Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Iqlim elementlarining hududiy va mavsumiy taqsimlanishi


Download 1.52 Mb.
bet7/22
Sana16.06.2020
Hajmi1.52 Mb.
#119409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
O`zbekiston tabiiy geografiyasi


Iqlim elementlarining hududiy va mavsumiy taqsimlanishi. O’zbekistonning tekislik qismi subtropik iqlimli cho’l va mo’’tadil iqlimli cho’l zonalarida joylashgan. Iqlimshunoslar subtropik mintaqa cho’llari bilan mo’’tadil mintaqa cho’llari o’rtasidagi chegarani Ustyurt platosining janubi-Quyi Amudaryo (Chimboy)-Qoratog` yo’nalishida o’tkazadilar. Bu shimoliy (mo’’tadil) va janubiy (subtropik) cho’llar hamda tog`lik hududlar iqlimida katta farqlar bo’lib, ular iqlim elementlarining fasllar bo’yicha taqsimlanishida ko’zga yaqqol tashlanib turadi.

Issiqlikning taqsimlanishi joyning geografik kengligiga, Quyosh radiastiyasi miqdoriga, havo massalarining xususiyatiga va er yuzasining tuzilishiga bog`liqdir. Meteorologik holatning eng asosiy ko’rsatgichi-bu havo haroratidir. O’zbekistonning tekislik qismida havoning yillik o’rtacha harorati chekka shimolda Q8,60 ga, janubda esa Q180 ga teng. Tog`lik hududlarda havo haroratining taqsimlanishiga tog` tizmalarining yo’nalishi, mutlaq balandligi va Quyoshga hamda havo oqimlarining yo’nalishiga nisbatan qanday joylashganligi ta’sir ko’rsatadi. Tog`larda yuqoriga ko’tarilgan sari havo harorati pasayib boradi. Shuning uchun tog`larda havoning yillik o’rtacha harorati tekislikka nisbatan ancha past bo’lib, 2200-2500metrda manfiy ko’rsatgichga ega.

O’zbekistonda eng sovuq oy-yanvarning o’rtach harorati faqat mamlakat janubida 00 dan yuqori: Sherobodda Q3,60, Termizda Q2,80, G`uzorda Q1,90 ga teng. Shimoli-g`arbga borgan sari harorat pasaya boradi va Zarafshon vodiysida 0,20, Mirzacho’l hamda Qizilqumda -20,-40, Xorazm vohasida -50,-70, Ustyurt platosida esa -80,-110 bo’ladi. Tog` oldi hududlarida (500-1200 m. balandlikda) havo harorati pastroq erlardagiga nisbatan iliqroq bo’ladi. Masalan, Urgutda (balandligi 1000 m) yanvar oyining o’rtacha harorati -0,50, Omonqo’tonda (1200 m) -0,60 bo’lsa, Mirzacho’lda -2,30. Tog` oldidan balandga ko’tarila borganda havo harorati yana pasayadi. Masalan, Chimyonda (1438)-4,60, Ko’lsoyda (2100)-5,90 teng.-60li izoterma Hisor tog`larida 2500-3000 metr balandlikdan, G`arbiy Tyanshanning O’zbekistondagi tizmalarida 1800-2500 metr balandlikdan o’tadi. O’zbekistonda Arktika va Sibirdan sovuq havo massalari kirib kelganda havo harorati qishda juda ham pasayib ketadi. Mutlaq past harorat Toshkent-Mirzacho’l hududida -280dan -350 gacha, Farg`ona vodiysida -230dan -310 gacha, Turkiston-Nurota tog`larida -280 dan -350 gacha, Zarafshon vodiysida -240dan -350 gacha , Qashqadaryo vohasida -230 dan -270 gacha, Quyi Amudaryoda -290 dan -320 gacha, Ustyurtda esa -370 gacha etadi. Qishning davom etishini bilish qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan ayniqsa katta ahamiyatga ega. (1-jadval)

O’rta Osiyoda qishning chegarasini sutkalik haroratning bahorda va kuzda Q50 dan o’tgan sana oralig`idagi kunlar bilan hisoblanadi. Sutkalik o’rtacha haroratning Q50 dan pasayishi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun noqulay. Lekin ayrim mutaxassislar haqiqiy qish chegarasini sutkalik havo haroratining 00 dan bahorda va kuzda o’tgan sanalari orasidagi kunlar bilan hisoblaydilar. Haqiqiy qishda o’simlikning o’sishi va rivojlanishi butunlay to’xtaydi.


1-jadval

Sovuq davrning davomiyligi kunlarda

(L.N.Babushkin bo’yicha, 1981)


Geografik kenglik

Hudud

Q50 dan past bo’lgan davrning o’rtacha davomiyligi

00 dan past bo’lgan davrning o’rtacha davomiy

ligi

450

Ustyurt

150-155

120-125

40-410

Qizilqumning markazi va Buxoro vohasi

100-110

40-55

38-390

Qashqadaryoning quyi qismi

65-85

0-10

37-380

O’zbekistonning janubiy chekka qismi

45-60

0

O’zbekistonda ayrim yillari qish iliq keladi va o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi to’xtamaydi. Bunday davrni L.N.Babushkin «vegitastiyali qish» deb atagan. L.N.Babushkin ma’lumotiga ko’ra, vegitastiyali qish hamma qishlarning Churukda, Mo’ynoqda, Nukus va Qo’ng`irotda 0 % ni, Urganchda 9 %, Tomida 16 %, Shafrikonda 41 %, Qorako’lda 55 %, Toshkentda 45 %, Chorvoqda 31 %, Mirzacho’lda 33 %, Samarqanda 54 %, Jizaxda 45 %, Navoiyda 53 %, Qo’qonda 34 %, Farg`onada 28% %, Andijonda 21 %, Qarshida 56 %, Kitobda 66 %, G`uzorda 80 %, Termizda 94 % va Sherobodda 100 % ini tashkil etadi.

Yozning xususiyatlarini aniqlashda musbat haroratlar yig`indisini, sovuqsiz kunlar sonini bilish katta ahamiyatga ega. O’zbekistonda yoz eng uzoq davom etadigan fasl bo’lib, u respublika tekislik qismining janubida 160 kungacha, shimolida 105-107 kungacha davom etadi. Yozning eng issiq oyi-iyulda havo haroratining mamlakat tekislik qismida taqsimlanishi ko’proq kenglik zonalligi qonuniyatlariga bo’ysinadi. Lekin haroratga er yuzasini qoplagan tog` jinslari, ularning tarkibi, suv havzalarining bor-yo’qligi, hududning o’simlik bilan qoplanganlik darajasi ham ta’sir etadi. Tog`li hududlarda yozgi havo haroratining taqsimlanishiga geografik kenglikning ta’siri ikkinchi darajasli bo’lib qoldi, harorat ko’proq balandlikka bog`liq bo’lib qolib, balandlik mintaqalanishi namoyon bo’ladi.

Yoz oylarida O’zbekiston hududini mahalliy issiq tropik havo qoplab oladi. Iyul oyining o’rtacha harorati mamlakat tekislik va tog` oldi hududlarida 25-310 orasida bo’ladi. Termiz va Sherobodda 310 -320 ga etadi. 300 li izoterma Qizilqumning markaziy rayonlarini o’rab turadi, Qashqadaryo va Zarafshonning quyi oqimida harorat 29-310, Farg`ona vodiysida 26-280, Quyi Amudaryoda 25-280, Ustyurtda 270 atrofida bo’ladi.

Yoz oylarida havo asosan iyun-iyul oylarida peshin paytida nihoyatda qizib ketib, mutlaq yuqori harorat tekislik va tog` oldilarida 42-470 gacha ko’tariladi, 2000-2200 m balandlikda 30-320, 3000 m balandlikda 20-220 ni tashkil etadi.

L.N.Babushkinning ma’lumotiga ko’ra, 1912 yilning 8 iyulida Termizda havoning harorati 500, 1915 yili 21 iyulda 49,50 ga etgan. Janubiy hududlarda tuproq usti harorati 60-650 bo’ladi, ayrim paytlarda 70-750 gacha ko’tariladi, Sho’rchida esa 790 ga etgani kuzatilgan.

Yuqori havo harorati sug`oriladigan erlarda issiq sevar o’simliklarning o’sishiga, erta hosilga kirishiga imkon beradi, lekin yuqori harorat havodagi va tuproqdagi namning kamayishiga sababchi bo’ladi, odam sog`lig`iga salbiy ta’sir etadi.

Respublikamizda ekinlarga ancha zarar etkazadigan kechki bahorgi va ertangi kuzgi sovuqlar bo’ladi. Vegetastiya davrida havo yoki tuproq haroratining qisqa muddat 00 dan pasayib ketishi, ba’zan -1,5, -20 ga tushib qolishi natijasida g`o’za va poliz ekinlarini, mevalarini sovuq uradi, ba’zi joylarda ular butunlay nobud bo’ladi.



Havoning namligi. O’zbekiston iqlimi uchun xos xususiyatlardan biri hududining qurg`oqchilligidir. Qurg`oqchilik joyning yog`in-sochin bilan kam ta’minlanganligiga ko’proq bog`liqdir. Bu esa o’z navbatida havoning qanchalik namligi bilan belgilanadi.

Havodagi suv miqdorini ko’rsatuvchi mutlaq namlik O’zbekistonda yozda qishdagiga nisbatan ko’proq. U qishda respublikamiz shimolida 3-4 mb, janubida 5-6 mb bo’lsa, yozda Amudaryo deltasida 16-25 mb ni, Qizilqumda 10 mb ni tashkil etadi. Balandga ko’tarilganda ham havoning sovushi hisobiga uning mutlaq namligi kamayib boradi.

O’zbekistonda yoz oylarida havoning nisbiy namligi ancha kam, 30 -50% ga teng. Lekin qishda haroratning pasayishi va yog`ingarchilik ko’p bo’lishi natijasida tekisliklarda va tog` oldilarida 65-80 % ni tashkil etadi. Tog`larda nisbiy namlik kamroq, 50-60 % atrofida bo’ladi.

Nisbiy namlik 30 % dan kam bo’lgan kun qurg`oqchil kun hisoblanadi. O’zbekistonning tekislik cho’l zonasida shunday ko’nlar 200 ga etadi, tog` oldilarida 120-180 kundan oshmaydi.



Yog`inlar. O’zbekistonga yog`in-sochinni Atlantika okeani ustida shakllangan nam havo massalari olib keladi. Yog`in-sochin miqdori O’zbekiston hududida joyning qaysi kenglikda joylashganligiga, tog` tizmalarining qanday joylashganligiga, yonbag`irlari ekspozistiyasiga, joyning mutlaq balandligiga va boshqa orografik xususiyatlariga bog`liq ravishda notekis taqsimlangan.

Eng kam yog`in 80-100 mm dan kam bo’lib, respublikaning shimoli-g`arbiy tekislik qismida-Qizilqumda, Quyi Amudaryoda hamda Farg`ona vodiysining g`arbiy qismida kuzatiladi. Janubi-sharqqa tomon yog`in miqdori asta-sekin orta borib, tekisliklarda 100-200 mm ga, tog` oldilarida esa 200-400 mm ga, tog`larda 800-900 mm ga etadi. O’zbekistonning tog`li hududlari orasida o’rtacha yillik yog`in miqdorining ko’pligiga ko’ra Ugam, Qorjantog`, Piskom va Farg`ona tizmalarining g`arbdan va janubi-g`arbdan kelayotgan nam havo massalariga ro’para yonbag`irlari ajralib turadi. 1137 m mutlaq balandlikda joylashgan Oqtoshda o’rtacha yillik yog`in miqdori 895 mm ga Humsonda 879 mm ga Chimyonda 787 mm ga teng. Qashqadaryo vodiysining sharqiy qismi, Surxon-Sherobod vodiysida Hisor tog` tizmasining shimoli-sharqiy qismiga ham yog`in ko’p tushadi.

O’zbekistonda yog`ingarchilik asosan kuz-qish-bahor oylariga to’g`ri keladi. Yozda esa uning miqdori keskin kamayib, yillik yog`in miqdorining respublikamiz janubida 2-3 % ini, shimolida esa 5-10 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda eng sernam fasl bahor. Yillik yog`inning 40 % bahorga, 30 % qishga va 15-20 % kuzga to’g`ri keladi. Mart-aprel O’zbekistonda eng sernam oylar hisoblanadi. O’zbekistonning mo’’tadil iqlim mintaqasida joylashgan Ustyurtda yillik yog`in yil fasllari bo’yicha deyarli bir tekis taqsimlangan. Masalan, Churuk meteostanstiyasida qishda yog`inning 17 % i, bahorda 34 % i, yozda 23 % i va kuzda 26 % i yog`adi.

Yilning sovuq davrida O’zbekistonda yog`in-sochin yomg`ir va qor shaklida yog`adi. Qor respublikamizning chekka shimoliy qismida yillik yog`inning 50 % ni, janubida esa 10-15 % ni tashkil etadi. Toqqa ko’tarilgan sari qorning salmog`i ham, qalinligi ham ortib boradi.

Qor qoplami O’zbekistonning shimolida qish oylarining deyarli yarmida saqlanib turadi. Janubga borgan sari qor qoplamli kunlar kamayadi. Respublikamiz janubda esa ayrim sovuq kelgan qishlarni hisobga olmaganda qor qoplami deyarli kuzatilmaydi. Tog`larga ko’tarilgan sari qor qoplamining qalinligi va saqlanish muddati ortib boradi. Tekisliklarda qor qoplamining qalinligi 5-10 sm bo’lib, ayrim hollardagina 20-30 sm dan oshadi. G`arbiy Tyanshanda 1200-2000 m mutlaq balandlikda qorning qalinligi 90-100 sm ni, ba’zi sernam qish oylarida 1,5-2,0 m ni tashkil etadi.

Shamollar. O’zbekiston hududida asosiy shamollarning yo’nalishi fasllarga qarab farq qiladi. Respublikaning shimoliy tekislik qismida qish oylarida shamollar ko’proq shimoli-sharqdan esadi. Janubga tomon shamollar yo’nalishi o’zgarib, avval sharqdan, so’ngra janubi-sharqdan esadi. Bunga qishda yuqori bosim markazi-Markaziy Osiyo (Sibir) antistikloni sabab bo’ladi. Yozda asosiy shamollar yo’nalishi O’rta Osiyo janubi va Hindistonning shimoli-g`arbidagi past bosim markazlarining tarkib topishi natijasida o’zgaradi.

Yozda O’zbekiston hududi Turon termik depressiyasi ta’sirida bo’lganda shamol asosan shimoli-g`arbdan, g`arbdan va shimoli-sharq tomonlardan esadi. Respublikamizning sharqiy tog` oldi va tog`li hududlarida shamolning yo’nalishiga relef katta ta’sir ko’rsatadi. Bu erlarda asosan sharqiy, janubi-sharqiy shamollar ko’p esadi. Bu hududlarda tog`-vodiy, fyon kabi mahalliy shamollar ko’proq bo’ladi.

O’zbekistonda shamolning o’rtacha tezligi umuman olganda katta emas. Tekisliklarida shamol tezligi sekundiga 3-4 metr atrofida bo’lsa, tog` oldi va tog`larda sekundiga 3 metrdan kamroqdir. Shamolsiz kunlar ham ko’p, ayrim joylarida bu ko’rsatkich yilning yarmidan ko’prog`iga to’g`ri keladi. Kuchli shamollar respublikamizda tog` oraliq botiqlaridan tekislikka chiqish joylarida kuzatiladi. Farg`ona vodiysidan «Xo’jand darvozasi» orqali Mirzacho’l tomon «Bekobod» yoki «Hovos» shamoli esadi. U yiliga o’rta hiobda 52 kun kuzatiladi. Darvoza orqali Mirzacho’ldan Farg`ona vodiysi tomonga esuvchi shamolga «Qo’qon» shamoli deyiladi. Bu shamol yiliga o’rta hisobda 53 kun kuzatiladi. «Bekobod» shamoli asosan qishda, ya’ni darvozadan g`arbda bosim past, sharqda, Farg`ona vodiysida yuqori bo’lganda esadi, shamolning tezligi sekundiga 30-40 metrgacha etadi. Yozda shamolning tezligi kamroq, sekundiga 15-25 metr atrofida bo’ladi. Xo’jand darvozasining har ikkala tomonida yiliga o’rta hisobda 40-60 kun kuchli shamol esadi.

Tog`-vodiy shamoli respublikamizning barcha vodiylarida kuzatiladi, ayniqsa Chirchiq-Ohangaron vodiysida barqaror bo’ladi. Tog`-vodiy shamoli tekislik va tog`dagi havo bosimidagi farqdan kelib chiqib, kunduz kuni vodiy bo’ylab toqqa, tunda esa tog`dan pastga tomon esadi.

Respublikamizning tog` oldi hududlarida qish va bahor oylarida tog`dan pastga qarab esadigan iliq, quruq fyon shamoli xosdir. Stiklon past bosimli bo’lganidan havoning tog` vodiylari bo’ylab pastga tushishiga sabab bo’ladi. Pastga tushayotgan havo zichlashib, har 100 metrda o’rta hisobda 10 ga isiydi. Havoga ko’tarilgan chang zarrachalari Quyosh nurida qizib, ular ham havoning isishiga sabab bo’ladi. Bu hodisa «Voeykov effekti» deb ataladi. Qishda fyon shamoli esganda, masalan, Chirchiq vodiysida havo to’satdan isib ketib, harorat +200gacha ko’tariladi va bunday holat 3-4 kun davom etadi.

Yoz va bahorda esadigan kuchli, issiq, quruq shamol garmsel deyiladi. U Qizilqumda qizigan quruq havoning atrofga esishidan hosil bo’lib, bahor va yozda kuzatiladi. Tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Garmsel esganda havo harorati keskin ko’tarilib, 400 dan oshadi, nisbiy namlik 5-10 % gacha pasayadi, ba’zan quyuq to’zon ko’tariladi. Jazirama issiq va tuproqda nam etishmasligi natijasida ekinlar quriydi. Ayrim hollarda chang bo’ronlari ko’tarilib, havo xiralashadi, nafas olish qiyinlashadi. Bunday hodisa Farg`ona vodiysida, Samarqand va Buxoro viloyatlarida yiliga o’rta hisobda 10-15, boshqa erlarda 4-10 marta kuzatiladi.

Surxondaryo viloyatining eng janubida tez-tez kuzatiladigan g`arbiy va janubi-g`arbiy kuchli shamolni «Afg`on» shamoli deyiladi. Bu shamolning paydo bo’lishi sovuq havoning O’rta Osiyo tekislik qismiga bostirib kirishi va sovuq frontning yaqinlashishiga bog`liq. Shimoldan kelgan havo sovuq, zich va og`ir bo’lganligidan janubdagi Parapamiz tog`laridan o’ta olmay, tekisliklarda to’planib, yuqori bosim markazi vujudga keladi. Hisor va Ko’hitang tog`lari bilan to’silgan Surxondaryo, Kafirnihon, Vaxsh havzalarida esa havo iliq, bosim past bo’ladi. Shunga ko’ra, bu hududlarga qarab kuchli g`arbiy va janubi-g`arbiy shamollar esadi. Termiz yaqinida «Afg`on»shamoli yiliga o’rta hisobda 16 kun esadi. Bu shamol tog`lardan oshib tushib, qishda iliq havo, boshqa vaqtlarda esa issiq havo keltiradi. Uning tezligi ayrim vaqtlarda sekundiga 15-20 m ga etadi, qum va changni to’zitadi, ba’zan havoni shu qadar xiralashtiradiki, 100-200 metr naridagi xech narsani ko’rib bo’lmaydi. Bu shamol bahorda esganda qishloq xo’jaligiga juda katta zarar etkazadi.

O’zbekistnda kuzatiladigan iqlimning noqulay xususiyatlariga qishki qattiq sovuqlar, kuzda sovuqning erta tushishi, bahordagi kechki sovuqlar, jala yomg`irlar, do’llar, qalin qor yog`ishi va yaxmalaklik, yozgi jazirama issiqlar, kuchli shamollar, chang-to’zon ko’tarilishi, issiq shamol (garmsel) va boshqalar kiradi.



Yil fasllari. O’zbekiston o’zi joylashgan kengliklardagi boshqa hududlarga nisbatan bu erda yoz ancha issiq, qish esa sovuqroq bo’lganidan yil fasllari bizda o’zgachadir. Fasllarning boshlanish va tugash muddatilari, ob-havosi o’ziga xos. Xususan yoz uzoq -4-5 oy davom etadi, qish esa qisqa, beqaror bo’ladi.

Bahor. O’zbekistonda sutkalik o’rtacha harorat Q50dan Q200 gacha oraliqda o’tgan kunlar bahorga to’g`ri keladi. Respublikamizda bahor martda emas, fevral oyi oxirida boshlanadi. Mutaxassislar O’zbekistonda sutkalik o’rtacha harorat Q50 dan oshgan kunni qishning oxiri va bahorning boshi, sutkalik harorat Q200 dan o’tgan kunni bahorning oxiri, yozning boshlanishi deb hisoblaydilar. Bahorda respublikamizda yillik yog`inning 30-50 % yog`adi, martda havoning sutkalik o’rtacha harorati Q10-150 ga, aprelda Q200 ga etadi. Quruq davrning boshlanishi Ustyurtda 15G`IV ga, Quyi Amudaryoda 6-14G`IV, Qizilqumda 30G`III-17G`IV, Quyi Zarafshonda 6-14G`IV, Qashqadaryoda 29G`IV-28G`V, Surxandaryoda -28G`Vga to’g`ri keladi. Shu davrdan cho’l efemer o’simliklarining vegetastiya davri tugaydi. Bahorda umuman sovuq kunlar kam bo’ladi. Lekin ba’zida bahorning birinchi yarmida stiklonlar tufayli ob-havo o’zgaradi. Issiq kunlardan keyin to’satdan sovuq bo’lib, qor yog`ishi, havo harorati 00 dan pasayishi mumkin. Mayning ikkinchi yarmidan boshlab respublikaning hamma joyida kun taxminan bir xil isiydi, yog`inlar to’xtaydi va shu vaqtdan haqiqiy yoz boshlanadi.

Yoz O’zbekistonda havoning o’rtacha sutkalik harorati Q200 dan oshganda boshlanib, Q200 dan pasayganda tugaydi va kuz boshlanadi. Yoz may o’rtasidan oktyabr oyigacha cho’ziladi va respublikamiz janubida 160 kun, shimolida 110 kun davom etadi. Yoz oylari jazirama issiq, qurg`oqchil va barqaror bo’ladi, bulutsiz, jazirama issiq kunlar iyul-avgust oylarida ayniqsa ko’p kuzatiladi.

Ustyurtda iyulda havoning o’rtacha harorati 26,8-28,50, Qizilqumda 29-30-310, Surxondaryoda 27,5-320 ni tashkil etadi. Yozda Ustyurtdan tashqari tekisliklarda yog`in juda kam yog`adi, ayrim yillarda mutlaqo yog`maydi. Eng quruq oy-avgust.

O’zbekistonda sutkalik o’rtacha havo harorati Q200 bilan Q50 oralig`i kuzga to’g`ri keladi. Kuz oktyabr oyidan boshlanadi. Shu oydan kun sezilarli darajada qisqaradi, havo salqinlasha boshlaydi. Oktyabrda havoning o’rtacha harorati iyuldagidan 12-150 past bo’ladi. Shimoldan sovuq havo massalari kirib kelgan paytlarda kechalari sovuq tushib, harorat 00 gacha pasayadi, shudring, ba’zan qirov tushadi. Sutkalik o’rtacha harorat 50 dan pasaygan kun kuzning oxiri va qishning boshi deb hisoblanadi, chunki shu vaqtdan boshlab o’simliklarning vegetastiya davri tugaydi.

Kuzda yillik yog`inning 10-20 % yog`adi. Fasl oxiriga borib sovuq kuchayada, havoda bulut ko’payadi, yomg`ir-qor yog`ib, ayrim joylarda qor qoplami vujudga keladi. Respublikamizda qish sutkalik o’rtacha havo harorati kuz va bahorda Q50 dan pasaygan kunlar orasidagi davr, haqiqiy qish esa sutkalik o’rtacha havo harorati kuz va bahorda 00 dan pasaygan kunlar orasidagi davr deb hisoblanadi. Qish dekabr, yanvar, qisman fevral oylariga to’g`ri keladi. Lekin qishda ham sovuq kunlar iliq kunlar bilan almashinib turadi. Respublikamiz janubida qish iliq bo’lib, barqaror emas, ayrim yillardagina haqiqiy qish bo’lishi mumkin.

Arktika va Sibirdan sovuq havo massasi kirib kelganda respublikamiz ob-havosi keskin sovuydi, shimoli-g`arbiy qismida qishki sovuqlar uzoq davom etadi. Baland tog`larimizda qish sovuq bo’lib, 3-4 oy ga cho’ziladi, qor ko’p yog`adi. Respublikamizda yillik yog`in miqdorining 25-40 % qish oylariga to’g`ri keladi.

O’zbekistonning tekislik qismi subtropik iqlimli (janubiy) cho’l va mo’’tadil iqlimli (shimoliy) cho’l zonalarida joylashgan. Bu shimoliy va janubiy cho’llar iqlimida sezilarli farq bo’lib, ular yilning iliq va sovuq davrlarida ko’zga yaqqol tashlanib turadi.

Ustyurt qishda Sibir antistikloni ta’siri doirasida bo’lgani uchun qish qattiq bo’lib (yanvarning o’rtacha harorati -60 dan -8,50 gacha, haroratning mutloq minimumi -380), haqiqiy qish 118-130 kun davom etadi, sovuq kunlar ko’p bo’ladi va qor qoplami uzoqroq (30-120 kun) yotadi. Markaziy Osiyo antistiklonining ta’siri Ustyurt ustida oktyabr oyida sezila boshlaydi. Antistiklonning ta’siri asta-sekin ortib, havo harorati pasaya boradi va yanvar, fevral oylarida harorat eng past bo’ladi. Ustyurtda yillik yog`in miqdori fasllar bo’yicha deyarli bir tekis taqsimlangan.

Nukus geografik kengligidan janubda joylashgan janubiy cho’llarda qish Ustyurtdagidan farq qiladi. Bu hududda stiklonlarning tez-tez qaytalanib turishi qishning janubga borgan sari yumshoq bo’lishiga va qishda ob-havoning tez-tez o’zgarib turishiga sabab bo’ladi. Janubiy cho’llarda qor qoplami Sibir antistikloni turib qolgan davrdagina saqlanib turadi va uning turishi 20-30 kundan oshmaydi. Yanvarning o’rtacha harorati janubda 00 dan yuqori bo’ladi. Sherobodda Q3,60 ni, Termizda Q 2,8 0, G`uzorda Q1,9 0 ni tashkil etadi.

Janubi-g`arbdan O’rta Osiyoga iliq tropik havo kirib kelganda janubiy O’zbekistonda hatto qish oylarida havo harorati Q200 gacha ko’tarilib ketadi. Janubiy cho’l mintaqasida qish ancha iliq, harorat ancha baland bo’lishiga qaramasdan Sibirdan antistiklon havosi kirib kelganda eng past harorat shimolida -320 gacha, janubda esa -200, -250 gacha tushib ketgani kuzatilgan.

Yilning iliq davrida ham janubiy va shimoliy cho’llar ob-havosi bir-birlaridan farq qiladi. Janubiy cho’lda aprel oxiri va may boshlarida stiklon jarayonlari susayib, mayning ikkinchi yarmidan boshlab ochiq, issiq va quruq ob-havo tarkib topadi. Yozga chiqib harorat juda ko’tariladi. Bulutsiz kunlar soni ko’p bo’lganidan Quyosh energiyasining kelishi kuchayadi va juda quruq kontinental tropik havoning shakllanishiga imkon tug`iladi.

Iyul oyining o’rtacha harorati janubiy cho’l zonasining shimolida 260-270 bo’lsa, janubida 310-320 ni tashkil etadi.

Shimoliy cho’llarda yoz janubdagiga nisbatan qisqaroq, havo va tuproq usti harorati pastroq bo’ladi, nisbiy namlik esa ayrim vaqtlarda yog`in-sochinning vujudga kelishi uchun etarli darajada bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati shimolida Q26,80 bo’lsa, janubida Q 28,5 0 ni tashkil etadi, eng yuqori harorat Q 440 dan oshmaydi. Yillik yog`inning 17-23 % i yoz oylariga to’g`ri kelsa ham, lekin nam etishmaydi.

Ma’lumki, odamning hayotida, normal yashashida tabiiy iqlim omillarining roli juda katta. Masalan, subekstremal va ekstremal haroratli sharoit odam organizmida fiziologik va hatto patologik o’zgarishlar kompleksining vujudga kelishiga sabab bo’ladi.

Odam organizmi uchun eng qulay havo harorati Q160 dan Q260 gacha deb hisoblanadi. Bunday haroratda odam dam olib o’tirganda tana harorati, yurakning urishi, terning ajrab chiqishi fiziologik normada saqlanib qoladi.

Havo haroratining Q400 ga ko’tarilishi odam tanasi haroratining 1,70S ga, yurak urishini 28 % ga, ter ajralib chiqishining deyarli 100 % ga oshishiga sabab bo’ladi. Bunday holatda odam organizmining funkstional holati keskin zo’riqadi.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling