Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Sezgining umumiy qonuniyatlari va turlari
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Sezgining umumiy qonuniyatlari va turlari.
Turli sezgilarning ana shunday xususiyatlariga sifatlari jadalligi davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi. Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi. Va ayni shu sezgi turi chegarasida o‘zgartiradi. Chunonchi, eshitish sezgilari tovushning balandligi tembri kattaligi bilan farqlanadi. Ko‘rish sezgilari ranglarning quyuqligi toni va boshqa shuning kabilar bilan farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati formalarining ko‘p turligining aks ettirilishidir. Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy xarakteristikasidan iborat bo‘lib, ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi. Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik xarakteristikalaridan iboratdir. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi organlarining funksional holati bilan, ammo, asosan, 73 qo‘zg‘atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi darajasi bilan belgilanadi. Sezgilar uchun qo‘zg‘atuvchining fazoviy lakolizatsiyasi, ya’ni qo‘zg‘atuvchining fazoda o‘rin egallashi xarakterlidir. Distant, ya’ni masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz bizga qo‘zg‘atuvchining fazodagi o‘rni haqida ma’lumot beradi. Kontakt sezgilar taktil og‘riq, maza sezgilari badanning qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilayotgan joyi bilan bog‘liqdir. Bunda og‘riq sezgilarining lokalizatsiyasi, ya’ni badanga joylashgan o‘rni taktil sezgilariga qaraganda badanga anchagina tarqalgan va unchalik aniq bo‘lmaydi. Qo‘zg‘ovchi ma’lum darajada kuchga ega bo‘lgandagina sezgi paydo bo‘ladi. Agar qo‘zg‘ovchi juda kuchsiz bo‘lsa, u sezilmaydi. Masalan, biz terimizga yopishgan ayrim chang, mayda zarrachalarni sezmaymiz. Bilinar bilinmas sezgi hosil qiladigan qo‘zg‘ovchining minimal miqdori sezgining absolyut chegarasi deb ataladi. Insonning qo‘zg‘ovchilarning minimal darajadagi eng kuchsiz ta’sirini sezish qobiliyati absolyut sezgirlik deyiladi. Sezgining absolyut chegarasi bilan absolyut sezgirlik bir-biriga teskari proporsional nisbatda bo‘ladi. Absolyut sezgirlikdan tashqari farq sezgirligi, ya’ni qo‘zg‘ovchilar orasidagi bilinar bilinmas farqlarni sezish qobiliyati ham mavjud. Qo‘shimcha qo‘zg‘atgichning dastlabki qo‘zg‘atgichga munosabati farq chegarasi deb ataladi. Farq sezgirligi absolyut sezgirlik kabi farq chegarasiga nisbatan teskari proporsional miqdori bilan xarakterlanadi. Sezgi chegaralari va sezgirlik, avvalo, qo‘zg‘alish va tormozlanish fiziologik jarayonlari bilan belgilanadi. Absolyut sezgirlik inson nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligiga bog‘liq. Nerv sistemasi qanchalik qo‘zg‘aluvchan bo‘lsa, sezgirlik shunchalik yuqori bo‘ladi. Va aksincha, farq sezgirligi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining munosabati ko‘rinishlaridan biridir. Sezgirlikning o‘zgarishi ko‘p jihatdan inson faoliyatining xarakteriga hayot va faoliyat tegishli analizatorga nisbatan qanday talablar qo‘yishiga, ya’ni mashqlanishiga bog‘liq. Qo‘zg‘ovchining davomiy ta’siri bilan sezgirlikning o‘zgarganligini ko‘ramiz. Bu hodisa adaptatsiya, ya’ni analizatorning ta’sir etib turuvchi qo‘zg‘ovchiga moslashishi deb ataladi. Adaptatsiya natijasida sezgirlik ortishi ham kamayishi ham mumkin. Adaptatsiya turli xil analizatorlar tufayli 74 sodir bo‘ladi. Ko‘rish, maza sezish va hid bilish adaptatsiyalari, ayniqsa, kuchli hisoblanadi. Adaptatsiya yoki moslashuv deganda, qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgi a’zolari sezgirligining o‘zgarishi tushuniladi. Uch turli adaptatsiya hodisasini bir-biridan farq qilish mumkin. 1.Qo‘zg‘atuvchining davomli ta’sir jarayonida sezgilarning to‘la yo‘qolishi tarzidagi adaptatsiya. 2. Yuqorida ta’sirlangan hodisalarga yaqin bo‘lgan boshqa hodisalarni ham adaptatsiya deb yuritiladi. Bunda kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgilar zaiflashadi. Masalan, qo‘lni muzday suvga tutib to‘rgan paytda sovuq qo‘zg‘atuvchi ta’siri bilan yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Ko‘rish sezgilarining intensiv yorug‘lik qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir qilganda, pasayishidan iborat bo‘lgan bu hodisani yorug‘lik adaptatsiyasi deb yuritiladi. 3. Nihoyat sezgirlikning kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sodir bo‘ladigan ortishini ham adaptatsiya deb yuritiladi. Ayrim sezgi turlariga xos bo‘lgan adaptatsiyaning bu xilini pozitiv adaptatsiya deb tariflash mumkin. Ko‘rish analizatorida pozitiv adaptatsiya qorong‘ulik adaptatsiyasi deb yuritiladi. U qorong‘u joyda bo‘lish ta’siri ostida ko‘rish sezgirligining ortishi bilan ifodalanadi. Sezgi organlarining qo‘zg‘atilishi ta’siri ostida analizator sezgirligining o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabati deb ataladi. Sensibilizatsiya – analizatorning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishidir. Sezgilar o‘zaro munosabatining fiziologik mexanizmi analizatorlarning markaziy qismlari joylashgan bosh miya po‘stidagi qo‘zg‘alishning irradiatsiya hamda konsentratsiya jarayonlaridir. Sinesteziya – sezgilarning o‘zaro munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir turdagi hodisada namoyon bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchining biron analizatorga ta’siri bilan boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishini sinesteziya deyiladi. Sezgilarning turli ko‘rinishlari faqat o‘zlarining maxsusligi bilangina emas, balki ular uchun umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi. Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o‘zgartiradi. 75 Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko‘rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqdanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati shakllarining turli - tumanligining aks ettirishidir. Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo‘lib, ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi. Sezgi a’zolarining organizmdagi o‘rni va qo‘zg‘alishiga muvofiq sezgi turlari quyidagi uch guruhga ajratiladi: 1. Eksteroretseptorlar – bu guruhga ko‘rish, eshitish, hid bilish, maza va teri sezgi organlari kiradi. Organizmdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari shu organlar orqali aks etadi. 2. Proprioretseptorlar – bu guruhga muskul-harakat, pay va boylamlarda bo‘ladigan sezgilar hamda statik sezgilar kiradi. Bu guruhga kiruvchi sezgilarni harakat yoki kinestetik sezgilar deb ham yuritiladi. 3. Interoretseptorlar – bu guruhga gavda ichidagi a’zolar – me’da, ichak, jigar, o‘pka, qon aylanish a’zolari, umuman organik sezgilar kiradi. Bu sezgilar ichki a’zolarning holatini aks ettiradi. Sezgilar turli tuman bo‘ladi. Sezgilar odatda qaysi sezgi a’zosi orqali hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi. Ko‘rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, maza (ta’m) sezgilari, teri sezgilari, harakat sezgilari, tana muvozanati sezgilari va organik sezgilar. Retseptorlarning joylashish o‘rniga qarab barcha analizatorlarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga retseptorlar organizmning sirtida joylashgan va tashqi ta’sirga qulay analizatorlar kiradi (Ilmiy adabiyotda ularni eksteroretseptorlar deb qabul etilgan). Ko‘rish, eshitish, teri, hid va maza sezgilari analizatorlarning ishi bilan bog‘liq. Ikkinchi guruhga retseptorlari ichki organlarga joylashgan (Interetseptorlar) va ichki qo‘zg‘atishlar ta’siri uchun qulay bo‘lgan analizatorlar kiradi. Ular ichki organlarning turli holatidan signal (xabar) beradi. Uchinchi guruhga harakat analizatorlar va muvozanat analizatori (proprioretseptorlar) kiradi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling