Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.52 Mb.
bet3/22
Sana16.06.2020
Hajmi1.52 Mb.
#119409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O`zbekiston tabiiy geografiyasi


Qo’shimcha: Barotov P.
Arxeologik qazish ma'lumotlariga ko`ra, eng qadimgi odam yashab kelgan yerlardan biri Xorazm, Buxoro, Andijon va Surxondaryodan eramizdan oldingi IV-III ming yillarda o`sha zamon dehqonchilik madaniyati qoldiqlari topilgan.

O`zbekistonning geografik o`rni va tabiiy sharoiti boshqa xalqlarni bu yerga ko`chib kelishiga qulaylik tug`dirgan.

Bu o`lka Ipak yo`li ustida joylashishi oqibatida qudratli davlatlar paydo bo`lgan. Bulardan eramizdan avvalgi VII-V asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida tashkil topgan Sug`diyona yoki Amudaryoning o`rta qismidagi Baqtriya va bu daryoning quyi qismidagi Xorazm davlatlarini ko`rsatish mumkin.

Bu vaqtlarda Markaziy Osiyo va Sharqiy Sibirdan juda ko`plab turkiy qabilalar ko`chib kelib o`rnasha boshlagan.

VII- asrning ikkinchi yarmida arablar O`zbekistonni istelo etgandan keyin, arab madaniyati tarqala boshladi.

Makedoniyalik Aleksandr (Eramizdan oldingi IV asrda) ning harbiy yurishlari O`zbekiston haqida geografik ma'lumotlar to`planishiga imkon bergan. Grek tarixchilari Arrian bilan Qursiy bu yurishlardan foydalanib (eramizdan oldingi II-asrda) Amudaryo (qadimgi Oks, Jayxun), Sirdaryoni (Xasariy, Yaksart, Sayxun) tasvirlab yozgan. Zarafshonga to`xtalib uni Amudaryoga bormasdan yo`lda qumlar orasida tugaydi deb yozgan.

Sir va Amu haqida ancha aniq ma'lumotlar qoldirgan grek geografi Strabon (1-asrda). Zarafshon (Politimet) daryosi ko`p yerlarni sug`orib cho`l va qum orasida singib ketadi. Demak Zarafshon Quyi qismida qadim zamonda ham iqlimi hozirgiga o`xshash bo`lgan. O`rta asrlarda arablardan Ibn Rustam X asrda O`zbekistonga kelib Orol haqida ancha aniq ma'lumot yozib qoldirgan. Shu davrda yashagan arab sayyohi va geografi Abu Isxoq Istaxriy «Iqlimlar kitobi» nomli asarida Orol dengizini (Xorazm ko`li deb atagan) birinchi bo`lib xaritaga tushurgan. Amu va Sirni shu ko`lga quyilishini ko`rsatgan. Arab yozuvchisi va sayyohi Yokut Hamaviy (1179-1229) O`rta Osiyoga bir necha bor sayohat qilgan «Mamlakatlar lug`ati» nomli o`n jildli kitobini yozgan. Bizgacha yetib kelgan yana biri «Adiblar lug`ati» kitobi bo`lib, 25 dan ortiq olimlar haqida (Xorazm, Buxoro Samarqandlik) ma'lumot yozib qoldirgan.

IX asrda yashagan Muhammad Ibn Muso- al Xorazmiy O`rta Osiyo geografiyasiga asos solgan. «Yer tasviri» asarida mamlakatlar va shaharlar tasvirlangan ularni koordinatalari ko`rsatilgan, bu asar 1878yilda rus tilida tarjima qilingan.

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) yerni o`tmishdagi relyefi, joy plani, karta chizish shaharlar koordinati,masofalarni hisoblash, o`simliklar to`g`risida ilmiy ma'lumot yozib qoldirgan. O`rta Osiyo topografiyasiga oid «Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarni chegaralarini aniqlash» asarida Yer sharining o`lchamlari haqidagi ma'lumotlar berilgan. Beruniy astranomiyaga oid «Qonuni Ma'sudiy», mineralogiyaga oid «qimmatbaxo toshlarni bilib olish» bo`yicha asar yozib qoldirgan.

Ibn Sino «Kitobi Ash-Shifo» kitobining «Tabiat» deb atalgan qismida tog` jinslari va minerallarning paydo bo`lishi, yirik yer yuzasi shakllari- tog`lar, vodiylar, tekisliklarning paydo bo`lishi va o`zgarib turishi haqida fikr yuritadi. Tashqi va ichki ku`chlar haqida yozib uni misollar asosida tushuntiradi.

XI asrning ikkinchi yarmida Mahmud Qoshg`ariy (Ibn Xusayn ibn Muhammad) O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston bo`ylab ko`p sayohatlar haqida «Devoni lug`atit turk» asarini yozgan.

Mo`g`illar Yevropaga hujum qilgandan keyin, mo`g`il xonliklariga Yevropalik sayyohlarni yuborish imkoniyati tug`ilgan.

Dastlabki sayyohlardan biri Italyan Plano Karpini 1245y. diplomatik ish bilan mo`g`il xonlari huzuriga kelgan. U Orol sohillarida Xorazm xonligida va Sirdaryo vodiysi bo`ylab Yettisuvga yetib kelganligi to`g`risida ma'lumotlar qoldirgan. 1403 yilda Temur davlatiga ispan elchisi Klavixo kelgan. U Samarqand tabiati, aholisi, bozorlari, bog`lari haqida, Buxoro atrofidagi cho`llar, Amudaryo haqida ma'lumot yozib qoldirgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530yil) «Boburnoma» nomli asarida Farg`ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Tojikiston tog`lari, darralari haqida yozgan. Ingliz sayyohi Jenkinson 1556 va 1560 yillarda ikki marotaba Ustyurt, Xiva va Buxoroda bo`lgan, bu yerdagi cho`llar tabiati haqida yozgan.

Ivan Xoxlov (1620 y. ) rus podshosi vakili sifatida Xiva, Buxoro, Samarqandga kelib shu joylar haqida aniq ma'lumotlar to`plab ketgan.

Boris Pazuxin 1669-1673 yillarda Xiva va Buxoroga diplomatik maqsad bilan kelib, ko`p yerlarga sayohat qilgan, yo`llar, davlatlar haqida ma'lumot to`plagan. Mamlakatlarni tasvirlab yozgan birinchi sayyohlardan biridir.

1715-1717 yillarda Aleksandr Bekovich–Cherkasskiy rahbarligida rus ekspedisiyasi Kaspiy dengizi sohillari va Amudaryoning Bolox (Uzboy) qo`ltig`i tomon ketgan eski o`zanini topdi va Amudaryoni shu tomonga oqqanligi haqida xulosaga keladi, hamda Quyi Amudaryo tabiatini o`rganadi.

Rus sayyohi Florio - Benevenni 1718-1725 y. Buxoro, Xivaga bo`lib, u 7 yil sayyohat qilib, Amudaryoni qadimda Kaspiy dengiziga tomon oqqanligini aniqladi va tasdiqladi.

Rus sayyohi Filipp Yefremov 1774 yilda Buxoroga asir tushib sharq tilini o`rganadi, so`ngra Xorazm, Qoraqum, Qizilqum cho`llari, Zarafshon va Farg`ona vodiysini aylanib chiqdi. Yefremov «9 yillik sayohat» nomli asar yozdi.

Kapitan N. Muravyev 1818 yilda Xivaga kelib kartografik ma'lumotlar to`pladi.

1820 yilda tabiatshunos E. Eversman va K. Pander Qizilqumning geologiyasi, o`simliklar va hayvonot dunyosini tekshirib asarlar yozdilar.

1824-25 yillarda polkovnik F. F. Berg boshchiligidagi ekspedisiya Orol dengizini sathi to`g`risida dastlab ma'lumotni bergan. Bu ekspedisiya Ustyurt platosi geologiyasi va hayvonot dunyosini o`rgandi.

1841 yilda injener R. F. Butenev rahbarligidagi ekspedisiya Buxoro xonligi va Qizilqum cho`li haqida ma'lumot to`playdi. Zarafshon vodiysini to`liq tasvirlab yozadi.

1842 yilda tabiatshunos Baziner va Danilevskiylar Xivaga kelib geologik botanik, metodologik kuzatishlar o`tkazganlar. Baziner Ustyurtni tekshirib geologik jihatdan ancha ma'lumotlar qoldirgan.

1848 –1850 yillarda Orolni to`liq o`rganish maqsadida rus ekspedisiyasi tuzilgan. Geograf A. I. Butakov rahbarlik qildi, unga hamroh bo`lgan ukrain shoiri Taras Shefchenko ham bor edi. Dengiz chuqurligi o`rganildi, geografik o`rni va chegaralari aniqlandi hamda Orol dengizi o`rganildi. 1850 yilda Butakov Orol siyomkalariga asoslanib Orol kartasini nashr qildi.

1864 yilda Chor Rossiyasi O`rta Osiyoga hujum boshlab 1895 yilda uni o`ziga qo`shib oladi.

O`zbekistonni o`rganishda 1897 yilda Rossiya geografiya jamiyatining Toshkentda ochilgan bo`limini ahamiyati katta.

Tabiatshunos va sayyoh olim A. F. Middendorf 1868 – 71 yilda Zarafshon va Farg`ona vodiylarini tekshirdi. Farg`ona vodiysi relyefi, ko`chma qumlarni iqlimiy sharoiti haqida ma'lumot berdi. Oloy tizmasini birinchi bo`lib tasvirladi. 1871 yilda Qizilqumga sayyohat qilib zologiya va botanikaga oid kolleksiyalar to`pladi.

Farg`ona vodiysi tabiatini chuqur o`rganganlardan biri akademik A. F. Middendorfdir. 1878 yilda tuprog`i, iqlimi, lyossni paydo bo`lishi haqida ma'lumot berdi.

Geolog va geograf I. V. Mushketov 1874 yilda G`arbiy Tyanshan, Sirdaryo vodiysini o`rganib, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo`lib «Turkiston» nomli ikki tomli asar yozdi.

1870-80 yillarda zoolog, ekolog va geograf N. A. Seversev birinchilardan bo`lib, o`lkamiz hayvonot dunyosining asosiy belgilarini aniqlash bilan birgalikda, balandlik mintaqasi bo`ylab hayvonlarning joylanishini o`rgandi va Turkistonni tabiiy geografik rayonlashtirilishiga asos soldi.

Amudaryo ekspedisiyasida geolog Barbot de Marni Ustyurt, Mang`ishloq va Qizilqum tabiatini va geologik xususiyatini o`rgandi.

Atoqli geolog M. N. Bogdanov 1873 yilda «Qizilqum tabiati ocherklari» nomli asar yozgan.

Geolog, geograf akademik L. S. Berg 1900-1902 yillarda Orol dengizini puxta va har tomonlama o`rgandi. Ko`korol, Borsakelmas, Vozrojdeniye orollarini kartaga tushirdi.

Sirdaryo va Amudaryo suvini dengizga quyish hajmini aniqladi. «Orol dengizi» nomli asar yaratdi.

1925 y. Orolni qayta o`rganadi. Orolni Balxash bilan qo`shilmaganini aniqladi. Markaziy Osiyo iqlimi quruqlashib borayotgan degan fikrni noto`g`ri deb aytdi.

Rus zoologi, ornitologi N. A. Zarudniy 1884 – 1892 va 1906-1914 yillarda sayyoh O`rta Osiyoga 5 marta ekspedisiya uyushtirgan. Qizilqumni Orol dengizi va uni sohillarini tekshirib chiqqan «Qizilqum parrandalari», «Orol parrandalari» nomli asarida 238 tur qush haqida ma'lumot bergan.

1908-1913 yillarda O`zbekiston hududida (tuproq, botanik) ekspedisiya uyushtirilib, katta tekshirishlar olib borilgan N. A. Dimo Mirzacho`l, Qarshi cho`li va Amudaryoning quyi qismini tuproqlarini o`rgangan. Geograf-tuproqshunos S. S. Neustruyev O`zbekiston landshaftlarini xususan tuproqlarini chuqur o`rgandi. I. G. Aleksandrov gidroenergetik, A. D. Arxangelskiy hamda V. N. Veber geologik tekshirishlar o`tkazganlar, G`arbiy Tyanshan sistemasidagi tog`larni foydali qazilmalarini o`rganganlar.

1913 yilda «Rossiya» nomi bilan chop etilgan asarni XIX tomi «Turkiston o`lkasi» da yuqoridagi ekspedisiyalar to`plangan ma'lumotlar joy olgan.

V. I. Massalskiy tomonidan tuzilgan bu asar Turkiston o`lkasiga doir bir necha geografik to`plamdir. 1920 yillardan keyingi o`rganishlar xo`jalik vazifalarini hal etishga qaratildi. O`lka tabiiy boyliklaridan foydalanishni yangi davri boshlandi. Kam o`rganilgan viloyatlar hududiga yangi ekspedisiyalar tashkil qilib yuborildi. Yangi ekspedisiyalar o`zini kompleksligi bilan farqlanar edi. Cho`l dashtlarga suv chiqarish, foydali qazilmalardan oqilona foydalanish fanning eng muhim vazifasidir.

Shu olib borilgan kompleks ekspedisiyalar asosida ilmiy va xo`jalik ahamiyatiga ega bo`lgan juda ko`p ma'lumotlar to`plandi.

Mamlakatimiz Fanlar Akademiyasi institutlari olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijasida foydali qazilma konlar, irrigatsiya inshootlari bunyod qilib, qishloq xo’jaligi va sanoatni rivojlanishiga imkoniyat yaratdilar.

O`zbekiston hududida foydali qazilmalarni topishda, geologik va geomorfologik jihatdan o`rganishda katta xizmat qilgan X. M. Abdullayev, A. D. Arxangelskiy I. P. Gerasimov N, A. Kogay, E. D. Mamedov, K. K. Markov, V. A. Nikollayev V. I. Popov, O. YU. Poslavskaya, YU. A. Skvorsov, I. Hamroboyev va boshqalar.

Qalin qumlarni kelib chiqishi, qum relyefi shakllari, cho`llarni rivojlanish tarixini o`rganishda E. D. Mamedov, B. A. Fyodorovichlarni hissasi katta.

Tog` etaklaridagi tekislik va adirlarning hosil bo`lishi, lyossning kelib chiqishi kabi masalalarni hal bo`lishida G. O. Mavlonov xizmatlari katta.

O`zbekiston tabiiy geografiyasini yaxlit va uning ayrim qismlarini o`rganishda, hamda tabiiy geografik rayonlashtirishda N. N. Korjenevskiy, E.M. Mirzayev, V. M. Cheturkin, L. N. Babushkin, N. A. Kogay, M. Umarov, L. Alibekov, A. Abulqosimov, A. Rafiqov, Yu. Sultonov kabi olimlarning qilgan ishlari muhim ahamiyatga ega.

O`zbekiston iqlimini muttasil o`rganishda iqlimshunos L. N. Babushkin, L. S. Berg, V. A. Bugayev, L. A. Molchanov, F. A. Mo`minov, A. V. Xisomov va boshqalarni xizmati katta. L. G. Davidov, O. P. Shcheglova V. A. Shuls kabi gidrologlar O`zbekistonning daryo va ko`llarini o`rganishda katta hissa qo`shganlar. Daryolarni to`yinishi jihatidan tiplari, suv sarfi, zararli sellarni oldini olish masalalari bilan shug`ullanganlar.

G. I. Arxangelskiy, O. K. Lange, G. O. Mavlonov, S. Sh. Mirzayevlar yer usti va yer osti suvlarni o`ganib, ulardan xalq xo`jaligini turli maqsadlarida foydalanishni ko`rsatdilar.

O`zbekistonning dasht, cho`l va tog`lardagi tuproqlar, o`simlik hamda hayvonlarni o`rganishda va ulardan xalq xo`jaligi sohalarida foydalanishida R. I. Abolin. I. N. Granitov, K. Z. Zokirov, T. Z. Zoxidov, D. A. Kashkarov, Ye. P. Korovin, A. Z. Genusov, B. V. G`orbunov, N. V. Kamberg S. A. Shuvalovlarning xizmatlarini aytish mumkin.

O`zbekiston hududini tabiiy geografik va uni tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirish yuzasidan R. I. Abolin, L. N. Babushkin, N. A. Kogay, K. Z. Zokirov, N. L. Korjenevskiy, Ye. P. Korovin, E. M. Mirzayev, Chetirkin kabi olimlar ko`plab ilmiy asarlar yaratdilar.

Keyingi yillarda O`zbekiston hududini tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirish masalalarini L. N. Babushkin va N. A. Kogaylar amalga oshirdi. Respublikamiz ayrim qismlarini tabiiy geografik va landshaftlar bo`yicha rayonlashtirishda N. D. Dolimov, M. Qoriyev M. Umarov, L. Alibekov, S. Nishonov, A. Rafikov, A. Raxmatullayev, T. Jumabekov kabi respublikamiz oliy maktab tabiiy geografiya o`qituvchilarining ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.

O`zbekiston tabiati va tabiiy resurslarini o`rganish tarixi yuzasidan geograf-tarixchi olimlarimiz ko`zga ko`rinarli ishlar olib borishdi. X. Xasanov, A. Azatyan Z. N. Donsova, R. L. Yugay, R. Raximbekov, I. Inogomov kabilar hozirgi vaqtda ham ish olib bormoqdalar.

MA’RUZA №2

O’zbekistonning geografik o’rni, chegaralari, tabiatining o’ziga xos xususiyatlari, geologik tuzilishi, seysmikligi va foydali qazilmalari

O’ZBEKISTONNING GEOGRAFIK O’RNI, ChEGARALARI VA TABIATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI
O’zbekiston Respublikasi shimoliy yarim sharda, Yevrosiyo materigining o’rtasida, Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida, mo’tadil va subtropik mintaqalarida, okeanlardan ancha uzoqda, janub va sharq tomonlaridan baland tog`lar bilan o’ralgan berk havzada joylashgan. Shuning uchun O’zbekistonda u bilan bir xil kengliklarda joylashgan O’rta dengiz bo’yidagi subtropik sharoitga ega bo’lgan mamlakatlardan katta farq qiladigan o’ziga xos tabiiy sharoit tarkib topgan.O’zbekiston hududi iliq Hind okeaniga yaqin tursa ham (2000 km) orada baland tog`lar bo’lgani uchun uning ta’siridan bahramand emas. Uning iliq, nam havo massalari O’zbekistonga yetib kelmaydi. Aksincha ancha olisda joylashgan Arktikaning quruq sovuq havo massalari respublikamiz shimolida tabiiy to’siq-tog`lar bo’lmagani uchun bu yerga bemalol kirib keladi. Respublikamizdan 4000 km shimoli-g`arbda joydashgan Atlantika okeani g`arbiy shamollar tufayli o’lkamiz tabiatiga ancha kuchli ta’sir ko’rsatadi. Tinch okean ancha uzoqda ekanligi uchun respublikamiz tabiatiga amalda ta’sir etmaydi. Yuqorida keltirilgan vaziyat o’lkamiz qishining ancha sovuq, yozining jazirama issiq kelishiga sabab bo’ladi. Hududining ana shunday o’ziga xos geografik o’rniga ko’ra respublikamizda cho’l, chala cho’l hamda quruq dashtlar katta maydonni egallaydi.

O’zbekiston respublikasi hududi 448,96 ming km2 (yoki 44896,9 ming gektar) bo’lib, maydonining kattaligi bo’yicha jahondagi 130 dan ortiq mamlakatlardan oldinda, Mustaqil davlatlar hamdo’stligida esa beshinchi o’rinda (Rossiya, Ukraina, Qozog`iston, Turkmanistondan keyin) turadi. Respublikamizning chekka shimoliy nuqtasi 450 361; janubiysi esa 370 111; shimoliy kenglikda yotsa, g`arbiy chekka nuqtasi 560 va sharqiy chekka nuqtasi 730101; sharqiy uzoqliklarda joylashgan. O’zbekiston hududi shimoldan janubga tomon meridian bo’ylab 930 km.ga, g`arbdan sharqqa geografik uzunlik bo’ylab 1425 km.ga cho’zilgan.

O’zbekiston chegaralari asosan quruqlikdan, ozgina qismi Amudaryo va Orol dengizi orqali o’tadi. Uning uzunligi 5300 km dan ortiqroq bo’lib, shundan 2100 km. dan ko’prog`i Qozog`istonga to’g`ri keladi. Bu chegara shimolda, sharqda va shimoliy-g`arbda tekisliklar va platolar orqali, uning eng chekka janubi-sharqiy qismi Qorjantog` va Ugam tizmalari orqali o’tadi. Sharqda Qirg`iziston bilan chegara esa Piskom, Chotqol tog` tizmalari, Farg`ona va Oloy tog` tizmalarining etaklaridan, Tojikiston bilan esa Qurama, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalari bo’ylab o’tadi. O’zbekistonning janubiy chegarasi Amudaryo orqali o’tib, uni Afg`onistondan ajratsa, g`arbiy va janubi-g`arbiy chegarasi asosan tekislikdan o’tib, O’zbekistonni Turkmanistondan ajratib turadi. O’zbekiston chegarasining asosiy qismi tekisliklarga to’g`ri kelishi transport va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun qulaylik tug`diradi. O’zbekiston xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish nuqtai-nazaridan va o’z taraqqiyot istiqbollari jihatidan ancha o’ziga xos geografik-strategik mavqega ega. Qadim zamonlarda Sharq bilan G`arbni bog`lab turgan Buyuk Ipak yo’li O’zbekiston orqali o’tgan. Bu erda savdo yo’llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitish jarayoni jadal ketgan. Bugungi kunda ham Evropa va Yaqin Sharqdan Osiyo-Tinch okean mintaqasiga olib boradigan quruqlikdagi yo’llar shu erda kesishadi. O’rta Osiyo davlatlari Hindiston yarim orolini Rossiya va Evropa bilan bog`lab turadi. O’zbekiston o’zining mavjud va potenstial tabiiy hamda xomashyo zahiralari bilan hozirdayoq-XXI asrda dunyoning siyosiy va iqtisodiy xaritasida alohida ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston bugungi kunda qo’shni davlatlar o’rtasida bog`lovchi halqa vazifasini o’tamoqda. O’rta Osiyoning markazi bo’lgan Toshkent, ramziy qilib aytganda, Sharq darvozasi hisoblanadi.

Biroq tog`lik relefi va hozirgi vaqtda asosiy iqtisodiy aloqalar dengiz transportida olib borilayotganligi oqibatida respublikamizning geografik o’rni qadimgi qulaylikni ancha yo’qotgan. Lekin kelajakda juda yirik transport samalyotlarining qo’llanishiga o’tilganda O’zbekiston Yevrosiyo materigining o’rtasida joylashgan geografik o’rni tufayli yana qulay mavqega ega bo’ladi.



O’zbekistonning geografik o’rniga bog`liq bo’lgan o’ziga xos tabiiy geografik xususiyatlari ham mavjud. Ular quydagilardan iborat.

  1. O’zbekiston ichki o’lka bo’lib, Yevrosiyo materigining markazida, subtropik va mo’’tadil mintaqalarning cho’l zonalarida, subtropik iqlimli O’rta dengiz bo’yi mamlakatlari kengliklarida joylashgan. Ammo O’zbekiston tabiiy sharoiti O’rta dengiz bo’yi mamlakatlarinikidan ancha farq qiladi, chunki O’zbekiston okean va ochiq dengizlardan juda uzoqda joylashgan. Eng yaqin iliq Hind okeanining ta’siri o’rtada baland tog`lar bo’lgani uchun sezilmaydi. Aksincha ancha olisda joylashgan Shimoliy Muz okeani hamda Sibirning quruq va sovuq havo massalari O’zbekiston shimolida tabiiy to’siq-baland tog`lar bo’lmaganligi uchun bu erga bemalol kirib keladi. Atlantika okeani va O’rta dengiz juda uzoqda bo’lsa ham g`arbiy shamollar tufayli Respublikamiz tabiatiga ancha kuchli ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston hududi ichki o’lka bo’lganligidan bu erda tipik kontinental iqlim tarkib topgan. Respublika mo’t’adil, uning markaziy va janubiy qismlari subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. O’zbekistonning mo’’tadil mintaqadagi qismi Ustyurtda, Orolning qurigan qismida, Amudaryo etagi, Qizilqumda iqlim qurg`oqchil, ancha sovuq. Subtropik mintaqadagi Qashqadaryo va Surxandaryo vodiylarida esa yoz quruq, issiq, qish nisbatan iliq bo’ladi. O’zbekistonda asosan cho’l, voha, tog` landshaftlari ko’pchilikni tashkil etadi. Iqlimda o’ziga xos keskinliklar mavjud. Cho’llarda yog`in miqdori 70-80 mm dan tog`larda 1000 mm gacha boradi. Qishda shimolda 350-400 li sovuqlar, yozda esa janubda 500 li jazirama issiqlar kuzatiladi.

  2. O’zbekiston hududi berk havzadan, ya’ni «oqimsiz o’lkadan» iborat. Daryolarning birontasi ham ochiq dengizlarga etib bormaydi va ular bilan bog`lanmagan. Bu daryolar respublika hududidagi ko’llarga quyiladi yoki suvi sug`orishga sarflanib, tugab qoladi. Binobarin, O’zbekiston ko’llari va tekisliklar eroziya bazislari hisoblanadi.

  3. Yer yuzining o’ziga xosligi O’zbekiston hududi kelib chiqishi va yoshiga ko’ra murakkab relefga ega bo’lib, u tekislik va botiqlardan, plato va qirlardan, adirlardan, o’rtacha balandlikdagi tog`lar va doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan baland tog`lardan iborat. O’zbekistonda tekislik va tog`lar bir tekisda joylashgan emas. Janubi, janubi-sharqini tog`lar ishg`ol qilgan. Ular maydoni O’zbekiston maydonining 21,3% ini tashkil etadi. Ulardan g`arbda, va shimolda tekislik, plato, qirlar joylashgan. Ular respublika maydonining 78,7 % ini egallagan. Tog` sistemalari o’zlarining tarmoqlari bilan O’zbekistonning tekislik qismiga kirib borib, uning tabiiy sharoitining shakillanishiga ta’sir ko’rsatgan.

  4. O’zbekiston hududi o’ziga xos gorizontal tabiiy zonalarning mavjudligi va ularga mos keladigan balandlik mintaqalarining rivojlanganligi bilan ajralib turadi Tekisliklarda cho’l va chala cho’l landshaftlari rivojlangan. Tog`larda esa cho’l va dashtlardan tortib, baland tog` yaylovlari va nival mintaqalargacha mavjud.

  5. O’zbekiston hududining katta qismi tektonik faol va kuchli zilzila rayoni hisoblanadi. Qadimgi tog`larning ko’tarilayotganligi bilan ajralib turadi.

  6. O’zbekiston keskin tabiiy tafovutlar o’lkasi. Hududining tarkib topishidan tortib, o’simlik va hayvonot dunyosigacha, tabiatining barcha komponentlari respublika hududining turli qismlarida keskin farq qiladi.

  7. O’zbekiston faqat gidrografik berk hudud bo’lib qolmasdan ekologik sharoiti jihatidan ham berk hududdir. Hech qanday chiqindi respublikamizdan tashqariga chiqib ketmaydi. Bu xususiyat o’lkada xo’jalikning turli sohalarini rivojlantirishda albatta diqqat markazida turishi lozim.

  8. O’zbekiston jahon fani, madaniyati, manaviyatini rivojlantirishda katta hissa qo’shgan juda ko’p allomalar vatanidir.


O’ZBEKISTON HUDUDINING GEOLOGIK TUZILIShI, FOYDALI QAZILMALARI VA SEYSMIKLIGI
Stratigrafiyasi va litologiyasi. O’zbekistonning geologik tuzilishi juda murakkab, uning hududida proterozoy erasidan to to’rtlamchi davrgacha hosil bo’lgan cho’kindi, magmatik va metamorfik tog` jinslari majmui uchraydi. Proterozoy va poleozoy tog` jinslari burmalangan va juda ko’p yoriqlar bilan parchalab yuborilgan. Tog`li hududlarda, qoldiq tog`larda bu tog` jinslari yer yuzasiga chiqadi, Turon plitasining tekisliklarida va tog`lar orasidagi botiqlarda esa bu jinslar katta chuqurliklarda yotadi va ustini mezozoy va qaynozoyning cho’kindi tog` jinslari qoplagan.

Proterazoy yotqiziqlari O’zbekistonda Piskom tog` tizmasida, Hisor tog` tizmasining janubi- g`arbiy tarmoqlarida va Markaziy Qizilqumda borligi aniqlangan. Bu yotqiziqlar Piskom tog` tizmasida gneyslardan (350 m), Hisorda gneyslardan, kristallashgan slanestlardan, Markaziy Qizilqumda asosan slanestlardan, gneyslardan, dolomitlardan tashkil topgan. Ularning qalinligi 3000-3500 metrga boradi.

Paleozoy yotqiziqlari turkumi asosan antikli noriylarning yadrolarida tarqalgan bo’lib, bu eradagi hamma davr yotqiziqlaridan tashkil topgan.

Kembriy yotqiziqlari Turkiston tizmasining g`arbiy chekkasida, Piskom daryosi havzasida, Hisor tog` oldi hududlarida va boshqa erlarda aniqlangan bo’lib, kuchli metamorfiklashgan kremniyli slanestlardan, kristallashgan ohaktoshlardan, argillitlardan, qumtoshlardan, konglomeratlardan tashkil topgan. Ular qoplamining qalinligi 4000 metrgacha boradi.

Ordovik yotqiziqlari Turkiston, Zarafshon, Nurota, Ziyovuddin-Zirabuloq tog`larida, Chotqol-Quramaning shimoliy tarmoqlarida aniqlangan. Ular alevrolitlardan, qumtoshlardan, argillitlardan, kvarstitlardan va ohaktoshlardan iborat bo’lib, qoplamining qalinligi 400-700 metrni tashkil etadi.

Silur yotqiziqlari paleozoy guruhi yotqiziqlari ichida katta maydonni egallaydi va yotqiziqlarining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular, masalan, Chotqol-Qurama, Turkiston va Hisor tog` tizmalarida, shuningdek Nurota tog`larida alevrolitlar, qumtoshlar, slanestlar, ohaktoshlar, dolomitlar, marmarlar, konglomeratlarning aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, qatlamining qalinligi 3000 metrga boradi.

Devon davri yotqiziqlari Chotqol-Qurama, Zirbuloq-Ziyovuddin, Markaziy Qizilqum, Sultonuvays tog`larida keng tarqalgan bo’lib, asosan karbonatli jinslar-dolomit, ohaktosh, marmar va qattiq mergellardan tashkil topgan.Qatlamining qalinligi 3500 metrgacha boradi.

Toshko’mir davri yotqiziqlarining litologik tarkibi juda ham xilma-xil va qoplamining qalinligi 4500-5000m bo’lib, ohaktoshlar, dolomitlar, mergellar, kremniyli slanestlar va boshqa yotqiziqlardan iborat, ular qatlamlari o’zaro almashinib turadi. Baland tog`li hududlarda toshko’mir davri yotqiziqlari ohaktoshning qalin qatlamlaridan iborat. Unda boksitning yupqa qatlamlari va linzalari uchraydi. Chotqol, Qurama, Turkiston va Oloy tizmalarida bu davr yotqiziqlari qalin bo’lib, 4500 metrgacha boradi.

Perm yotqiziqlarining Chotqol, Qurama, Hisor va boshqa tog` tizmalarida, shuningdek Surxondaryo va Amudaryo botiqlarida tarqalganligi aniqlangan. Ular asosan konglomeratlar, qumtoshlar, alevrolitlardan iborat bo’lib, oralarida ohaktoshlar, porfirlar, tuflarning qatlamlari uchraydi. Bu davr yotqiziqlarining umumiy qalinligi 500 metrdan 2500 metrgacha boradi.

O’zbekistonda mezozoy erasiga mansub qatlamlarda bu eraning barcha davrlari yotqiziqlari ajratilgan.

Trias davri Janubiy Farg`onada, Hisorning janubiy tarmoqlarida, O’zbekistonning shimoli-g`arbiy hududlarida aniqlangan. Lekin bu qatlamlarning litologik tuzilishi xilma-xil bo’lib, ularning asosini konglomeratlar, qumtoshlar, gillar, alevrolitlar tashkil etadi, qatlamlarining qalinligi 250-280 metrgacha boradi.

Yura davri yotqiziqlari Hisorning shimoliy yonbag`rida va janubi-g`arbiy tarmoqlarida ko’mir qatlamlaridan, Farg`ona konglomeratlaridan, Quyi Amudaryo va Ustyurtda gilli-qumoqli, G`arbiy O’zbekistonda argelitlardan tashkil topgan bo’lib, qalinligi 100-300 metrgacha boradi.

Bo’r davri yotqiziqlari O’zbekistonning deyarli hamma yerida ajratilgan va ularning tarkibi xilma-xildir.

Kaynozoy turkumiga kiruvchi paleogen, neogen va to’rtlamchi davr yotqiziqlari O’zbekistonda keng tarqalgan.

Paleogen o’z navbatida paleosten, eotsen va oligotsen yotqiziqlaridan tashkil topgan. Paleosten yotqiziqlari qumtosh, gil, alevrolit, ohaktoshlardan iborat, qalinligi Ustyurtda 50 metrgacha boradi. Hisor tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlarida esa qatlamlari qalinligi 160 metrgacha borib, u ohaktoshlar va dolomitlardan iborat.

Eotsen yotqiziqlari Ustyurtda, Quyi Amudaryoda qumtosh va ohaktoshlardan (qalinligi 2-25m), Qizilqumda, Toshkent atrofida asosan gillardan (1-30m), Farg`ona vodiysida gipslashgan gillardan va qumlardan iborat.

Oligotsen yotqiziqlari eostenga nisbatan kamroq hududlarda aniqlangan bo’lib, asosan gillardan, qumtoshlardan alevrolitlardan iborat bo’lib, qalinligi 10 dan 150 metrgacha etadi.

Neogen yotqiziqlari O’zbekistonda keng tarqalgan. Ustyurtda qumtoshlar, gillar, alevrolitlar, qumlar, ohaktoshlar va mergellardan iborat qatlamlar hosil qilgan. Qalinligi 75 metrgacha boradi. Qizilqumda neogen yotqiziqlari ancha qalin (150 m) bo’lib, gillardan iborat. Hisorning janubi-g`arbiy tarmoqlarida, Farg`ona vodiysida uning litologik tarkibi xilma-xildir.

To’rtlamchi davr yotqiziqlari kelib chiqishiga ko’ra asosan kontinental allyuvial, allyuvial-prolyuvial, prolyuvial va delyuvial bo’lib, litologik tuzilishi va qatlamining qalinligi turli joyda turlicha. Allyuvial yotqiziqlar asosan yirik daryo vodiylarida keng tarqalgan bo’lib, konglomeratlar, shag`allar va qumlardan iborat, usti uncha qalin bo’lmagan lyossimon gil jinslari bilan qoplangan. Allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar tog`lar va tog` oldi tekisliklaridagi daryo va soy yoyilmalarida tarqalgan va konglomeratlar, shag`allar va lyossimon jinslardan tashkil topgan. Prolyuvial yotqiziqlar vaqtincha oqar suv olib kelgan mayda shag`allar va lyossimon jinslardan tarkib topgan bo’lib, tog` etaklarida keng tarqalgan. Delyuvial yotqiziqlar asosan chaqiq jinslardan, lyossimon gillardan iborat bo’lib, tog`lar yon bag`rilarida, daryo vodiylarida tarqalgan.

O’zbekiston hududidagi to’rtlamchi davr yotqiziqlari Yu.A.Skvorstov, G`.A.Movlonov va boshqalar tomonidan stratigrafik bo’linish sxemasiga ko’ra 4ta kompleksga-Nanay, Toshkent, Mirzacho’l, Sirdaryo komplekslariga ajratilgan.

1. Nanay kompleksi Q1-quyi to’rtlamchi davr yotqiziqlari asosan katta xarsang toshlardan, shag`allardan, konglomeratlardan tashkil topgan bo’lib, ustidan lyossimon jinslar bilan qoplangan. Nanay kompleksi yotqiziqlarining qalinligi botiqlarda 600 metrgacha boradi.

2. Toshkent kompleksi Q2-o’rta to’rtlamchi davr yotqiziqlari lyossimon jinslardan iborat bo’lib, uning tubida shag`al toshlar yotadi. Umumiy qalinligi 350 metrgacha boradi.

3. Mirzacho’l kompleksi Q3-yuqori to’rtlamchi davr yotqiziqlari tog` tizmalarida 20-30 m, tekisliklarda 40 metr va undan ko’proq bo’lib, asosan lyossimon jinslardan tarkib topgan, qatlamida qum, mayda shag`al va shag`allar uchraydi. Bu qatlam tubi shag`allardan tarkib topgan.

4. Sirdaryo kompleksi Q4-hozirgi davr yotqiziqlari tog`larda ham, tekisliklarda ham keng tarqalgan. Chotqol-Qurama tog` massivida va Hisorning janubi-g`arbiy tarmoqlarida bu yotqiziqlar bilan qayirdan tashqari qayr usti terassalari ham qoplangan.

Bu yotqiziqlar tarkibida xarsantosh-shag`allar ko’proq bo’lib, ular ust tomonidan qalinligi 8-10 m dan 20-30 metrgacha bo’lgan qumloq va qumoqlardan tashkil topgan qatlam bilan qoplangan.

Geologlar O’zbekistonda to’rtlamchi davrning yuqorida keltirilgan 4 ta kompleksga kirmagan, aniqlanmagan yotqiziqlarni ajratadilar. Ular ichida eng keng tarqalgani, kelib chiqishi (genezisi) shamol bilan bog`liq bo’lgan qumli jinslardir. Ular Qizilqumda keng tarqalgan, qalinligi 5-7 metrdan 12-20 metrgacha boradi. To’rtlamchi davrning komplekslarga bo’linmagan yotqiziqlariga O’zbekistonda botiqlarning tubida hosil bo’lgan ko’l-kimyo yotqiziqlari ham kiritiladi. Ularning qalinligi 24,5 metrgacha boradi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling