Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Yuqori va past haroratlarni o‘lchash


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

5. Yuqori va past haroratlarni o‘lchash. Termojuftlik va 
termoqarshiliklar yordamida 1000°C dan yuqori haroratlarni o‘lchashda 
asbob xossalarining tez o‘zgarishi sababli qiyinchiliklarga duch kelinadi.
Bunday sharoitlarda harorat pirometrlarni qo‘llash bilan tekshirilayotgan 


55 
jism nurlanish intensivligi bo‘yicha aniqlanadi.
Juda past (-270°С dan kichik) haroratlarda harorat o‘lchashning o‘ziga 
xos qiyinchiliklari yuzaga keladi. Bu esa shuning bilan bog‘liqki, bunday 
sharoitda ixtiyoriy turdagi termojuftliklar issiqlik o‘tkazuvchanlik evaziga 
tekshirilayotgan jism haroratini o‘zgartiradi. Juda yuqori harorat kabi past 
haroratlar ham tekshirilayotgan ob’ekt xossalari bo‘yicha aniqlanadi. Juda 
past haroratlarni jismning magnit xossalari bo‘yicha aniqlash usuli shunday 
ishlab chiqilgan. 
Amalda fizik hodisalarni o‘rganuvchi bosim diapazoni juda keng. Bunda 
katta bo‘lmagan bosimlar ~10
7
 atm (~10
12
 Pа), kichiklari 10
-16
 mm. sim. ust. 
(1,3 
.
10
-14
 Pа) qiymatga yetadi. Ham yuqori, ham past bosimlarni bir xil aniq 
o‘lchay oladigan asbob mavjid emas. Ta’sir prinsipi bo‘yicha, ham 
konstruktiv xususiyatlari bo‘yicha bosim o‘lchagichlarning juda katta turlari 
mavjud (manometrlar, barometrlar, maxsus bosim datchiklari). Odatda 
bosim o‘lchagichlar vakuummetrlar 760 mm.sim.ust. bosimidan past 
bosimlarni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblar, yuqori bosimlarni (100 atm. 
gacha) o‘lchashga mo‘ljallangan manometrlar, o‘ta yuqori bosimlarni (1000 
atm. dan yuqori) o‘lchashga mo‘ljallangan manometrlar va atmosfera 
bosimiga yaqin bosimlarni o‘lchashga mo‘ljallangan manometrlar 
(barometrlar) ga ajratiladi.
Ham kichik, ham katta atmosfera bosimlarini o‘lchashga mo‘ljallangan 
eng soda manometrlar ochiq simobli manometrlar bo‘lib, ularning bukilgan 
shisha trubkalari yarmigacha simob bilan to‘ldirilgan bo‘ladi (14-rasm). 
Trubkaning bitta tirsagi o‘lchanishi kerak bo‘lgan hajm bilan ulangan. Agar 
manometrda simob sathlari farqi Δh ga teng bo‘lsa, idishdagi bosim 
р=р
0
+Δhρg munosabat bilan aniqlanadi, bu yerda р — atmosfera bosimi 
(barometr bilan o‘lchanadi), ρ — simob zichligi, g — erkin tushish 
tezlanishi. Agar Δh >0 (14,b-rasmda tasvirlangandek) bo‘lsa, u holda 
asbobdagi bosim atmosfera bosimidan katta bo‘ladi va aksincha. 
Agar U-simon manometr simob bilan emas, yengil suyuqlik bilan 
to‘ldirilgan bo‘lsa, u holda uning yordamida juda kichik bo‘lgan (0,1 
mm.sim.ust. gacha) bosimlar farqini o‘lchash mumkin. 10
9
N/m
2
gacha 
bosimni o‘lchash uchun oldindan graduirlangan qattiq elementli mexanik 
manometrlar qo‘llaniladi. Bunday manometerlardan birining asosiy qismi 


56 
uning o‘ram shakliga ega bo‘lgan trubkasidir (15-rasm). Trubkaning bir uchi 
asbobning korpusiga va bosimi o‘lchanishi kerak bo‘lgan idish bilan 
ulangan. Boshqa uchi esa yopiq bo‘lib, strelkaga ulangan. 
Bosim oshishi bilan o‘ram buralib, strelkani asbob shkalasi bo‘yicha 
siljitadi. Kichik 0,1 dan 10
-6
mm.sim.ust. gacha bosimlarni o‘lchash uchun 
ko‘pincha Mak-Leod (16- rasm) manometrlari qo‘llaniladi. Uning ishlash 
prinsipi Boyl-Mariott qonuniga asoslangan. 
Yuqorida keltirilgan kichik bosimlarni U-simon ochiq manometrlar bilan 
o‘lchab 
bo‘lmaydi. 
Mak-Leod 
manometrida 
o‘lchash 
oldidan 
tekshirilayotgan gazning bir qismi yetarlicha bosim hosil qilingunga qadar 
siqiladi, so‘ngra esa oddiy usul bilan o‘lchanadi. Mak-Leod manometrining 
trubkasi (16-rasm) kichik bosimni o‘lchash kerak bo‘lgan rezervuar bilan 
ulangandir. Natijada rezervuar M ni ko‘tarish bilan simob rezina trubka R 
orqali shisha trubka G ga o‘tib, ballon gacha ko‘tariladi. 
15- rasm 16-rasm 
Simobni 
ko‘tarishni davom 
ettirsak uning bir qismi trubka L 
orqali o‘tadi, bir qismi esa tepasiga 
kavsharlangan kapillyar K bilan 
tugovchi ballon C ga kiradi. 
Natijada ballon C dagi gaz 
tekshirilayotgan 
rezervuardan 
ajraydi 
va 

trubka 
L 
ga 
kavsharlangan kapillyarda N sathga 
yetguncha simob bilan kuchli 
siqiladi.
Agar simob asbobning chap qismidagi qandaydir N sathgacha yetsa, o‘ng 
kapillyar K da esa H sathda to‘xtasa, u holda ballonni to‘ldiruvchi gaz H va 
N kapillyarlar orasidagi hajm ballon hajmidan qancha kichik bo‘lsa shuncha 
marta siqiladi. Bunda bosim simoblar farqi h=N—Н bo‘yicha o‘lchanadi. 
Ballon hajmi V bo‘lsin. U holda, tekshirilayotgan р

bosim, h singari 
millimetrlarda (sim.ust.) o‘lchansa, u holda р
0
V =πr
2
h
 
bo‘ladi.
Shunday qilib,


57 
р
0
 = πr
2
h
2
/V, 
(1) 
bu yerda r —kapillyar radiusi (mm). πr
2
/V =C kattalik asbob doimiysi 
bo‘lib, uni ballon hajmi va kapillyar radiusini oldindan o‘lchash bilan topish 
mumkin. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling