Buxgalteriya xisobi, iqtisodiy tahlil va audit
Nomoddiv aktivlar auditi hususiyatlari, maqsadi, vazifalari va manbalari
Download 58.41 Kb.
|
АУДИТ курс иши Ниязов Аброр (2)
Nomoddiv aktivlar auditi hususiyatlari, maqsadi, vazifalari va manbalari.
Nomoddiy aktivlar tarkibi turlicha bo`lib, ular bir qator belgilari bo`yicha tarkibiy qismlarga ajratilib o`rganiladi: -identifikatsiyalash, -sotib olish, -kutilayotgan ustunliklar berish davri, -korxonadan ajralishi va boshqalar bo`yicha turkumlanishi mumkin. Nomoddiy aktivlarning turkumlanishini izohlashdan oldin korxona nomoddiy aktivlari va ularni tavsifi bilan tanishib chiqaylik. Korxona nomoddiy aktivlariga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, intelektual mulk va savdo belgilari, kompyuter dasturlari, mualliflik huquqi, mijozlar ro`yhati, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar, nou-xau, franchayzing gudvill. Patent — huquqiy tan olingan va ro`yxatdan o`tkazilgan mutlaq huquq. Patent huquqi o`zining egasiga patentga taalluqli bo`lgan buyumni, jarayonni yoki faoliyatni foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish huquqini beradi. Bunda chetdan boshqa shaxslar bevosita aralasha olmaydi. Patent huquqi kashfiyotning tarkibini himoya qiladi va u belgilangan tartibda ro`yxatga olingan bo`lishi kerak. Patent huquqi bilan himoyalanadigan ob`ektlarni ishlatishning asosiy ko`rinishi - bu huquqni litsenziya shartnomasi asosida berish va ob`ektni korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shishdir. "Nou-xau" - texnik tashkil qilish, hizmat ko`rsatish va tijorat xususiyatiga ega axborot bo`lib, u boshqa shaxslarga noma`lumligi sababli, haqiqiy yoki poten-tsial tijorat qiymatiga ega bo`ladi. Qonuniy asoslarga ko`ra, axborotlarga erishib bo`lmaydi va bu axborotga ega bo`lgan shaxs uning sirliligini ta`minlashga mas`ul-dir. Sanoat mulklari boshqa ob`ektlardan farqli ravishda "nou-xau" ro`yxatiga olinmaydi. "Nou-xau"ni topshirish haqidagi shartnoma asosida "nou-xau"ning o`zi topshiriladi, uni ishlatish huquqi emas. "Nou-xau"ni topshirish shartnomasining majburiy elementlari: ob`ektning hamma xususiyatlari tavsifi, uni sir saqlash bilan bog`liq tartiblar va "nou-xau"ning uni amaliyotga qo`llashdagi hamkorligi. Download 58.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling