Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

OSMOTIK BOSIM 
Erituvchining molekulalari o‘ta oladigan, lekin erigan modda molekulalari o‘ta 
olmaydigan to‘siqlar mavjud bo‘lib, bunday to‘siqlar yarim o‘tkazuvchan to‘siqlar deb 
ataladi. 
Agar yarim o‘tkazuvchan to‘siq bilan ajratilgan tutash idishning bir tomonga sof 
erituvchi ikkinchisiga esa eritma solinsa, u holda to‘siq orqali sof erituvchining 
molekulalari eritma egallagan hajmga o‘ta boshlaydi. Bu hodisaga osmos deyiladi. 
Osmos natijasida sof erituvchi va eritma orasida bosimlar farqi vujudga keladi (75-
rasm). Osmos natijasida vujudga kelgan bosimlar farqiga osmotik bosim deyiladi. 
Agar eritma kuchsiz bo‘lsa, osmotik bosim eritmaning konsentrasiyasiga 
proporsional bo‘lar ekan.
(Vant - Goff qonuni -1887 yil): 
V
RT
P


(1) 


81 
bu yerda: V-eritmaning hajmi, 

- erigan modda mollari soni, R-universal gaz doimiysi, 
T – harorat (1) formula kuchsiz eritmalardagi osmotik bosim ideal gaz qonunlari 
bo‘ysunadi-gan qonunga bo‘ysunishini ko‘rsatadi.
Bunga sabab shuki, ideal gazning zarralari o‘zaro ta`sirda bo‘lmagani singari 
kuchsiz eritmalarda erigan moddaning molekulalari ham o‘zaro ta`sirlashmaydi. 
75-rasm 
Osmos hodisasi hay-vonlar va 
o‘simliklar hayotida katta rol 
o‘ynaydi.
To‘qimalarda suvning va suvda 
erigan moddalarning taqsimlanishi 
ko‘p jihatdan osmotik bosim bilan 
aniqlanadi. 
Chunki, tirik organizmda modda 
almashinuvi o‘simlik va hayvonlar 
hujayralarining yarim 
o‘tkazuvchi to‘siqlari orqali amalga oshiriladi. 
Savollarga javob bering 
1. Suyuqlik molekulalari qanday harakat qiladi? 
2. Sirt taranglik kuchlarining mavjudligi qanday tushuntiriladi? 
3. Sirt taranglik koeffitsiyenti nima? 
4. Nima uchun suyuqlik sirti ortganda yoki kamayganda sirt taranglik kuchlari 
o‘zgarmaydi? 
5. Sirt taranglik koeffitsiyenti haroratga qanday bog‘langan? 
6. Ho‘llash va ho‘llamaslik sababi nimada? 
7. Laplas bosimining yuzaga kelish sababi nimada? 
8. Qaynash nima? Qaynash harorati bosimga qanday bog‘langan? 
9. Eritma nima? Qanday eritmalar ideal eritmalar deb ataladi? 
10.Osmotik bosimning yuzaga kelishi sababi nimada? 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling