarida aks ettirish). Shartnomalar va dastlabki hujjatlaming yuridik rasmiylashtirilishi tekshirilganidan so’ng auditor nomoddiy aktivlaming dastlabki qiymatini arifmetik tekshiruvdan o‘tkazadi (ulaming baholanishini). «Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun» va 7-son «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSga muvofiq nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida pul ifodasida aks ettiriiadi. Nomoddiy aktivlarni baholash ulaming tegishli shartnoma qiymati va rejalashtiriigan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlarini qo‘shish tartibidan kelib chiqib aniqlanadi. Nomoddiy aktivlarning aks ettirilishini audit qilishda asosiy e’tibor, ulaming balansda to‘g‘ri ko'rsatilishiga qaratiladi. Shu jumladan: «Nomoddiy aktivlar hisob va hisobotda sotib olish, tayyorlash va ulami foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog'liq xarajatlar yig‘indisi asosida aks ettiriiadi. Nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha ulaming dastlabki qivmatini asta-sekin mahsulot tannarxiga amortizatsiya me’yorlari asosida qo‘shib borish orqali aks ettiriiadi» Demak, nomoddiy aktivlarni auditida asosiy e’tibor ularga tegishli muomalalarni eng avvalo buxgalteriya hisobida to'g'ri yuritilishiga qaratilishi lozim. Ushbu fikrni rivojlantirib, professor P.N.Kamo'shanov tomonidan shunday deb ta’kidlangan: «Nazorat qilish jarayonida buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni qabu! qilinishining to'g'riligini tekshirish lozim. Yuqorida ta’kidlanganidek, nomoddiy aktivlar moddiy- qiymat asosga ega emas, shu sababli ulami buxgalteriya hisobida qabul qilinishida ma’lum muammolar paydo bo‘ladi. Nomoddiy aktivlami qabul qilinishi tegishli hujjatlar (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, shartnoma, buxgalteriya ma’lumotnomasi va boshqalar) asosida amalga oshiriladi. BoshIang‘ich hujjatlar asosida uiaming huquqiy jihatdan rasmiylashtirilganligi, iqtisodiy asoslanganligining to‘g‘riligi tekshiriladi» Download 58.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling