Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Download 0.76 Mb.
bet59/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

http://www.chem.msu.ru.

  • http://www.rushim.ru




    1. mavzu. Sopolimerlanish Reja

    1.Sopolimerlanish haqida tushuncha. Sopolimerlanish reaksiyasi. 2.Sopolimerlanishning Mayo-Lyuis tarkib tenglamasi.Sopolimerlanish konstantalari va ularni aniqlash usullari.

    3.Sopolimerlanish diagrammasi. Alfrey -Praysning Q-e sxemasi
    Sopolimerlanish haqida tushuncha. Sopolimerlanish reaksiyasi
    Ikki yoki undan ortiq tur monomerlarning birgalikda polimerlanish jarayoni s o p o l i m e r l a n i sh jarayoni deyiladi; hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar esa s o p o l i m e r l a r deb ataladi. Sopolimerlar makromolekulasining tarkibi reaksiya uchun olingan monomerlarning molekula qoldiqlaridan- bo’g’inlaridan tashkil topadi. Makromolekulaning tarkibi faqat bir xil monomer molekula bo’g’inlaridan tashkil topgan polimerlar g o m o p o l i m e r l a r deyiladi. Gomopolimerlanish jarayonida faqat bir turdagi o’sayotgan zanjirni tashkil etsa, sopolimerlanish esa bir necha xil ko’rinishdagi o’sayotgan zanjirlardan iborat bo’ladi. Hozirgi paytda ikki monomerdan tashkil topgan binar sistemalarning sopolimerlanish jarayoni ancha yaxshi o’rganilgan bo’lib, sopolimerlanish quyidagi sxema tarzida ifodalanadi:
    n M1 + nM^2 ^ . . . — M1 — M1 — M1 — M2 — M2 — M2 — M1

    • M2 - M1M2— ...

    Bu jarayon umumiy holda M1 va M2 monomerlarning faol radikal ta’sirida o’zaro reaksiyaga kirishishi natijasida yangi faol markazlar hosil qilib, ulardan biri M1 — monomer bo’g’inlaridan, ikkinchisi esa M2 — monomer bo’g’inlaridan hosil bo’lgan radikallardir. Demak:
    R. +M1—> M1
    R + ^M2—^ ^M 2
    Bu yerda o’sayotgan radikal M1, M1- monomer qismidan, M2 esa M2 monomer qismidan iborat deb qaraladi. Hosil bo’lgan faol markazlar M1 monomer molekulasi va M2 — monomer molekulasi bilan o’zaro birikishi mumkin. Bu reaksiyalarning sodir bo’lish ehtimolligini amaliy tajribalar yordamida aniqlash mumkin. Demak polimerlanish xususiyati har xil bo’lgan ikki monomer aralashmasining sopolimerlanishidan hosil bo’lgan makromolekulalar tarkibi har ikkala monomer bo’g’inlaridan iborat bo’ladi. Bu xilda o’sayotgan makroradikallar polimerlanishda ishtirok etayotgan monomerlarning har ikkalasi bilan ham reaksiyaga kirishgan bo’ladi. Demak, o’sayotgan makroradikalning xarakteri asosan o’sayotgan zanjir uchidagi monomer bo’g’in xossasiga bog’liq bo’ladi.
    Ikki va undan ortiq monomerlarning sopolimerlash reaksiyalarini ilk sistematik
    *
    o’rganish ХХ asr boshlariga to’g’ri keladi. 1912 yildayoq rus olimi I.L. Kondakov butadienning dimetilbutadien bilan sopolimerini olgan edi.




    Sopolimerlanish polimer materiallarning xossalarini modifikasiyalashning eng qulay va samarali usuli hisoblanadi. Jahonda har yili ishlab chiqariladigan 100 mln tonnadan ortiq sintetik polimerlarning uchdan bir qismidan ko’prog’ini sopolimerlar tashkil qiladi. Sanoatda ishlab chiqariladigan sopolimerlarning 90% ga yaqini ikki komponentlidir. Bu ikki komponentli yoki binar sopolimerlanish deyiladi. Uch komponentli sopolimerlar kam ishlab chiqariladi, ammo amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lib, ayni sopolimerlanish terpolimerlanish, sopolimerlar esa terpolimerlar deyiladi.

    Sopolimerlanish reaksiyasi qanday maqsadda amalga oshiriladi?

    1. Nazariy maqsadda - polimerlanish jarayonidagi monomer va radikallarning reaksion qobiliyati haqidagi ma’lumotlarning asosiy qismi sopolimerlanish reaksiyalarini o’rganish natijalari asosida olingan.

    2. Texnologik nuqtai nazaridan - sopolimerlanish muhim darajada maxsus xossalarga ega bo’lgan polimer mahsulotlar olish imkoniyatini

    kuchaytiradi. Masalan, butadien kauchugi avtomobil sanoati talablariga


    Kondakov Ivan Lavrent’evich (1857-1931 y.) - rus organik - kimyogari.
    javob bermaydi. SHu sababli sanoatda butadienning akrilonitril yoki stirol bilan sopolimerlari olinadi va asosan, rezina ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi.

    Download 0.76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling