Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm
Download 1.48 Mb.
|
Marketingda reklama tushunchasi (1) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Coca-Colaning Oʻzbekistondagi inqirozi
Coca-Cola OʻzbekistondaCoca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Oʻzbekistonda faoliyatini 1993-yilda boshlagan boʻlib, korxonaning rasmiy ochilishi marosimi 1994-yil mart oyida boʻlib oʻtgan. 1997-yilda Namangan va Urganch shaharlarida kompaniya zavodlari qurilgan. 1998-yili Toshkentning Bektemir tumanida qurilgan megazavod oʻz vaqtida Coca-Cola ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi eng yirik zavod boʻlgan. Hozirgi kunda Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Coca-Cola ichimligidan tashqari, Fanta, Sprite ichimliklari va Bonaqua brendi ostidagi gazli va gazsiz suvlarini isteʼmolchilarga yetkazib kelmoqda. Coca-Colaning Oʻzbekistondagi inqirozi2014-yil 2-may kuni Tashqi iqtsodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Coca-Cola International kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molinas bilan uchrashuv oʻtkazildi. Muzokaralar chogʻida „Coca-Cola“ kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. Bu Oʻzbekistonda „Coca-Cola“ kompaniyasi bilan bogʻliq vaziyatga oz boʻlsa-da, oydinlik kiritgan soʻnggi yarim yil ichidagi rasmiy yangiliklardan biri boʻldi. Endi, voqealar xronologiyasini tiklashga urinib koʻramiz. 2013-yil fevral. Peshtaxtalardan Koka-Kola ichimligi yoʻqoldi. Isteʼmolchilar orasida turli, xususan zavod yopilarmish, degan mish-mishlar yuribdi. Biroq „Coca-Cola“ kompaniyasining Yevrosiyo va Afrika mamlakatlaridagi kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Dana Bolden ushbu mish-mishlarga barham beradi. U zavod yopilmagan va yopilish niyati yoʻq, shunchaki etkazib berish ishlari bilan bogʻliq vaqtinchalik muammolar kuzatilyapti, xolos, degan bayonotni bildiradi. Doʻkonlarda 1,5 litrlik ichimlikning narxi 2500 soʻm. 2013-yil aprel. Koka-Kola peshtaxtalarga qaytdi. Lekin endi 1,5 litrlik koka-kola narxi 3000 soʻmgacha koʻtarildi. 2013-yil sentyabr. Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumi davomida „Coca-Cola“ kompaniyasining mintaqaviy menejeri Oleg Pileski 2014-yilda kompaniya Oʻzekistonga $50 mln.dan ziyod mablagʻ investitsiyalashni rejalashtirayotgani haqida maʼlum qiladi. Doʻkonlarda esa bir shisha koka-kolaning narxi 3500 soʻm. 2013-yil dekabr. Yangi yil arafasida koka-kola yana doʻkon peshtaxtalaridan yoʻqoladi. Narxlar 7000-8000 soʻmgacha koʻtariladi. 2014-yil yanvar. Ommaviy axborot vositalarida „Coca-Cola Ichimligi Oʻzbekiston LTD“ MChJning 12 million dollarni oʻzlashtirishda hamda shakar etkazib berish boʻyicha hujjatlar va korxonaning moliyaviy hisobotlarini qalbakilashtirishda gumon qilinayotgan ikki nafar top-menejeri hibsga olingani haqidagi xabar paydo boʻladi. 2014-yil fevral. Rasmiy sabab maʼlum qilindi — zavoddagi profilaktika ishlari tufayli Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarini ishlab chiqarish vaqtinchalik toʻxtatiladi. „Aynan ishlab chiqarish toʻxtagani bois bozorlar va doʻkonlarda ushbu ichimlikning narxi keskin koʻtarilib ketdi. Hozir sotuvda boʻlgan ichimliklar — sotuvchilarning oʻzida qolgan mahsulot. Narxlarni ham ular belgilaydi“, — deya sharhlaydi oʻshanda bu holatni „Coca-Cola Ichimligi Oʻzbekiston, LTD“ korxonasining vakili. 2014-yil mart. Kutilmaganda bozorlarda yuqorida tilga olingan ichimliklar, shu jumladan Burn energetigi ham paydo boʻladi. Mahsulot qiymati ham shubha tugʻdiradigan darajada arzon — 1,5 litrlik Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarining narxi 2250-2550 soʻm atrofida. Odamlar sevimli ichimligini xard qilish uchun navbatda turishga rozi. Sababi uning yakuniga etayotgan yaroqlilik muddatida. 2014-yil mart. Bundan buyon „Coca-Cola Ichimligi Oʻzbekiston LTD“ korxonasining 57.12 % miqdoridagi davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi huzuridagi „Davlat aktivlarini boshqarish markazi“ DUKga tegishli ekani haqidagi rasmiy maʼlumot eʼlon qilinadi. 2014-yil aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida „Coca-Cola International“ kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molines bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Bu orada esa Pepsi ichimligining qiymati 1,5 litr uchun 8000 ming soʻmga etadi, Coca-Cola 2500 dan 6000 soʻmgacha boʻlgan narxlarda kichikroq doʻkonchalarda qoladi, xolos. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling