Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Idrokning turlari. Idrok xususiyatlari


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Idrokning turlari. Idrok xususiyatlari. Idrok quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
1. Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o‘ynashiga 
qarab: ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat 
idroklariga; 
2. Materiyaning yashash shakllariga qarab: fazoni, vaqtni, 
harakatni idrok qilishga; 
3. Faolligiga qarab: ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga 
bo‘linadi.
Idrok sezgi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, analizatorlarning 
joylashuviga ko‘ra ko‘rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki
ta’m bilish idroki, tuyish va hokazolarga bo‘linadi. Faolligiga ko‘ra, 
ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi. 


78 
Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy kabi xillarga ham ajratiladi. 
Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad 
qo‘yilmagan holda aks ettiriladi. Odatda narsa va hodisalarning tashqi 
xususiyatlari, kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni 
vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam o‘z oldiga muayyan maqsad, 
vazifa qo‘ygan bo‘ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, 
balki tinglaydi, shunchaki ko‘zdan kechirmaydi, balki sinchiklab 
ko‘radi. Ixtiyoriy idrok ko‘p hollarda biron faoliyatning tarkibiga 
kirgan bo‘ladi. Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri 
hisoblanadi. Kuzatish maqsadga qaratilgan, uyushgan, ozmi-ko‘pmi 
ko‘proq vaqt davom etadigan idrokdir.
Kuzatishda, odatda, kishi o‘z oldiga maqsad qo‘yadi. Biron-bir 
obyekt, hodisa yuz beruvchi o‘zgarishlarni kuzatadi. Tevarak 
olamdagi narsalarni idrok qilish bilan birga, biz ularning fazoviy 
xususiyatlarini – shakli, katta-kichikligi, o‘zaro bir-biridan va bizdan 
qanchalik uzoq-yaqinligini ham idrok qilamiz. Agar yosh go‘dakning, 
shuningdek, onadan ko‘r bo‘lib tug‘ilib, keyinchalik jarrohlik yo‘li 
orqali ko‘zi ochilgan kishilarning hatti-haraktini kuzatsak, bunga 
ishonch hosil qilish qiyin emas. Yosh go‘dak tepaga osib qo‘yilgan 
o‘yinchoqqa tomon qo‘l cho‘zish va uni ushlashni ko‘p marta mashq 
qilish natijasida o‘rganib oladi. Avvaliga esa, o‘yinchoq o‘zining 
rangdorligi bilan bolaning e’tiborini jalb qilib, bolada biror-bir 
oriyentirovka reaksiyasini vujudga keltirsa-da, bola hatto o‘yinchoqqa 
ko‘proq qarab turishning ham uddasidan chiqolmaydi.
Jarrohlik amaliyotini o‘tagandan so‘ng ko‘zi ochilgan kishilar 
dastlabki paytda sharni ko‘pincha doira sifatida idrok qiladilar, yaqin 
masofadagi mayda narsalar ularning ko‘ziga katta bo‘lib, uzoqroq 
masofadagi narsalar esa kichik bo‘lib, ya’ni ko‘zning to‘r pardasiga 
aks ettirilgan obrazning katta-kichikligi muvofiq ravishda ko‘ringan. 
Narsaning konturi bo‘yicha ko‘z yugurtirish natijasida narsaning 
shakli idrok qilinadi. Sechenov ko‘zni narsaning konturini 
paypaslovchi o‘ziga xos changallardir deb atagan edi. Ammo ko‘zning 
bu xususiyati faqat yassi shakllarnigina idrok qilish imkonini beradi.
Hajmli shaklni idrok qilishda binokulyar ko‘rish ishga tushadi
ikki ko‘z bilan ko‘riladi. Ikki ko‘z bir-biridan ma’lum oraliqda 
bo‘lgani uchun narsaning o‘ng va chap ko‘z to‘r pardalariga tushgan 
surati bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lmaydi. Har bir ko‘z narsaning 


79 
unga qaragan tomonini ko‘proq ko‘radi. Ikki ko‘zdan har biri orqali 
olingan va bir-biridan bir oz farqlanuvchi suratlar birga qo‘shilishi 
natijasida yagona, lekin hamma obraz yuzaga keladi. Hajmni idrok 
qilishda yorug‘ va soyaning joylashuvini hisobga olish katta 
ahamiyatga ega. Narsaning bo‘rtib chiqqan qismi odatda yaxshi 
yoritilgan bo‘ladi. Vaqtni idrok qilish deyilganda, hodisalar ketma-
ketligi va davomiyligini miyada aks etishi tushuniladi. Hodisalarning 
vaqt jihatidan yondosh ta’sir ko‘rsatishlari sababli shartli refleks 
bog‘lanishlarining vujudga kelishi bilan natijada hodisalar miyada 
izchil aks etadi. Chaqmoq chaqishi bilan momaqaldiroq va bulut bilan 
yomg‘ir o‘zaro sabab natija aloqalariga ko‘ra ham, shuning bilan 
birga, o‘zaro muayyan tartibda va faqat vaqt jihatdan bog‘lanishiga 
ko‘ra ham aks etishi mumkin. Ijtimoiy hayot jarayonida insoniyat vaqt 
o‘lchovlari sistemasini – soniya, daqiqa, soat, kun, hafta, oy, yil, asr 
va hokazolarni ishlab chiqqan bo‘lib, bularni bilishga o‘rgatish 
kishilarning savodini oshirishda g‘oyat muhim vazifadir. Narsalar 
fazoda o‘z joyini o‘zgaritirib turadi. Bu holning miyamizda aks etishi 
psixologiyada harakatni idrok qilish deb ataladi. Agar narsa fazoda 
harakatda bo‘lsa, biz uning harakatini idrok qilamiz, harakatdagi narsa 
yaxshiroq ko‘rish (eshitish) doirasidan chetga chiqaverishi sababli 
ham biz uni e’tibordan qochirmaslik uchun, unga tomon qaraymiz 
hamda boshimizni buramiz.
Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar 
qatoriga ko‘z bilan aks ettirishning negizi bo‘lmish ko‘z harakatlari 
kiradi. Ular o‘zlarining tuzilishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, sur’ati kabi 
belgilariga binoan, quyidagi turlarga ajratiladi. 
1. Konvergensiya (lotincha yaqinlashish, qo‘shilish demakdir)
ikkala ko‘zning ko‘rish o‘qlarining yaqinlashuvi natijasida ko‘z to‘r 
pardasida jismning ikkilanishiga yo‘l qo‘ymaslikda o‘z ifodasini 
topadi. 
2. Divergensiya (lotincha uzoqlashish) ko‘zning vergent 
harakatlarining bir turi bo‘lib, bir-biridan muayyan masofada turgan 
nuqtalarini qayd qilishda ko‘rish o‘qlarining uzoqlashuvidan iborat 
harakat. 
3. Gorizontal harakat, ya’ni ko‘zning bir xil tekislikdagi ikki 
nuqta oraliq bo‘yicha narsalarni qayd qilishidir. 


80 
4. Vertikal harakat har xil fazoviy joylashuviga ega bo‘lgan 
nuqtalar o‘rtasida aloqani tiklashdan iborat ko‘z harakati yordami 
bilan idrok qilinishidir. 
5. Siklofuzion (yunoncha doira, aylana) harakat, harakatlanuvchi 
jismlarni ko‘z qorachig‘i yordamida aniq tasvirini aks ettirishidir. 
6. Torsion (fransuzcha aylantirish) harakat ko‘z o‘qi atrofida 
jismlarni aylanib turgan holda qayd qilishdir. 
7. Version (lotincha harakatlanaman, aylanaman demakdir) 
harakat ko‘zning makro harakatlari doirasiga kirib, ko‘rish burchagini 
kuzatish, tezlikni o‘zgartirmasdan kuzatiluvchi obyektni idrok qilishda 
ishtirok etishidir. 
8. Vergen (lotincha og‘ish, qiyshayish) harakat ko‘zning makro 
harakatlari tarkibiga kirib, o‘ng va chap ko‘zlarining ko‘rish o‘qlari 
burchagi o‘zgarishiga olib keladi va hokazo. 
Idrok fazo, vaqt va harakat idroklariga bo‘linadi. 
Fazo (idrok) teri sezgilari va muskul harakat vositasi bilan idrok 
etganda ko‘z bilan qarab ham, ko‘z bilan qaramasdan ham ilrok qilish 
mumkin. Fazoviy munosabatlarni farqlashning muhim mohiyatlaridan 
biri. Narsalarning boshqa narsalarga yoki kuzatuvchiga nisbatan 
yo‘nalishlarini idrok qilishdan iboratdir. 
Harakatni 
idrok 
qilish 
narsalarning 
fazodagi 
holatining 
o‘zgarganligini aks ettirishdan iboratdir. Vaqt fazo kabi materiya 
mavjudligining asosiy imkonlaridan biridir. Vaqtni ilrok qilish 
hodisalarning davomiyligini, tezligini va izchilligi aks ettirishdan 
iborat. Fazo munosabatlarini, narsalarning formasini, hajmi katta 
kichikligini ko‘z bilan idrok qilamiz. 
Fazoni bir ko‘zimiz bilan ham monokulyar, ikki ko‘zimiz bilan 
binokulyar idrok qilamiz. Ko‘z gavharining ko‘z ravshan ko‘rishi 
uchun uyg‘unlashuvi akkomodatsiya deb ataladi. 
Idrok xususiyatlari. Idrok o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan 
hissiy bilishning sifat jihatidan yangi bosqichidir. Idrokning 
predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi va 
anglanganligi uning eng muhim xususiyatlaridandir. Idrokning 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling