Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.52 Mb.
bet9/22
Sana16.06.2020
Hajmi1.52 Mb.
#119409
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
O`zbekiston tabiiy geografiyasi


Daryolarning oqiziqlari suvning tog` yonbag`irlari, daryo o’zanlarida tog` jinslarini yuvishi, yemirishi, olib ketishi natijasida hosil bo’ladi.

O’zbekiston daryolari suvi O’rta Osiyodagi boshqa daryolar kabi serloyqa emas. Faqatgina ikkita daryo-Surxondaryo va Sheroboddaryo suvining yillik o’rtacha loyqaligi bu daryolarning tog`lardan chiqish joyida 2 kg/m3 ga teng. O’zbekistonning ko’pchilik daryolarida yillik o’rtacha loyqalik 200-500 g/ m3 ni tashkil etadi. Tog` daryolarining o’simlik bilan yaxshi qoplangan havzalarining yuqori qisimlarida suv tiniq bo’lib, o’rtacha yillik loyqaligi 10 g/m3 atrofidadir. Chirchiq havzasidagi daryolar suvining loyqalik darajasi ham past 200 g/m3 ga teng. Sel o’tadigan ayrim soylarda bu ko’rsatkich keskin oshib, 200 kg/m3 gacha boradi. Daryolar suvining loyqaligi havzalarning litologik va relef sharoiti hamda o’simlik qoplamining holatiga bog`liq bo’lib, respublikamizning tog`li qismlarida turli joyda turlichadir.

Respublikamizdagi suv omborlari, ko’proq tog` oldida, tog` oralig`i botiqlarida joylashganligidan ularda daryolar olib kelgan katta miqdordagi loyqa yig`ilmoqda. Natijada suv omborlaridan tinigan va sovuq suv chiqmoqda, buning oqibatida dalalarimiz tabiiy o’g`itdan ma’lum darajada mahrum bo’lmoqda.

O’zbekistonning tog` daryolari havzalaridan 1 yilda 1 km 2 joydan yuviladigan tog` jinslarining miqdori 4 t dan 685 t gacha boradi. Binobarin, yillik denudenstiya qatlami 0,0018 – 0,354 mm ga teng.

Daryo havzasida tog` jinslarining yuvilish tezligi qator qonuniyatlarga bog`liq. Masalan, Chirchiq havzasida yog`inning ko’p yog`ishi va namning nisbatan ko’proq bo’lishiga qaramasdan joyning geologik tuzilishi, tuproq va relef xususiyatlariga bog`liq ravishda tog` jinslari kam yuviladi. Bu erda 1 km 2 maydon yuzasidan yuvilib ketiladigan loyqa oqiziqlarining yillik miqdori 170 tonnani, Chotqol havzasida 102, Ugom havzasida 223 tonnani tashkil etadi. Sheroboddaryo, G`uzordaryo havzalarida yuvilishning kamligiga (240,180 tonna) suv yig`ish maydoni past bo’lganidan kam yog`in yog`ishi va oqar suvlar kam hosil bo’lishi sababdir. Tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko’ra O’zbekiston tog`larida yiliga har gektar maydondan 525 tonna tuproq-grunt yuviladi.

O’zbekiston maydoni va suv miqdori jihatidan qo’shni havzalardan keskin ajralib turadigan Orol havzasida joylashgan. Bu havza kattaligi jihatidan Yer yuzidagi berk havzalar orasida faqat Kaspiy dengizi havzasidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bu havzaga Amudaryo bilan Sirdaryo va bir qancha kichik daryolar kiradi. O’zbekiston daryo tarmoqlarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular bir-biri bilan bog`lanmagan alohida, mayda berk havzalarga bo’linib ketadi. Zarafshon va Qashqadaryo havzalari ana shunday berk havzalar hisoblanadi.

Amudaryo bilan Sirdaryo havzadagi eng yirik daryolar bo’lib, respublikamiz hududidan ularning Norin, Qashqadaryo, Soh, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Sheroboddaryo va boshqa irmoqlari oqib o’tadi. O’zbekistonga ularning o’rta va quyi oqimlari to’g`ri keladi.

Amudaryoning ham o’rta va quyi oqimlari O’zbekistonda joylashgan. U Hindiqush tog`laridagi Vrevskiy muzligidan Vaxjir nomi bilan boshlanadi. So’ngra Pomir daryosi bilan qo’shilib, Panj, Vaxsh bilan qo’shilib, Amudaryo nomini oladi. Amudaryoga o’ngdan Kofirnixon bilan Surxondaryo, chapdan esa Qunduz irmoqlari kelib qo’shiladi. Amudaryo tekislikka chiqqach Orol dengiziga qadar unga bironta ham irmoq qo’shilmaydi.

Amudaryoni qadimda O’kuz, Chorjo’y, Omuya, Oqsus, O’ks, Jayxun, Omul nomlari bilan ataganlar.

Amudaryo oqimining 82-83% i Panj va Vaxsh daryolari suvlaridan, 11 % i Kofirnixon va Surxondaryo hamda 4 % i Qunduz suvlaridan shakllanadi. Amudaryo havzasida tog`li qismidan har yili o’rta hisobda 79 km3 suv tekislikka oqib chiqqan, shundan 6 % (8%) i O’zbekistonda hosil bo’lgan. Amudaryoning Orol dengiziga quyadigan suvi 1960 yillarda yiliga o’rtacha hisobda 38,6 mlrd m3 ni tashkil etgan.

Sirdaryo O’rta Osiyodagi eng uzun, lekin sersuvligi jihatidan Amudaryodan keyin ikkinchi o’rinda turuvchi daryodir. U Markaziy Tyanshandagi Oqshiroq tog`idagi Petrov muzligidan boshlanuvchi Norin daryosi bilan Farg`ona tog` tizmasidan oqib tushuvchi Qoradaryo Baliqchi qishlog`i yonida qo’shilgandan so’ng Sirdaryo deb ataladi. Farg`ona vodiysida Sirdaryoning sobiq irmoqlari suvi sug`orishga sarf bo’lganligi uchun daryoga etib bormaydi. Sirdaryo havzasining tog`li qismida yiliga o’rta hisobda 38 mlrd m3 suv hosil bo’ladi. Sirdaryo Farg`ona vodiysidan chiqqach chap tomondan unga bironta ham yirikroq irmoq kelib qo’shilmaydi. O’ng tomondan esa unga Ohangaron, Chirchiq, Kalas va Aris irmoqlari kelib qo’shiladi. Quyida Amudaryo va Sirdaryo haqida gidrologik ma’lumotlarni keltiramiz (2-jadval ).

2-jadval


Amudaryo va Sirdaryo haqida ma’lumot

Daryolar havzalari



O’rtacha yillik suv sarfi,m3G` s

Yillik oqim hajmi, km 3 G` yil

O’rtacha

Eng ko’p

Eng kam

AMUDARYO

Panj

1140,0

35,0

49,10

27,66

Vaxsh

661,0

20,8

28,6

16,2

Kofirnihon

187,0

5,89

9,81

4,09

Surxondaryo, Sheroboddaryo

127,0

4,0

5,71

2.44

Qashqadaryo

49,6

1,56

2,72

0,897

Zarafshon

169,0

5,32

6,86

3,81

Hammasi__2332,6__73,57__100,8'>Hammasi

2332,6

73,57

100,8

55,1

SIRDARYo

Norin

448,0

13,8

23,4

8,17

Farg`ona vodiysi

405,8

12,8

24,6

6,35

Turkiston tizmasi

4,63

0,303

0,446

0,225

Ohangaron

38,5

1,22

3,04

0,577

Chirchiq

248,0

7,82

14,5

4,53

Kalas

6,67

0,21

0,507

0,088

Aris

64,2

2,02

4,91

0,35

Qoratog` tizmasi

21,1

0,663

1,61

0,11

Hammasi

1242,9

38,84

72,67

20,4

Orol dengizi havzasida suvning asosiy iste’molchisi O’zbekiston hisoblanadi. O’rtadagi daryolar suvidan davlatlararo kelishuviga ko’ra, O’zbekistonga yiliga 43-52 km3 suv ajratiladi.

O’zbekistonda ishlatiladigan yalpi suv miqdori 62-65 km3 ga teng. Buning 25 km3 Amudaryodan, 11 km3 esa Sirdaryodan olinadi. Qolgan qismi kichik daryo va soylar hamda yer osti suvlari hisobiga to’ldiriladi.

O’zbekistonda 1988 yilda 54777 mln m3 toza suv ishlatilgan. Bunga 6630 mln m3 qayta ishlatilgan suvni qo’shsak, jami 61407 mln m3 suv sarflangan. Shundan 85 % i qishloq xo’jalik maqsadlarida, 11 % i sanoatda ishlatilgan. Respublikamizda ishlatilgan toza suv miqdori 1990 yilda 52,4 km3 ni, 1992 yilda- 53,8 km 3 ni tashkil etgan.

Respublikada yer osti suvlari zahirasi 19 km 3 . Shundan 52 % i xalq xo’jaligida ishlatilmoqda. Buning 3,43 km 3 xo’jalik maqsadlarida, 0,74 km 3 –obikor dehqonchilikda, 2,5 km3 drenaj ishlarida foydalanilmoqda.

Suv resurslaridan foydalanishda yo’l qo’yilgan kamchliklar yirik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bular: Orol dengizi muammosi, daryo qayirlarida to’qay ekosistemalarining degradastiyasi, daryo suvlarining ifloslanishi va kamayib qolishi, zovur, tashlama ko’llarning vujudga kelishi, yer osti suvlarining ifloslanishi, zovur suvlarini chuchuklashtirish, tozalash va ulardan yana sug`orishda foydalanishni tashkil etish.



Muzliklar.
O’zbekistondagi nam keltiruvchi shamollarga ro’para bo’lgan baland tog` yonbag`irlarida yiliga 1000 mm gacha yog`in tushadi. Baland tog`larda asosan qor yoqqanligi uchun bu yoqqan qorning hammasi ham shu yili erib ulgura olmaydi va bir qismi keyingi yillarga qolib ketadi. Shu tarzda to’planib qolgan eski qor uyumlari ko’p vaqt o’tishi bilan zichlashib, muzliklarga aylanadi. Shuning uchun O’zbekistonda iqlim qurg`oqchil bo’lsa ham uning tog`larida muzliklar vujudga keladi. O’zbekiston tog`larida 547 ta muzlik bor, lekin bular kichik muzliklar. Ularning umumiy maydoni 332,2 km2. Respublikadagi eng yirik hisoblangan Ayutor-3 muzligining maydoni 3,8 km2, u Toshkent viloyatida joylashgan, Qashqadaryo viloyatidagi Severstev muzligi maydoni esa 2,6 km2 , tengdir.

Piskom daryosi havzasida A.Rasulov, F. Hikmatov, D.Aytboev ma’lumotlariga ko’ra, 250 ta muzlik hisobga olingan, ularning umumiy maydoni 127,8 km2 ni tashkil etadi. Ayutor muzligi shu havzada joylashgan. Piskom havzasi muzliklarining 97% kichik muzliklar bo’lib, har birining maydoni 2 km 2 dan, uzunligi esa 1-2 km dan ortmaydi. Piskom havzasidagi muzliklarning suv zahirasi 4,7 km3 ga tengdir.

Chirchiq daryosining katta irmoqlaridan yana biri-Chotqol havzasidagi muzliklar ham asosan kichik muzliklar bo’lib, ularning soni 124 ta, maydoni esa 51,2 km2 ga tengdir.

O’zbekiston tog`larida muzliklar kam bo’lsa ham ularda (3000-3500 metrdan yuqorida) ko’plab mavsumiy qorliklar hosil bo’ladi. Ular O’zbekistondagi ko’p daryolarning to’yinishida muhim o’rin tutadi, chunki baland tog`lardagi qor ekinlarni sug`orishga ko’p suv zarur bo’lgan yoz oylarida erib, daryolarni suv bilan ta’minlab turadi.



Ko’llar va suv omborlari. O’zbekistonda ko’llar nisbatan kam, ular respublikamiz hududida notekis taqsimlangan. Ko’llarning aksariyati kichik ko’llar bo’lib, ular ko’proq daryo vodiylari va deltalarida, vohalar atrofida joylashgan. O’zbekistonning tekislik qismida ko’llar suvga serob tog`larga yaqin hududlarda joylashgan. Respublikaning cho’l tekisliklarida ko’llar deyarli uchramaydi.

O’zbekistonning tog`li qismida ko’llar ko’p, lekin ular tog`larda ham notekis taqsimlangan. Ko’llar asosan 2000-3000 metr balandliklarda, ayniqsa 3000 m dan yuqorida ko’p uchraydi (3-jadval)

O’zbekistonning tekislik qismidagi ko’llarning ko’pchiligi uncha chuqur bo’lmagan oqmas ko’llar bo’lib, ularning sathi, suv hajmi, soni yillar davomida o’zgarib turadi. Masalan, Amudaryo deltasida 60 chi yillarning boshida 2600 ga yaqin ko’l bo’lgan. Deltaga etib keladigan daryo suvlarining etishmasligi va eroziya bazisining pasayishi natijasida ularning soni muntazam kamayib borgan va 1985 yilga kelib 400 taga tushib qolgan.

3-jadval


Ko’llarning balandlik mintaqalari bo’ylab joylashishi

Daryo havzalari

0-500


m

500-1000 m


1000-1500 m


1500-2000 m


2000-3000 m



Amudaryo deltasi va qayiri

422

-

-

-

-


Farg`ona vodiysi

7

-

2

6

21


Chirchiq havzasi

-

5

1

3

20


Surxondaryo havzasi

19

3

-

1

4


Qashqadaryo havzasi

4

-

4


i

2

2


Zarafshon havzasi

19

-

-

3

16



4-jadval

O’zbekiston ko’llari haqida asosiy ma’lumotlar (V. 106 m3).

T

r


Ko’llar

Daryo

havzasi


Dengiz sathidan

balandligi, m



Suv sig`imi

106 m3



Suv yuzasi maydoni,

km2



Eng katta chuqurligi,

m


1

Orol (1960)




53

1068000

68 000

68

2

Orol (2000)




32,6

160 000

22 500

47,6

3

Arnaysoy

Sirdaryo

237,5

13485,5

2000

22

4

Aydar

Sirdaryo

237,5

12037

1309

25

5

Tuzkon

Sirdaryo

237,5

1448,5

515,8

8,12

6

Qurbonko’l

Shohimar

Don


1725

1,17

0,14

13,4

7

Sariqamish

Amudaryo

4,3

28500

2850

39,5

8

Sudoche

Amudaryo

53




337




9

Dengizko’l

Zarafshon

181,5

2723,4

267

22

Tekislikdagi ko’pgina ko’llarning paydo bo’lishi daryolarning eroziya va akkumlyastiya faoliyati bilan bog`liq. Bular eski o’zan o’rnidagi ko’llar, deltadagi ko’llar, daryolarning bosh daryoga yetib bormasligidan hosil bo’lgan ko’llardir.

Tekislikda antropogen ko’llar ham ko’p. Ular asosan pastqam erlarga tashlama va zovur-drenaj suvlarining tashlab yuborilishi natijasida vujudga kelgan. Masalan, Aydar, Sariqamish ko’llari. O’zbekistonning tekislik qismida tektonik ko’llar juda kam, lekin ular katta ko’llardir. Orol, Dengizko’l ana shunday ko’llar. Tekislikdagi katta ko’llarga Amudaryo deltasidagi Sudoche va Arnaysoyni kiritish mumkin.

O’zbekiston tog`laridagi ko’llar asosan tektonik, morena va daryo o’zanini yonbag`irlardan qulab tushgan jinslar to’sib qo’yishi natijasida hosil bo’lgan ko’llardan iboratdir. Respublikamizda 80 ga yaqin to’g`on ko’llar bor. Qorataka, Ko’kko’l, Badak Chirchiq havzasidagi eng katta to’g`on ko’llardir. Qorataka ko’lida 70 mln m3 gacha suv yig`iladi. To’g`onni suv urib ketishi xafi bor ko’llarga Ixnoch, Shovurko’l, Qorataka va Katta ko’llarni kiritish mumkin. To’g`onning buzilishi oqibatida ko’ldan birdan ko’p suv chiqib ketishi katta sel tusini oladi. Bunday selning xalq xo’jaligi, aholi uchun qanchalik zararli ekani ma’lum. Bunga 1998 yilda Shohimardon soyda bo’lib o’tgan sel misol bo’ladi.

O’zbekiston ko’llari orasida shifobaxsh ko’llar ham bor. Farg`ona vodiysidagi Axsikent, Jizzax shahri yaqinidagi Tuzkon va Dengizko’l ana shunday ko’llardir.

O’zbekistondagi eng katta ko’l Orol dengizidir.

U 18000-20000 yil oldin yer po’stining egilgan joyidagi botiqda vujudga kelgan. O’tgan asrning 60- yillarida Orol dengizi maydoni orollari bilan o’rtacha 68 ming km 2 ni tashkil etgan va suv yuzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda to’rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori ko’l va Afrikadagi Viktoriya ko’lidan keyin) o’rinda turgan. Undagi suv hajmi 1000 km 3 , o’rtacha chuqurligi 16,5 m atrofida bo’lgan, eng chuqur yeri g`arbiy qismida bo’lib, 68 m. gacha etgan. Dengizda 300 dan ortiq orol bo’lgan.

Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryo suvidan to’yingan. V.L. Shulsning ma’lumotiga ko’ra, 60- yillargacha dengizga Amudaryo yiliga o’rtacha 38,6 km3, Sirdaryo esa 14 km 3 suv keltirib qo’ygan. Dengizning suv balansida yog`inlarning ulushi 9 km3 ni, yer osti suvlari esa 5,5 km3 ni tashkil etgan. Dengiz o’ta arid o’lkada joylashganligidan uning yuzasidan har yil 1 m ga yaqin qalinlikdagi, aniqrog`i 66 km3 hajmdagi suv bug`langan. Bu miqdor dengizga daryolar keltirgan suv yig`indisidan ko’proqdir.

Suv balansi elementlarining nisbatiga bog`liq holda dengizda suv sathi yillar davomida o’zgarib turgan. Masalan; F. Hikmatov ma’lumotiga ko’ra, 1785 yildan dengizda suv sathi ko’tarila boshlagan, 1825 yildan esa pasaygan. 1835 – 1850 yillarda yana ko’tarilgan, 1862 yildan kamaygan, natijada Ko’korol 1880 yilda yarimorolga aylanib qolgan. 1885 yildan boshlab esa dengiz suvi sathi yana ko’tarila boshlagan. 1919 yilda dengizning suv yuzasi maydoni 67 300 km2, suv miqdori 1087 km3 bo’lgan, 1935 yilda esa ko’l maydoni 69670 km2, suv hajmi 1153 km3 ga teng bo’lgan.

Dengiz suvining sho’rligi o’rtacha 10-11 % 0 ni tashkil etgan. Dengiz qishda muzlagani uchun unda 7 oy kema qatnagan.

O’tgan asrning 60-yillarida O’rta Osiyo va Janubiy Qozog`istonda yangi yerlarning o’zlashtirilishi va ekin maydonlarining kengaytirilishi oqibatida sug`orishga olinadigan suv miqdori keskin ortgan. 1965 yilda erlarni sug`orishga jami bo’lib 63,2 km3 suv olingan bo’lsa, 1985 yilda 111,5 km3 suv olingan. Orol dengizida Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Oqibatda dengiz suv sathi 1960 yildan boshlab jadal sur’atlarda pasaya boshladi. (6-jadval ).

Hozirgi kunda dengiz uch bo’lakka bo’lingan: 1) kichik va sayoz shimoliy qismi; 2) nisbatan katta maydonga ega, lekin sayoz sharqiy qismi, 3) eng chuqur hisoblangan g`arbiy qismi. Ularda suvning sho’rligi 60-80 gG`l atrofida o’zgarib turadi. Dengizda 1984 yildan baliq tutish, 1981 yildan kema qatnovi to’xtatildi. Dengizning qurigan qismi qum va tuzdan iborat katta cho’lga- Orol qumga aylandi.

Orol dengizining qurigan qismidan juda ko’p miqdorda tuz va chang zarrachalarni shamol uchirib, Janubiy Orol bo’yiga yotqizishi bu hududning ekologik holatiga va ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir o’tkazmoqda.

O’rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining 1994 yilda e’lon qilgan ma’lumotiga ko’ra, Orol dengizining qurigan qismidan shamol 1 yilda 57 mln tonna tuzni uchirib ketib, Janubiy Orolbo’yi hududida 500 km. gacha masofaga tarqatgan. Dengizning qurigan qismidan 100 km masofagacha bo’lgan erlarga tushayotgan qum-tuzning miqdori 1 gektarda 1500-2000 kg.ni, 500 km.gacha bo’lgan hududlarda 500-1000 kg ni, 500 km.dan narida 100 kg ni tashkil etgan.

Hozirgi kunda Orol dengizi suv sathining keskin pasayishi va Amudaryo deltasi suv me’yorining o’zgarganligi munosabati bilan quyidagi uchtasi masalaga e’tibor berish zarur:

1) Orol bo’yida vujudga kelgan tang ekologik vaziyatni bartaraf qilish;

2) Orol dengizi sathini qulay bo’lgan biron mutlaq balandlikda saqlab qolish;

3) Orol dengizi qurigan qismining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish.
O’zbekistonda sun’iy suv havzalari- suv omborlari ham ko’p (5-jadval). Ular asosan daryolar oqimini tartibga solib turish, energetika maqsadlarida qurilgan. Respublikamizda 1995 yilda suv xo’jaligi ixtiyorida umumiy hajmi 18,8 mlrd m3 bo’lgan 53 ta suv va 25 ta sel omborlari bo’lgan. Bular daryo havzalari va balandlik mintaqalari bo’yicha notekis joylashgan. Jadvalda keltirilgan 25 ta suv omboridan 1 tasi dengiz sathidan 200 m gacha balandlikda, 12 tasi 200-500 m orasida, 9 tasi 500-1000 m orasida, 3 tasi 1000-1200 m orasida joylashgan. Sirdaryo havzasidagi suv omborlari suv sathi maydonining kattaligi bilan ajralib turadi. Suv omborining foydali tomonlari bilan birga salbiy jihatlari ham mavjud. Ulardan sizilib chiqqan suv atrofdagi grunt suvlarini to’yintirib, ular sathining ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda va oqibatda suv ombori atrofidagi avtomorf landshaftlar asta-sekin yarim gidromorf va gidromorf landshaftlarga aylanmoqda.

5-jadval


O’zbekistonda va qo’shni chegaradosh hududlarda joylashgan suv omborlari

(Hikmatov F.,Aytboyev D., 2002).




T

r


Suv ombori

Daryo havzasi

Foydala

nishga topshirilgan yili



Suv sig`imi,

106 m3



Suv yuzasi maydoni, km2

1

Tuyamo’yin

Amudaryo

1979

7300

790

2

Janubiy Surxon

Surxondaryo

1964

800,0

64,6

3

Degrez

Surxondaryo

1958

12,8

2,3

4

Uchqizil

Surxondaryo

1960

160,0

10,0

5

Chimqo’rg`on

Qashqadaryo

1964

440,0

45,1

6

Qamashi

Qashqadaryo

1946

25,0

3,4

7

Pachkamar

G`uzordaryo

1967

243,0

12,4

8

Hisorak

G`uzordaryo

1985

170,0

4,1

9

Talimarjon

Amudaryo

1977

1530,0

77,4

10

Kattaqo’rg`on

Zarafshon

1952

845,0

84,5

11

Quyimozor

Zarafshon

1957

306,0

16,3

12

To’dako’l

Zarafshon

1983

875,0

225,0

13

Sho’rko’l

Zarafshon

1983

170,0

17,0

14

Qayroq qum

Sirdaryo

1959

4200,0

513,0

15

Chordara

Sirdaryo

1967

5700,0

783,0

16

Uchqo’rg`on

Norin

1961

54,0

3,7

17

Andijon

Qoradaryo

1970

1750,0

60,0

18

Karkidon

Quvasoy

1964

218,0

9,5

19

Kosonsoy

Kosonsoy

1954

160,0

7,6

20

Ohangaron

Ohangaron

1974

339,0

8,1

21

Tuyabo’g`iz

Ohangaron

1966

204,0

20,7

22

Chorbog`

Chirchiq

1978

2000

40,3

23

Xo’jakent

Chirchiq

1977

30,0

2,5

24

G`azalkent

Chirchiq

1988

20,0

1,7

25

Jizzax

Sangzor

1962

73,5

12,5

6-jadval

Orol dengizi suv sathi, suv yuzasi maydoni, suv sig`imi va sho’rligining 1960 yildan keyingi o’zgarishi

Yillar

Suv sathi mutlaq balandligi, m

Maydoni,

103 km 2



Suv sig`imi,

km3



Sho’rligi,

% 0


1960

53,4

66,03

1062

12,2

1970

51,50

61,20

975

14,9

1976

48,27

55,70

730

-

1980

46,30

52,1

675

22,1

1990

37,80

34,8

328

33,2

1991

37,70

35,10

302

-

1994

36,60

32,50

250

40,5

1997

36,60

32,50

250

50

2000

32,60

22,50

160

63,9

2001

32,11

21,10

142

65,1

7-jadval


Orol dengizining turli davrlardagi suv balansi (km 3 /yil)

Hisob davri

(yillar)


KIRIM

Sarf

Farq


Amudaryo va Sirdaryodan quyilgan suv

Yog`in suvi

bug`lanish

1911-1960

56,00

9,10

66,10

-1,00

1961-1970

43,30

8,0

65,40

-14,10

1971-1980

16,70

6,30

55,20

-32,20

1981-1990

3,90

6,20

43,70

-33,60

1991-1994

21,0

4,60

33,60

-8,00

1996-2000

13,66

4,27

22,7

-4,77


Yer osti suvlari. O’zbekiston hududi yer osti suvlarining yetarli zahirasiga ega. Respublikamizda ularning aniqlangan zahirasi sekundiga 1001 m3 ni yoki 1 yilda 31,5 mlrd m3 ni tashkil etadi. Ularning kimyoviy tarkibi va sho’rlanganlik darajasi har xil. Respublikada chuchuk va bir oz sho’rlangan yer osti suvlarining foydalanish mumkin bo’lgan zahirasi sutkasiga 50,6 mln.m3 bo’lib, uning 80 % i, ya’ni 40 mln. m3 i tog` oldi, tog`li yerlarga to’g`ri keladi. Uning yarmi chuchuk yer osti suvlaridir. (8-jadval).

Gidrogeologlar O’zbekiston hududini tabiiy sharoitidan kelib chiqib, 2 ta- tog` oldi, tog` va tekislik gidrogeologik o’lkaga bo’ladilar. Har bir o’lka o’ziga xos yer osti suvlari va to’yinish manbalariga ega.

Respublikaning tog` oldi, tog`li hududi baland tog` tizmalari, past tog`lar, tog`lar oralig`idagi va tog` oldi botiqlaridan iborat. Bularning har birida yer osti suvlarining rejimi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Tog`larda yer yoriqlarida paydo bo’lgan yer osti suvi havzalari vujudga kelgan bo’lsa, tog` oralig`i botiqlarida artezian havzalardan iborat.

Tog`li hududlarda quyidagi 9 ta gidrologik rayon ajratilgan. Bular Chotqol-Qurama, Nurota-Turkiston, Hisor-Zarafshon, Markaziy Qizilqum yer yorig`i suvlari havzasi, Hisorning janubi-g`arbiy qismidagi tog` artezian havzasi, Farg`ona artezian havzasi, Toshkent va Zarafshon artezian havzalari, Surxondaryo artezian havzasi. Tog` oldi va tog`li hududlar tabiiy yer osti suvlari zahirasining umumiy miqdori 650 m3 sekundni tashkil etadi.

Tog` mintaqasida yer osti suvlari yog`in-sochin, yomg`ir, qor muz suvlarining shimilishidan hosil bo’ladi. Suvning shimilish tezligi va miqdori tog` jinslarining litologik tarkibiga, yog`in-sochin miqdoriga bog`liq. O’zbekistonda er osti suvlarining vujudga kelishiga eng qulay sharoit mutlaq balandligi 1500 dan 3000-3500 metrgacha bo’lgan tog`larga to’g`ri keladi, chunki bu balandlikdagi yerlarga yog`in-sochin eng ko’p tushadi. Shuning uchun bu hududlarda yer osti suvining eng ko’p oqim moduli kuzatiladi. Oqim moduli karbonatli jinslarda 1 km2 maydonda 12 l/sek.ni, cho’kindi-magmatik jinslar kompleksida 8-9 l/sek.ni, metamorfiklashgan qumtosh-slanestlarda 3-5 l/sek ni, mezozoy va qaynozoyning terrigen jinslarida 1-3 l/sek. ni tashkil etadi. Mutlaq balandligi 1500 metrgacha bo’lgan joylarda yog`in-sochinning kamayishi va bug`lanishning kuchayishi natijasida oqim moduli keskin kamayib, 0,10 l/sekG`2 dan 1-3 l/sek/km2 gacha miqdorni tashkil etadi. O’zbekistonning tog`laridagi yer osti suvlarining zahirasi 105 m3G`sek bo’lib, uning 31,4 % i Toshkent atrofi rayoniga, 23,8 % i Surxondaryo, 13,5 % i Qashqadaryo, 11,6 % i Zarafshon vodiylariga, 6,7 % i Nurota-Turkiston, 5,25 % i Mirzacho’l, 5,9 % i Farg`ona va 2 % ga yaqini Markaziy Qizilqum gidrogeologik rayonlarga to’g`ri keladi. Yoriq-karst va tog` daryolari o’zanlari ostida shakllangan yer osti suvlaridan xalq xo’jaligida foydalanish mumkin, lekin ulardan ko’p foydalanish tog` oldi, tog` oralig`i hududlarga, tekislikka oqib tushadigan yer usti va yer osti suvlarining miqdoriga salbiy ta’sir etishi mumkin.

8-jadval

O’zbekistonning chuchuk va salgina sho’r yer osti suvlari zahirasi va ulardan foydalanish

(mln m3 G` sut) (O’zbekiston geologiyasi va foydali qazilmalari. T. 1999)



T

R

Gidrogeologik regionlarning nomi


Foydalanish mumkin bo’lgan (hisoblangan) zahira

Tasdiqlangan

(o’rganilgan) foydalaniladigan resurslari



Olinayotgan yer osti suvlari miqdori

Jami


shundan chuchuk

Jami


Chuchuk suv, xo’jalikda, ichishda foy-di.

Jami


Shu jumladan tasdiqlangan resursdan

1

Farg`ona

15,39

9,19

9,90

3,31

12.06

2,09

2

Toshkent atrofi

10,97

2,60

3,68

2,27

4,07

1,,48

3

Mirzacho’l

3,53

1,39

1,37

1,30

3,90

0,21

4

Nurota-Turkiston

0,87

0,37

0,43

0,37

0,51

0,18

5

Zarafshon

6,03

3,56

1,11

1,11

2,70

0,49

6

Qashqadaryo

1,24

1,05

0,59

0,59

0,99

0,33

7

Surxondaryo

4,0

2,26

0,50

0,50

0,92

0,14

8

Buxoro-To’rtko’l

1,65

0,23

0,50

0,17

1,28

0,05

9

Markaziy Qizilqum

0,89

-

0,54




0,26

0,11

10

Sharqiy Qizilqum

0,55

-

-

-

0,01

-

11

Orol bo’yi

1,01

0,04

0,34

-

0,13

0.13

12

Amudaryoning chap qirg`oqbo’yi

4,42

0,06

0,39

-

0,18

-

13

Ustyurt

0,02

-

-

-

-

-




JAMI

50,57

20,95

1935

9,62

26,91

5,21

Tog` oldi mintaqasida grunt va qatlamlararo suvlar asosan yog`in-sochin va baland tog`lardan sizib kelgan suvlar hisobiga shakllanadi. Bu mintaqa yer osti suvlari yer ostidan sizilib borib, pastda joylashgan artezian havzalariga qo’shilib ketadi. Mintaqadagi yer osti suvlari sho’rlik darajasi chuchukdan to sho’rgacha bo’ladi. Chuchuk suvlar asosan shag`alli jinsnlar tarqalgan erlarda uchraydi. Yer osti suvlari ichimlik suv sifatida va chorva mollarini sug`orishda ishlatiladi. Bu mintaqada yer osti suvlari dinamik zahirasining umumiy miqdori 295 m3/sek ni tashkil etadi.

Tog` oralig`i botiqlarida asosan grunt va qatlamlararo suvlar shakllanadi. Ularning sifati, miqdori har bir botiqda har xil. Bu mintaqaning grunt suvlari yog`inlardan, daryo, kanal, ko’l, suv omborlaridan sizgan suvlardan hamda tog` mintaqasidan oqib kelayotgan suvlardan to’yinadi. Botiqlardagi yer osti suvlarining katta qismi pastki hududlarga sizilishga, bug`lanishga sarf bo’ladi. Bu mintaqada yer osti oqimi bo’lgan hududlarda grunt suvlari toza va chuchuk, oqim sust bo’lgan, iqlimi quruq, issiq hududlarda (Markaziy Farg`onada, Mirzacho’lda, Qarshi cho’lida, Quyi Zarafshonda) esa sho’rlangan. Botiqlardagi yer osti suvlari zahirasi unga bo’lgan ehtiyojni bemalol, ancha oshirib qondiradi.

Bu mintaqada yer osti suvlariga eng boy hudud Farg`ona botig`idir. Bu erda to’yinish manbaiga ega va foydalanish mumkin bo’lgan yer osti suvlari miqdori sekundiga 289 m3 ga teng.

Tekislik mintaqasidagi grunt suvlari asosan tog` va tog` oldi mintaqasidan sizib kelayotgan suvlardan, bosim ostida pastki qatlamlardan sizib chiqayotgan yer osti suvlaridan, qisman yer usti suvlarining sizilishidan va yog`in suvlaridan to’yinadi. Tekislikda yog`in kam, bug`lanish katta bo’lganidan ularning grunt suvini to’yintirishdagi salmog`i katta emas. Tekislikda grunt suvining oqimi yetarli darajada bo’lmaganligi hamda bug`lanishning kattaligi yer osti suvlari sifatining yomonlashishiga olib kelgan. Grunt suvlari ichishga deyarli yaroqsiz, tarkibida natriy va xlorid tuzlari ko’p uchraydi.

O’zbekistonning tekislik mintaqasi Amudaryo, Sirdaryo va Ustyurt artezian havzalaridan iborat, ularning tabiiy yer osti suvi resurslarining umumiy miqdori 120 m3G`sekundni tashkil etadi va buning asosiy qismi sug`oriladigan delta tekisliklariga to’g`ri keladi. Chuchuk suvlar yer osti suvi jami miqdorining taxminan 10 % ini tashkil etadi. Ular asosan sug`oriladigan yer, kanal va ariqlardan sizib vujudga keladi, yirik magistral kanallar yoqasida uchraydi.

Artezian suvlar O’zbekistonda ancha chuqurdan-100-400 m va undan ham chuqurdan chiqqanligi sababli suvining sifati hamma erda bir xil emas. Yer yuzasiga yaqin qatlamlar orasidagi suvlar chuchuk, harorati pastroq, chuqurda joylashganlarida issiq, biroz minerallashgan bo’ladi.

O’zbekistonning cho’l mintaqasida joylashgan artezian havzalarida qatlamlararo suvlar qumli yotqiziqlarda uchraydi. Ular ancha sifatli bo’lib, yaylovlarni suv bilan ta’minlashda, kichik vohalarda sug`orma dehqnchilikda ishlatilmoqda. Bu suvlarni (sho’rligi1,5-5,0g/l )maxsus qurilmalar yordamida chuchuklashtirib xo’jalikda va aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda foydalanish ham mumkin. Hozirgi kunda Janubiy Orolbo’yida 100 dan ortiq maxsus qurilmalar yordamida yuqori bo’r yotqiziqlari orasidagi suvlar chuchuklashtirilib, aholi manzillari ichimlik suv bilan ta’minlanmoqda.

O’zbekistonda aniqlangan, tasdiqlangan chuchuk va bir oz sho’r (foydalanishga yaroqli) yer osti suv resurslari miqdori 1993 yil 1 yanvar ma’lumotiga ko’ra sutkasiga 19 mln m3 ni tashkil etgan. Buning deyarli yarmi (sutkasiga 8,9 mln m3) chuchuk suvlardir. Chuchuk suvlarning 95 % i tog`li mintaqaga to’g`ri keladi.

Amudaryo, Zarafshon havzalarida sug`orma dehqonchilik maqsadlarida suv rejimining o’zgartirilishi oqibatida Qoraqalpog`istonda, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi vohalarda chuchuk yer osti suvlari sho’rlanib qoldi.

O’zbekistonda 1994 yil 1 yanvar hisobi bo’yicha sutkasiga 9,6 mln m3 atrofida yer osti suvlaridan sug`orishda, sanoat karxonalarini suv bilan ta’minlashda foydalanilgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda o’rganilgan va zahirasi aniqlangan yer osti chuchuk suvlari respublika aholisining ichimlik suvga bo’lgan ehtiyojining 50 % ni qondirmoqda. Shuning uchun gidrogeologlar oldiga chuchuk yer osti suvlarini qidirib topish, miqdorini aniqlash kabi muhim vazifalar qo’yilgan.

O’zbekiston mineral suvlarga boy. Uning hududida tabiatda uchraydigan mineral suvlarning deyarli hamma guruhlari va turlari aniqlangan. Ular asosan yura, bo’r va uchlamchi davr qatlamlarida turli chuqurlikda joylashgan, turli darajada minerallashgan va har xil haroratga ega. Mineral suvlar tarkibida karbonat angidrit, radon, sulfat gazlari, yod, brom, litiy, bariy, temir va boshqa kimyoviy elementlar bor. Noyob mineral suvlar Toshkent atrofida, Qizilqumda, Zarafshon vodiysida, shuningdek Ustyurt, Buxoro-Qarshi, Surxondaryo va Farg`ona artezian havzalarida aniqlangan. So’nggi yillarda O’zbekistonda 100 dan ortiq mineral manbalar o’rganib chiqildi. Ular asosida o’nlab sanatoriy-kurort, davolash muassasalari, mineral suvlarni qadoqlash, yod ajratib olish zavodlari ishlab turibdi.

Harorati 200S dan yuqori bo’lgan yer osti suvlari termal suvlar hisoblanadi, ularning zahiralari O’zbekistonda anchagina. Ulardan aholini davolashda, issiqlik manbai sifatida foydalaniladi.

O’zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan yer osti suvlari ham mavjud. Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, Ustyurt va Farg`ona artezian havzalaridagi yer osti suvlari tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan miqdordagi rubidiy, steziy, bo’r, germaniy, yod va brom borligi aniqlangan.


Qo’shimcha: Barotov P.

Yer osti suvlari O`zbekiston hududi bo’yicha notekis taqsimlangan. Tekisliklarda oqar suvlar juda ham kam, tog`larda esa sertarmoq daryolar soylar juda ko`p.

Yer usti suvlarining O`zbekistonda bunday notekis taqsimlanishiga asosiy sabab, uning iqlimiy sharoiti va orografik tuzilishidir.

O`zbekiston tekislik qismida quyosh radiatsiyasining katta bo`lishi, havoning quruq va issiq kelishi, yog`inning oz yog`ishi, havo isishi, qor qoplamining qalin bo`lmasligi va uzoq turmasligi, yer yuzasining unchalik nishab emasligi, hamda uning tuproq va geologik tuzilishi, ayniqsa oqar suvlarning hosil bo`lishiga imkoniyat yaratmaydi. Shuning uchun respublikamizning tekislik qismida doimiy oqar suv hosil bo`lmaydi. Bu yerlarda faqatgina taqirli yerlarda qattiq jala yog`ganda, qor birdan eriganda vaqtincha oqar suvlar vujudga keladi. Vaqtincha oqar suvlar va qurib qoladigan soylar O`zbekistonning tog` oldi zonasida va chekka tog` tizmalarida ham juda ko`p.

Tog`lar muhim iqlimiy gidrologik faktordir, eng avvalo ular namlik to`plab beradi, demak, oqar suvlar hamda yer osti suvlarining hosil bo`lishiga qulay sharoit yaratadi. Ammo respublika hududidagi tog`larda O`zbekistonning yer usti suvlarining nisbatan kam qismi vujudga keladi. O`zbekistondagi ko`p daryolarning bosh qismi Tojikiston va Qirg`izistondagi doimiy qor hamda muzliklar ko`p bo`lgan baland tog`larda joylashgan.

O`zbekistonning umumiy bir yillik suv resurslari 99,5 km3ni tashkil etadi. Shundan atigi 12,2 km3 O`zbekiston hududida vujudga keladi, 87,3 km3 chetdan keladi. O`zbekiston daryolari to`yinish manbaiga qarab 4 ta tipga ajratiladi:

1. Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Sox, Isfara kabi daryolari bosh qismi 4500 m. dan baland tog`lardagi muzliklar va doimiy qorlarning erishidan to`yinadi. Natijada ularning suvi iyun, avgust oylarida ko`payib, yillik oqim miqdorining 30- 38 % ni tashkil etadi.

2. Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan to`yinadi. Bu daryolarda suv may, iyun oylarida juda ko`payib ketadi va yillik oqimning 30-40% ini o`tkazadi.

3. Qashqadaryo, Guzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G`ovasoy kabi daryolar balandligi 3400 m dan ortmaydigan tog`lardan boshlanadi. Bu daryolarning suvi ertaroq, ya'ni aprel, may oylarida qorlarning erishi natijasida ko`payadi.

4. O`zbekistonning 2000 m dan past tog`laridan boshlanuvchi Keles, Zominsuv, Sheroboddaryo kabi daryolari, ko`plab soylar qor yomg`ir va yer osti suvlaridan to`yinadi. Shu sababli bu daryolarning suvi erta bahorda mart, aprel oylarida juda ko`payadi va yillik oqimning 80 foizini tashkil qiladi.

O`zbekistonning eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryodir.

O`zbekiston hududi bo`ylab ularning Norin, Qoradaryo, So`x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo daryolar va ularning irmoqlari ham o`tadi. O`zbekistonda mayda doimiy oquvchi yoki qurib qoluvchi soylar asosan tog` va tog` oldilarida keng tarqalgan. Ularning soni Farg`ona vodiysining o`zida 6500 ta, Zarafshonning o`rta oqimida 120 ta dan ortiq.

Ko`llar va suv omborlari, O`zbekistonda nisbatan kam, ular davlatimiz hududi bo`ylab notekis taqsimlangan. Ko`llarning aksariyati kichik ko`llar bo`lib, ular ko`proq daryo vodiylari bo`ylab joylashgan. O`zboshgidrometning bergan ma'lumotlariga qaraganda, 1975 yilda Amudaryo va Sirdaryo havzalarida 5367 ta ko`l bo`lib, ularning maydoni 3705 km2 bo`lgan. Ko`llarning 56,6 % ni tashkil etadi.

O`zbekiston tog`laridagi ko`llar, to`gon va morena ko`llar, tekisliklardagi esa qoldiq ko`llar yoki zovur-drenaj suvlarining to`planishidan vujudga kelgandirlar. O`zbekistonda tektonik yo’l bilan vujudga kelgan eng katta ko`l Orol dengizidir.

O`zbekistonda sun'iy suv havzalari 53 ta suv omborlari va 25 suv omborlari bor. Ular asosan daryo suv rejimining tartibga solib turish, energetika maqsadlarida qurilgan. O`zbekiston suv omborlarida suv zahirasi 17,9 km3 ni tashkil etadi.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling