Buxgalteriya xisobining tavsiflanishi


Xujjatlar aylanishini tashkil qilish


Download 334 Kb.
bet10/13
Sana16.02.2023
Hajmi334 Kb.
#1203278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
JAVOBLAR BUXGALTERIYA

Xujjatlar aylanishini tashkil qilish tartibi 
Buxgalteriya hisobida boshlangich xujjatlarning xar qati (xujjatni tuzish yoki 
boshqa korxonadan olish, hisob qabul qilish, ishlash, arxivga berish — xujjatlar 
aylanishi jadval bilan tartibga solinadi. Bu jadvalni tuzishishini korxonaning bosh 
buxgalteri tashkil qiladi. qujjatlarning aylanish jadvali korxona raxbari buyruri 
bilan tasdiklanadi. 1quyida korxona bo’yicha xujjatlar aylanish jadvali keltirilgan. 
Jadval yordamida korxonada xujjatlar aylanishi, boshlang’ich xujjat utishi lozim 
bo’lgan
46 - Xujjatlarni avtomatlashtirish va tashkil etish shakliga boglikligi
Ish oqimini avtomatlashtirish jarayonida taxminan to'rt bosqichni ajratish mumkin: qog'oz ish oqimi, mustaqil kompyuterlardan foydalangan holda qog'oz ish oqimi, aralash va qog'ozsiz ish oqimi.
Qog'oz ish jarayoni hujjat qog'oz shaklida barcha bosqichlarni bosib o'tishini anglatadi. Yana o'n besh yil oldin berilgan ko'rinish ish oqimi ustun edi. Qog'oz hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazish uchun yangi ro'yxatdan o'tgan hujjatlar kiritilgan yirik jurnallar yoki katta formatdagi varaqlar ishlatilgan. Ma'lum vaqtdan so'ng jurnallar va varaqlar arxivga topshirildi.
Kompyuterlar paydo bo'lganda, ular jurnallar va varaqlarni almashtirdilar, mustaqil kompyuterlar yordamida qog'ozga asoslangan ish jarayonini kashshof qilishdi.
47 – Inventarizatsiya to‘g‘risida tushuncha, uning axamiyati va turlari
Inventarizatsiya to‘g‘risida tushuncha.
Korxona va tashkilotlar mulk shaklidan qat’i nazar, tegishli asosiy va aylanma mablag‘lariga ega bo‘lib, bu mablag‘lar xo‘jalik faoliyati davomida o‘z qiymatining miqdorini o‘zgartirib boradi. Asosiy va aylanma mablag‘lar, ya’ni korxona va tashkilotlarning mulki tegishli moddiy javobgar shaxslar zimmasida bo‘lib, har bir moddiy javobgar shaxs o‘z zimmasidagi tovar va moddiy boyliklar holati bo‘yicha buxgalteriyaga hisobot beradi. Moddiy javobgar shaxslarning tovar hisobotida mablag‘larning hisobot davridagi kirim-chiqim va oxirgi qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Mablag‘larning harakatini hamda ularni o‘z vaqtida kirim qilishni nazariy hal qilish ikki tomonlama olib boriladi. Birinchisi, buxgalteriya hisobidagi mablag‘lar bo‘lsa, ikkinchisi moddiy javobgar shaxslarning hisobotidir. Mablag‘larning harakatini hisobga olishda ularni kirim va chiqimini tartibga solishda hujjatlarga alohida ahamiyat berish talab qilinadi. Hujjatda tovar va moddiy boyliklarning xaridorlarga jo‘natilgan kuni, miqdori, bahosi, narxi ko‘rsatiladi. Hujjatlarga asosan tashkilot buxgalteriyasida mablag‘lari kirimga qabul qilinishi va sarflanishi nazorat qilinadi. M ablag‘larning harakati, ularning to‘liqligi ikki tomonlama nazorat qilinadi. Birinchi nazorat moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi nazorat buxgalteriya yozuvlari yordamida olib boriladi. Har bir nazorat shaklida mablag‘lar harakatini tasdiqlovchi hujjatlar asos qilib olinadi. Hujjatlar yordamida mablag‘larning haqiqiy himoyasining har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha to‘liqligini ta’minlash, nazoratni tashkil qilish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasida „ Buxgalteriya hisobi va hisobotlar to‘g‘risida“ gi Nizomga asosan korxona va tashkilotlar inventarizatsiya o‘tkazish davrlarini mustaqil belgilaydilar. Nizomga asosan korxonalar yillik hisobot tuzishdan oldin mablag‘lar to‘liqligini ta’minlash maqsadida inventarizatsiya o‘tkazadilar. Ularni quyidagi muddatlarda o‘tkazish tavsiya qilinadi:
asosiy vositalarni hisobot yilining birinchi oktabrida;
— ombor va bazalardagi sanoat tovarlari bir yilda birmarta;
— ombor va bazalardagi oziq-ovqat tovarlari bir yilda ikki marta;
— arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar yiliga bir marta;
— pul mablag‘lari har oyda bir marta.
48 – ”Inventarizatsiyani tashkil etish va uni utkazish” nomli buxtmlteriya xisobi milliy standarti (19-son BXMS)ga muvofik ho‘jalik sub’ektlarida inventarizatsiya utkazishni tashkil kilish tartibi.

Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:


mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish;
majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
1.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.
Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
1.5. Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy:

Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni o‘tkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi, bundan mazkur standartning 1.5 va 1.6-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.


2.8. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
bosh buxgalter;
buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi o‘rinlarda — bosh buxgalter).
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda o‘tkazish uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
48 - Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya xisobi schetlarida aks etgirilishi.

-Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi davornida


inventarizatsiya yorliqlari yoki varaqalarida faqat buyumlaming haqiqiy
soni, rider ko'rsatilibgina qolmay, balki ulaming tayyorlik darajasi
ham qayd etiladi. Bu, o'z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishni
tayyorlik darajasiga ko'ra baholashni yengillashtiradi. Inventarizatsiya
natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig'i tayyor
mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qo'llaniladigan kalkulyatsiyalash
moddalari bo'yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga
nobudgarchilik, maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini
qoplash, ishlab chiqarishni o'zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda
ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasno. Bu xarajat
moddalari faqat tayyor mahsulot tannarxiga qo'shiladi.
registlariga ham (kirim qoldiqlarini o'zgartirish yo'li bilan) kiritib
qo'yiladi.
49 - Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya xisobi schetlarida aks etgirilishi.
inventarizatsiya tizimi mavjud bo'lgan xom ashyo, materiallar yoki tayyor mahsulotlar miqdori to'g'risida hisobot beradigan kuzatuv tizimi. Bu kerakli miqdordagi materiallarni, kerakli sifatda, kerakli joyda, kerakli joyda o'z vaqtida bo'lishini ta'minlaydi.
Keyingi kun uchun nima borligini bilish uchun mahsulot har safar sotilganda yoki mahsulot ishlab chiqarishda xom ashyo ishlatilganda ushbu tizim yangilanadi. Shuningdek, bu sizga har doim kerakli hamma narsaga ega bo'lishingiz uchun mahsulotlarga oldindan buyurtma berishga imkon beradi.
Ahamiyati
Samarali inventarizatsiya tizimi har qanday chakana savdo yoki ishlab chiqarish faoliyatining ajralmas qismidir. Uning asosiy maqsadi omborda saqlanadigan mahsulotlar, materiallar va materiallarning fizik hisobini to'g'ri bajarishdir.

Inventarizatsiyani boshqarish tizimlari inventarizatsiyani kuzatishda va uni boshqarish va boshqarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etishga yordam beradi.


Bu tashkilotning inventarizatsiya faoliyatining barcha jabhalarini, shu jumladan jo'natish, sotib olish, qabul qilish, saqlash, oborot, kuzatuv va qayta tashkil etishni o'z ichiga olgan texnologik echim.
Tovar-moddiy zaxiralarni nazorat qilishning yaxshi tizimi bularning barchasini inventarizatsiyaga kompleks yondoshish va kompaniyalarga etkazib berish zanjiri davomida mahsuldorlik va samaradorlikni optimallashtirish amaliyotidan foydalanishga imkon berish orqali amalga oshiradi.

50 - Buxgalteriya xisobining registrlari va shakllari


Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini hajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi.
Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik ishchilar soni ishlab chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida esa 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik xodimlar soni sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 10 kishigacha korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini bir oyda xo‘jalik jarayonlari 100 tadan oshmagan xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir.
51 - Xisob registrlari va shakllari xakida tushuncha
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma'lumotlarni aks ettirishni oldiga qo‘yilgan talablarni sanab utdik. Shu talablarga javob berish uchun esa quyidagi vazifalar bajarilmogi kerak.
Dastlabki hujjatlarni har tomonlama tekshirish.
Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta'minlanish.
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri aks ettirib chiqish.
Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida yozish.
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks ettirilganda, oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab, hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot summalari bilan boshlang‘ich qoldiq summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik.
52 - Ularning buxgalteriya xisobidagi roli va axamiyati
Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati
Buxgalteriya hisobining paydo bo’lishi va tadrijiy rivojlanishi. Buxgalteriya hisobining maktablari. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari. Xo’jalik hisobi to’g’risida umumiy tushuncha va unga qo’yiladigan talablar. Xo’jalik hisobining turlari: tezkor (operativ), statistik va buxgalteriya hisobi. Hisob turlarida qo’llaniladigan o’lchovi birliklari. Xo’jalik hisobi tizimining yaxlitligi.
Buxgalteriya hisobi fanining ob’yekti va predmeti, boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va tadqiqot usullari. Buxgalteriya hisobining sub’yektlari. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari. Buxgalteriya hisobining funksiyalari. Xo’jalik mablag’larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi funksional roli bo’yicha turkumlanishi. Mablag’larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo’yicha turkumlanishi. Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari.
53.Buxgalteriya xisobining shakllari, ularning moxiyati va tarixiy rivojlanishi.
Buxgalteriya hisobi shakllari, ularning mohiyati va tarixiy rivojlanishi

Tarixiy rivojlanish jarayonida buxgalteriya hisobi asta - sekin o’zgarib va rivojlanib borgan. Jamiyat rivojlanishining har bir yangi bosqichida hisob registrlarining yangi turlari yuzaga kelgan va ularga qilinadigan yozuvlarning turlicha navbatlanishi va usullaridan foydalanilgan. Texnika vositalaridan u yoki bu usullarda foydalanish mazkur sharoitda yuzaga kelgan hisobdagi ro’yxatga olish tartibining xususiyatlarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining turli shakllarining paydo bo’lishiga olib keldi.

Shundan kelib chiqib, buxgalteriya hisobining shakli deganda hisob registrlarining har xil shakllari, hisob ma’lumotlarini ishlash texnikasi va hisob yozuvlarini amalga oshirish usullarini birgalikda olib borish tartibini tushunish lozim. Registrlarning tashqi ko’rinishi, ularning tarkibiy tuzilishi, sintetik va tahliliy registrlarning o’zaro bog’lanishi, dastlabki hisob axborotini olishda va ishlashda, uning hisob registrlariga yozishda qo’llaniladigan texnika - mana shularning barchasi buxgalteriya hisobining ayrim shakllarining xususiyatlarini belgilab beradi.

Buxgalteriya hisobining paydo bo’lishidan boshlab o’tgan davr ichida uning shakllarida juda muhim o’zgarishlar sodir bo’lgan. Dastlabki rivojlanish bosqichida hisob korxonaning o’z egasi tomonidan mulklarning but saqlanishini ta’minlash va olingan daromadning miqdorini kuzatish va nazorat qilish maqsadida yuritilgan. Faqat kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan hisob - «kitob yuritish» - «beistisno topshiriladigan alohida agentlarning mustaqil funktsiyasiga» ajratiladi. Shu davrda buxgalteriya hisobining XV asrdagi adabiyotida birinchi marta yozilgan boshlang’ich shakllari yuzaga keladi.


54.Buxgalteriya xisobining jurnal-order, memorial-order, Bosh jurnal shakllari.
55. Buxgalteriya xisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan shakllari axamiyati xamda ularning yuritilishi.

Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:


korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;
korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo. Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat'iy nazar, O‘zbekiston
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart.
Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi:
memorial order shakli
bosh davtar shakli
jurnal order shakli
elektron-avtomatlashtirilgan shakl
Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq
qiladi:
Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.
Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.
Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.
Sintetik va analitik hisob ma'lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.
Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra.
56 - Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari xisobining vazifapari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 11-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun hisobvaraqda mablag‘larni band (bron) qilishga doir ariza, shuningdek ish haqidan Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarni daromad solig‘i hamda jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini o‘tkazish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bilan tasdiqlangan reyestr ilova qilingan to‘lov topshiriqnomalari hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish borasidagi sud qarori asosida ijro organlari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari;”.
58- Pul mablag‘larining ichki nazorati
Pul mablag‘larining korxona iqtisodiyotida to‘tgan o‘rni uning asosiy vazifalarini bajarish uchun buxgalteriya hisobi boshqaruv apparatini tegishli ma’lumotlar to‘plami bilan ta’minlanishi zarur. Buning uchun esa pul mablag‘lari hisobining oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash;
to‘lov va hisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarda ko‘rsatilgan tartiblarga rioya qilgan holda o‘z vaqtida amalga oShirish;
hisob registrlarida pul mablag‘larini naqdligi va xarakatlarini o‘z vaqtida aks ettirish.
pul mablag‘larining belgilangan maqsadlarga sarflanishi, smeta va limitlarga amal qilishini nazorat qilish;
pul mablag‘larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda o‘tqazishini ta’minlash va o‘zaro hisob-kitoblar, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini to‘lanishini nazorat qilish;
kassadagi, hisoblashish, valyuta va bankdagi boshqa schyotlarda saqlanayotgan pul mablag‘larining saqlanishining nazoratini ta’minlash;
pul resurslarining harakat oqimini prognozlash va optimizatsiya qilish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

59 - Xisob kitoblar tizimida bank bilan kelishuv


O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim.
Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini ro‘yxatidan iboratdir.
Xatolarni to‘g‘rilash va hisob siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalari berishga ruxsat beriladi.

60 - Kassa muomalalarining xisobini yuritish tartibi


Tashkilotlarning xorijiy valyutadagi kassa operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyuta bilan kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga (ro‘yxat raqami 611, 1999-yil 22-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
Kassa daftarini yuritish va naqd pullarni saqlash
23. Tashkilotning naqd puldagi barcha tushum va chiqimlari kassa daftarida hisobga olinadi.
24. Har bir tashkilot faqat bitta kassa daftari yuritadi. Ushbu daftarning varaqlari raqamlangan, tikilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘lishi lozim. Muhr izi tushirilgan qog‘ozning ikkala tomoniga yelim surtiladi, daftarga muhr bosilganidan keyin yana bir qavat yelim surtiladi.
61 – Pul mablag‘lari bUyicha kassa, xisob-kitob, valyuta schoti va bankdagi boshka schotlarni tashkil kilish.
UL MABLAG’LARI VA HISOB-KITOBLAR HISOBI
1.1. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobini tashkil etish
Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini xalqaro
miqyosda qabul qilingan andozalar darajasida bo’lishini taqozo qiladi. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini to’g’ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni
takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifasidan biri hisoblanadi. Bundan tashqari
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari harakati jarayonlarini takomillashtirish
masalasi ustida izlanishlar olib borilish lozim. Chunki republikamizda bu jarayonlarda
ayrim muammolar mavjud.
62 - Bank muassasalaridagi schotlarni yuritish xisobi
Korxonalar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo‘jalik jarayonlari natijasida doimo tarkibiy va miqdoriy jihatdan o‘zgarib boradigan xo‘jalik mablag‘lari haqida har doimo ma’lumotga ega bo‘lib turish talab etiladi. Bu talabni bajarish uchun esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarni hisobda guruhlab borish va tezkor nazorat o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Buning uchun buxgalteriya hisobi elementlaridan biri schyotlar tizimidan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgi- langan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi.
63 - Bankdagi maxsus schotlar, akkreditiv, chek daftarlari va boshka maxsus schotlar bo‘yicha xisoblashishlar
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish. Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashqari maxsus schyotlarga ham ega bo’lishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlardachek daftarchalarida, boshqa to’lov hujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o’rtasida ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot bo’yicha o’tkaziladi. Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510-«Akkredetivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» tayinlangan bo’lib, ularda pul mablag’lari harakati ham so’mda, ham valyutada aks ettiriladi.
64 - Pul ekvivalentlari, yo‘ldagi pullar xisobi
Naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda tomonlarning mas’uliyati har bir ishtirokchi
uchun belgilanadi. Masalan, mol etkazib beruvchi uchun bu – shartnomaga va yuklab
jo’natilgan mahsulotga muvofiq amalga oshirilgan pul ekvivalentini o’z vaqtida olish,
xaridor uchun – mol etkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilishi.
Shu bilan birga banklar ham mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, mijozlar oldida qabul
qilgan majburiyatlar bajarilmagani uchun shartnoma asosida moddiy javobgar bo’ladi;
ularning vazifalari – to’lov muomalalarini o’tkazishning belgilangan qoidalariga qat’iy
rioya etilishini amalda ta’minlash, xizmat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va
tashkilotlarning ishlab chiqish va to’lov muomalalarini tartibini yanada takomillashtirish
bo’yicha takliflar kiritishdir.
Chet el valyutasidagi hamma operatsiyalar hisobda, operatsiya yuz bergan sanaga
harakatdagi kurs bo’yicha ekvivalent summada aks ettiriladi. Ekvivalent summasi, valyuta
kursi asosida chet el valyutasini so’mga qayta hisoblash yo’li bilan aniqlanadi.
Xo’jalik operatsiyalarini ro’yxatga olish sanasi bilan, operatsiyalardan kelib chiqqan
holda har qanday pul pozitsiyalari bo’yicha aniq hisob-kitobni amalga oshirish sanasi
o’rtasidagi davrda valyuta kursidagi o’zgarish kurslar farqini vujudga keltiradi.
65 - Qiska muddatli moliyaviy ko‘yilmalar scheti bUyicha muomalalar xisobi
Moliyaviy qo’yilma bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.

Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling