Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular 
1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. 
2. Sezgilarning tasnifi. 
3. Sezgilarning turlari. 
4. Sezgi sohasidagi qonuniyatlar. 
5. Psixologiya fanida sezgi nazariyalari. 
6. Veber-Fexner qonuni. 
7. Idrokning murakkabligi 
8. Idrokda kuzatish va kuzatuvchanlik 
9. Idrokning xossalari 
 
Nazorat savollari: 
1. Sezgi haqida umumiy tushuncha? 
2. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari?
3. Sezgining umumiy qonuniyatlari va turlari haqida ma’lumot? 
4. Idrok haqida umumiy tushuncha? 
5. Idrokning nerv-fiziologik asosi? 
6. Idrokning turlari? 
7. Idrok xususiyatlari? 
 
 
 


87 
XOTIRA, XAYOL VA TAFAKKUR. INTELLEKT VA 
KREATIVLIK. 
Xotira haqida umumiy tushuncha. Xotiraning nerv-fiziologik 
asoslari.
Xotira jarayonlari.
Xotira turlari.
Xotira qonuniyatlari.
Xayol haqida tushuncha.
Xayol turlari.
Tafakkur haqida tushuncha.
Tafakkurning nerv-fiziologik jarayonlari.
Tafakkur turlari. Tafakkur jarayonlari.
Tafakkurning mantiqiy shakllari. Intellekt va kreativlik haqida 
tushuncha.
Tayanch tushunchalar: xotira, obrazli xotira, emotsional xotira, 
harakat xotirasi, xotira nazariyalari, xayol, ijodiy xayol, aktiv xayol, 
passiv xayol, tafakkur, tafakkur jarayonlari, ko‘rgazmali-harakat, 
ko‘rgazmali-obrazli, produktiv tafakkur, reproduktiv tafakkur, 
tafakkurning mantiqiy shakllari, intellekt, kreativlik. 
Xotira haqida umumiy tushuncha. Xotiraning nerv-
fiziologik asoslari.
Xotira psixologiyaning eng ko‘p o‘rganilgan bo‘limlaridan biri 
bo‘lib hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari 
yanada ko‘proq o‘rganilishi uni fanning tag‘in ham muhimroq 
muammoga aylantirib qo‘ydi. 
Individning o‘z hayotiy tajribasini esida olib qolishi, esda saqlab 
turishi va keyinchalik esga tushirishi xotira deb ataladi.
F.I.Xaydarov va N.I.Xalilovalarning “Umumiy psixologiya” 
darsligida xotira jarayoniga quyidagicha ta’rif beriladi: “Xotira biz 
ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda 
saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir”. Biz har 
kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. 
Xotira faoliyatida shaxsning g‘oyaviy yo‘nalishi katta o‘rin egallaydi. 
Bu yo‘nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. 
Kishi o‘zining shu faoliyati uchun muhim bo‘lgan voqea, hodisalarni 


88 
yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega 
bo‘lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi.
Shu o‘rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ko‘pgina 
adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. «Indvidning 
o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana 
esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin mazkur ta’riflarni tahlil 
qilgan professor E.G‘.G‘oziyev tomonidan xotira tushunchasiga 
quyidagicha ta’rif beriladi. «Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni 
bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol 
holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, 
mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda 
saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat 
psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy 
hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan 
mnemik faoliyatdir».
Shuni ta’kidlash zarurki, keltirilgan mazkur ta’rif xotiraning 
murakkab, keng qamrovli jihatlarini to‘la ta’kidlash imkoniyatiga ega. 
Bundan tashqari, rus psixologi N.S.Yefimova o‘zining “Umumiy 
psixologiya asoslari” (“Основы общей психологии”) kitobida 
xotiraga shunda ta’rif beradi: “Xotira – egallangan tajribani saqlash 
jarayoni bo‘lib, uni faoliyatda qayta ishlatish yoki ong sohasiga 
qaytish imkonini beradigan jarayondir”. Uning fikricha, xotira bizning 
tajribamizning har xil elementlarini qayta tiklash va saqlashdir. Xotira 
jarayoni inson uchun juda muhim hisoblanib, u atrof-muhit haqidagi 
taassurotlarni orttirib borish, saqlash va hayotiy tajribada qo‘llash, 
bilim va ko‘nikmani rivojlantirishga imkon beradi. Xotira har qanday 
psixik hodisaning asosini tashkil qiladi. Ushbu jarayon bilish 
hodisalarida ishtirok etmasa, sezish va idrok birinchi marta paydo 
bo‘lgandek boshdan kechiriladi, bu esa insonning moddiy dunyodagi 
yo‘nalishini va o‘zini-o‘zi anglashini qiyinlashtiradi. S.L.Rubinshteyn 
aytganidek: “Biz xotirasiz lahzalik mavjudotlarmiz. Bizning 
o‘tmishimiz kelajagimiz uchun o‘lik bo‘lar edi, hozir esa... qayta 
tiklanmas bo‘lib o‘tmishda yo‘qolib ketardi”. 
Xotira — inʼikos etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish 
tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik 
jarayon bo‘lib, u nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib 
hisoblanadi, ya’ni tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari 


89 
haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, 
hatti-harakat doirasida takror tiklash qobiliyatida namoyon boʻladi. 
Esda 
olib 
qolish 
nerv 
tizimining 
egiluvchan, 
ya’ni 
o‘zgaruvchanlik, qo‘zqatuvchilar ta’sirida o‘zida go‘yo bir iz 
qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday 
insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning darajasi 
har xil bo‘ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli 
faoliyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o‘rab 
olgan borliqni faol biluvchi kishi o‘z miyasi faoliyatini to‘xtovsiz 
kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. 
Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining 
susayishi, ba’zi paytda odamning toliqishiga sabab bo‘ladi. Dam 
olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh 
o‘tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib 
ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o‘sha gapni takrorlayveradilar. 
Miya egiluvchanligining ko‘rsatkichi bosh miya po‘stlog‘ida 
muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi 
va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi.
Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik 
mexanizmdir. Assotsiatsiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va 
ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o‘zaro 
bog‘lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan 
bog‘lash orqali amalga oshiriladi. Bu o‘rinda akademik I.P.Pavlovning 
quyidagi so‘zlari juda xarakterlidir. «Muvaqqat nerv bog‘lanishlari - 
deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o‘zimizda ham 
bo‘ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik 
hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo‘lmasa harflar, so‘zlar 
va 
fikrlar 
o‘rtasida paydo bo‘ladigan bog‘lanishlar-ki, bu 
bog‘lanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar». 
Xotira, ya’ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil 
bo‘lgan obrazlar o‘rtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan 
iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. 
Bular yondoshlik assosiasiyasi, o‘xshashlik assosiasiyasi va qarama-
qarshilik assosiasiyalaridan iboratdir.
Yondoshlik 
assosiasiyasining 
asosida 
vaqt 
va 
fazoviy 
munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik 
assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki 


90 
ketma-ket idrok qilishdan hosil bo‘ladi. Masalan, bog‘chada bolasi har 
kuni o‘zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok 
qiladi. Keyinchalik, ya’ni katta bo‘lgandan so‘ng bog‘chasini eslasa 
tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog‘cha guruhi 
ko‘z o‘ngida gavdalanadi. 
Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan 
narsa o‘rtasida ma’lum o‘xshashlik bo‘lsa, bu narsalar o‘rtasida 
o‘xshashlik assosiasiyasi hosil bo‘ladi. Masalan, bola dastavval 
bog‘chaga kelgan paytida bog‘cha mudirasining tashqi ko‘rinishi, 
ovozi va munosabatlarini o‘z onasiga o‘xshatishi mumkin. 
Keyinchalik bola onasini ko‘rganda, mudira opasini va aksincha 
mudira opasini ko‘rganda onasini eslaydigan bo‘lib qoladi. Bu ikkala 
odamning bola tasavvuridagi obrazlari o‘rtasida assosiasiya hosil 
bo‘ladi. Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok 
qilinayotgan narsalar o‘rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar 
bo‘lsa, bunday narsalar o‘rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz 
beradi. Masalan, yoz-qish, issiq-sovuq kabi narsalar o‘rtasida qarama-
qarshilik assosiasiyalari hosil bo‘ladi. 
Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya 
po‘stida hosil bo‘ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ 
bog‘lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida 
assosiasiyalar hosil bo‘lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil 
assosiasiyalarning hosil bo‘lganini odam keyinchalik biror narsani 
esga tushirish paytida bo‘ladi. 
Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to‘xtalar 
ekanmiz, so‘nggi yillarda texnikaning g‘oyat tez rivojlanishi natijasida 
turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo‘lgan ehtiyoj benihoya 
ko‘payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o‘z navbatida xotiraning 
nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari 
injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan 
o‘rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik 
mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga 
keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning 
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga 
ko‘ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus 
tuzilishni o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.


91 
O‘tkazilgan tekshirishlarga ko‘ra, biror narsa esda olib 
qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit 
shoxlari tarkibida o‘zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir 
boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil 
bo‘lgan o‘zgarish darrov o‘tib ketadigan bo‘lmay, ancha mustahkam 
bo‘ladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada 
saqlanib turadi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling