Buxgalteriya xisobining tavsiflanishi


Download 334 Kb.
bet3/13
Sana16.02.2023
Hajmi334 Kb.
#1203278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
JAVOBLAR BUXGALTERIYA

Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv deb ataladi. Aktiv va passiv bir-biriga teng boʻladi
11 - Xo‘jalik mablag‘lari xaqida tushuncha

Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi


Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak.
Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.

12- Xo‘jalik mablag‘larini turiga, joylashishiga va tarkibiga kura turkumlash
Korxona mablag‘larining manbalari davlat jamg‘armasidan, aksiyalarni 
chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda 
boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va 
boshqalardan tashkil etiladi. Xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning 
qanday mablag‘larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar manbalari va 
maqsadlarini bilish kerak.SHunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki 
qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va 
ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga 
qarab. Korxona mablag‘lari o‘zlarining turlari va joylashishi bo‘yicha quyidagi 

guruhlarga bo‘linadi:


-ishab chiqarish vositalari;
-operatsiya sohasidagi mablag‘lar;
-noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘lar. 

13 - Uzoq muddatli va joriy mablag‘lar


“Uzoq muddatli aktivlar” bo‘limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar” (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) hamda O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (ro‘yxat raqami 1485-son, 2005-yil 27-iyun) ko‘ra asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlang‘ich (tiklash) qiymati, eskirish (amortizatsiya) summasi, qoldiq qiymati bo‘yicha oshkor qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998-yil 25-dekabrda 65-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (12-son BHMS) “Moliyaviy investitsiyalar hisobi”ga (ro‘yxat raqami 596, 1999-yil 16-yanvar, “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi”, 1999-yil, 6-son) ko‘ra uzoq muddatli investitsiyalar qimmatli qog‘ozlar qiymati, shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar, tobe xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga investitsiyalar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalar summalari bo‘yicha oshkor qilinishi kerak.
“Joriy aktivlar” bo‘limida tovar-moddiy zaxiralar, kelgusi davrlar xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinishi kerak.
15. O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ga (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) muvofiq tovar-moddiy zaxiralarga quyidagi alohida oshkor qilinadiganlar kiritiladi:
a) ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalanish uchun mo‘ljallangan xomashyo, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idish, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik anjomlari, boshqa materiallar zaxiralarini, parvarish qilinayotgan va bo‘rdoqiga boqiladigan hayvonlar, materiallarni tayyorlash va xarid qilish bo‘yicha xarajatlar, materiallar qiymatidagi tafovutlarni o‘z ichiga oladigan ishlab chiqarish zaxiralari;
b) tugallanmagan asosiy ishlab chiqarish, xususiy ishlab chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarishdagi brakni o‘z ichiga oladigan tugallanmagan ishlab chiqarish;
v) tayyor mahsulot;
d) tovarlar.

14 - Xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalari to‘g‘risida tushuncha


Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.
Mablag’larni turlari va joylanishi bo’yicha guruhlash korxonaning xo’jalik faoliyatini xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi kerak. Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida ishlatiladigan mablag’larga ega bo’lishi kerak. Odatda korxonalar o’z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga ham ega bo’ladi. Shunday qilib, korxona mablag’lari o’zlarining turlari va joylashishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi.
15 - Xo‘jalik mablag‘lari manbalarini turiga, joylashishiga va tarkibiga kura turkumlash
Mablag’lar tarkibi
HarHar bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o’z faoliyatining hajmi va xarakteriga qarab mablag’larini shakllantiradi. Agar ularda qo’shimcha mablag’ga vaqtinchalik ehtiyoj tug’ilib qolsa, unda mablag’larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg’arilgan zaxiralardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag’larini hosil qilish rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag’lari ma’lum maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Korxona mablag’larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mablag’lar manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo o’zining butun yashash davri uchun umumdavlat jamg’armasidan yoki o’zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag’lar oladi.
Shunday qilib, korxona mablag’larining tashkil topish manbalari qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: o’z va qarzga olingan mablag’lar manbalari.
O’z mablag’lari manbalari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida beriladi va unga biriktirib qo’yiladi.
Davlat korxonalarining mablag’laridan farqli o’laroq, boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarning o’z mablag’lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning qo’shma yoki individual mulkidan iborat bo’ladi.
Davlat korxonalarining o’z mablag’lari budjetdan moliyalash, zaxiralar, taqsimlanmagan foyda va boshqa o’z mablag’lar manbaidan iborat.
Kapitallar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali va zaxira kapitalidan tashkil topadi.
16 - Xo‘jalik jarayonlari va xo‘jalik muomalalari tugrisida tushuncha
Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo’shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo’ladi.
17 - Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir buladigan o‘zgarishlar
HarHar bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi.
Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.
Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.
Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Хo’jalik faoliyatiny amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir bo’layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar balansga, albatta, ta’sir etadi
18 - Respublikamiz korxonalarida tuzilayotgan balanslar bilan xorijiy davlatlarla tuzilayotgan balanslar o‘rtasidagi umumiy bog‘liklik va farklar.
Bu mablag‘lar aktivlar deyiladi. Korxona faoliyat ko‘rsatishi uchuntadbirkor yoki korxona jamoasi tomonidan kiritilgan barcha mablag‘larkapital deb nomlanadi. Agar aktivlarning barchasini mulkdor bir o‘zikiritgan bo‘lsa, unda aktivlar kiritgan kapitalga teng bo‘ladi. Buni quyidagitenglik bilan ifodalash mumkin: Aktivlar ═ Kapital. Agar mablag‘ni birqismi chetdan jalb qilingan bo‘lsa, mulkdor jalb qilingan mablag‘ningegasiga qarzdor bo‘ladi. Bunday qarzdorlik,datda, majburiyat deyiladi. Buholatda yuqorida keltirilgan tenglik quyidagicha ko‘rinish oladi:Aktivlar ═ Kapital + Majburiyatlar.Korxonada aktivlar (mablag‘lar) bilan kapital (mablag‘larni paydobo‘lish manbaalari) har doim teng bo‘lishi kerak. Buxgalteriya hisobidamablag‘larni va ularning mabaalarini tengligi balans tuzish yo‘li bilananiqlanadi.
19 - Ikki yoqlama yozuv
Ikkiyoqlama yozuv - xo'jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida registrasiya qilish. Bu usul shundan iboratki, har bir xo'jalik muomalasi ikkita schyotga yoziladi – bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning kreditiga. Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi ob‘yektlarida o'zgarishlarni 122 vujudga keltiradigan xo'jalik muomalalarining iqtisodiy mohiyati bilan bog'liq.

Ikkiyoqlama yozuv birinchi marta italiyalik matematik Luko Pacholi tomonidan 1494 yili Venetsiyada chop etilgan ilmiy ishida mantiqiy asoslangan. L.Pacholi ikkiyoqlama yozuv otasi hisoblanadi. Asrlar davomida xo'jalik faoliyatida

― Ikkiyoqlama Italiya buxgalteriyasi degan tushuncha qo'llanib keldi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi ko'p asrli sinovdan o'tib, mana 500 yildan ortiq vaqt ichida amalda qo'llanib kelmoqda.
20 - Ikki yoqlama yozuvning nazorat qilish xususiyatlari
Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta’sir etadi.
1494 yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktat»ida (lot. tractatus – muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan.
Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi.

21 - Buxgalteriya hisobining schetlari va uning tuzilishi


Korxonalar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo‘jalik jarayonlari natijasida doimo tarkibiy va miqdoriy jihatdan o‘zgarib boradigan xo‘jalik mablag‘lari haqida har doimo ma’lumotga ega bo‘lib turish talab etiladi. Bu talabni bajarish uchun esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarni hisobda guruhlab borish va tezkor nazorat o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Buning uchun buxgalteriya hisobi elementlaridan biri schyotlar tizimidan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgi- langan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi.
22 - Sintetik va analitik schotlar, ularning tuzilishi va uzaro boglikligi
Sintetik hisob umumlashtirilgan ko'rsatkichlarni pul shaklida beradi. Bunday ko'rsatkichlar sintetik buxgalteriya hisoblarida mavjud va ular uchun zarurdir umumiy fikr mablag'larning mavjudligi va harakati va ularning manbalari to'g'risida.
* Sintetik (birlashtiruvchi) hisoblar mablag'lar va mablag'lar muomalasi bosqichlariga ko'ra axborotni tasniflash va tizimlashtirish usulidir. Ular bog'langan qo'sh yozuvni hosil qiladi axborot tizimi, umumlashtirilgan xarajat ko'rsatkichlarida (gorizontal aloqalar) barcha buxgalteriya hisobi ob'ektlari harakatining dinamikasini aks ettiruvchi.
Analitik hisob xo'jalik faoliyatini monitoring qilish va tahlil qilish uchun qo'shimcha ma'lumot olish maqsadida pul ko'rinishida, zarur hollarda esa natura ko'rsatkichlarida batafsil ko'rsatkichlarni beradi. Analitik hisoblar analitik hisob uchun ishlatiladi.
* Analitik (tafsilotli) hisoblar sintetik hisob (vertikal havolalar) bilan birlashtirilgan ma'lumotlarni umumlashtirish va guruhlash usulidir. Analitik schyotlar faqat murakkab sintetik hisob schyotlari uchun ochiladi. Analitik hisoblar tizimi umumlashtiradi va bir vaqtning o'zida tafsilotlar biznes operatsiyalari mazmuni bo'yicha, shuningdek, tabiiy yoki mehnat hisoblagichlarida, sintetik hisobda esa bu operatsiyalar yagona pul hisoblagichida birlashtiriladi va umumlashtiriladi. Shu bilan birga, barcha analitik schyotlar bo'yicha aylanmalar va qoldiqlar (pul ko'rinishida) yig'indilari ishlab chiqilishida analitik hisoblar ochiladigan sintetik hisobning aylanmalari va qoldiqlariga mos kelishi kerak.
23 - Analitik va sintetik xisob xakida tushuncha
Sintetik hisob umumlashtirilgan ko'rsatkichlarni pul shaklida beradi. Bunday ko'rsatkichlar sintetik buxgalteriya hisoblarida mavjud va ular uchun zarurdir umumiy fikr mablag'larning mavjudligi va harakati va ularning manbalari to'g'risida.
* Sintetik (birlashtiruvchi) hisoblar mablag'lar va mablag'lar muomalasi bosqichlariga ko'ra axborotni tasniflash va tizimlashtirish usulidir. Ular bog'langan qo'sh yozuvni hosil qiladi axborot tizimi, umumlashtirilgan xarajat ko'rsatkichlarida (gorizontal aloqalar) barcha buxgalteriya hisobi ob'ektlari harakatining dinamikasini aks ettiruvchi.
Analitik hisob xo'jalik faoliyatini monitoring qilish va tahlil qilish uchun qo'shimcha ma'lumot olish maqsadida pul ko'rinishida, zarur hollarda esa natura ko'rsatkichlarida batafsil ko'rsatkichlarni beradi. Analitik hisoblar analitik hisob uchun ishlatiladi.
* Analitik (tafsilotli) hisoblar sintetik hisob (vertikal havolalar) bilan birlashtirilgan ma'lumotlarni umumlashtirish va guruhlash usulidir. Analitik schyotlar faqat murakkab sintetik hisob schyotlari uchun ochiladi. Analitik hisoblar tizimi umumlashtiradi va bir vaqtning o'zida tafsilotlar biznes operatsiyalari mazmuni bo'yicha, shuningdek, tabiiy yoki mehnat hisoblagichlarida, sintetik hisobda esa bu operatsiyalar yagona pul hisoblagichida birlashtiriladi va umumlashtiriladi. Shu bilan birga, barcha analitik schyotlar bo'yicha aylanmalar va qoldiqlar (pul ko'rinishida) yig'indilari ishlab chiqilishida analitik hisoblar ochiladigan sintetik hisobning aylanmalari va qoldiqlariga mos kelishi kerak.
24 - Buxgalteriya xisobining schotlari rejasi va x:ning tuzilishi. balansi va schotlarning uzaro boglikligi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standart qabul qilingan. Ushbu standartdagi schyotlar yig‘indisiga «Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi» deyiladi.
Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini va ularning tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
Korxona faoliyatida yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkini o‘rganib, ularning xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chiqilgan. Shuni nazarda tutmoq kerakki, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi zaruriy hol bo‘lganidek, schyotlarning yangi rejasini ishlab chiqish ham zarur bo‘lib qoldi va schyotlarning yangi rejasi korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobida qo‘llanilib kelmoqda.
Schyotlar rejasi 6 qism va 9 bo‘limdan iborat.
25 - Schotlarning iktisodiy mazmuni, tarkibi va tayinlanishi bo‘yicha turkumlanishi
Buxgalteriya hisobi schyotlarini iqtisodiy mazmuniga 
qarab klassifikatsiya qilish, buxgalteriya hisobi schyotlarini tuzilishi va 
tayinlanishiga qarab klassifikatsiya qilish, schyotlar rejasinir o’rganish. 


Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling