Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Tog` oldi rayonlar va tog`lar relyefi
Download 1.52 Mb.
|
O`zbekiston tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston i q limi.
- O’zbekistonning geografik o’rni va Quyosh radiastiyasi.
- Ye r yuzasi holatining O’zbekiston iqlimi shakllanishidagi roli.
- Atmosfera stirkulyastiyasining O’zbekiston iqlimining tarkib topishidagi roli.
- Joy relyefining iqlimga ta’siri.
- O’zbekistonda iqlimiy sharoit insonning faol xo’jalik faoliyatiga ham bog`liqdir.
Tog` oldi rayonlar va tog`lar relyefi.O`zbekiston tog`lari Tyanshan va Oloy tog` sistemalarining tarmoqlaridir. Toshkent viloyati hududida shimoli-sharqdan janubi-g`arbga tomon bir-biroviga parallel cho`zilgan Chotqol, Qurama, Pskom va Ugom tog`lari Tyanshan tog` sistemasiga, respublikaning sharqiy va janubiy qismidagi Turkiston, Zarafshon va Hisor tog`lari esa Oloy tog` sistemasiga kiradi. Tyanshan tog` sistemasining g`arbiy qismida geograafik kenglik bo`ylab cho`zilgan eng oxirgi tizma Talas Olatovidir. Talas Olatovi g`oyat keng va murakkab tog` tizmasi bo`lib, bir qancha tarmoqlarga bo`linib ketadi. Bu tarmoqlar o`z navbatida yana bir necha mustaqil tizmalar va baland platolardan iborat. Bular Qorjantog`, Ugom, Pskom, Sandalash, Chotqol, Qurama tog` tizmalaridir, Mo’g`iltog` va Ohangaron platosi Talas Olatovining oxirgi tarmoqlaridir. Talas Olatovi va uning bu yuqorida aytilgan tarmoqlari G`arbiy Tyanshan deb yuritiladi. Respublikamizdagi Qorjantog`, Ugom, Pskom, Chotqol, Qurama, Farg`ona, Turkiston, Morguzar, Nurota, Hisor, Zarafshon va Qizil-qumdagi past tog`lar Tyanshan va Oloy tog` sistemasining tarmoqlaridir. Tog` tizimlari orasida Farg`ona, Mirzacho`l, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi botiqlar vujudga kelgan. Talas Olatovining g`arbidagi eng chekka tarmog`i Ugom tizmasi bo`lib, bu tizma Pskom va Ugom daryolari hamda Aris daryosi bilan Pskom orasidagi suv ayirg’ichdir. Ugom tizmasi janubi - g`arbdan shimoli- sharqqa qarab Pskom daryosi quyilish joyidan Oqsuv daryosi boshlanish joyidagi Manas tog` tugunigacha cho`zilib boradi. Ugom tog`larining o`rtacha balandligi 3000-3500m, eng baland yeri shimoli-sharqidagi Sayram cho`qqisi 4229 m. bo`lib Qozog`iston hududidadir. Tizmaning eng baland qismlari shimoli - sharqidadir. Onao`lgan daryosining boshlanish joyida kichik-kichik muzlik va qor uyumlari bor. Pskom va Ugom daryolarini tarmoqlari shu muzlik va qorlardan boshlanadi. Ugom tizmasining bir necha tarmog`i bor, g`arbiy yon bag`irning o`rta qismidan ajralib chiqqan Qorjantog` tizmasi uning eng katta tarmog`idir. Qorjantog` tizmasi bo`ylab O`zbekiston bilan Qozog`iston chegarasi o`tgan Ugom, Bodom va Kalas daryolari orasidagi suvayirg`ichdir. Qorjantog` yemirilib pasaygan tog` bo`lib, o`rtacha balandligi 2000 m. Janubidagi eng baland Mingbuloq cho`qqisi 2834 m. ga yetadi. G`arbiy yon bag`rida 600-800 m. baladliklardagi platolar Sirdaryoga qarab pasayib boradi. O`zbekistonga qarashli bo`lgan Sharqiy yon bag`ri kambar bo`lib, Ugom vodiysi ustidan tik ko`tarilib turadi. Ugom tizmasining ikkinchi tarmog`i uning shimoli-sharqidan ya'ni Onao`lgan daryosining boshlanish joyidan ajralib chiqqan Tuproqbel tog`idir. Bu tog` janubi-sharqqa tomon cho`zilib Ugom tizmasini Pskom tizmasi bilan qo`shib turadi. Talas Olatovining ikkinchi yanada balandroq tarmog`i Ugom tizmasiga parallel holda turgan Pskom tizmasidir. Bu tizma Pskom va Chotqol daryolari havzasini bir-birovidan ajratib turadi. Pskom tizmasini faqat g`arbiy yonbag`ri O`zbekistonga qaraydi. Bu yonbag`ir kambar ko`pincha qoyali bo`lib Pskom vodiysi ustida tik ko`tarilib turadi. Talas Olatovining eng katta tarmog`i-Chotqol tizmasidir. Chotqol tizmasi Sirdaryoning o`ng irmoqlari bo`lgan Chirchiq havzasi bilan Ohangaron, Kosonsoy, G`ovasoy, Chodoqsoy kabi daryolarning havzalari orasida suvayirg`ichdir. Bu tizmasining janubi-g`arbi qisqa va past qismi hamda undan ajralib chiqqan kichik tarmoqlarigina O`zbekiston hududiga kirib kelgan. Chotqol tog` tizmasi Chapchama tog` uzelidan g`arbga birmuncha past tizmalarga va tekis baland platolarga aylanib, tekisliklar orqali Chirchiq vodiysiga tushib boradi. Bu yerda katta Chimyon (3277 m.) va Qizilnura (3533 m.) tog`lari, Maydontol (2000 m.), Palatxon (2744 m) va Ohangaron platolari bor. Chotqol tizmasining tarmoqlari orasidagi baland tekis yerlardan biri, Qizilnura massivi bilan Qurama tog`lari orasida asosan otqindi jinslardan tuzilgan Ohangaron platosi joylashgan. Uning o`rtacha balandligi 2000 m. Tog`ga tutashgan sharqiy qismi balandlashib 3000 m. ga yetadi, g`arbda esa 300-400 m. tekislikka aylanadi. Platoning o`rta qismidan Ohangaron daryosi oqadi. Ohangaron va G`ovasoyning bosh qismida daralar ko`p. Chotqol tizmasidagi Chapchama tog` uzelidan janubi-g`arb tomonga uzunligi taxminan 170km. keladigan Qurama tizmasi ajralib chiqqan. Bu tizma Farg`ona vodiysi tomon oqib tushadigan daryolar bilan Ohangaron daryosi havzasi orasidagi suvayirg`ich O`zbekiston va Tojikiston orasidagi chegara ham shu tizma bo`ylab o`tgan. Qurama tizmasining o`rtacha balandligi 2000m, eng baland nuqtasi 3745 m. Qurama tizmasining janubi-g`arbidan qoyali Mo’g`iltog` massivi ajralib chiqqan, bu massivning uzunligi taxminan 35 km. bo`lib Sirdaryoga borib taqaladi. Sirdaryoning Bekobod ostonalari Mug`iltog` massivining qattiq jinslaridan paydo bo`lgan. Hozir bu yerda Farxod GESi qurilgan. Mug`iltog`ning o`rtacha balandligi 1500-1800 m. eng baland nuqtasi 2100m. Mug`iltog` qirrasidan O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi chegara o`tadi. G`arbiy Tyanshandagi bu tizmalarning yadrolari granit, siyenit va profirlardan tuzilgan. Bu jinslar paleozoy erasi ohaktosh, qumtosh va slanes kabi cho`kindi jinslari orasiga kirib kontakt zona hosil qilib, polimetal rudalar, volfram, molibden, mishyak, oltingugurt, flyuorit va boshqalar paydo bo`lgan. Tizma Alp burmalanishida qayta ko`tarilib parchalanib ketdi. Natijada bo`lak-bo`lak tog` massivlari, platolar va botiqlarni hosil qildi. Botiqlardan biri Xo`jakent bilan Burchmulla orasida Chorbog` botig`idir. To`rt tomonini tog`lar bilan o`ralgan Chorbog` tekisligi Chotqol, Pskom, Ko`ksuv, Chimyonsoy va boshqa daryolarning oqiziqlaridan hosil bo`lgan tor Chorbog` darasida to`gon qurilib, GES qurilgan. Chorbog` botig`ida 2 mlrd. m3 suv to`planadigan suv ombor vujudga kelgan. Tog`lar orasidagi katta vodiylardan Ugom, Pskom, Ko`ksuv, Chotqol, Chimyonsoy vodiylarni ko`rsatish mumkin. Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalarining faqat g`arbiy tarmoqlari O`zbekistondadir. Eng shimolda sharqdan g`arbga qarab Turkiston tizmasi cho`zilgan. Bu tizmani g`arbiy past qismi O`zbekistonga qaraydi. Bu tizma Farg`ona vodiysini janubi - g`arbiy tomondan o`rab turadi. Uning vodiyga qaragan shimoliy yon bag`ri keng. Turkiston tizmasi paleozoy qumtoshlaridan, slaneslardan, ohaktosh va boshqa jinslardan tuzilgan. Turkiston tizmasi O`ratepa meridianidan g`arbga tomon pasayib borib, Samarqandga 30-40 km qolganda baland platolarga aylanib ketadi. Turkiston tizmasidan shim. g`arbga qarab Morguzar, g`arbga qarab Chumqor tog`lari ajralib chiqqan. Morguzar tog`lari Guralash dovonidan (2500m) Sangzor daryosi darasigacha cho`zilib boradi. Daraning chap tomonidan Nurota tog`lari davom etadi. Bu ikkala tog` orasida Sangzor darasi Temurlang yoki Ilono`tdi darvozasi deb ataladi. Morguzar tog`ining eng baland sharqida bo`lib 2622 m. Morguzar tog`idan janubda unga parallel holat kenglik yo`nalishida Chumqor tog`lari ham Turkiston tizmasining jan. g`arbiy tarmog`idir. Chumqor tog`lari Sangzor bilan Zarafshon daryosi orasidagi suv ayirg’ich. Bu tog` orqali Tojikiston bilan O`zbekiston orasidagi chegara o`tgan. Morguzar bilan Turkiston-Chumqor tog`lari orasidagi botiqda Sangzor vodiysi hosil bo`lgan. Nurota tog`i Sangzor vodiysidan Nurota qishlog`iga qadar cho`zilib boradi. Nurota tog`lari Oqtog` va Qoratog` kabi bir necha tizmalarga bo`linadi. Nurota tizmasining o`rtacha balandligi 1000-1500 m uning markazida eng baland xayot (Zargar) cho`qqisi – 2169m. Bu tog` paleozoy ohaktoshlari, qum toshlari va slaneslardan, shuningdek metamorfik jinslardan tuzilgan Oqtog` o`zini marmari bilan mashxur. Qizilqum ichki qismidagi Quljuqtog`, Tomditog`, Bo`kantog`, Yetimtog`, Oltintog`, Ovminzatog` Sulton Uvays tog`lari bo`lib, bu tog`li o`lka qadimda yaxlit tog` sistemasi, hozir esa parchalanib ketgan va yemirilgan. Turkistonni janubida paleozoy ohaktoshlari kristalli slanes va qisman granitdan tuzilgan Zarafshon tizmasi bor. Bu tizmani O`zbekistonga karashli past qismi Zarafshon va Qashqadaryo xovzasini bir-birovidan ajratib turadi. Tizma Panjakent shahri meridianidan o`tgandan so`ng O`zbekistonga kirib keladi. Tizmaning TaxtaQorachagacha bo`lgan qismi Chaqilkalon tog`lari, g`arbdagi davomi Qoratepa tog`lari deyiladi. Bu tog` g`arbda Jom Qishlog`i yonida tekislikka qo`shilib ketadi. Bu yerda Zarafshon va Qashqadaryo botiqlarini bir biroviga qo`shib turgan Jom yo`lagi (botig`i) bor. Bu yo`lakdan Eski Ang`or kanali o`tgan (Zarafshon suvini Qashqadaryog`a). Turkiston va Zarafshon tizmalari orasidagi botiqda Zarafshon vodiysi hosil bo`lgan. Buning Panjakent yaqinidagi balandligi 800-900 m. bo`lsa, Buxoro vohasida 200-250 m. 1964 yilda 24 aprelda Samarqanddan 140 km masofada Zarafshon vodiysining tog`li qismida, Ayniy Qishlog`i yaqinida to`xtovsiz yoqqan yomg`ir va jala natijasida Zarafshon tizmasining shimoliy yonbag`ridagi So`xta (ko`ygan) tog`ining baxaybat bir qismi kulab tushdi. Gil, chagirtosh, harsangtoshdan iborat. Bu tog` suralmasi daryo o`zanida ulkan tabiiy to`gon hosil qildi. Balandligi 240m., eni 500-1000m, daryo o`zani bo`ylab uzunligi 820m. ga borgan bu to`gon Zarafshon daryosini butunlay bo`gib qo`ydi. To`gon oldida har kun 6 mln. m3 suv to`plana bordi. Bu ko`lda 12 kunda 80 mln. m3 suv to`plandi va suv sathi to`gon yonida 60 m. ga ko`tarildi. Daryo yoqasida 1 km. o`zan qazilib suvlar oqizila boshlandi. Zarafshon vodiysini janubidagi Zirabuloq va Ziyovuddin tog`lari balandligi 400-600m. Oloy tog` sistemasining O`zbekistondagi eng oxirgi tarmog`i – Hisor tizmasidir. Hisor tizmasi O`zbekistondagi eng baland tog`dir. O`zbekiston alpinistlari 1961 yil may oyida bu tizmadagi 4643 m Hazrati Sulton cho`qqisini topdilar. Cho`qqidagi qor va muzliklardan To`palondaryo boshlanadi. Hisor tizmasi Qashqadaryo vodiysining shimoli-sharqidan Surxon-Sherobod vodiylarini shimoli tomonidan o`rab turadi. Hisor tizmasidan g`arb va janubi-g`arbga tomon bir necha tizmalar tarqalgan. Masalan Hazrati Sulton, Yakkabog`, Guzor va Boysun tog`lari, Ko`hitang tog`i, Surxontog`, Bobotog` va boshqa tog`lar. Shimol va shimoli-g`arbdagi katta tarmoqlardan biri Hazrati Sulton tog` massividir. Bu massivning balandligi 4000m bo`lib Qashqadaryoni irmog`i Oqsuv daryosi bilan Surxondaryoning bosh qismidagi To`palandaryo havzalarini bir-birovidan ajratib turadi. Qoyali Yakkabog` tizmasi esa (3500-3700m) g`arbiy chekka qismda joylashgan tog` ustida doimiy qor yotadi. Zarafshon tizmasining janubiy tarmoqlari bilan Hisor tizmasining g`arbiy tarmoqlari orasidagi botiqda Kitob-Shahrisabz vodiysi joylashgan. Bu vodiy Qashqadaryoning bosh qismida bo`lib daryo oqiziklaridan paydo bo`lgan. Yakkabog` tizmasidan sharqda unga parallel holatda cho`zilgan. Boysuntog` yana ham balanddir (4424m. ) bu tog`ni ba'zi joylari qor bilan qoplangan Boysun tog`ining janubi- g`arbiy davomi bo`lgan Ko`hitang tog`i Amudaryo bo`yigacha yetib borib qoyali tik qirg`oqlarni hosil qiladi. Tog`ining o`rtacha balandligi 2100m., shimolidagi eng baland nuqtasi 3137m. Ko`hitangning janubiy qismida karst relyef shakllarida ko`p. Ko`hitang sharqida 400-600m. balandlikgacha bo`lgan adir va platolar bor. Bular asta-sekin Sherobod hamda Surxondaryo vodiylariga tushib boradi. Tojikiston chegarasida meridian bo`ylab Amudaryogacha cho`zilib yotgan Bobotog` bo`lib, uni shimoliy qismi 2286 m. balandlikda, janubga tomon pasayib boradi. Bobotog` Surxondaryo va Kofirnixon vodiylarini bir-birovidan ajratib turadi. Boysun bilan Bobotog` orasidagi tektonik botiqda Surxon-Sherobod vodiysi hosil bo`lgan. Vodiyning ayrim joylarida qirlar (Uchqizil, Havodog`) uchraydi. Bu vodiy, shimoliy, shimoli - g`arb tomoni tog`lar bilan to`silgan O`zbekitonning eng iliq va sernam vodiysidir. MA’RUZA №4 O’zbekiston iqlimi. O’zbekiston hududi serquyoshligi, iqlimining kontinentalligi, qurg`oqchilligi bilan ajralib turadi. Uning shimoliy qismi (Ustyurt) mo’’tadil, qolgan asosiy qismi esa subtropik iqlim xususiyatlari mavjud bo’lgan Turon iqlimi o’lkasida joylashgan. Mo’’tadil mintaqada joylashgan qismi-Ustyurt uchun qurg`oqchilligi, qishining uzoq davom etishi, sovuqligi, yog`in-sochinning fasllar bo’yicha deyarli bir xil taqsimlanganligi, subtropik mintaqada joylashgan qismi esa yozining quruqligi, issiqligi, qishining esa qisqa, nisbatan iliqligi bilan ajralib turadi. O’zbekistonning yuqorida qayd etilgan iqlimi va uning xususiyatlari quyidagi omillar ta’sirida vujudga kelgan: joyning geografik o’rni va Quyosh radiastiyasi, havo massalarining harakati, joyning relef tuzilishi, er yuzasining holati va insoning xo’jalik faoliyati.
Quyosh nurining er yuzasiga ko’p yoki kam kelishi va uning taqsimlanishi eng avvalo nurning qanday burchak ostida tushishiga va kunning uzun-qisqaligiga bog`liq. Bular esa o’z navbatida joyning geografik kengligiga va yil fasllariga bog`liq ravishda o’zgaradi. O’zbekistonning chekka shimolida 22 iyunda peshinda Quyosh nuri er yuziga 680, Toshkentda 720 , mamlakatning janubida-Termizda esa 760li burchak ostida tushadi. Qishda esa bu burchaklar shimolida 210, janubida esa 290ga teng bo’ladi. Yozda O’zbekistonda kunduz kunning uzunligi 15 soatdan ko’proq davom etsa, qishda 9 soatdan kam emas. Binobarin, O’zbekistonda Quyosh baland ko’tarilganligi, kunning uzunligi, bulutlik kunlarning kamligidan Quyosh uzoq vaqt nur sochib turadi. 350 shimoliy kenglikda yil davomida Quyosh nur sochib turishi mumkin bo’lgan vaqt 4447 soatni tashkil qilsa, 400 shimoliy kenglikda 4455 soatga teng. Biroq O’zbekistonning relefi va bulutlilik darajasi bu ko’rsatkichlarga ma’lum darajada o’zgartirishlar kiritadi va Quyosh nur sochib turadigan soatlar miqdori Quyosh ufqdan yuqorida turgan soatlar miqdoriga nisbatan kamroq bo’ladi. Shuning uchun O’zbekistonning tekislik qismi olishi mumkin bo’lgan Quyosh energiyasining 65-70%ini oladi. Shu sababli Quyosh nur sochib turadigan vaqt Termizda 3095, Toshkentda 2870, respublikamiz shimolida esa 2000 soatni tashkil etadi. Tog`larda Quyosh nur sochib turadigan vaqt ufqning ochiqligi, yonbag`irlarning holati (ekspozistiyasiga) va bulutlikka qarab tekislikdagiga nisbatan biroz kamayadi. Masalan, Angren platosida 2124 metr mutlaq balandlikda u 2692 soatni tashkil etadi. Taqqoslash shuni ko’rsatadiki, shimoliy yarimsharda mo’’tadil mintaqadagi o’lkalar ichida O’zbekistonning tekislik qismi Quyoshning nur sochib turadigan vaqt eng ko’p bo’lgan hudud hisoblanadi. Bu jihatdan AQShning janubi-g`arbida joylashgan Yuta, Kaliforniya, Nyu-Meksika shtatlari mamlakatimizga tenglasha oladi. Binobarin, O’zbekiston hududi Er yuzida shu kenglikdagi eng serquyosh o’lka. Bu esa hududimiz iqlimining o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. O’zbekistonda Quyoshning ufqdan baland ko’tarilganligi va oftobli kunlar ko’p bo’lganligi sababli bu er Quyosh radiastiyasini, ya’ni undan er yuzasiga tushadigan issiqlikni ko’p oladi. Yalpi Quyosh radiastiyasidan olayotgan issiqlik miqdori Taxiatoshda 147,1, Tomdida 153,1, Toshkentda 139,4, Qizilchada 160,8, Farg`onada 144,7, Samarqandda 143,9 va Termizda 159,8 kkalsm2 ga teng. Tabiiyki, yozda qishdagiga nisbatan hududimiz 4-5 marta ko’proq issiqlik oladi. Qishda esa Quyosh radiastiyasi susaygani uchun O’zbekiston hududiga kirib kelgan har bir havo massasi havo haroratini va umuman ob-havoni tez o’zgartira oladi. O’zbekiston uchun xos xususiyat-bu uning hududida yillik radiastiya balansining uncha katta emasligidir. U Tomdida 43,0, Farg`onada 47,8, Toshkentda 53,1, Termizda 67,1 kkalsm2 ni tashkil etadi. Tog`larda esa balandlikka bog`liq ravishda qishning uzoq davom etishi va qor albedosining kattaligi (60-80%) sababli radiastiya balansi kamayib boradi. Masalan, Qizilchada 2075 m mutlaq balandlikda u 32,5 kkalsm2ga teng, qish oylarida O’zbekistonning shimolida u ayrim yillari manfiy ko’rsatgichga ega. Quyoshdan kelayotgan issiqlik hudud iqlimining tarkib topishida muhim omil bo’lishi bilan birga, respublikaning tabiiy boyliklaridan biri hisoblanadi va O’zbekistonda qimmatli issiqsevar o’simliklarni etishtirishga imkon beradi. Quyosh radiastiyasidan sanoatda, maishiy xizmatda, tibbiyotda ham keng foydalaniladi.
Mamlakkatning shimol va g`arb tomonlarida orografik to’siq yo’qligi uchun shu tomondan O’zbekistonga qishda sovuq havo massalari bemalol kirib kelib, havo haroratini pasaytirib yuboradi va bizning hududimiz kengliklariga xos bo’lmagan sovuqlarga sabab bo’ladi. O’rta Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda ham, havo haroratining yillik amplitudasi qo’shni hududlardagiga nisbatan ancha katta ko’rsatgichni tashkil qiladi. Bu esa O’zbekiston iqlimining yuqori darajada kontinentalligini ko’rsatadi. Bu jihatdan O’rta Osiyo faqat Sharqiy Sibirdan keyin turadi. Shu sababli O’zbekiston iqlimi juda kontinental iqlim tipiga kiritadi. O’zbekistonning cho’l va adirlardan iborat katta qismida tabiiy nam yetarli emas. Ma’lumki, bizga yog`in-sochinni Atlantika okeani ustida tarkib topgan nam havo massalari keltiradi. Lekin bu nam havo massalari O’zbekistonga kelgunga qadar yo’l-yo’lakay namligini ma’lum miqdorda yo’qotadi, yoz oylarida esa qurib keladi. Shu sababli O’zbekiston iqlimi juda ham qurg`oqchil bo’lib qoladi.
O’zbekiston iqlimining shakllanishida havo massalari va ularning harakati katta o’rin tutadi. Havo oqimlari Yer yuzida issiqlikni va namlikni qayta taqsimlaydi. Shu tufayli okeanlardan ancha uzoqda joylashgan O’zbekiston ham muayyan miqdorda nam havo bilan ta’minlanadi. Respublikamiz iqlimining shakllanishida tropik, mo’’tadil va arktika havo massalari juda faol ishtirok etadi, ular hududimizda yil davomida bir-biri bilan almashinib turadi. Qish oylarida O’zbekiston ob-haavosiga Markaziy Osiyo antistikloni sezilarli ta’sir etadi. Bu antistiklonning g`arb tomonga cho’zilgan markaziy o’qi (uni XIX asrning 80-yillarida birinchi bo’lib A.I.Voeykov aniqlagani uchun Voeykov o’qi ham deb yuritiladi) 500 shimoliy kenglik bo’ylab o’tadi. Antistiklonning ta’siri respublikamiz shimolida ancha kuchli bo’lib, Ustyurtning janubi-Quyi Amudaryo-Shimoliy Qizilqum chizig`igacha bo’lgan hududlar iqlimida yaxshi sezilib turadi. Shuning uchun Ustyurtda, Quyi Amudaryoda, Qizilqumning shimolida qish uzoq davom etadi, sovuq qattiq bo’ladi, qor qoplami uzoq turadi, yog`in kam tushadi. Atmosferaning pastki qatlamlarida ko’pincha kuchsiz shimoli-sharqiy, sharqiy shamollar esadi, havo ochiq bo’lib, kechasi havo nur tarqatish yo’li bilan soviydi, kunduzi Quyosh nurlari uni yana isitadi. Respublikamizning janubiga sovuq faslda stiklon harakatlari xos bo’lib, qishi yog`in-sochinli, o’zgaruvchan ob-havoli, qor qoplami yupqa va qisqa muddatli bo’ladi. Ayrim yillari Markaziy Osiyo antistiklonining sovuq havosi O’zbekistonning janubiga ham kirib borib, havoni juda sovutib yuboradi. Shuning uchun respublikamizda havo haroratining yillik farqi juda katta. Qish oylarida Markaziy Osiyo antistikloni turgan paytda O’zbekistonga kirib kelgan havo massalari o’z hususiyatlarini o’zgartirib, mahalliy kontinental havo massasiga aylanadi. Bunday paytda O’zbekistonni mo’’tadil mintaqaning birmuncha sovuq havosi qoplab oladi. Qish faslida O’zbekistonda havo haroratining ba’zan 10-200 ko’tarilib, kunning isib ketishi, bulutli kunlarning ko’payishi janubi-g`arbdan stiklonlar tropik issiq havo olib kelishi bilan bog`liqdir. Bunda yog`in ko’p yog`adi. Bu issiq havo sharqqa o’tib ketib, uning ketidan g`arbdan, shimoli-g`arbdan Atlantika okeani ustida tarkib topgan iliq va sernam havo massalari kirib kelib, ular ham yog`ingarchilikka sabab bo’ladi. Qish oylarida O’zbekiston ob-havosiga Arktika havo massalari ham ta’sir etadi. Bu havo sovuq bo’lganligidan havo harorati ancha pasayib,-10,-200 ga tushadi, ba’zan undan ham pasayib ketadi. O’zbekistonda yozda havo massalarining almashinishi o’ziga xos bo’lib, qishdagidan farq qiladi. Tekislik cho’l zonasida past bosim markazi (termik depressiya) vujudga keladi. Atrofdan bu depressiyaga kirib kelayotgan havo massalarining fizik xossalari qizib yotgan er yuzasi ta’sirida o’zgaradi va issiq, quruq Turon kontinental tropik havo massasining shakllanishiga olib keladi va natijada butun O’rta Osiyo tekislik qismini issiq tropik havo qoplab oladi. O’zbekistonning nam havo keluvchi Atlantika okeanidan ancha uzoqda joylashganligi, yozgi haroratning juda ham yuqori va yog`insiz davrning uzoq cho’zilganligi respublikamizda juda katta maydonlarda cho’llarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Demak, O’zbekistonda iqlimning tarkib topishida qishda atmosfera stirkulyastiyasi, yozda esa Quyosh radiastiyasi muhim rol o’ynaydi. Joy relyefining iqlimga ta’siri. O’zbekiston iqlimiga xos bo’lgan xususiyatlar-serquyoshlik, kontinentallik, qurg`oqchilik respublikaning tekislik qismida yaqqol namoyon bo’ladi. Tog`lik qismida esa joyning dengiz sathidan balandligi, yon bag`irlarning Quyoshga nisbatan qanday joylashganligi, tog` vodiylarining chuqurligi va kengligi, ularning nam shamollarga nisbatan qanday joylashganligi, relyefning yana boshqa xususiyatlari iqlimning shakllanishi uchun tekislikdagidan farq qiluvchi o’ziga xos sharoit yaratadi. Toqqa ko’tarilgan sari havo tozalanadi, siyraklashadi va tiniqlashib, Quyosh nurining ta’siri kuchayadi, havo bosimi kamayadi, harorat pasayadi, yog`inlar, ayniqsa qor ma’lum balandlikda ko’p yog`adi, qor qoplamining saqlanish davri uzayadi, radiastiya balansi kamayadi, shamol kuchayadi. Tog` tizmalari havo oqimlari yo’lini to’sib, nam yoki qurg`oqchil, iliq yoki sovuq iqlim tarkib topishiga sabab bo’ladi. Tog` relefi ta’sirida o’ziga xos tog`-vodiy havo stirkulyastiyasi vujudga keladi, bahor, yoz boshlanishi kechikadi, kuz, qish erta keladi. Yoz qisqa, salqin bo’ladi, qish uzoq davom etadi. Ammo O’zbekiston uchun xos bo’lgan umumiy iqlimiy xususiyatlar tog`larda ham asosan saqlanib qoladi. Lekin iqlimdagi keskinlik kamayadi. O’zbekiston iqlimining shakllanishida O’rta Osiyoning janubida orografik to’siqning mavjudligi, shimolda, shimoli-g`arbda bunday to’siqning yo’qligi katta ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonda iqlimiy sharoit insonning faol xo’jalik faoliyatiga ham bog`liqdir. Inson yaratgan vohalarda havoning harorati, namlik darajasi, shamolning kuchi birmuncha o’zgaradi. Masalan, suv bilan ta’minlangan vohalarda Quyosh energiyasining ancha qismi namni bug`latishga sarf bo’lgani uchun havo harorati yozda sug`orilmaydigan hududlarga nisbatan 1,5-3,00 past, havoning nisbiy namligi 10-15% ortiq bo’ladi, shamollar kuchi va soni kamayadi. Binobarin, suv bilan yaxshi ta’minlangan, o’simliklarga boy vohalarda o’ziga xos voha iqlimi tarkib topadi. Hozir O’zbekistonda sug`oriladigan yerlar 4,3 mln.ga atrofida, demak shuncha maydonda tabiat, shu jumladan iqlim o’zgargan, ayniqsa atmosferaning yer yuzasining meteorologik rejimi chuqur o’zgarishlarga uchragan. Sug`orish natijasida tuproq yuzasining mikroiqlimi ham o’zgaradi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling