Buxgalteriya xisobining tavsiflanishi


Buxgalteriya hisobi tizimining rivojlanish tarixi


Download 334 Kb.
bet2/13
Sana16.02.2023
Hajmi334 Kb.
#1203278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
JAVOBLAR BUXGALTERIYA

Buxgalteriya hisobi tizimining rivojlanish tarixi

Rus olimi Ya.V. Sokolov o‘zining «История развития бухгалтерского учёта» nomli asarida buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishini quyidagi uch qarashga bo‘ladi: 600 yil oldin, xo‘jalik hayotidagi maqsadli jarayonlarning ro‘yxatga olinishi natijasida; 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining kitobi chiqishi bilan; 100 yil oldin, bu borada har xil maktablarning paydo bo‘lishi bilan.
G‘arb mamlakatlarida «Buxgalteriya hisobi tadbirkorlik tili» degan ibora mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki, oddiy tadbirkordan tortib to korxona rahbarigacha «Buxgalteriya hisobi» fanini o‘rganishi va uning asosiy usul hamda uslubiyatini o‘zlashtirib olishi bugungi kun talabidir.
Buxgalteriya hisobi — iqtisodiy siyosatni shakllanishining asosiy bo‘g‘ini, korxona kapitali aylanishini boshqarish va ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini tartibga solishda hisob ma’lumotlarni yig‘ish hamda bir tizimga keltirishda yagona mexanizm hisoblanadi.

3- Buxgalteriya xisobining asosiy tamoyillari


Tashkilotning hisob siyosati buxgalteriya hisobining quyidagi
asosiy tamoyillariga mos kelishi lozim:
· uzluksiz;
· xo‘jalik operatsiyalari, aktiv va passivlarning pullik bahosi;
· ishonchlilik;
· qo‘shib yozish usullari;
· ko‘rsatkichlarni solishtirish (taqqoslash);
· moliyaviy hisobotning xolisligi;
· hisobot davri tushum va chiqimlarining mos kelishi;
· mulkiy ajratilganlik;
· aktiv va majburiyatlarning aniq bahosi;
· formadan mazmunning ustunligi;
· ratsionallik (muvofiqlik);
· qarama-qarshilikning yo‘qligi;
· aniqlik;
· ma’nodorlik;
· jiddiylik;
· haqqoniylik va moliyaviy hisobotni xolis (beg‘araz) ko‘rsatish;
· tugallanganlik;
· izchillik;
· o‘z vaqtida;
· obyektivlik.

4 – Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining tashkiliy shakillari va faoliyat turlari


Agar savdo va jamiyat korxonalari asosiy faoliyat bilan birgalikda
boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansa, ular shu faoliyat
turlati bo‘yicha shu kategoriya korxonalari uchun qarorlarga
qarab alohida hisob kirgizishi shart, davlat maqsad fondlariga
majburiy to‘lovlar, soliqlar to‘lashi shart.
Agar korxona savdo va jamiyat oziqlanish mikrokorxona yoki
kichik korxona hisoblanmasa, boshqa faoliyat turlaridagi hamma
soliqlarni to‘laydi.
Yalpi daromad – asosiy faoliyat turlarini realizatsiya qilishning
moliyaviy natijasi bo‘lib realizatsiyadan olingan xarajatlar
bilan realizatsiya tannarxi miqdori o‘rtasidagi farq sifatida
ko‘satiladi. Shu bilan birga, realizatsiya daromadlari va tannarxlari
o‘zaro solishtirilishi lozim (muvofiqlik tamoyili).
5 - Buxgalteriya xisobi fanining predmeti, boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va tadqiqot usullari.
Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotda balanslarni
umumlashtirish sohasidagi nazariy tadqiqotlarda boshqaruvning
ikkita asosiy sxemasi yoritib berilgan. Bular:
· balansli boshqaruv;
· balanslarni kapital boshqaruvidir.
Balansli tenglamalarning umumiy ko‘rinishi quyidagi sxema
tarzida bo‘ladi:

Bunda:
Aktiv — joylashuv omili;
Passiv — paydo bo‘lish omili;
Mantiqiy nuqtayi nazardan Aktiv-Passivning o‘zaro aloqasi:
· ikki tomon solishtirilganda hamisha tenglik holatida, ya’ni
balans bo‘lishini;
· balansdagi passiv har qanday o‘zgarish uning asosiy qismlarini
(kapital yoki majburyat) ko‘payishi yoki kamayishidan
kelib chiqishi zarurligini;
· mulk va boshqa qiymatga ega narsalarni ichki almashtirishlar
amalga oshirilganda passivda hech qanaqa o‘zgarish
bo‘lmasligi shart;
· mulkning har bir alohida qismining qiymat o‘zgarishini
passivning ko‘payish yoki kamayishini keltirib chiqarishi
zarur.
Balansning kapital tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


  1. - Moliyaviy va boshqaruv hisobining sub’ektlari va ob’ektlari.

Har bir korxona tashkil qilinish daqiqasida qz faoliyatining hajmi va harakteriga


qarab mablag’larini shakillantiradi. Agar ularda qqshimcha mablag’ga vaqtinchalik
ehtiyoj tug’ilib qolsa, unda mablag’larni muayyan manbalardan olishlari mumkin.
Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda
jamg’arilgan fondlardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi.

Turli hil mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda


zarur bo’lgan mablag’lar ma’lum manbaalar (davlatniki - davlat resurslari hisobidan,
jamoaniki pay badallari hisobidan, aktsiyadorniki - aktsiyadorlar resurslari hisobidan
va kqshma korxonalarniki - muassislarning badallari hisobidan) hisobidan
shakllanadi. Ishlab chiqarish - taqsimot, aylanish va iste’mol jarayonlariga xizmat
qilaturib, korxonalar fondlari uzluksiz doirada aylanishni amalga oshiradi. Shuning
uchun, buxgalteriya hisobi bu erda moddiy boyliklarni yaratishga yqnaltirilgan doira
va aylanishi jarayonidagi korxonaning fondlari (mablag’lari)ning holatlari va ulardan
foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bqlgan axborotni shakllantiradi.

Buxgalteriya hisobining predmeti bilan bir qatorda uning ob’ektlarini ham


farqlab olish lozim. Buxgalteriya hisobining ob’ektlari deganda, muayyan korxona
ega bqlgan moddiy va pul mablag’lari, uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va
muassasalar bilan bqlgan yuridik munosabatlari va shuningdek mablag’lar hamda
munosabatlarni qzgartiradigan xqjalik muomalalari tushuniladi. Korxonaning moddiy
va pul qiymatliklari qz faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan
mablag’larini ifodalaydi. Xqjalik muomalalari esa ishlab chiqarish faoliyatining
mazmunini ifodalovchi jarayonlarni tashkil qiladi.
7 - Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha va unga qo‘yiladigan talablar.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli - tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog’lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.
Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo’jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o’zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni o’lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo’lgan ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda ifodalash lozim bo’ladi. Undan so’ng bu ko’rsatkichlar boshqarishga zarur bo’lgan yo’nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro’yxatga olinishi lozim.
Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.
Demak, buxgalteriya hisobi bu -

  • subyektning iqtisodiyoti to’g’risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir;

  • iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o’lchash va uzatish jarayonidir;

  • cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir.

8 - Xo‘jalik hisobining turlari. Xo‘jalik hisobi tizmining yaxlitligi.

Xo`jalik hisobi turlari; buxgalteriya hisobi


Yuritilayotgan halq xo`jaligi hisobning yagona tizimini yaratishni talab qiladi. Xo`jalik faoliyati juda murakkab va ko`p qirrali bo`lganligi sababli hisobning shunday bir tizimini yaratish talab qilinadiki, bu yagona tizim korxonalarda hamda butun halq xo`jaligida sodir bo`layotgan turli-tuman xo`jalik faoliyatlari va muomalalarini qamrab olsin hamda halq xo`jaligiga rahbarlik qilish va uni boshqarish uchun zarur bo`lgan ma’lumotlar bilan ta’minlay olsin. Hisobning bu tizimiga operativ yoki operativ-texnika hisobi, buxgalteriya hisobi va statistik hisoblarni bir-biriga chamcharchas bog`liq holda qo`llash bilan erishiladi. Bu uchala hisob turining yig`indisi xalq xo`jaligi hisobi deyiladi.
operativ-texnik (tezkor) hisob;
statistik hisobi;
buxgalteriya hisobi.
Hisobning uch turi: operativ, buxgalteriya va statistika hisoblari birgalikda halq xo`jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bir turdagi hisobning ma’lumotlarini ikkinchisi to`ldiradi yoki umumlashtiradi. Hozirgi paytda xo`jalik hisobini tashkil qilishda hisobning ikki turini qo`shib olib borish hollari hayotga kirib kelmoqda. Analitik hisobni soddalashtirish, zamonaviy elektron-hisoblash mashinalarini qo`llash asosida operativ hisob bilan buxgalteriya hisobini birgalikda olib borish xarakterlidir.
Hisobning ushbu turlari bajaradigan vazifasi, qaerda qo`llanishi va o`ziga hos uslublariga ko`ra bir-biridan farq qiladi.
9 - ”Balans” tushunchasi va uning iqtisodiy axamiyati
Balans (lot. balanx) — biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi lozim boʻlgan tomonlari (mas, daromadlar va harajatlar) oʻrtasidagi nisbatlarning miqdoriy ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat resurslari balansi, daromadlar va harajatlar balansi, toʻlov balansi va boshqa balanslar mavjud.

10 - Buxgalteriya balansining tuzilishi va mazmuni



Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling