Buxoro davlat universiteti kurbonova firuza azamatjonovnaning komil sindarov va skot turovning ijodi


“Qimmatga tushgan xato yohud qasoskor qalb isyoni “ asarining badiiyati tahlili


Download 89.77 Kb.
bet12/13
Sana21.04.2023
Hajmi89.77 Kb.
#1375178
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
08.04.2023

3.1 “Qimmatga tushgan xato yohud qasoskor qalb isyoni “ asarining badiiyati tahlili
Yuqorida aytib o`tilganidek , Komiljon Sindarov Samarqand viloyati Qo'shrobot tumanida O`qtov bilan Qoratovning oralig'ida joylashgan Qo'rg'on qishlog'ida tugilgan bolib , o'zbеk xalq ogzaki ijodi, madaniyati tarixida bu qishloqning nomi juda katta shon shuhrat qozongan desak mubolaga bolmaydi. Chunki Gap shundaki, yurtimizda mavjud bеshta dostonchilik maktablarining biri ushbu qishlog'i bilan bog'liq. Bu qishloqda tug'ilgan har bir insonning ruhida ijod, san'atga bo'lgan muhabbat tuyg'ulari o'z-o'zidan paydo bolib, yonib turishi turishi ayon narsa. Komil Sindarov bolaligidan ijodga qiziqishining yana bir muhim sabablaridan biri bu ota onasining ma`naviy jihatdan yuksalishiga qo`shgan hissalaridir.Ular o`g`lining yorqin kelajak egasi bolishi maqsadida yoshgina Komiljonni ancha uzoq masofada joylashgan oquv dargohida oqishi uchun astoydil harakat qildilar. Yana bir sababi esa, volidayi muhataramasi bolmish Amiroy Hojining madaniyat va marifat gulshani bolmish kutubxonada mudira bo'lib ishlashi edi. Bu narsa Komiljonga astoydil qo'l kеldi va kitobga oshnolik shu davrdan boshlandi. Maktabni Oldin medalda tugatishi esa yosh ijodkorning Samarqand Davlat Universitetining Huquqshunoslik fakultetiga kirishi uchun zamin bolib xizmat qildi. Asli kasb sifatida Huquqshunoslikni tanlagan Komiljon Sindarov Adabiyot sohasiga ham qol urgani hech kimga sir emas. Yoshlik davrida hali maktabda o'qib yurgan paytlaridayoq shе'r mashq qilar edi, ammo bunga shunchaki havas dеb qarardi. Lеkin bora-bora bu “havas” yosh ijodkorda “ishq”qa aylana boshladi. Chunki ijodkorlik, baxshilik Komil Sindarov ajdodlari qonida bor edi, uning uning otasi Sindor bobo bilan Ergash Jumanbulbul o'g'li amaki edilar.
Komil Sindarov tin bilmay shе'rlar yozganligini quyida keltirilgan misollar orqali bilishimiz mumkin. Uning “Qalbim javohiri” (2006), “Vasling qumsab” (2007), “Sog'insam onajonim” (2007), “Oqqan daryo oqar ekan” (2008), “O'zing mеning yagonamsan” (2008), “Toshkеnti azim dеrlar” (2009), “Ayol borki” (2010), “Ilinj” (2011), “Shukronalik shukuhi (2012), “Bir kam dunyo... ko'rkam dunyo” (2014), “Qalbim sadosi” (2016) nomli va boshqa shе'riy kitoblar dunyo yuzini ko'rdi.
Ijodiy izlanishlarni davom etdirgan Komil Sindarov nasrning dеtеktiv janriga qo'l urdi va dastlabki “Qimmatga tushgan xato” qissasini yozdi. Kitob tеzda qayta nashr qilindi. Kеyin kеtma-kеt “Tеmuriylar kutubxonasi siri”, “Kеchikkan qasos”. “Amirlikning oltin taxti izidan”, “Tungi qotillik”, “O'g'irlangan bolalik”, “Dorixonadagi qotillik” kabi biri-biridan qiziqarli syujеtlarga qurilgan qissalari o'quvchilar qo'liga borib yetdi.
Har bir janrning o`ziga xos qonunlari, tartib, qoidalari , tamoyillari bo`ldi. Muhabbat eski narsa , lekin har bir qalb uni yangilaydideganlaridek , Konon Doyldan boshlanib, Yevropa va butun dunyoga tez tarqalgan detektiv janrning ham o`ziga xos , faqat o`ziga xos qonuniyatlari bor , albatta. Lekin Yevropa detektivi bilan aytaylik rus tozuvchilari yaratgan detektiv asarlar o`rtasida sezilarli tafovut borligini ham ko`ramiz. F.M.Dostoyevskiyning “Jinoyat va Jazo” asarida jinoyatni tahlil qilishdan ko`ra ijtimoiy motiv kuchliroq bo`lgani uchun uni goh sarguzasht , goh detektiv asar sifatida baholashadi. Shunday bo`lsa ham bu janrning ba`zi bir normalarini belgilaydigan o`ziga xosligi bor. Chunonchi, Amerika va Yevropa detektivchilari detektiv janrning ba`zi bir normalarini belgilab ham chiqqanlar :

  1. Asarda jinoyat motivi birinchi o`rinda turishi lozim;

  2. Asarning boshidayoq jinoyat(qotillik) yuz berishi kerak;

  3. Izquvar o`z atrofidagilariga qaraganda aqlliroq, teranroq bo`lishi talab etiladi;

  4. Kitobxon bilan izquvarning jinoyat haqidagi xabardorligi bir xilda bo`lishi lozim;

  5. Muhabbat, oila motive birinchi o`ringa chiqmasligi shart;

  6. Izquvar jinoyatni yoki qotilni tasodifan emas, dalillarni tahlil etisoh asosida induktiv uslub bilan topishi lozim18

Xullas, bunday qoidalardan qariyb 30 tasini belgilar olganlar . Ammo har bir xalq adabiyoti mazkur normativlardan zarurinigina olib,bu janrga o`ziga xos milliy ruh berganligini ham kuzatishimiz mumkin.
Komil Sindarovning dastlabki asari bo`lmish “Qimmatga tushgan xato yohud qasoskor qalb isyoni “ qissasida detektiv janriga mana shunday milliy ruh berilganligini yaqqol ko`rishimiz mumkin.Asar janrda ko`rsatilganidek jinoyat motivi yuqori o`rinda ko`rsatilganini prokuratura bo`lim boshlig`i, obro`li, e`tiborli , halol va fidokorona mehnati bilan yuksalayotgan Bahrom Safarovning bexosdan yo`qolib qolishi bilan boshlanadi. Asarning boshlanma qismidan ushbu sirli jinoyat nilan boshlanishi ham detektiv janrning ma`lum bir tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Vaholanki,shunday bir nufuzli idoraning mas`ul xodimi qayoqqa ketgan bo`lishi mumkin : o`g`irlandimi?,o`ldirildimi yoki biron joyga qochib berkinib turibtimi? Mazkur asarda “jinoyatchi” deb atxmin qilingan Ahad Botirovning “berkinish ”iqtidori yuqori bo`lishiga qaramay ,izquvarlar nomi ostida gavdalanayotgan tergovchilar Faxriddin Karimovich va Sanjarbekning sirno ochish qobiliyati,mantiqiy xulosalari, ikkilanish ,shubha –gumon,taxminlarni yengib haqiqiat sari borishlari o`z aksini topgan . Shuni aytish kerakki, yozuvchi detektiv janrning qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda jinoyatchini darrov qo`lga tushirib haqiqatni oshkor qilib qolmaydi . Balki, jinoyatchi deb taxmin qilinayotgan shaxsning naqadar adolatli, rostgo`y , mehnatsevar pokdil halol odam ekanligini asardan olingan quyidagi parcha orqali bilib olishimiz mumkin:
“Botir aka bilan Muborak opa ko`zlarining oqu qorasi Axadjonni bekamu ko`st voyaga yetkazdilar. Har ikkalasi ham o`qituvchi bo`lganligi bois , ayniqsa uning ta`lim tarbiyasiga juda katta etibor qaratdilar . Axad maktabni a`lo baholarda tugatib, Tibbiyot Institutiga o`qishga kirish baxtiga muyassar bo`ldi. Ammo o`qish yillarida quvonch va qayg`u doimo yonma-yon keladi deganlaridek ham ota ham onasidan kasallik tufayli ayrilishi Axadni juda qayg`uga soldi. Ammo uning ko`ksi bukilmadi, aksincha jon jahdi bilan ilmga berilib, el-yurt dardiga yaraydigan yetuk malakali shifokor bo`lishga qattiq ahd qildi. Er xotin oliygohni tugatin, qishloq joylarda odamlarga nafim ko`proq tegadi deb, qaydasan Bekobod deb yo`lga tushishadi.Yillar ortidan yillar o`tib boraverardi, Nurxon bilan Axad qishloq hayotiga ko`nikib, o`z ish joylarida kamtarin va shirinsuxan mutaxasislar sifatida hurmat-e`tibor qozonayotgandilar.Ammo hayot past-balandlikdan iborat deganlaridek, ularni farzandsizlik qiynayotgan bo`lsa ham , bir birlariga ko`rsatmaslikka harakat qilardilar. Ora-sira Nurxonning tushkunlikka tushganligini ko`rgan eri unga “hali bizlar yosh , xudo xohlasa qo`chqorday o`g`illar tug`ib berasan “deb yupatardi. Oradan ancha o`tib, sabrning tagi oltin deganlaridek, ularning Jasurbek hamda O`lmasjon singari o`g`illari dunyoga keldi. Botirovlar oilasida quvonchli kunlar boshlandi. Axad Botirov nafaqat tuman , balki viloyat miqyosidagi o`ta murakkab jarrohlik ishlari unga ishonib topshirilardi. Hatto poytaxtdagi murakkab jarrohlik amaliyotlarida uni masalahatchi sifatida taklif etishardi.Ko`p o`tmay Jarrohlik bo`limi mudiri sifatida faoliyatini boshladi. Uni hatto bosh vrach lavozimigacha ko`tarish takliflari ham bor edi.”19 Ammo birin ketin gumonlanayotgan dallillarning hech biri ushbu jinoyatni sodir etgan jinoyatchini topishga asos bo`lmadi. Asar shu qadar puxta tuzilganligini Kitobxon bilan izquvarning jinoyat haqidagi xabardorligi bir xilda ekanligidan bilishimiz mumkin . Chunki haqiqiy jinoyatni fosh qilish uchun juda ko`plab gumon ostiga olingan holatlar hamda shaxslarni burgalikda ochilishiga guvoh bo`ldik. Ularni asar ichida sanab o`tadiga bo`lsak” Bahrom Safarovning tortmasidan topilgan ‘xat’, bir vaqtlar Samarqand shahridagi “Choy qadoqlashg fabrikasi mansabdor shaxslari SH.B.Shokirov ,T.T.Umarov va boshqalarga nisbatan O`zbekiston SSR JK ning 119- moddasi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi “ degan ishni Bahrom Safarov olib borgan edi. Ammo jinoyatchilardan biri prokuror nohaq ukamni qamayapti va bunga men jimgina qarab turolmayaman deb aytganligini bayonnomada yoritilishi, talabalik paytida Vaziraga bezorilik qilishmoqchi bo`lgan Suxrob Azizovning yillar o`tib Baxrom Safarov bilan uchrashuvi va sababalari, Chirchiq bo`yidan topilgan murda, yangi yil arafasida Zangiota qamoqxonasidan “2245” agent tomindan yuborilgan “agar qamoqdan chiqsam meni nohaq ayblov bilan qamatgan prokurordan ham , sudyadan ham, tergovchidan ham qasd olaman” bayonidagi “xat”ning yuborilishi va boshqalar bunga misol bo`la oladi.
Mazkur asar mavzusi haqida so`z yuritmoqchi bo`lsak , dastavval mavzu atamasini izohi bilan tanishib chiqishimiz kerak. Mavzu atamasi yunoncha “Thema”– “asosida turuvchi” degan ma`noni bildirib, badiiy asarda falsafiy, ijtimoiy , axloqiy va boshqa muammolarni qo`yish hamda yoritishga xizmat qilgan , shu asarning hayotiy asosini tashkil etgan voqea-hodisalar doirasidir. Mavzu syujet orqali ochilib, u mavzuni chuqur va aniq (konkret) ochishga xizmat qiladi. Mavzu ikki ma`noda qo`llaniladi:

  1. Asarda aks ettirish uchun san`atkor tomonidan hayotdan saralab olingan voqea hodisalarning asarda aks ettirishiga aytiladi. O`zbek sud – huquq tizimida Chor Rossiyasining aralashuvi , Ularning buyrug`i bilan ish ko`rishga majburlashi, jinoyat yoki qotillik sodir etilganda ishni bir tomonlaa ko`rib chiqishlari kani voqea hodisalar ”Qimmatga tushgan xato “ asarinin asasiy mavzusidir.

  2. Asarda qo`yilgan va yoritilgan ijtimoiy masalalar. Chunonchi, “Qimmatga tushgan xato asari” da Sovetlarning prokuror bir jinoyatni oxirigacha ochib ishni har tomondan hal qilishiga qoymay, ular ustidan o`rnatgan nazorati va shu tizimda ishlovchilarning haqiqat sari intilishlariga yuzaki qarashi oqibatida, yillar o`tib neayb qamalib hamma bor-u yog`idan mahrum bo`lgan, qamoqxonada qonli intiqom , olovli qasos olish ilinjida umrini o`tkazayotgan “jinoyatchi”ni inson aqli yetmas darajada reja tuzib qasd olishi masalalari ko`tarilgan .

“Mavzu” atamasining ikkinchi manosi juda muhim bo`lib, birinchi ma`nosida mavzuni hayotiy material sifatida tushunish orqali o`sha tushunchani tavir obyekti vilan tenglashtirib qoyish hollarini ko`rishimiz mumkin. Mavzuni asarning asosiy muammosi sifatida tushunilganda, tabiiy ravishda, mavzu bilan g`oyaning organik bog`liqligi masalasi kelib chiqadi. G`oya atamasi bilan tanishadigan bo`lsak, san`at asarida qoyilgan va yoritilgan masalalardan kelib chiqadigan mantiqiy xulosadir. Chunonchi, ayrim adabiyotchilar asarning asosoiy g`oyasini har qanday vaziyatda ham mualifning ijobiy tasdig`idan – to`gridan to`gri xulosasidan chiqarish mumkin deb asoslaganlar. Shunga ko`ra, “ bizga mauallif nima demoqchi bo`lganidan ko`ra, garchi atayin bo`lmasa hamki, turmush faktlarini haqqoniy tasvirlash natijasida uning nimalar degani ahamiyatliroqdir”20 .Asar g`oyasini yoritishda obraz obyektiv xulosalar chiqarishga imkon beradi. Komil Sindarov mazkur asar g`oyasini ikki obrazlar – Axad botirov hamda Baxrom Safarovich orqali ko`rishimiz mumkin. Asarda keltirilgan ikki obraz orqali insonning birgina xatosi tufayli intiqom alangasi ne ne insonlarning hayotiga rahna solib, ularning bu foniy dunyodan o`tishlari-yu, amaldorlik kursisi va obro`li mansabni qo`ldan ketmasligi uchun inson hayotini o`yinchoq qilib, birovning hayotiga tuxmat olib kirishiga sabab bo`lishi ko`rsatib o`tilgan.
“Qimmatga tushgan xato “asari haqida yozuvchining fikriga haqida aytadigan bo`lsak, Komil Sindarov “Qo`lingizdagi qissa mening 20 yildan ziyod prokuratura –sud idoralarida ishlagan davrimda ko`rgan kechirganlarim, eshitganlarim, kuzatishlarim natijasida dunyoga kelgan asardir. Unda tasirlangan voqealarning ko`pchiligi hayotdan olingan. Albata, men ularga imkon qadar badiiy bo`yoq berishga , ularni o`zimning fantaziyam bilan boyitishga harakat qildim.Shu sohada bevosita ishlaganim, bir pytlar o`zim ham jinoyatlarni tergov qilishda ishtrok etganligim menga qo`l keldi.”21 Har bir ijodkor uchun yozgan asari – bolasi kabi qadrli bo`laran.Qong`iz ham bolasibi oppog`im deb suyishini inobatga oladian bo`lsak , hech bir ijodkor o`zi yaratgan asarini yomon demaydi.Shu ma`noda haqiqiy bahoni ziyrak kitobxonning o`zi beradi.
Mazkur asar haqida Xudoyberdi To`xtaboyevning quyida aytgan fikrlari kitobxonni asarni o`qishga bo`lgan istagini yanada kuchaytiradi : “Agata Kristi,Jorj Simenonda ham goho-goho jumboqning berk ko`chaga kirib qolishi, diqqat bilan kuzatayotgan kitobxonning hafsalasini sovutib qolish holatlari ko`plab uchraydi.Ushbu asar muallifi ham bu uslubdan mohirina foydalanib, qidiruv ishlarini muayyan subyektiv sabablar bilan vaqtincha to`xtatib qo`yadi. Bu esa kitobxonni o`zini asar qahramonlari o`rniga qo`yib, jinoyatni ochish yuzasidan turli –tuman taxminlar qilishga o`ylashga , teranroq fikrlashga ,voqealar rivojiga yanada ko`proq qiziqishlari ortishiga sabab bo`ldi.Oradan uch yil muddat ham o`tdi. Qorlar yog`ib , izlar bosilgandek bo`ladi.Lekin to`satdan asarga yangi qahramon – Vaziraning jurnalist qiyofasida paydo bo`lishi, uni jonlantirib, kitobxonni yana o`ziga mahliyo qila oladi. Asar oxirlab borayotganda ,chalkash jumbo`lar ketma-ket vujudga kelayotganda Marziya Ozoda Laylolarning paydo bo`lishi asar voqealariga yana ham shiddatli tus beradi”22

Asar syujeti haqida gapiradigan bo`lsak, adabiy asarni usiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Syujet fransuzcha so`zdan olingan bo`lib, “sujet”- “predmet, mazmun” degan ma`nolarni anglatadi. Syujet adabiy asarlarda konkret voqealar tizmasida namoyon bo`ladigan xarakterlar tarixi, poetik fikr-tuyg`ular oqimidir. Shunday ekan , adabiyotshunos L.I.Timofeyev syujetni tavsiflaydigan ikki xususiyat :


a) xarakter qirralari namoyon bo`ladiagn voqealar ,
B)hayotdagi muhim ziddiyatlarni umumlashtiruvchi voqealar mavjudligini ta`kidlaydi.23
“Qimmatga tushgan xato yohud qasoskor qalb isyoni” asarida tasvirlangan har bir voqea hodisa bosh qahramonning qayerga yo`qolib qolganligini va uni ochishga xizmat qilgan. Masalan, asarda tasvirlangan voqealar Baxrom bilan Vaziraning tanishishlari, Baxrom Safarovichning ish stolidan topilgan “maktub”, Vaziraning yoshligi hamda ota onasidan yetim qolishi, Baxrom Safarovichning prokuror sifatida olib brogan ishlarining qayta kurilib chiqishi: “Choy qadoqlash fabrikasi mansabdor shaxslari SH.B.Shokirov ,T.T.Umarov va boshqalarga nisbatan O`zbekiston SSR JK ning 119- moddasi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi”, talabalik paytida Vaziraga bezorilik qilishmoqchi bo`lgan Suxrob Azizovning yillar o`tib Baxrom Safarov bilan uchrashuvi va sababalari, Chirchiq bo`yidan topilgan murda, yangi yil arafasida Zangiota qamoqxonasidan “2245” agent tomonidan yuborilgan xat; Axad Botirovning shaxsiy hayoti va shu darajagacha yetib kelishining sabablari kabi voqea hodisalar dramaning asosiy qahramoni Baxrom Safarovichning bedarak yo`qoliishi va uni ochishga xizmat qilgan.
Shuningdek, syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bu -konflikt.Rus yozuchisi A.Tolstoy aytganidek , “Syujet- ijtimoiy qarama- qarshiliklarni ochish kalitidir”24 . Mazkur asardagi konflikt bu- mavjud siyosiy tuzumning xatosi sabab ikki davlat xizmatchilarining yo`qolib qolishi va biri ikkinchiga bo`lgan intiqom alangasi hsoblanadi. Shuningdek asar syujeti unsurlari haqida gapiradigan bo`lsak , dastavval ekpozitsiya atamasiga diqqatimizni qaratamiz. Ushbu so`z – asar qahramonlarining konfliktgacha bo`lgan paytdagi holatini ko`rsatadi.Chunonchi, Baxrom Safarovning yo`qolshidan bir kun oldin ko`rgan tushi: Qayoqqadir piyoda ketayotganida oldidan kampir chiqib “Agar manzilga sog` omon bormoqchi bo`lsang, on`g tomga yur, ko`gulik xohlasang chap tomonga yur “ deya maslahatidan so`ng o`ngga yurishni bohlagan Baxromni kampir yana chalg`itadi shunda u chap tomonga yura boshlaydi. Shunda uni qora tuyun ko`tarib yerga shitob bilan qulatishi bunga misol bo`la oladi. Keyingi bosqich esa tugun den nomlanib, u badiiy asar syujetida konflikt va harakatning boshlanishiga sabab bo`ladigan va asosiy voqeadan oldin sodir bo`ladigan voqea hodisadir.
Ushbu asarda tugun qismi bu Baxrom Safarovichning tushlik payti noma`lum shaxsning qo`ng`irog`idan so`ng chiqib ketib, shu bilan bedarak yo`qolishidir. Mana endi asarda voqealar rivoji boshlanadi. Chunonchi, ish stolidan topilgan xatdan boshlab, Axad Botirovning o`limi haqidagi xabargacha voqealar rivoji shitob bilan tus oladi. Vanihoyat asardagi voqealar rivojining yukksak cho`qqisi - kulminatsion qismiga ham yetib keldik. Ushbu voqea hamma uchun bu dunyodan o`tgan degan yolg`on haqiqat bilan ishi yopilgan Baxrom Safarovich xotini Vaziraning tushiga kiradi va u “Jonim Vazira! Bolalarimiz hali yosh , ota onamiz qartayib qolishgan .Xa , faqat sen meni bu yerdan olib chiqib ketishing mumkin. Lekin bu osson ish emas. Aql bovar qilmas darajadagi yo`lni bosib o`tishing kerak. Men senga i-sh-o-n-a-m-a-n, i-sh-o-n-a-m-a-n!”25 deya ko`zdan g`oyib bo`ladi. Mana shu voqeadan Vazira xat markasidan ishni boshlab, ne –ne qiyinchiliklar bilan Axad Botirovni topishga muvaffaq bo`ladi. Ana endi Axad Botirov topildi. Ammo u hech nima deyishni xohlamas edi. Shunda asarda yechim paydo bo`ladi bu Axad Botirovning tush ko`rishi u dunyodagi xayolan borib kelishi, ota onasining uni qaytarishi va foniy dunyoda qiladigan bir chala ishi borligini aytib qo`yihadi. Mana o`sha chala ish bu Baxrom Safarovichni 3 yillik tandir tuynugidagi kulbadan ozod etishidir. Mana shunday voqea hodisalar syujet unsurlarini tashkil qiladi.
Asar kompozitsiyasi haqida so`z yuritadigan bo`lsak, ushbu atama lotincha composition-tuzib chiqish degan ma`noni anglatib yozuvchinniyati asosida asar badiiy toqimasining tuzilishiga aytiladi. Kompozitsiya vositalaridan birinchisi bu asar sarlavhasi bo`lib,u asar arxitektonikasida tashkil qiluvchilik rolini o`ynaydi va asar mazmuni bilan uzviy bog`liq bo`ladi. Chunonchi, Komil Sindarovning “Qimmatga tushgan xato yohud qasoskor qalb isyoni” asarida birgina qilingan xato oqibatida ne ne insonlarning yostig`I qurishi,insonlar uchun naqadar qimmatga tushishi mumkinligini va qasd olishga bel bog`lagan shaxsning naqadar alangalanayotgan qalb isyonini ko`rishimiz mumkin. Sarlavhadan keyin berilgan epigraf esa fikrimizni yaqqol tasviri desak hech ham mubolag`a bo`lmaydi. Epigraf yunoncha “yozuv” degan ma`noni anglatib, sarlavhadan so`ng, bobning boshlanishida yozib qo`yiladigan ko`chirma, maqol matal kabi parchalarning keltirilishidir. Mazkur asarning epigrafi “Tuzatib bo`lmaydigan mayda xatolardan yirik illatlarga o`tish osson.” (Lutsiy Anney Seneka) bilan boshlanadi. Ushbu epigraf asar g`oyasini ishonarli qilib ochishda Komil Sindarovga qo`l kelgan . Bu yerda keltirilgan tuzatib bo`lmas xato bu o`sha paytdagi prokurorning gapini eshitmay, ishni yopib yuborishga buyruq bergan ChorRosiyasining qilmishida, na prokuror, na sudya, na tergovchining qarshilik qilib to`xtatishga harakat qilmaganliklari ko`rsatilgan. “Yirik illat” atamasi esa, nohaq ayblab uzoq muddatga qamalgan yetuk mutaxasis jarrohninh bir kunda ham obro` -e`tibordan , ham xotiniyu bolalalridan bir umrga judo bo`lishi oqibatida qalbida uyg`ongan intiqom alangasidir. Keyingi vosita bu lirik kirish, chekinishdir. Adabiy asarda biz voqealarning tasviri va bayonidan tashqari yana yozuvchining o`z mulohazalarini, kechinmalarini ham uchratamiz. “Qimmatga tushgan xato “ asarida yozuvchining mulohazalari to`liq berilmagan bo`lsada, asardagi voqealar o`tgan asarning 80-illarida sho`rolardavrida yuz bergan va mustaqillik yillariga ulanib ketgan. Unda prokuratura xodimlarining sermashaqaat , mas`uliyatli va sharafli xizmtlari aks ettirilar ekan, ularning birgina arzimas xatosi naqadar qimmatga tushishi hayotiy voqealar asosida ochib berilgan . Asar detektiv janrda bo`lishi bilan birga una mehr- muhabbat, vafo- sadoqat , visol va xijron, do`stlik odamiylik ,oila muqaddasligi kabi mavzularni ham yoritishga harakat qilindi. Ular o`quvchini o`ylashga mushohada qilishga o`zi uchun kerakli xulosalar chiqarishga undaydi.
Shuningdek , ko`pgina asarlarda peysaj g`oyatda muhim rol o`ynaydi . Chunki yozuvchi tabiat lavhalarini chizish bilan o`zining tabiatga munosabatini ifodalaydi. Ushbu satrlar esa so`zimizning isboti desak hech ham adashmagan bo`lamiz. “Kech uyquga yotganligiga qaramasdan , Baxrom azonda turib oldi.Qishloqda havo toza, har xil o`tlarning hidi odamning kayfiyatini ko`taradi. Bog` tomonda esa o`rik daraxtlari allaqchon mevalaridan xalos bo`lgan bo`lsada , bog`ning bir chetidagi daraxt shoxlari g`ij-g`ij edi. Baxrom bog`ni biroz aylanib , to`yib-to`yib nafas oldi. Shunda u qishloq havosini, bog`ning undagi daraxt gullari, o`t-o`lanlarning xushbo`y hidini , ariq bo`yidagi yalpiz , chuchmoma va boshqa ko`katlarning yoqimli iforini qanchalar sog`inganini angladi. Yoshlik davrlarini , maktabda o`qib yurgan kezlarini yodga oldi……”26
Asarimizni tahlil qilar ekanmiz , uning tili naqar ravonligini , tushunishga oson ekanligini ko`rishimiz mumkin. Adabiyotda til tushunchasini ikki yo`nalishda ko`rishimiz mumkin.

  1. adabiy til- matbuot fan adabiyot, kitob, radio, televideniye, teatr tili . Mazkur til grmmatik qonun qoidalarga solingan , qat`iy talaffuz normalariga ega bo`lgan va eng muhimi, turli shevalarda so`zlovchi kishilarga tushunarli bo`lgan tildir.

  2. Badiiy (poetik) til- adabiy asalar yoziladigan til .M. Gorkiy “Yoshlar bilan suhbat” maqolasida badiiy adabiyot tili(badiiy nutq, ritmik- intonatsion vositalar, kompozitsiya)da badiiy so`z hal qiluvchi rol o`ynashi uqtiriladi. “Adabiyotning birinchi elementi-tildir. Til- adabiyotning asosiy qurolidir, hayot hodisalari faktalar bilan birga uning materialidir”27

Komil Sindarov asarni yozishda bir qancha yo`llar bilan tilning obrazligiga , tasviriyligiga erishadi.Shulardan biri maxsus badiiy tasvir vositalarini, maxsus leksikresurslarni poetic figuralarni , so`z o`yinlarini mohirona qo`llash yo`li bilan asar tilining obrazligiga erishgan.Shuningdek yozuvchi har bir narsani shunday tasvirlab berganki,natijada uni ko`z o`ngimizda ravshan keltira olamiz. Buning sababi yozuvchi har bir narsani o`ziga xos xususiyatini , holatini payqab olish va uni aniq , ma`nodor so`zlar orqali ravshan aytib bera olgan.Shuningdek,yozuvchi badiiy asar qahramonlarining tili ya`ni personajlar tilida qahramonning nutqi orqali o`z hayot tajribasi , dunyoqarashi xulq-atvori, ma`naviy saviyasini ko`rsatib beradi. Bu o`rinda masalan, “Qimmatga tushgan xato” qissasida tasvirlangan Axad Botirovning Baxrom Safarov bn suhbatini aytib berganiga qarab chiqsak: “ Baxrom xushiga kelgach , men uning yoqasidan bog`ib, nima uchun ko`ra-bila turib meni nohaq qamoqqa tiqani sababini tushuntirib beriwini talab qildim. O`limi oldidan so`nggi so`zini aytishiga imkon berdim. U o`zini oqlaydigan so`zlar gapirib o`tirmadi.Yalinmadi, o`limga tik qarab , mardlarcha “ o`sha paytda birgina men sizni qamoqqa olishga qarshi bo`lganman, tergovchi ham, viloyat prokuraturasi va undan ham yuqori idopralarda bu masalani muhokamaga olib chiqqanman , ammo hamma instansiyalarda sizni qamoqqa olishga dalillar yetrli deb hisoblashdi. Ittifoq davri edi. Mening fikrimni hech kim eshitishni xohlamadi. To`g`ri, man o`shanda prokuror edim. Aslida sho`rolar davrining askari edim. Nimani buyursa qilishim kerak edi. Agar bajarmasam buni boshqalar bajarardi. Men esa joyimni boshatishimga to`g`ri kelardi. O`shanda ham vijdonim juda qiynalgan. Ammo sho`rolar davri “huquq mashinasi”ga qarshi borolmaganman. Ana endi haqiqatni bildingiz,qo`lingizdan kelsa o`ldiring! Men shu kasbni tanlaganman. Demakki, o`limni ham bo`ynimga olaman” 28
Yuqorida ta`kidlab o`tkanimizdek , ikki qahramonning adabiy nutqi aslida qanday inson ekanliklarini ko`rsatib turishi bilan birgalikda kitobxon qahramonlarning kechinmalari girdobida tortilib ketadiki, ularning hissiyotlarini birgalikda kechira boshlaydi. Kitobxonda g`azab hissi, pafos, nafrat, kulgi va ko`larida yosh paydo bo`ladi. Komil Sindarov bu xususiyatlarni egallashga ham mehnat natijasida erishadi.Chunki insonga biron xil kayfiyat tug`dirish san`atning eng sehrli xususiyatlaridan biridir. Shu o`rinda A.A.Fadeyevning badiiy tilning emotsioalligi haqida aytib o`tgan fikrini sozimizning isboti sifatida aytib o`tsak:“Yozuvchi o`zida shunday ritm, shunday so`z toppish o`quvii tarbiyalab yetishtirishi kerakki, lar o`quvchida tegishli his-tuyg`u , tegishli kyfiyat tug`dira oladigan bo`lsin” 29


`

III bob yuzasidan xulosa


Ushbu bobni xulosasiga kelsak, yuqorida ko`rib tuganizdek Komil Sindarovning dastabki asari bo`lmish “Qimmatga tushgan xato” asarining tahlil qilib chiqdik. Dastavval asar muallifi haqida ma`lumot bergan bo`lsak, so`ng asar janri va metodi haqida ozgina to`xtaldik. Tahlilimiz asosida asarning tematik xususiyati haqida gapirib o`tdik shu qismi haqida tezis tayyorladik. Asar syujetiga to`xtaladigan bo`lsak: ekspozitsiya,tugun, konflikt, kulminatsiya hamda yechim kabi syujet unsurlarini ochib berishga harakat qildik. Nihoyat asarning kompozitsiyasini tahilidan so`ng , asar haqida taasurotlar bilan rejamizni yakunladik. Asar adabiy til normalari asosida yozilgan bo`lib, har bir epizodiga kitobxon benihoya kirib borib, o`sha obrazni his qilishga , u bilan kulib, u bilan yig`lay oladigan darajda mukammaldir.


Download 89.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling