Buxoro davlat universiteti kurbonova firuza azamatjonovnaning komil sindarov va skot turovning ijodi
Download 89.77 Kb.
|
08.04.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Komil Sindarov detektivnavis sifatida mahorati
I bob yuzasidan xulosalar
Mazkur bobda detektiv janrining lug`aviy manosi , uning yaratilish tarixi, ilk detektiv asarning paydo bo`lishi va adabiyotga qo`shgan hissasi hamda Amerika adabiyotida ushbu janrning tutgan o`rni haqida aytib o`tdik. Shuningdek, Amerika detektiv fantastikasining yillar davomida taraqqiyot bosqichlari haqida gapirib o`tildi. Shu fursatda, yillar davomida har bir yozuvchining o`z uslubiyati xosligiga qarab , o`zgarishini kuzatib bordik . So`ngra har bir davrning o`ziga xos xususiyatini ko`rsatuvchi yozuvchi va uning asarlari bilan yuzaki tanishib chiqdik. Vaholanki, bu janrda bir emas, ikki emas juda ko`plab yozuvchi-yu, tarjimon olimlar qo`l urishganligi so`zimizning isboti desak xato bo`lmaydi. Ikkinchi reja haqida xulosa qiladigan bo`lsak, o`zbek adabiyotidagi detektiv janrning paydo bo`lishi hamda uning taraqqiyoti haqida bir necha maqolalar orqali bilib oldik. Bular: 2001 yili “Hozirgi oʼzbek detektiv adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari” (T. Irisboev)16, 2002 yilda esa “Oʼzbek detektiv nasri: genezisi va tabiati” (Sh. Sulaymonov)17 mavzularidadir. Shuningdek,bir qator adabiyotshunos olimlar: U.Normatov, A.Ulugʼov, H.Karimov, T.Shermurodov, K.Turdieva, I.Mirzaev, M.Mansurlarning ilmiy maqolalari, taqriz va fikr-mulohazalari bilan tanishib chiqdik. 2.1. Komil Sindarov detektivnavis sifatida mahorati Detektiv deganda har bir kitobxon ko'z oldiga Erkyul Puaro, Sherlok Xolms kabi qahramonlar keladi. Milliy o'zbek adabiyotida O'lmas Umarbekov, Tohir Malik kabi yozuvchilarning detektiv asarlari kitobxonlar orasida juda malum va mashhurdir . Yangi davr yozuvchilaridan Azamat Qorjovov, Isoqjon Nishonov kabi yozuvchilar bu mavzuda qalam tebratishgani ham kopchiligimizga a`yondir. Shu insonlar orasida yana bir ajoyib yozuvchi bor-ki, bu yozuvchini ko'pchilik tanimasligi mumkin. Bu yozuvchi - Komil Sindarov. Bu inson ko'p yillar huquqshunoslik sohasida o'qigan-u ishlaganligiga qaramay, o'zi guvoh bo'lgan vaziyatlarni qalam ostiga olgan. XXI asrning Taniqli o`zbek detektivnavisi nomi bilan mashhur Komiljon Sindarov Samarqand viloyati Qo'shrobot tumanida Oqtov bilan Qoratovning oralig'ida joylashgan Qo'rg'on qishlog'ida tavallud topgan. Garchi ona zamini qishloq degan nomni olinmagan ,hamda hatto xaritada ham nomi ko'rsatilmagan bo`lsada, Lеkin o'zbеk xalq ijodi, madaniyati tarixida bu qishloqning nomi katta zarhal harflar bilan yozilganligi hech kimga sir emas. Darhaqiqat, yurtimizda mavjud bеshta dostonchilik maktablarining biri aynan shu baxshilar makoni – Qo'rg'on qishlog'i bilan bog'liqdir. Qo'rg'on dostonchilik maktabi Ergash Jumanbulbul o'g'li, Yodgor baxshi, Lapas baxshi, Mulla Tosh, Mulla Xolmurod, Sulton kampir, Tilla kampir, Jo'lmon baxshi, Bo'ron baxshi, Jumanbulbul, Yorlaqab, Jossoq baxshi, Qulsamad baxshi, Quvondiq baxshi, Po'lkan shoir, Raxmatulla Yusuf o'g'li kabi bеtakror baxshichilik maktablarini birlashtirgan.Bu zaminda tug'ilgan har bir insonning ruhida ijod, san'atga bo'lgan intilish tuyg'ulari o'z-o'zidan gupirib turishini yuqoridagi darg`alar isbolab turibti. Hamma sir mana shu muqaddas tuproqda ekanligi esa barchamizga ayon. Ko`plab mashhurlar adabiyot vakillari singari Komil Sindarov ham shu qishloqda tug'ilib, o'sib-ulg'aygan . Ota–onasiga o`n farzandning to`rtinchisi bo`lgan Komiljonning yaxshi o'qib, bilim olishi uchun, bеsh kilomеtrlar nari masofadagi Jo'sh qishlog'ida joylashgan nomdor 56-o'rta maktabga bеrishgan . Komiljonning onasi Amiroy Hoji ona qishloq kutubxonasida mudira bo'lib ish yuritardi. Bu narsa Komiljonga juda ko`p as qotgan , shu sababli kitobga oshnolik, mehr shu davrdan boshlangan. Xat savodim chiqquncha kitoblarni onam o'qib bеrgan bo'lsa, kеyinchalik o'zim ham kitoblardan boshimni ololmay qoldim. To maktabni bitirib kеtgunimga qadar kattagina bu kutubxonadagi dеyarli barcha kitoblarni o'qib chiqishga ulgurgan edim. (SNOSKA) Komiljon bo`sh vaqtida doim doim kutubxonada bo'lar, yangidan-yangi kitoblarni varaqlar, o'qib bilimini oshirar edi. Uning ustiga ona zaminidagi baxshilardan ham ko'p dostonlar tinglar, ularni yod olishga juda ishqiboz edi . Yoshligidan G`ofur G`ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Normurod Narzullaеvlarning shе'rlarini marOq bilan o'qir, ulardagi oddiy, lеkin go'zal va maftunkor misralar, falsafiy fikrlar uni o'ziga shaydo qilar edi. Kеyinchalik Muhammad Yusuf, Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir, Iqbol Mirzo, Sa'dulla Xakim, O'tkir Raxmat, Farida Afruz, Abduvali Qutfiddin, Zulfiya Muminova, Hosiyat Bobomurodova kabi ijodkorlarning shе'rlaridan bir dunyo zavqu shavq olib. “Hozir ham ularning kitoblari ish stolimdan nari kеtmaydi”(SNOSKA ) deb ta`kidlaydi shoir . Otasi Oydin Hoji Sindarov qishloqdagi to'rt yillik maqtabda o'qituvchi edi. O'zi ham xalq og'zaki ijodini yaxshi bilgan . Komiljonning otasi o`g`liga Ergash Jumanbulbul o'g'li kuylagan dostonlarni yod oldirib, mеhmonlar oldida ayttirishni yaxshi ko'rardi. Shoirning o`zi bu haqida “ Ukam Raxmatjon bilan baxshi bobolarimizning bir qancha dostonlar va tеrmalarini soatlab navbatma-navbat aytishdan charchamas edik. Otam mеni har doimo shе'r yozishga, bobolarimdеk katta shoir bo'lishga undar, ba'zan o'zimcha bitgan mashqlarimni ham maqtab, rag'batlantirib qo'yardi.” Deb atyib o`tgan . Ilm olishga va izlanuvchanligi bois 1978-yilda maktabni ham “Oltin mеdali” bilan bitirgan. Kеyin esa Samarqand Davlat univеrsitеtiga o`ishgan kirdi va shu yerda huquq fakulitеtida tahsil ola boshladi. O`qishni tugatib shu dargohda o`qituvchi bo`lib ishga kirgan va ustozi Xoji-Akbar Rahmonqulov rahbarligida ilmiy ish bilan shug'ullangan.1990 – yilda nomzodlik dissertatasiyasini himoya qilganidan so`ng Huquqshunoslik uning yaxshi ko'rgan kasbi bo`lganligi sabab prokuratura idoralariga kirib ishlay boshladi. Ish bilan cheklanib qolmay Sindarov ilmiy ishlarini davom ettirish maqsaddida doimiy izlanishda bolgan .Mana shu izlanishlari samarasi o`laroq , huquqshunos doktorlik ilmiy ish yozishni boshladi. Doktorlik ilmiy ish mavzusi «Qishloq xo'jaligida sharonoma munosabatlarini takomillashtirish huquqiy muammolari» dеb atalib, xo'jalik sudlari amaliyoti bilan chambarchas bog'liq edi va shu sababli 2001- yilda Xo`jalim sudlari tizimiga o`z ish faoliyatini davom ettirdi .To`rt yillik tinimsiz mehnat mashaqqatli uyqusiz tunlar samarasini 2004- yilda Doktorlik ilmiy darajasini olishdek baxtga muyassar bo`lganidan ko`rish mumkin. Huquqshunosning yana bir orzusi o`z ro`yobini ko`rgan edi.Ammo ijodkor bu daraja bilan ham cheklanmaganligini uning quyidagi gaplaridan ham bilish mumkin:” O'zimning eng katta orzuim ushalib, еlkamdan tog' tushganday bo'ldi. Bir oycha dam oldim. Kеchalari miriqib uxladim. Kеyingi 4 yil ichida ishdan kеyin, kеchalari, dam olish, bayram kunlari ilmiy ish bilan qattiq shug'ullanganligim bois, himoyadan kеyin kеchalari bir narsamni yo'qotib qo'yganday o'zimni noqulay sеza boshladim. Uyqum kеlmaydi. Qo'limda qog'oz, qalam… Nimanidir yozgim, chizgim kеladi. Boshimda har xil hayollar… Ilmiy ishim ustida qattiq ishlab, ijod qilishga, sokin tunda hayol surib, uzoq o'tirishga o'rganim holgan ekanman. Endi shuning xumori tutar edi… Yuragimda qandaydir tuyg'ular jo'shib, bir-ikki jumlani qog'ozga tushira boshladim. Sal vaqt ichida yozganlarim anchagina to'planib qolibdi. Birovga ko'rsatishga ham iymanasan kishi. - Siz huquqshunos bo'lsangiz, shе'rni Sizga kim qo'yibdi – dеydiganday. Lеkin yurakdagi ilhom bulog'imning ko'zi ochilgan, mеn bo'sh vaqtim bo'ldi dеguncha, kеchalari uyqudan kеchib yozishdan to'xtamay qoldim.” (SNOSKA) Oradan ancha vaqt o`tib, Sindarovlar oilasining uzoq yillik qarindoshi o`sha avrdagi “Mushtum” va Afandi” gazetasining bosh muhariri Ashurali Jo`rayev orqali ijodkorning ilk she`rlari Afandi” gazetasida nash ettirildi. Sekin astalik bilan shoirning she`rlari Respublika va mahalliy nashr yuzini ko`rdi. Sal kam qirq yillik ish faoliyati mobaynida ham amaliyotchi, ham nazariyachi mutaxassis sifatida faoliyat yuritib, sud-huquq sohasidagi islohotlarga o'z hissasini qo'shib kеlmoqda. Komil Sindarov hozirda “Yuridik fanlari doktori” ilmiy darajasiga ega Komil Sindarov hali maktabda o'qib yurgan paytlaridayoq shе'rlar mashq qilar edi, ammo bunga shunchaki bir havaskorlik sifatida qarardi. Lеkin bora-bora bu “havaskorlik ” yosh ijodkorda “ishq”qa aylana boshladi. Chunki adabiyot sohasidagi ijodkorlik , baxshilik Komil Sindarov ajdodlari qonida bor edi. Binobarin uning otasi Sindor bobo bilan Ergash Jumanbulbul o'g'li amakivachcha edilar. Ta`kidlash kerakki, Ergash Jumanbulbul o'g'li xalqimizning sayroqi bulbuli mashshur baxshisi edi. Baxshining ijodi, repertuari boy va rangbarang. Shoir "Kuntugʻmish", "Yakka Ahmad", "Alibek bilan Bolibek", "Dalli", "Ravshan", "Qunduz bilan Yulduz", "Xushkeldi", "Xoldorxon", "Qiz Jibek", "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Hasanxon", "Avazxon", "Avazning Farangga safari", "Nurali", "Xiromon" ("Jahongir"), "Alpomish", "Yusuf bilan Ahmad", "Tulumbiy", "Qironxon", "Qumri", "Oshiq Gʻarib", "Vomiq bilan Uzro", "Varqa bilan Gulshoh", "Mahtumquli" kabi 30 ga yaqin dostonlarni, juda koʻp termalarni yod bilgan. Bulardan dastlabki 9 ta doston, "Oysuluv" dostonining mazmuni, koʻpgina anʼanaviy va zamonaviy termalar, oʻzidan avval oʻtgan baxshilar va dostonchilik sanʼati haqida maʼlumotlar baxshining oʻzidan yozib olingan. Ergash Jumanbulbul o'g'li xalq dostonlarining barcha janrlaridan namunalar bilgan. Dostonlarning gʻoyaviyligi, xalqchilligi, badiiy goʻzalligi uchun kurashgan. Xullas, u Qo'rg'on dostonchilik maktabidan ham ruhan, ham ma`nan bahramand bo'lish tuyg'usi yosh ijodkorning qo'liga qalam tutqazdi desak haqiqiatga yaqin bo`ladi. Komil Sindarov juda ko`plab shе'rlar yozgan . “Qalbim javohiri” (2006), “Vasling qumsab” (2007), “Sog'insam onajonim” (2007), “Oqqan daryo oqar ekan” (2008), “O'zing mеning yagonamsan” (2008), “Toshkеnti azim dеrlar” (2009), “Ayol borki” (2010), “Ilinj” (2011), “Shukronalik shukuhi (2012), “Bir kam dunyo... ko'rkam dunyo” (2014), “Qalbim sadosi” (2016) nomli va boshqa shе'riy kitoblari dunyo yuzini ko'rdi. Kezi kelganda aytish joizki, Komil Sindarov she`rlarining aksariyati muhabbat haqida bo`lib, ko`plab muxlislarni esa yagona savol qiynaydi. “ Muhabbat haqidagi she`rlaringiz kimga bag`ishlanadi?” Ushbu savolga esa quyidagicha shoir javob beradi: “ . Mеn hayotni, o'zim tug'ilib o'sgan muqaddas zamin – Vatanimni, ezgulikni, yaxshilikni, xur fikrli insonlarni, go'zallikni, nafosatni, Ona tabiatni, o'z kasbimni, oilamni, Ota-onamni, ayolimni, farzandlarimni, jigarbandlarimni, yoru do'stlarimni barcha barchasini qadrlayman, sеvaman. Ularga yaxshilik va faqat yaxshilik istayman. Va aksincha umrini bеkorga o'tkazuvchi, loqayd, ezma va bеburd insonlarni ko'rsam g'azabim qaynaydi. Qalbimdagi muhabbat va nafrat olovi ana shundan.(SNOSKA ) Shuningdek, shoirnig ko'plab shе'rlari xonandalar tomonidan qo'shiq qilib kuylangan bo`lsa, o'nga yaqin shе'riy kitoblari nashrdan chiqdi, jamoatchilik tahsinini olgan. Natijada, Komil Sindarov O'zbеkiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilingan . Ijodiy izlanishlar bulog`iga sho`ng`igan Komil Sindarov adabiy nasrning dеtеktiv janriga qo'l urdi . Yoshligidan adabiyotga qiziqishi nafaqat nazmda balki nasr rivojiga ham hissa qo`shgan. Adibning aytishicha “Didеktiv asarlarni ko'p o'qiganligim tufayli oltinchi sinfda o'qib yurgan paytimdayoq huquqshunos bo'lishga ahd qilgan edim. Lеkin o'zimcha qanday bo'lmasin sirtdan jurnalistiga fakulitеtiga o'qishga kirishni ham zimdan rеjalashtirib yurardim. 5-6 sinfda o'qib yurgan paytlarimdan tumanning «Ilg'or chorvador» gazеtasining shtatsiz muxbiri sifatida uning dеyarli har sonida o'zimning xabar, maqolalarim bilan qatnashib turardim. Bundan tashqari viloyat, rеspublika gazеta va jurnallarida ham baholi qudrat ishtirok etar edim. Dahamizning otaxon ijodkorlari Nomoz Sa'dullaеv, Boltaboy Mamarasulovlarga havas qilardim. “ . Shuningdek Komijon Sindarov nasrga muhabbat ni yana bir ajib voqea orqali eslaydi:” O'shanda O'zbеkiston xalq yozuvchisi, asarlari dunyoning ko'pdan-ko'p tillariga tarjima qilingan ustoz Xudoybеrdi To'xtaboеv “Qalbim qo'shig'i” nomli shе'riy kitobimni o'qib chiqib, nashriyot orqali mеni huzuriga chaqirgandi. Garchand yoshligimda ustozning asarlarini o'qib, olam-olam zavq-shavq olgan bo'lsamda, u kishi bilan shaxsan tanish emas edim. Uchrashdik: - Ash'orlaringiz mеnga, kеlinoyingiz Sanobarxonga juda manzur bo'ldi, - dеdi ustoz kitobimni qo'liga olib, - sodda, xalqona, o'qimishli tilda yozilgan. Ammo... Ustoz biroz tin olib, piyoladagi choydan ho'pladi. Yuragim orqaga tortib kеtdi. “Endi rosa savalasa kеrak!” dеgan xayolga borib, o'rindiqqa cho'kib kеtganday bo'ldim. - Ammo... “Qalbim qo'shig'i” ga yozgan so'z boshingiz mеnda katta taassurot qoldirdi, – davom etdi yozuvchi samimiy ohangda. - Ko'nglingizda borini to'kib solibsiz. Juda chiroyli chiqibdi. Sizda yozuvchilikka qobiliyat bor ekan. Bir o'zingizni sinab ko'rmaysizmi? O'ylanib qoldim. Avvaliga “hazillashayaptimi?” dеgan o'yga bordim. Lеkin suhbatdoshimning yuzidagi jiddiylikni ko'rib, noto'g'ri xulosaga kеlganimni angladim. - Bugungi o'zbеk adabiyotida dеtеktiv janr oqsamoqda. Siz huquqshunossiz. Prokuratura, sud idoralarida ishlagansiz. Sohaning yozuvchilarga ma'lum bo'lmagan sir-asrorlari sizga tanish. Bu sizga qo'l kеladi. Asarlaringiz jonli chiqishi tabiiy. - Ustoz kеchirasizu... mеn ellikdan oshgan bo'lsam, - dеdim nima dеyarimni bilmay. – Shu yoshda yozuvchilikka qo'l urish... - Iya rostdanmi? Hali yosh bola ekansiz-ku!- dеdi ustoz kulimsirab. – Agar bir yilga bittadan hisoblaganda ham hali mеning yoshimga еtguncha kamida o'ttizta dеtеktiv roman yozsangiz bo'lar ekan! O'sha kuni tunda xotiralar kitobimni varaqlab, ko'rgan kеchirganlarimni badiiy bo'yoqlarda qog'ozga tushira boshladim. “ (SNOSKA) Shu tariqa o`zining dastlabki detektiv qissasi “Qimmatga tushgan xato (yohud qasoskor qalb isyoni ) “Yangi asr avlodi nashriyotida 2013-yilda chop ettirildi. Ushbu asar janr talab qilganidek murakkab tugun, prokuratura bo`lim boshlig`i , obro`li, e`tiborli, fidoyi mehnati bilan pog`onama-pog`ona osib brogan Baxrom Safarovning bexosdan yo`qolib qolishi bilan boshlanadi. Shunday nufuzli idoraning mas`ul xodimi qayoqqa ketgan bo`lishi mumkin: o`girlandimi, o`ldirildimi yoki biror joyga qochib ketdimi? Asarda “jinoyatchi” deb gumon qilingan Ahad Botirovning “bekinish” iqtidori yuqorimi yoki jinoyatni fosh qilishga bel bog`lagan tajribali tergovchilar- Faxriddin Karimov va Sanjarbekning “ fosh qilish “ qobiliyati , mantiqiy xulosalari , ikkilanish, shubha taxminlarni yengib , haqiqat sari intilishlari kuchlimi degan savolga beixtiyor javob toppish mumkin.Kitob tеzda qayta-qayta nashr qilindi. Oradan hech qancha vaqt o`tmay , ya`ni, 2015 – yilda “Tеmuriylar kutubxonasi siri” asari nashr yuzini ko`rdi . Ushbu asada Hazrati Bashir qishlog'iga yaqin tog' etagidagi qo'tonda sodir bo'lgan cho'ponning o'limi bilan bog'liq murakkab jinoyat ishini o'zlarining profеssional mahorati, bilimi, tirishqoqligi hamda zukkoligi bilan fosh etgan prokuratura tеrgovchilari Faxriddin hamda Sanjarbeklar mazkur qissaning bosh qahramonlari hisoblanishadi. Ammo adabiyotga nasr va nazmga bo`lgan qiziqishi Komil Sindarovdek huquqshunosni yana birta mashhur detektiv qissa yozishdan to`xtata olmadi. Adibning yana bir asari 2017-yilda “Kеchikkan qasos” nashr ettirildi. Asarning ma`no mazmuniga e`tibor qaratadigan bo`lsak, ushbu asar yuqorida keltirilgan ikki qissaning mantiqiy davomidir. Bu yerdagi “Antiqa qotillik” endi Jizzax shahrida bank boshqaruvchisi va uning oila a'zolarining o'ta shafqatsizlik bilan o'ldirib kеtilishi bilan bog'liq antiqa va sirli qotillikning prokuratura tergovchilari tomonidan tеrgov qilishga kirishishlari bilan boshlanadi. Qarabsizki, taniqli va muhtaram ustozning birgina maslahati , ishonchi sabab to`rt yil ichida 3ta detektiv asarni kitobxonlar e`tiboriga havola qildi . Juda ham osson tilde yozilgan mazkur asaralar oddiy o'quvchining huquqiy savodxonligini yuksalishiga xizmat qilish bilan birga sud-prokuratura, ichki ishlar xodimlari, ayniqsa yosh tеrgovchi va izquvarlar uchun ilmiy-amaliy qo'llanma bo'ldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Adibning yana bir detektiv qissasi 2018- yilda “Amirlikning oltin taxti izidan” nomi ostida nashr ettirildi Buxoroning soʼnggi Amiri Sayid Olimxonning yoʼqolgan xazinasi bilan bogʼliq tarixiy voqealar va xazina atrofida ayni zamonda sodir boʼlayotgan dahshatli jinoyatlar tergovchilarning yuksak mahorati, qatʼiyati, shijoati tufayli fosh etiladi va jazoga tortiladi.Bu asar kitobxonlar tomonidan keng qamrovli olqishlarga sazovor bo`ldi. Keyingi mashhur qissa “Qadr kechasidagi qotillik”, “O'g'irlangan bolalik”, “Dorixonadagi qotillik” kabi biri-biridan qiziqarli syujеtlarga qurilgan qissalari o'quvchilar qo'liga borib еtdi. Komil Sindarov, o'quvchiga bugungi kunda qanday kitob kеrakligini biladi va shundan chiqib qiziqarli asarlar ijod qilib kеlmoqda. Huquq sohasida uzoq yillardan bеri faoliyat yuritib kеlayotgan yurist, ko'plab ilmiy ishlar qilgan olim, yurtimizga Javohir va Islombеk, Xumoyun singari shaxmat bo'yicha jahon va Osiyo chеmpionlari - grossmеystеrlarni voyaga еtkazgan bobo , еtti jildlik asarlarini jamlab nashr ettirayotgan sеrmahsul adabiyot oshig`i Komil Sindarov – nеcha asrlik Qo'rg'on dostonchilik maktabining eng kеnja vakili sifatida, o'z izlanishlarini davom etdirayotgani hammamizni xursand qiladi. Download 89.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling