Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm


Muammoning o‘rganganlik darajasi


Download 1.48 Mb.
bet3/13
Sana21.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1641806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Marketingda reklama tushunchasi (1) (2)

Muammoning o‘rganganlik darajasi. Nazariy jihatdan iqtisodiy fanlarda korxonalar raqobatbardoshligini oshirish masalalarini olimlardan G.L.Azoyev, R.A.Fatxutdinov, A.Yu.Yudanov, V.V.Kevorkov1 o‘rgangan. Turizm va mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish muammolariga N.K.Moiseeva, I.B.Gurkov, R.V.Savkina, A.L.Saakyan, Ya.V.Dracheva, Ye.V.Opolchenovalar2 o‘z ishlarini bag‘ishlaganlar. Mamlakatimizning yetakchi iqtisodchi olimlari ham bu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Kurs ishining tarkibi – kirish, II bob, har bir bobda 3 tadan paragraf, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishining hajmi 40 betdan iborat.

1-bob. Marketing xizmatlari raqobatbardoshligining mazmuni

1.1. Marketing xizmatlari raqobatbardoshligining o‘ziga xosligi
“Raqobatbardoshlik” raqobatning natijaviy mahsuli bo‘lib, iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda marketing sohasida tezda va qisqa muddatlarda yuzaga keladi. Shuning uchun, ushbu sohada raqobatdan cho‘chimaslik, ikkilanmaslik talab qilinadi, chunki birinchidan, xizmatlar bozoridagi raqobat natijalari bo‘yicha qisqa vaqtda bo‘lajak rejaning maqsadi va vazifasini belgilab olish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, korxonadagi taklif etiladigan xizmatlar sifatini iqtisodiyotning moddiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohalariga tenglashtirganda qisqa vaqtda yaxshilash, oshirish mumkin. Shuningdek, yangi marketing xizmatlarning reklamasini ham tezlikda iste`molchi bozoriga taklif qilish imkoniyatlari ham mavjud bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining iqtisodiy muvaffaqiyati ularning qanchalik raqobat qonuni va uning ko‘rinishlarini o‘rganganlari, raqobat kurashiga tayyor ekanliklariga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi paytda “raqobatbardoshlik” mohiyatini chuqurroq anglash uchun turli mualliflar ta’riflarini ko‘rib chiqamiz. Mamlakatimiz va xorij iqtisodchi olimlarining fikrlarini tahlil qilib, raqobatbardoshlikning takomillashgan ta’rifini keltiramiz: “raqobatbardoshlik” - bu ma’lum bir bozorda tovar yoki xizmatlarning iste’molchi ehtiyojini qondira olishi darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlik tovarning (xizmatning) farq qiluvchi jihatlari bilan emas, balki haridni amalga oshirayotgan mijozlar uchun uning qoniqarliligi bilan aniqlanadi. 1
Korxona faoliyat olib borayotgan tovar va xizmatlar bozorida raqobatning mavjudligi korxonadan aniq raqobatbardoshlikni talab qiladi, aks holda uni bozordan „siqib” chiqarishadi. Boshqacha qilib aytganda, raqobat xususiyati raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.
Raqobatbardoshlik nazariyasi yaqin o‘tmishda shakllanib, rivojlanganligi sababli raqobatbardoshlik tushunchasiga umumiy qabul qilingan qoida mavjud emas. Ushbu tushuncha qaysi ob’ektga nisbatan qo‘llanilishiga qarab izohlanadi. Iqtisodiy destinatsiya (hudud) yagona mahsulot sifatida raqobatbardosh birlik hisoblanib, yagona strategik tijorat birligi sifatida boshqarilishi zarur bo‘lmoqda.
Marketing xizmatlarini taklif etuvchi iqtisodiy hudud sifati ular o‘z xizmatlarini qanchalik darajada buyurtmachilar ehtiyojiga moslashtira olishi bilan o‘lchanadi. Bozorda yetarlicha mavqega ega bo‘lgan iqtisodiy hududgina raqobatbardosh bo‘la oladi. Yagona raqobatbardosh birlik ko‘rinishida umumiy hududning strategik maqsadi raqobatbardoshlikni uzoq muddat ta’minlashidan iboratdir.
Marketing xizmatlarining raqobatbardoshligini quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ko‘rib chiqishimiz mumkin: - iqtisodiy - xizmatlarning iste’mol narxi, qiymatida namoyon bo‘ladi; - tashkiliy - xizmatlarning taklif etish sharoitlarini tavsiflaydi; - tasnifiy - xizmatlarning ma’lum bir turga mansubligini bildiradi; - me’yoriy - xizmatlarning aniq bir standartlar, qoidalarga muvofiqligini ko‘rsatadi; - konstruktiv - xizmatlarning texnik ustunliklarini namoyish etadi; - ijtimoiy - xizmatlarning shaxsiy, ijtimoiy guruh va umuman jamiyatning o‘ziga xosligiga muvofiqligini ko‘rsatadi; - ergonomik - xizmatlarning inson organizmi va ruhiyati xossalariga muvofiqligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijasida turistik majmua mamlakat va uning alohida hududlari iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi, bu esa ushbu soha raqobatbardoshligini rivojlantirish zaruriyatini paydo qilmoqda. Bugungi kunda “marketing xizmatlari raqobatbardoshligi” tushunchasining mazmunini tahlil qilish natijasida quyidagi asosiy xulosalar qilindi:
1. Raqobatbardoshlik - bu bozor xo‘jaligini yuritish tizimining elementidir. Bunda mehmonxona xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar boshqa ishlab chiqaruvchilardan turizm bozoridagi ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish xususiyatiga ega bo‘ladilar va shu bilan bozorda barqaror o‘rinni egallaydilar.
2. Marketring xizmatlarining raqobatbardoshligi nisbiy tushunchadir, chunki u qaysi ishlab chiqaruvchi bilan qaysi bozorda solishtirish ro‘y berayotganligiga bog‘liq. Shu bilan birga, korxona xizmatlarini ishlab chiqaruvchi yoki turistik mahsulot qaysi bozorda taqdim etilishidan qat’iy nazar, shubhasiz raqobat ustunligiga ega bo‘lishi ham mumkin.
3. Raqobatbardoshlik ichki iyerarxiyaga ega, ya’ni alohida turistik xizmat darajasidan to hududiy va milliy iqtisodiy majmua darajasigacha har xil lokalizatsiya darajalarining o‘zaro munosabatlari orqali namoyon bo‘ladi. Iyerarxiya darajalari o‘rtasidagi bog‘liqliqlar dialektik tavsifga ega: bir tomondan ularga o‘zaro majburiyatlar xos bo‘lsa, ikkinchi tomondan, har biri o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan aniq sifat tavsiflariga ega bo‘lishi mumkin.
4. Korxona majmualari raqobatbardoshligini ma’lum bir darajada ta’minlovchi muhim elementlardan biri sifatida hududning turistik xizmatlar taklif etish omillariga egaligi, uning sifati, narxi va ulardan foydalanish darajasini ko‘rsatish mumkin.
5. Raqobat ustunligining ahamiyatliligi vaqt bilan chegaralangan2. Erishilgan raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolish uchun ustunliklarni shakllantirish jarayonini uzluksiz olib borish kerak. Demak, raqobatbardoshlik nafaqat iqtisodiy holat, balki korxona xizmatlarini taklif etish, taqsimlash jarayonini takomillashtiruvchi innovatsiyalarni uzluksiz qo‘llash jarayonidir.
6. Raqobatbardoshlik marketing korxonasi samaradorligini umumlashtiruvchi mezondir, chunki marketing korxonasining “yashovchanligi” va rivojlanish imkoniyatlari uning erishgan raqobatbardoshlik darajasiga bog‘liq. Shu bilan birga, u marketing korxonasini iqtisodiy tizim sifatida shakllantiradigan elementlar, jarayonlar va o‘zaro aloqalar soni, sifati va rivojlanishi sur’atiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, raqobatbardoshlik har bir iqtisodiy tizim mo‘ljal olib shakllanishi, takomillashishi zarur bo‘lgan, muhim tizim yaratuvchi belgi sifatida ko‘rib chiqilishi kerak ekan.
Iste'molchilarning ehtiyoji uzluksiz o'sib, rivojlanib, o'zgarib, kengayib borishini ehtiyojning yuksalib borish iqtisodiy qonunini o'zida aks ettiradi va tavsiflab beradi. Bu iqtisodiy qonun Marketingli boshqarishda alohida ahamiyat leasb etadi. Uni Marketingli boshqarishning boshlang'ich nuqtasi va ish yuritish tayanchi, asosi deb olish mumkin.
Darhaqiqat, marketingning asosiy vazifasi har qanday iste'mdlchining har qanday ehtiyojini to'liq va kam xarajatlar bilan samarali qondirish ekan, demak, marketing tadqiqotining boshlanishi ham ehtiyoj to'g'ri aniqlanganini tekshirishdan va uni qanday bo'lmasin qondirishga qaratilgan bo'lmog'i lozim.
Ehtiyojning o'sib borishi yoki rivojlanishi qonuni demasdan ehtiyojning yuksalishi qonuni deb atalishi faqat iste'mol qilishning miqdoran o'sishini emas, balki uning tarkibiy o'zgarishlarini, undagi ustuvor yo'nalishlar, bir-birini o'rnini qoplash, sifat jihatdan mukammallashishi kabi masalalarni ham o'z ichiga olishligiga urg'u berilganidir.
Marketingli boshqarish strategiyalari ularning barchasini o'z ichiga olishi zarur va tabiiy. Shu qonun talabini e'tiborga olib marketing o' zining barcha imkoniyatlarini ishga solishi (ehtiyojni to'g'ri aniqlash, EHM va iqtisodiy-matematika usullaridan foydalanishi), yangi tovarlarning yaratilishiga bosh-qosh bo'lishi, yangi bozorlar, ichki imkoniyatlar izlashi, reklamani kengaytirishi kabi ishlarni amalga oshirmog' i lozim. Bunda marketing tadqiqotlari qanchalik yordam berishini, katta rol o'ynashligini e'tirof etish kerak. Umuman olganda, ayrim iste'molchilarni ehtiyojini to'liq qondirish mumkin.
Mehnatni marketing organlari tarkibida eng maqbul taqsimlanish tamoyili - Marketingli boshqarishda bor bo'lgan holatdir. Marketingli boshqarishda mehnatning bo'linish tamoyili, maqsadi, oqibat ishlab chiqarishning hajmini va sifatini birlamchi xarajatlar bilangina oshirishdir. Jamiyat a'zolarining o'sishi bilan bir vazifaning o'rniga ko'p vazifalarni bajaradigan bo'limlar paydo boola boshlaydi.
Har doim bir xiI mahsulotni ishlab chiqaruvchi ishchi, har doim bir ish ustidan nazorat qiluvchi boshliq o'zida ishonch, aniqlik tuyg'usini sezadi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biz bilamizki, marketingda sifat alohida ahamiyat kasb etadi. Uning yaxshiIanishi marketing uchun asosiy yutuqlardan biridir. Mehnatning taqsimoti bo'linishi diqqat va harakatning Yo'naltirilishi lozim bo'lgan obyektlar sonini qisqartirishga yordam beradi.


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling