Mehnat ta’tili rezervi va to’lovlari hisobi. Ish haqi fondi va uni
nazorat qilish.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni yil davomida bir maromda davom
etmasligi hamda boshqa holatlar munosabati bilan xodimlarga mehnat ta’tili bir
maromda berilmaydi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga xarajatlarni bir maromda
kiritilishini ta’minlash yuzasidan mehnat ta’tiliga tegishli summasi yil davomida
xarajatga kiritib borish bo’yicha zaxira tashkil qilib borishni taqozo etadi.
Zaxira summasini tashkil etish buxgalteriya hisobida 8910 – “Kelgusi davr
xarajatlari va to’lovlari rezervi” hisobvarag’i da olib boriladi. Hisobvaraq passiv
bo’lib kredit qoldig’i mavjud zaxirani va uni tashkil etilishini, debetdagi yozuvlar
ushbu rezervdan foydalanilganligini bildiradi.
74 - Vaqtinchalik mexnatga layokatsizlik varaklari va tugish ta’tillari bUyicha xak xisoblash xamda tulash tartibi
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:
ishlayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga;
baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
Chyernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Chyernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.
Do'stlaringiz bilan baham: |