Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

7-AMALIY MASHG‘ULOT 
MAVZU: ATMOSFERADAGI SUV BUG‘LARI 
Suyuqlikning sirt qatlamida joylashgan molekulalarning suyuqlikdan tashqariga 
uchib chiqib, bug‘ fazasiga o‘tishi bug‘lanish deyiladi. Molekulalarning suyuqlik 
tashqarisiga chiqishi uchun ular suyuqlikda qoluvchi molekulalar torti-shish kuchini 
yengishi, ya`ni bu kuchlarga qarshi ish bajarishi kerak. Bundan tashqari modda suyuq 
holatdan gaz holatga o‘tishda o‘z hajmini o‘zgartirishi uchun tashqi bosimga qarshi ham 
ish bajarishi kerak. Bu ishlar molekulalar issiqlik harakatining kinetik energiyasi 
hisobiga bajariladi. 
 


77 
Bunday ishni bajarishga hamma molekulalar ham qodir bo‘lavermaydi, ularning 
faqat yyetarlicha katta kinetik energiyaga ega bo‘lgan qismigina bunday ishni bajarishi 
mumkin. Shuning uchun bug‘lanish suyuqlikdagi tez molekulalar sonining 
kamayishiga, ya`ni uning sovishiga olib keladi. Tez bug‘lanuvchan suyuqlik masalan, 
efir bilan ho‘llangan terining tez sovishi ana shu effektning natijasidir. Demak, 
suyuqlikni uning haroratini o‘zgartirmagan holda bug‘lantirish uchun unga issiqlik 
berish kerak. 
Ma`lum suyuqlik miqdorini izotermik bug‘lantirish uchun kerak bo‘ladigan 
issiqlik miqdori Q ga bug‘lanishning yashirin issiqligi deyiladi. Suyuqlikning massa 
birligiga to‘g‘ri keluvchi yashirin bug‘lanish issiqligi solishtirma bug‘lanish issiqligi 
deb ataladi. 
Bug‘lanish issiqligi suyuqlik molekulalari orasidagi bog‘lanish kuchlarining 
miqdoriy tavsifidir. Bu kuchlar qancha katta bo‘lsa, bug‘lanishning yashirin issiqligi 
ham shuncha katta bo‘ladi. 
Suyuqlikning qaynashi uning butun hajmi bo‘ylab bug‘lanish jarayoni bo‘lib, bu 
hodisa suyuqlikning keskin holda bug‘ pufakchalari hosil qilib, ularning suyuqlik sirti 
orqali tashqariga chiqib yorilishi tarzida ro‘y beradi. Suyuqlikning qaynash harorati 
tashqi bosimga bog‘liq. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. 
Faraz qilaylik: biror sababga ko‘ra, suyuqlikda gaz pufakchasi paydo bo‘lgan 
bo‘lsin. Bu pufakcha darhol suyuqlikning to‘yingan bug‘i bilan to‘ladi. Ma`lumki, 
to‘yingan bug‘ning bosimi haroratga bog‘liq. Agar suyuqlikning harorati shunday 
bo‘lsaki, bunda pufakcha ichidagi to‘yingan bug‘ bosimi suyuqlik ustidagi tashqi 
bosimdan kichik bo‘lsa, u holda pufakcha kattalashmaydi. Harorat orta borib, pufakcha 
ichidagi suyuqlik to‘yingan bug‘lari bosimi tashqi bosimga tenglashadigan qiymatiga 
yetganida pufakcha kattalasha boshlaydi va Arximed kuchi ta`sirida yuqoriga ko‘tarilib, 
suyuqlik sirtida yoriladi. 
Tashqi bosim kamayishi bilan qaynash harorati pasayadi, bosim ortishi bilan esa 
qaynash harorati ko‘tariladi. Bosimning pasayishi orqali suyuqlikning kamayishini 
quyudagi tajribada ko‘rsatish mumkin. Stakanga suv quyib, unga termometr tushiriladi. 
Suvli stakanni vacuum qurilmasidagi qalpoqcha ostiga qo‘yib, nasos ishga tushiriladi. 
Qalpoqcha ostidagi bosim etarlicha pacayganda stakandagi suv qaynay boshlaydi. 
Suvning energiyasi bug‘ hosil bo‘lishiga sarf bo‘lishi tufayli, uning qaynashi natijasida 
stakandagi suvning harorati pasayadi va nasos yaxshi ishlasa, nihoyat, suv muzlaydi. 
Suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash harorati qaynash nuqtasi 
deyiladi. 
Qaynash jarayoni suyuqlikdagi erigan gazning mavjudligi bilan uzviy 
bog‘liqdir.Agar suyuqlikdan unda erigan gazni chiqarib yuborilsa, masalan, uzoq vaqt 
qaynatib shu suyuqlikni qaynash haroratidan yuqori haroratgacha qizdirish mumkin. 
Bunday suyuqliklar o‘ta qizigan suyuqlik deyiladi. 


78 
Bug‘ hosil qiluvchi markaz vazifasini bajara oluvchi bug‘ning mayda 
pufakchalarini hosil qiluvchi gaz pufakchalari bo‘la olmaydi, chunki kichik radiusli 
pufakchalarda katta laplas bosimi hosil bo‘lib, ularni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. 
Shu bilan suyuqlikning qizishi tushuntiriladi. Qachondir u qaynaganda, qaynash juda 
kuchli bo‘ladi. 
Suyuqlikning qaynash haroratigacha isitish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori 
Q

quyidagi formuladan topiladi: 


1
T
T
m
C
Q
q
c
c


Bu yerda: m-suyuqlikning massasi, C
c
-uning solishtirma issiqlik sig‘imi.
O‘zgarmas haroratda suyuqlikni bug‘ga aylanishi uchun zarur bo‘lgan issiqlik 
miqdori Q 
b
quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 
rm
Q
b

Demak, umumiy issiqlik miqdori quyidagi munosabat bilan aniqlanadi: 


rm
T
T
m
C
Q
Q
Q
k
c
b
c





1
Moddaning solishtirma bug‘lanish issiqligi r tajriba orqali issiqlikning balans 
tenglamasi yordamida topiladi. Bu qanday bajarilishini r ni suv uchun aniqlash misolida 
ko‘rib chiqamiz. Buning uchun T
1
haroratli suv solingan kalorimetr olamiz. 
Qaynatgichdan harorati T
q
=373K bo‘lgan bug‘ nay orqali sovuq suvli kalorimetrga 
keltiriladi va bu yerda bug‘ kondensasiyalanadi. Bir qancha vaqt o‘tgandan so‘ng bug‘ 
keluvchi nay kalorimetrdan olinadi va oxirgi 

harorat o‘lchanadi, so‘ngra tarozida 
tortib suvga aylangan bug‘ning massasi aniqlanadi va issiqlikning balans tenglamasi 
tuziladi. 
Bu tajribada kalorimetr va undagi sovuq suv issiqlik oladi. 




1
1
T
m
C
T
m
C
Q
Q
Q
c
c
k
k
c
q
ol








Kondensasiyalanganda bug‘ issiqlik beradi va undan hosil bo‘lgab suv T
q
dan 

gacha sovushda issiqlik chiqaradi: 






q
b
c
b
ber
T
m
C
rm
Q
ol
ber
Q
Q






1
T
m
C
m
C
T
m
C
rm
c
c
k
k
q
b
c
b







ni olamiz. Bu tenglamadan r ning son qiymati hisoblab topiladi. 
Suvni bug‘ga aylantirish uchun ko‘p energiya sarflanadi, shuning uchun suv 
bug‘ining sovushi va kondensasiyalanishida ham ko‘p ko‘p issiqlik chiqishi va katta 
ish bajarishi mumkin. 


79 
Qozonlarda hosil qilingan suv bug‘larini maxsus qurilmalar yordamida yuqori 
haroratgacha qizdirib, so‘ngra bug‘ turbinalariga yuboriladi. Bunday bug‘larni quruq 
yoki o‘ta qizigan bug‘lar deyiladi. Bunda harorat bilan birga bug‘ bosimi ham ortadi, 
shu sababli o‘ta qizigan bug‘larni yuqori bosimli bug‘ ham deyiladi.
Bug‘ni suyuqlikka aylantirish uchun bosimni orttirish va haroratni pasaytirish 
zarur. Har bir suyuqlik uchun uning bug‘i orasidagi har qanday farqning yoqolishi 
mumkin bo‘lgan harorat mavjud. Buni 1861 yilda rus olimi D.I.Mendeleyev aniqladi. 
U buni “absolyut qaynash harorati” deb atadi. Ingliz olimi Endryus bug‘ning 
suyuqlikka aulanish jarayonini va aksincha bo‘lgan holni turli bosimlarda tekshirdi va 
haqiqatda shunday harorat borligini tasdiqladi va uni kritik harorat deb atadi. 
Suyuqlik bug‘i bilan uning to‘yingan bug‘i zichligi bir xil qiymatga ega 
bo‘lgandagi harorat moddaning kritik harorati deb ataladi. 
Biror moddaning kritik haroratidagi to‘yintiruvchi bug‘I bosimiga kritik bosim 
deyiladi. U bu modda to‘yintiruvchi bug‘ining eng katta bosimidir. 
Agar modda kritik haroratida va kritik bosimda turgan bo‘lsa, uning bunday 
holati kritik holat deyiladi. Moddaning kritik holatda egallagan hajmi kritik hajm 
deyiladi. Bu hajm suyuq holatda modda massasining egallashi mumkin bo‘lgan eng 
katta hajmi xisoblanadi. Kritik harorat, kritik bosim va kritik hajmning bir mol modda 
uchun qiymatlari moddaning kritik parametrlari deyiladi. 
Harorati kritik haroratdan yuqori bo‘lgan gazsimon holatdagi modda gaz 
deyiladi. Harorati kritik haroratdan past bo‘lgan gazsimon modda bug‘ deyiladi.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling