Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
Masalalar
1-masala. Suv-moy chegarasidagi sirt tarangligini 0,018 N/m deb olish mumkin. Agar suv ichida moy tomchisining maydalanish jarayoni izotermik bo‘lsa, unda 1 g massali moy tomchisini 2 . 10 -4 sm diametrli mayda tomchilarga aylantirish uchun qancha ish bajarish kerak? Moy zichligi 0,9 g / sm 3 . Javobi: A= 6 . 10 -2 J. 2-masala. Puflab sovun pufagining diametrini 1 sm dan 11 sm gacha orttirish uchun qancha ish bajarish kerak? Jarayon izotermik deb hisoblansin. Javobi: A= 3 mJ. 3-masala. Hajmi V 1 10 cm 3 dan 2V 1 gacha izotermik ravishda ortgan sovun pufagi sirtining erkin energiyasining o‘zgarishi aniqlansin. Javobi: 106 mkJ. 82 4-masala. U simon nay tirsaklaridagi suyuqlik sathlarining farqi 23 mm. Nay tirsaklari kanallarining diametrlaridan biri 2 mm ga ikkinchisi 0,4 mm ga teng. Suyuqlikning zichligi 0,8 g/sm 3 bo‘lsa. Uning sirt taranglik koeffitsiyenti nimaga teng? Javobi: 22,5 mN/m. 5-masala. Simob solingan idishning tubida teshigi bo‘lib, simob ustunining balandligi 3 sm ga teng bo‘lganda idishdagi simob oqib ketmasligi uchun, teshikning diametri eng ko‘pi bilan qanday bo‘lishi kerak? Javobi: 0,5 mm. 6-masala. Kesim yuzi 30 sm 2 bo‘lgan shisha idishga simob quyildi. Agar idishning tubida 0,5 mm diametrli teshik bo‘lsa, idishda qancha miqdorda simob qoladi? Javobi: 1,22 kg. 7-masala. Suv o‘rgimchagi suvning sirtida yugurib harakatlanmoqda. O‘rgimchakning sakkizta oyog‘idan har birining ostida radiusi 0,1 mm ga teng yarim sferadan iborat chuqurcha hosil bo‘lsa, o‘rgimchakning og‘irligi nimaga teng? Javobi: 275 mkN. 8-masala. O‘ramlari 9x12 sm bo‘lgan ikkita ho‘llangan shisha plastikani bir- biridan surmasdan ajratish uchun qanday kuch kerak bo‘ladi? Plastinkalar orasidagi suv qatlamining qalinligi 0,05 mm ga teng va suv plastinkalarni to‘la ho‘llaydi deb hisoblansin. Javobi: 32 N. 9-masala. 500 sm 3 suvda 15 g qand eritilgan. Agar eritmaning harorati 100°C bo‘lsa, eritma ustidagi bug‘ning bosimi qancha bo‘ladi? Eritma zichligini 1 g/sm 3 deb olinsin. Javobi: Р 159,9 Pa 10-masala. 500 sm 3 suvda 1,5 g natriy xlorid eritilgan. Agar natriy xloridning hammasi to‘la dissotsiasiyalangan deb hisoblansa, 0°C haroratda eritmadagi osmotik bosim qancha? Javobi: Р 230 kPa. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling