Buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti sport kafedrasi
Maktabda yengil atletikdan to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish
Download 357.06 Kb. Pdf ko'rish
|
sport maktablarida va umumtalim maktablarida sport ishlarining oziga xosligi
1.6. Maktabda yengil atletikdan to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish
bo’yicha tavsiyalar Yengil atletika to’garagining asosiy vazifasi bo’lib, o’quvchilarni sog’lomlashtirish, ma’nan barkamol etuk shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi kerak. Maktabda yyengil atletika turlari yurish, yugurish, uloqtirish va sakrash turlariga, qiziqishlari va iqtidorini inobatgaolgan holda o’quvchilarni sportning ushbu turiga jalb qilish zarur. Ushbu dasturning o’quv materiali barcha yoshdagi o’quvchilar guruhlariga mo’ljallangan.Boshlang’ich tayyorgarlik guruhida (11-12 yosh) asosiy e’tibor salomatlikni mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy tayyorlikka, koordinastion qobiliyatlar (chaqqonlik), tezkorlikni, egiluvchanlikni hamda chidamlilikni rivojlantirishga qaratiladi. O’smirlik (13-14 yosh) guruhidagi yosh yyengil atletikachilarni keyinchalik har tomonlama jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi bo’yicha shug’ullanadilar, ular iqtidoriga qarab yyengil atletikaning chidamlilik, tezkorlik yoki kuch talab etiladigan turlariga yo’naltiriladi. “Umid nihollari” musobaqalarining Tuman, shahar, viloyat bosqichlari va boshqa o’tkaziladigan musobaqalarda qatnashadilar. Kichik o’spirinlar (15-16 yosh) guruhi har tomonlama jismoniy tayyorgarlik va rivojlantirishni takomillashtirishni davom ettiradi, vaalohida yo’naltirilgan turlar bo’yicha mashg’ulotlarda qatnashadi. Masalan: qisqa masofalarga yugurish, sakrash va uloqtirish turlari. Shuningdek «Alpomish» va «Barchinoy» test meyorlari bo’yicha tayyorgarlik ko’radilar va topshiradilar. Umumiy tayyorgarlik davri: mashg’ulotlarning umumiy tayyorgarlik davrida o’quvchilarini jismoniy sifatlarini va harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirishga katta e’tibor berish zarur. Maxsus tayyorgarlik davri: bu davrga kelib o’quvchilarni yyengil atletika turlariga yo’naltirish, turlar bo’yicha jismoniy sifatlarini takomillashtirish, texnik xatti harakatlarini rivojlantirish, turli toifadagi musobaqalarda ishtirokini ta’minlash va maqsadga muvofiq ravishda rejalashtirish lozim. Mashg’ulot davrlarining muayyan muddatlariga musobaqalar taqvimi jiddiy ta’sir ko’rsatadi.Mashg’ulot jarayoni musobaqalar muddatini hisobgaolgan holda rejalashtirilishi kerak.Musobaqalar taqvimining tuzilishi musobaqalar davrlarining qurilishigaayniqsa ta’sir qiladi, lekin qisman mashg’ulotning boshqa davrlari davomiyligini cheklaydi.Ikkinchi tomondan, sport taqvimi mashg’ulot jarayonining ob’ektiv zarur tarzda davrlashtirilganligidan kelib chiqib tuzilishi lozim, musobaqalarning ma’lum ravishda guruhlanishi shuning bilan izohlanadi. Musobaqa davri: musobaqa davrining bosh maqsadi mas’uliyatli musobaqalar oldindan rejalashtirilgan muddatlarida eng yuqori sport natijalariga erishgaolib kelish. Musobaqa davrida mashg’ulotlarning asosiy vazifalari. 1. Tanlangan turlardan kelib chiqib jismoniy sifatlarini hamdaaxloqiy- irodaviy fazilatlarini yanada rivojlantirish. 2. Sport texnikasi ko’nikmalarini mustahkamlash va ularni takomillashtirish. 3. Ishlab chiqilgan taktikani o’zlashtirish va musobaqa tajribasini egallash. 4. UJT va maxsus qo’yilgan “poydevor”ni erishilgan darajada tutib turish, etarlicha tayyorgarlik ko’rmaganlarda bu darajani yana ham oshirish. 5. Nazariy bilimlar darajasini oshirish va musobaqa qoidalari bilan tanishtirib borish. Bu davrda jismoniy tayyorgarlik darajasini ko’tarish, yanada yuqori sport natijalariga erishishga, sport formasini saqlashga intilish kerak. Mashg’ulotlar yuqoridako’rsatilgan vazifalarni hal qilish bilan birga sportchining musobaqalarda har haftaoxiridagi tekshiruvlarda ishtirok etishini ham ko’zda tutadigan haftalik stikllar asosida tashkil etiladi. Muhimi, bu davrda musobaqalar tayyorgar-likning eng asosiy vositalaridan biri bo’lishi kerak.. O’tish davri: o’tish davrining vazifasi – umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni, erishilgan texnik tayyorgarlik darajasini keyingi tayyorgarlik davrigacha turli aktiv va passiv dam olish usullari yordamida ushlab turish. Umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlar jarayonida, bolalarga jismoniy tarbiya darslarida tanish bo’lgan vositalardan va boshqa sport turidagi (futbol, basketbol, voleybol, qo’l to’pi) vositalardan hamda harakatli o’yinlar, gimnastika, akrobatika va turli estafetali o’yinlardan foydalaniladi. Instruktorlik amaliyoti o’smirlar va kichik yoshdagi o’smirlar guruhidan boshlab o’tkaziladi.Instuktorlik malakalarini maxsus mashg’ulotlarda va o’quv- mashg’ulotlari jarayonidaoladilar.To’garaklarda shug’ullanuvchilarni saflantirish, asosiy buyruqlarni berish, mashg’ulotga tayyorgarlik kabi mashqlarni tanlay olishlari kerak.Instruktorlik va hakamlik vazifalari o’quv-mashg’ulotlarida takomillashtiriladi.Hakamlik tajribasi maktab ichki musobaqalarida amalga oshiriladi. Download 357.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling