Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm
Kirish. Kurs ishining dolzarbligi
Download 1.48 Mb.
|
Marketingda reklama tushunchasi (1) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining amaliy ahamiyati.
- “Coca Cola”
Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmat ko’rsatish sohasidagi marketing xizmatlari iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu yo’nalishdagi ishlar hozir ham davom etmoqda. Hozirgi sharoitda marketing sohasida raqobat muhiti mavjud bo’lib, bozor munosabatlarining murakkabligiga qaramay, O’zbekistonda qator marketing xizmatlarini taklif qiladigan firmalar tashkil etilmoqda. Korxonalarda taklif etiladigan xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, xizmatlarning raqobatbardoshligini ta’minlash sohaning dolzarb muammolaridan biridir. Hozirda “raqobatbardoshlik” atamasi ishlab chiqaruvchilar, xususan xizmat ko‘rsatuvchilar, tadbirkorlar orasida kam ishlatilmoqda. Bu ichki bozorda raqobat darajasining pastligidan va xizmat ko‘rsatishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ulushi kamligini bildiradi. O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotida bosqichma-bosqich integrallashuvi korxonalar raqobatbardoshligini oshirish muammosining dolzarbligini belgilamoqda. Kurs ishining tadqiqot ob’ekti – xorijiy mamlakatlar brendlarining ilg‘or tajribalari. Kurs ishining predmeti –brendda marketing xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishda xorij tajribasidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuasidan iborat. Kurs ishining maqsadi – xorijiy mamlakatlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganib, mamlakatimizdagi mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy uslubiy tavsiyalar tayyorlashdir. Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, berilgan tavsiyalar majmuasidan yangi va hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan marketing xizmatlari ob`ektlari,o‘zlarining joriy rejalarini ishlab chiqishda qo‘llashlari mumkin. Tadqiqotning amaliy xulosalari va tavsiyalaridan. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy tavsiyalar “Coca Cola” korxonasi faoliyatida amaliyotga qo‘llash uchun qabul qilingan. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling