Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Irodaning axloqiyligi hayot va faoliyatda iroda kuchi, uning 
mustaqilligiga ijobiy yoki salbiy baho berganda qanday to‘sqinlik va 
qiyinchiliklar bartaraf qilinganligini nazarda tutish bilangina cheklanib 
qolmay, asosan kishining axloqiy qiyofasi irodaviy harakatlarda 
qanchalik ifodalanishi, biron odamning irodasi naqadar axloqiy 
ekanligi ham nazarda tutiladi. 
Irodaning axloqiyligi deganda, odatda kishi o‘z oldiga qanday 
maqsadlar qo‘yilishi, bu maqsadlarga qanday vositalar bilan erishishi, 
irodaviy intilishlar (xohishlar) qanday mayllar tufayli kelib chiqishi va 


171 
ma’lum bir qarorga kelishida qanday tamoyillarga amal qilishni 
nazarda tutamiz. 
Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy xislatlari namoyon bo‘lsa, 
iroda kuchi ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, 
kishilarning axloqiy hislarlari haqida fikr yuritilganda aytilgan 
so‘zlarni emas, balki ularning ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadigan 
irodaviy harakatlarni nazarda tutamiz. Shuning uchun kuchli irodaning 
mardlik, o‘zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam va jasurlik kabi 
xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz. 
Kishi biror qarorga kelishda o‘z qarori va harakatlari uchun 
axloqiy mas'uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi. Kishining 
chinakam axloqiyligi ma’naviy qiyofasi, so‘zida va muhokamalarida 
emas, balki faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya’ni mehnatga va 
ishning o‘ziga mehr qo‘yishida namoyon bo‘ladi. O‘zining intilish 
(mayllarida), qaror va harakatlarida har doim axloq tamoyillariga amal 
qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz. 
Irodaviy harakatlarning qonuniyatlari. Irodaviy harakatlar 
ilgaridan belgilangan qat’iy maqsad asosida amalga oshirilar ekan, 
demak, har qanday irodaviy harakatlar ma’lum bir maqsadni qo‘yishdan, 
ya’ni maqsadni belgilashdan boshlanadi. Maqsd aniqlanib, shu maqsadga 
erishtiruvchi yo‘l-yo‘riqlar belgilangandan so‘ng odam ma’lum qarorga 
keladi. Irodaning kuchliligi, mustahkamligi qabul qilingan qarorni ijro 
etishda ko‘rinadi. 
Irodaviy harakatlarning qonuniyatyaari quyidagilardan iborat: 
a) iroda kuchnining namoyon bo‘lishi maqsadning aniqligiga 
bog‘liq; 
b) har qanday irodaviy kuch va sababga asoslanadi; 
c) maqsadni amalga oshirish jarayonidagi ongli harakatlar ta’sirida 
iroda o‘sadi; 
d) irodaviy sifatlar xohish va istakka bog‘liqdir; 
e) 
shaxs 
mehnatining, 
faoliyatining 
takrorlanishi 
va 
rag‘batlantirilishi undagi irodaviy faoliyatni yanda oshiradi. 
Shunday qilib, yuqoridagi fikrlarning umumiy xulosasi sifatida 
irodaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: kishining aniq maqsadni 
bajarishga qaratilgan ongli harakatlarining kuchli ifodasi iroda deb 
aytiladi. 


172 
Demak, irodaning kuchliligi qabul qilingan qarorni qat’iyatlik bilan 
amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Irodaviy harakatlarning odamdan 
zo‘r kuch talab qiladigan tomoni shundaki, biror maqsadni belgilashda, 
shu maqsadni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlashda va qarorga 
kelish hamda qarorni ijro etishda motivlar kurashi paydo bo‘ladi. Motiv-
kishini harakatga undovchi kuch degan ma’noni bildiradi. Irodasi kuchli 
odamlar motivlar ko‘rashini qat’iyatlik bilan tez hal qiladi, aksincha, 
irodasi bo‘sh odamlar motivlar ko‘rashini cho‘zib yuboradi yoki mustaqil 
ravishda hal qila olmaydi. 
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda odam yo‘liqadigan 
qarshiliklar har xil bo‘ladi. Masalan, ichki qarshiliklar va tashqi 
qarshiliklar. Ichki qarshiliklar odamning o‘ziga xos bo‘lgan, uning ichki 
dunyosiga xos bo‘lgan qarshiliklardir. Chunonchi, har kuni ertalab 
azonda soat 7 da turib, yuvinib, choy ichib, o‘qishga kechikmay yetib 
kelish kerak. Ayrim irodasi bo‘sh odamlar ana shuni uddasidan chiqa 
olmaydi. 
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi 
qarshiliklar odamning o‘zi bilan emas, balki shu harakatni amalga 
oshirishdagi vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling