Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

5-AMALIY MASHG‘ULOT 
MAVZU: TUPROQ VA SUV HAVZALARINING ISSIQLIK REJIMI 
Agar termodinamik tizimga qandaydir miqdorda issiqlik berilsa, u holda uning 
holati, yoki tizimning ichki energiyasi o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlarning tavsiflari turli 
solishtirma issiqlik sig‘imlaridir. 
Solishtirma issiqlik sig‘imi deb, 1 kg moddaning haroratini 1 K ga oshirganda, 
uning ichki energiyasining o‘zgarishini ko‘rsatuvchi fizik kattalikka aytiladi. 
с=Q/(mΔТ) 
bu yerda c — solishtirma issiqlik sig‘imi. 
Solishtirma issiqlik sig‘imining o‘lchov birligi: [J/(kg
.
К)]. 
Jismni ma’lum Kelvin soniga qizdirish uchun, jismni doimiy hajmda yoki doimiy 
bosimda qizdirilayotganiga qarab, turli miqdorda issiqlik sarflash kerak. Shuning uchun 
solishtirma issiqlik sig‘imi qizdirishda bosim va hajm qanday o‘zgarishiga bog‘liq. P = 
const dagi с
р
issiqlik sig‘imiga doimiy bosimdagi issiqlik sig‘imi, V=соnst dagi c
V
issiqlik sig‘imiga esa doimiy hajmdagi issiqlik sig‘imi deyiladi. 
Agar jism doimiy hajmda qizdirilsa, barcha issiqlik uning ichki energiyasining 
o‘zgarishiga sarflanadi, agar qizdirish doimiy bosimda olib borilsa, u holda issiqlik 
miqdori ish bajarish uchun sarflanadi va shuning uchun с
р
> c
V
bo‘ladi. Qattiq jism va 
suyuqliklar uchun deyarli doimo doimiy bosimdagi issiqlik sig‘imi ko‘rib chiqiladi. 


70 
M massali jismni Т
1
haroratdan Т

haroratgacha qizdirish uchun zarur bo‘lgan 
issiqlik miqdorini: 
Q= сm(Т
2

1

formula bilan aniqlash mumkin.
Agar jism sovutilayotgan bo‘lsa, u holda Т
1

2
, shuning uchun jismni sovutishda 
ajralgan issiqlik miqdori 
Q= сm (Т
1
 — Т
2
) ga teng. 
 
Jism ichki energiyasining o‘zgarishi faqat issiqlik almashinuvi ΔU = Q jarayonida 
ro‘y beradigan izolyasiyalangan termodinamik tizimni ko‘rib chiqamiz. 
Bunday termodinamik tizimda ayrim jismlarning ichki energiyasi oshsa
boshqalariniki kamayadi. Tizimda energiyaning saqlanish va aylanish qonunini issiqlik 
balans teglamasi ko‘rinishida yozish mumkin: 





ь
о
jolin
n
i
iber
Q
Q
1
1
bu yerda n — issiqlik beruvchi jismlar soni; m — issiqlik oluvchi jismlar soni. 
Issiqlik balans tenglamasi: ichki energiyasi kamayuvchi jismlar bergan issiqlik 
miqdori ichki energiyasi oshuvchi jismlar olgan issiqlik miqdoriga teng. 
Q
ber
  va Q
olin
 kattaliklar (1) va (2) tenglamalardan topiladi. 
Issiqlik 
almashinishdagi 
issiqlik 
balans 
tenglamasi 
izolyasiyalangan 
termodinamik tizimda bajariladi.
Issiqlik balans tenglamasidan jismning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlash 
mumkin. Issiqlik miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan asbob kalorimetr deyiladi 
(Kalorimetr metal stakandan iborat bo‘lib, bu stakan boshqa stakan ichiga shunday 
joylashtiriladiki, ular bir-biriga tegmasin. Ichki stakan issiqlikdan izolyasiyalovchi jism 
ustida turadi, bunday qurilma issiqlikning kamroq sarf bo‘lishi uchun zarur, ya’ni 
izolyasiyalangan tizim hosil qilish uchun). Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik 
sig‘imini aniqlash usuli quyidagichadir: jism, masalan, metal bo‘lagini ma’lum 
haroratgacha qizdiriladi, so‘ngra sovuq suvli kalorimetrga solinadi. Issiqlik 
muvozanatidan so‘ng kalorimetrdagi umumiy harorat o‘lchanadi.
Issiqlik balans tenglamasiga binoan jism sovushida ajragan issiqlik miqdori 
kalorimetr va suv olgan issiqlik miqdoriga tengdir, agar m
1
—kalorimetr massasi, с
1

uning solishtirma issiqlik sig‘imi, m
2
—suv massasi, c
2
—suvning solishtirma issiqlik 


71 
sig‘imi, t
1
—suv va kalorimetrning boshlang‘ich harorati, m —jism massasi, va Ө —
jismning boshlang‘ich harorati va kalorimetrdagi umumiy harorat bo‘lsa, 
C
x
m(t- Ө)=c
1
m
1
(Ө-t
1
)+c
2
m
2
(Ө-t
1

tenglamadan issiqlik sig‘imini topish mumkin: 
C
x
= (c
1
m
1
+ c
2
m
2
) (Ө-t
1
)/m(t- Ө) 
Jismni turli usullar bilan qizdirish mumkin: ishqalishda, kimyoviy reaksiyada va h.k. 
Kimyoviy reaksiyalar ichida issiqlik manbai sifatida ko‘pincha yonish reaksiyasi 
qo‘llaniladi. Yoqilg‘i sifatida ko‘pgina moddalar xizmat qiladi: ko‘mir, neft, o‘tin, 
yonuvchi gazlar. 
Turli xil yoqilg‘ilar yonganda turlicha issiqlik miqdori ajraladi. 
1 kg yoqilg‘i to‘liq yonganda ajraladigan issiqlik miqdori yoqilg‘i yonishining
solishtirma issiqligi deyiladi: 
q=Q/m 
bu yerda q — yoqilg‘i yonishining solishtirma issiqligi, yoki yoqilg‘ining issiqlik 
ajratishi deyiladi.  
Yoqilg‘i yonishining solishtirma issiqligini o‘lchov birligi: (J/kg). 
Yoqilg‘i yonishining issiqligini kalorimetrga joylashtirilgan yopiq idishda 
yoqilg‘ining kichik porsiyasini yondirishda aniqlanadi. 
Doimiy yoqilg‘i yonishida tizimda foydali maqsadlarda ishlatiladiganga 
qaraganda ko‘proq issiqlik ajraladi. 
Foydali issiqlikning Q
п
yoqilg‘ining to‘liq yonishida ajragan issiqlik miqdori Q 
ga nisbati isitgichning foydali ish koeffisirnti deyiladi: 
η= Q
п
/Q=cm
1
ΔT/(mq) 
bu yerda: η — foydali ish koeffitsiyenti; с — isitilayotgan jism solishtirma issiqlik 
sig‘imi; m
1
— uning massasi; ΔТ — isitishda haroratning o‘zgarishi; q — yoqilg‘ining 
issiqlik ajratishi; m— yoqilg‘i massasi. 
Odatda, foydali ish koeffitsiyenti foizlarda ifodalanadi:
%
100
Q
Q
п




72 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling