Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Turli yosh guruhlarida bolalarga axloqiy tarbiya berish


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

Turli yosh guruhlarida bolalarga axloqiy tarbiya berish 
metodikasi 
Hafta mavzusi: “Xushmuomalalik alifbosi”. 
Guruh: Katta, Tayyorlov. 
Faoliyat turi: Nutqni rivojlantirish, Atrofi olam, San’at 
Mavzu: “Kattalar va tengdoshlari bilan muloqat”. (axloqiy 
tarbiya berish) 
Maqsad: Bolada o‘zining harakatlarini va o‘rtoqlarining 
harakatlarini baholash qobiliyatlarini shakllantirish. Atrof-muhitga o‘z 
Axloqiy tarbiya metodlari 
1-guruh 
2-guruh 
3-guruh 
Axloqiy ongni, 
axloqiy tasavvur va 
bilimlarni, ularni 
bajarish xohishini 
shakllantirishga 
qaratilgan metodlar 
Axloqiy his 
tuyg‘ular va 
munosabatlarni 
rag‘batlantirishga 
qaratilgan 
yordamchi 
metodlar 
Madaniy xulq-
atvor, ijodiy 
munosabatlarni 
shakllantirishga 
qaratilgan 
metodlar 


124 
munosabatini bildirish istagini rivojlantirish, buning uchun mustaqil 
vositalarni mustaqil ravishda izlash. 
Bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish: kichik 
jamoa bo‘lib o‘ynash, mehnat bilan shug‘ullanish, atrofi-olamga 
hurmat munosabatida bo‘lish. 
Ta’limiy maqsad: Bolalarning nutqini assalomu alaykum, xayr, 
kechirasiz, marhamat, xush kelibsiz kabi so‘zlar bilan boyitish. 
Nutqda folklor vositalaridan foydalanish. (maqol, hikmatli so‘zlar) 
Tarbiyaviy maqsad: Bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni 
rivojlantirish: kichik jamoa bo‘lib o‘ynash, mehnat bilan 
shug‘ullanish, atrofi-olamga hurmat munosabatida bo‘lish. 
Rivojlantiruvchi maqsad: Xotirani, tezkor ongni, diqqat, 
fikrlashni rivojlantirish. Atrof-muhitga o‘z munosabatini bildirish 
istagini rivojlantirish, buning uchun mustaqil vositalarni mustaqil 
ravishda izlash. 
Davlat talabi: Tayyorlov guruhda lozim bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalarni bolalarga singdirish. Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, 
so‘zlashadi va muloqat qiladi, qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga 
qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud, tengdoshlari va kattalar 
bilan muloqat malakalarini rivojlantirishga qodir. Atrofdagi borliqni 
ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega. Dunyoni his etish va tushunishni 
namoyish etadi. 

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling