Buxoro Davlat Universiteti 9-2 uzb guruhi talabasi Primova Taxminaning Filologlar uchun Matematika fanidan yozgan Mustaqil ishi
Download 53.84 Kb.
|
matematika1111
TAFAKKUR ShaklI fikrning mazmunini tashkil etuvchi
elementlarning boglanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi) dir. Fikrlash elementlari deganida, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida korib chiqamiz. Malumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (toplami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bolgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida ozining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bolgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta sohasiga oid bolgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, malum bir metod yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bolgan bu tushunchalar mantiqiy shaklika kora bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. «oz maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalariga egaligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «predmetlarning birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi», «malum bir metod yordamida qurilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida bolishi» ilmiy nazariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, yani fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar ortasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bolish yoki bolmaslik fagti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall eganiligi) ortasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquqdan ilgari paydo bolgan» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) ortasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jixatdan turli xil bolgan bu hukmlar tuzilishiga kora bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) ortasidagi munosabat qayd etilgan, yani R ning Sga xosligi tasdiqlangan. Umumiy xolda hukmning mantiqiy strugturasini (shaglini) S-R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. Download 53.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling