Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI. PSIXIK RIVOJLANISH VA DAVRLASHTIRISH.
- Tayanch tushunchalar
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
1. Hissiyot haqida tushuncha. 2. His-tuyg‘ularning vazifalari. 3. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. 4. Hissiy holatlarning ifodalanishi. 5. Hislarni kechirish shakllari. 6. Yuksak hislar. 7. Hissiyotning o‘ziga xosligi. Nazorat savollari 1. Hissiyot tushunchasining mazmunini izohlang? 2. His-tuyg‘ularning vazifalari nimalarda ko‘rinadi? 3. Hissiy holatlarning fiziologik asoslarini nima tashkil qiladi? 4. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar o‘rtasidagi farqni izohlang? 5. Hissiy holatlarning ifodalanishini qanday izohlaysiz? 6. Hislarni kechirish shakllarini qanday baholaysiz? 173 YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI. PSIXIK RIVOJLANISH VA DAVRLASHTIRISH. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishning asosiy omillari. Rivojlanishni davrlashtirish muammosi. Tayanch tushunchalar: yosh davrlar, maqsad, predmet, vazifa, obyekt, psixik rivojlanish, davrlashtirish, rivojlanish, o‘sish, taraqqiyot, ontogenez, filogenez. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin ta’lim jarayonini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ulug‘vor deb hisoblangan ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri – bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar yoshlarni o‘z xohishi, irodasi va intilishiga qarab, ularga chuqur bilimlar berish, o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to‘la xoli bo‘lgan yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlashdir. Komil insonni, ya’ni o‘zida ruhiy boylik, ahloqiy poklik va jismoniy yetuklikni to‘la mujassamlashtirgan talabalarni kelgusi faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash uchun umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni bilishlari muhim sanaladi. Buning uchun bolalarning psixik taraqqiyoti qonunlarini, ularning yosh davrlari va individual xususiyatlarini bilish muhimdir. Bu borada, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan sohalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muhim o‘rin egallaydi, zero u inson ruhiy olamining tabiati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohalardir. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta, 174 umumiy jarayonni - ulg‘ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, bu ikki fan psixologiya fanining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o‘z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi. Ontogenez - (yunoncha. ontos - mavjud, jon, zot; genezis - kelib chiqish, paydo bo‘lish) - individning paydo bo‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yoshning ulg‘ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo‘lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Yosh psixologiyasi fani – psixologiya fanining tarmoqlaridan biri bo‘lib, u insonning ontogenezdagi psixik rivojlanishiga xos xususiyatlarni o‘rganadi. Yosh psixologiyasi fanining predmeti – inson psixikasining ontogenezda taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xususiyatlarining yosh jihatdan rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi. Bular : 1.Bolalar psixologiyasi 2.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi. 3.O‘smir psixologiyasi. 4.Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi. 5.Katta yoshdagilar psixologiyasi. 6.Gerontopsixologiya (qarilik) psixologiyasi. Yosh psixologiyasining nazariy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish. 2) Psixik jarayonlarning, bilimlarni o‘zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. 3) Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish. 175 4) Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganadi. Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o‘rganishda qo‘lga kirgan ilmiy dalillarini ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi. Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi. Ma’lumki keyingi o‘n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda. Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun ta’lim jarayonining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malakalarni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bo‘ladi. Psixolog L.S.Vigotskiy ko‘rsatib o‘tganidek, ular ma’lum hodisalarga nisbatan o‘zlarining kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari bo‘ladi. Bu esa ilmiy tushunchalarning tarkib topishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Bundan keyin, tushunchalarni tarkib toptirishda hissiy negizga qay darajada tayanish lozimligini, qaysi paytda ko‘rgazmalilikdan va yakka hodisalardan qutilib, mavhumlik hamda umumiylikka o‘tish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. Ko‘rgazmali tayanchdan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda sun’iy ravishda to‘xtab qolish ham bir xil xatodir. Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling