Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm


Raqobatchilar o‘rtasida reklama holatini aniqlash


Download 1.48 Mb.
bet5/13
Sana21.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1641806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Marketingda reklama tushunchasi (1) (2)

1.3. Raqobatchilar o‘rtasida reklama holatini aniqlash
Hozirgi paytda xaridorlar tovarning butun hayot davrida uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan servis xizmatlari ko'rsatilishini talab qilmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘z yo‘lida xaridorlarning bu talablarini qondirish maqsadida tovarlarga kuchli va samarali servis xizmati ko‘rsatadigan tizim yaratishlari lozim bo‘ladi.
Servisni tashkil etish iste’molchilarga samarali xizmat qilish qoidalariga binoan tashkil etilishi kerak. Buning uchun quyidagilar zarur:
- bozorning har bir segmenti uchun optimal darajadagi servisni tashkil qilish strategiyasini ishlab chiqarish;
- xaridor uchun servisning barcha afzalliklarini yetkazuvchi va mijoz bilan mustahkam aloqa bog‘lashni kafolatlaydigan reklamadan foydalanish;
- ehtiyot qismlarni yetkazib beradigan tizimni yaratish;
- servis xizmati xodimlarini mijozlarga chaqirish qoidalarini, tartibini ishlab chiqish;
- xizmat ko‘rsatish standartlarini har bir xodimga etkazish maqsadida ularni o‘qitishni tashkil etish. Raqobatbardoshlik — bozorning eng muhim xususiyatini, ya’ni raqobatlashuvchanligini aks etdiradigan bozoriy kategoriya hisoblanadi.
Mahsulotning o'zgarmas sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan raqobatbardoshlik korxonaning raqobat muhiti bilan aniqlanadigan har xil omillarga e’tibor berib, keng miqiyosda o‘zgarib turishi mumkin. Shunday qilib, raqobatbardoshlik muammosi ikki ilmiy fan orasidagi kompleks hisoblanadi:
- texnik fanga tegishli bo'lgan — kvalimetriya fani;
- iqtisodiyotga tegishli — marketing fani.
Tegishli ravishda mahsulot raqobatbardoshligini tahlil qilish va baholash muammosi qayd etilgan ikki fanning nazariy va amaliy ishlanmalarini o‘zaro kelishib qoilash asosida amalga oshirilishi lozim. Buning uchun:
- tovarlami potentsial iste’mol qiluvchilarining talablarini muntazam o‘iganib borish;
- mahsulotlami sotish shartlariga tegishli ma’lumotlami, firma va raqobatlashuvchilar to‘g‘risidagi axborotlami yig‘ish maqsadida bozomi monitoring qilish tizimini tashkil etish;
- tovarni ishlab chiqaruvchi va iste’molehilar foydalanadigan yagona sifat ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
- tadqiq etiladigan muammolaming umumlashtirilgan modelini yaratish, jumladan, raqobatbardoshlikka ta’sir qiladigan omillami shakllantirish va ularning o‘zaro bir-birlga ta’sirini o‘rganish;
- mahsulot raqobatbardoshligini baholaydigan yo‘lyo'riqlar, usullami ishlab chiqish;
- mahsulot raqobatbardoshligining vaqt mobaynida o‘zgarish jarayonini va unga ta’sir etadigan omillami tahlil qilish;
- belgilangan foyda yoki yuqori darajadagi ulushini ta’minlaydigan tovar raqobatbardoshlik darajasini belgilash.
Sifat va raqobatbardoshlik muammosi marketingda odatiy taktik xarakterga emas, balki uzoq muddatli, strategik xarakterga ham ega. Shu fikrdan kelib chiqib, mahsulotning texnik darajasi va sifatini uzoq muddatli taxmin qilish istiqbolda mahsulot assortimenti va sifatiga qo‘yiladigan talablami aniqlash; iste’molchi talabini qondiradigan ilmiytexnik, iqtisodiy imkoniyatlami aniqlash; kelajakda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining assortimentini va sifatini belgilashga qaratilgan. Mahsulotning sifati va raqobatbardoshligi barcha marketing tizimi bilan ta’minlanadi - bu mahsulotni yaratishdan to uni sotib, servis xizmati ko‘rsatguncha va bunga boshqaruv usullari-yu, sifatni nazorat qilish, tashish, hamda ulami omborxonalarda saqlash, o‘matish, sozlash, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishgacha bo‘Igan ishlami o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodi sharoitida ichki va tashqi bozorlarda iste’molchilar uchun kurash haqiqatda raqobatbardosh tovarlarni yaratish va ishlab chiqarishni talab etadi.
Shu munosabat bilan tovarlarning iqtisodiy ratsional darajasini qidirib topish va unga erishish xarajatlarini hisoblash muammosi paydo bo'ladi. Bularning barchasi sifatga maqsadli ta’sir ko‘rsatib, raqobatbardoshlikni ta’minlashda boshqaruvning rolini oshiradi. Raqobatdoshlikning muhim tarkibiy qismi bo'lib, tovami ishlab chiqarishga ketgan sarf-xarajatlar miqdori hisoblanadi. Shuning uchun ham u yoki bu tovaming raqobatbardoshligi raqobatlashuvchi tovarlarni o'zaro taqqoslab ko‘rib aniqlanadi. Boshqa so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, raqobatbardoshlik muayyan bozorga va tovarni sotish vaqtiga bog'liq bo'lgan nisbiy tushuncha. Amalda har bir xaridoming iste’mol talabini qondirilganligini baholashning o‘z shaxsiy ko'rsatkichi bo‘lganligi uchun raqobatbardoshlik yana shaxsiy tusga ham ega bo‘ladi. Xaridor o‘z iste’mol talabini qondirish uchun tovami sotib olishi yetarli emas.
Agar sotib olingan tovar texnik jihatdan murakkab mahsulot bo‘lsa, u holda iste’molchi tovami ishlatish bilan bog‘liq xarajatlami (yoqilg‘i moylash materiallari, ehtiyot qismlar, texnik qarov, ta’mirlash) olib borishi, agar tovar ishlab chiqarishga tegishli bo‘lsa, unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga mehnat haqi, ulami o‘qitishga, sug‘urta qilishga mablag‘ to‘lanishi zamr. Shunday qilib, xaridorlaming xarajatlari ikki qismdan iborat bo'ladi: mahsulotni sotib olish uchun sarf-xarajat (tovar narxi) va tovaming bahosiga bog‘liq bo‘lmagan ekspluatatsion xarajatlar. Lekin raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini baholashda iqtisodiy ko'rsatkich o‘zining muhimligiga qaramay, uning tushunchasini to‘la ochib bera olmaydi. Raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari ko‘p hollarda mahsulotning texnik va eksplutatsion murakkabligi hamda talab qilinadigan aniqligiga, tahlil qilish maqsadlariga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq.
Tovar raqobatbardoshligini uzluksiz va muntazam ravishda uning hayot davri bosqichlari bilan bog‘lab (2- rasm) olib borish kerak.

2- rasm. Tovar va xizmatlar raqobatbardoshligitii tahlil qilish sxemasi.
Bu tahlil orqali raqobatbardoshlik pasaya boshlaganiga darhol e’tibor berib, tegishli o‘zgartirishlar kiritish yoki ishlab chiqarishdan olib tashlash; boshqa bozorga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish kerak bo‘ladi. Bunda, albatta, ishlab chiqarilayotgan eski mahsulot raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlari to‘la foydalanib bo‘lmaguncha, yangi tovarni ishlab chiqarishga qo‘yish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Sifat ko‘rsatkichlarining quyidagi darajalari. mayjud:
Birinchi daraja - tovarlaming davlat standartlari talabiga mos kelishi. Tovaming sifati davlat standartlariga yoki standart maqomiga ega boshqa hujjatlar talabiga mos kelishi baholanadi: mahsulotni ishlab chiqarish texnik shartsharoitlari, shartnoma va boshqalar.
Ikkinchi daraja - foydalanish shart-sharoitlariga to‘g‘ri kelishi mahsulot bozorda yuqori talabga ega bo‘lishi uchun nafaqat harakatdagi standartlar talabiga javob berishi, balki uni ekspluatatsiya jarayoni talablariga ham to‘la javob berishi kerak. Bu yerda tovar iste’molchining sog‘ligiga, hayotiga xavf solmaslik ko‘rsatkichlarini ta’minlashi ko‘zda tutiladi.
Uchinchi daraja - bozorning amaliy talablariga javob berishi. Ideal sharoitda bu xaridorlaming tovaming yuqori sifatli bo‘lishi haqidagi talablariga javob berishi ko‘zda tutiladi.
To'rtinchi daraja - patent talablariga (yashirin, yaqqol ko‘zga ko'rinmas) javob berishi. Xaridorlar ko'proq o'zlarining yashirin, ko‘zga ko‘rinmas talablarini qondiradigan tovarlarga e’tibor beradilar.
Tovaming raqobatdoshlik xususiyati uning sifat ko'rsatkichidan farqli o‘laroq muayyan iste’molchi uni manfaatli bo‘lgan, uni qiziqtirgan va uning aniq iste’mol talabini qondira oladigan ko‘rsatkichlar majmui bilan belgilanadi. Xaridorni qiziqtirgan ko‘rsatkichlar e’tiborga olinmasa, undan tashqari yuqorida ko‘rsatilganidek, agar tovaming ayrim ko‘rsatkichlarini yaxshilab uning narxi yuqorilashtirilgan bo‘lsa va bu ko‘rsatkich tovarni asosan iste’mol qiluvchilar orasida unchalik qiziqtirmaydigan ko'rsatkich bo‘Isa, bunday tovaming raqobatbardoshligi ancha past bo‘lishi mumkin.


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling