Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.52 Mb.
bet8/22
Sana16.06.2020
Hajmi1.52 Mb.
#119409
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
O`zbekiston tabiiy geografiyasi


Iqlimning o’zgarishi va tebranishi tabiiy va antropogen ta’sir oqibatida ro’y beradi. Iqlimdagi tabiiy o’zgarishlar Er shari harakatining o’zgarishi, Quyoshning faollashuvi, atmosferaning tarkibi va tozaligi bilan bog`liq bo’lgan omillar ta’sirida ro’y beradi.

O’zbekistonda yangi erlarning sug`orma dehqonchilik uchun o’zlashtirilishi, Orol dengizining qurishi va Amudaryo deltasi suv rejimining o’zgarishi, turli kimyoviy birikmalardan foydalanib, sun’iy yomg`ir yoki qor yog`dirish, bulutlarni tarqatish, do’l yog`ishining oldini olish kabilar ham iqlimga albatta ta’sir etadi, ko’pincha salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Har bir alohida olingan yilda yoki qisqa vaqt (5-10 yil davomida kuzatilgan ob-havoning miqdoriy ko’rsatkichlari 30 va undan ortiq yillarda olingan o’rtacha ko’rsatkichdan (iqlimdan) katta farq qiladi. Iqlimshunoslar iqlimda kuzatiladigan issiq va sovuq, nam va quruq o’n yilliklarni aniqlashgan. Masalan, Toshkentda 1901-1910 va 1951-1960 yillar yoz-iyul oyi salqin kelgan, 1971-1980 yilar esa issiq kelgan. 1891-1900, 1931-1940 va 1971-1980 yillar qish (yanvar oyi) sovuq kelgan. 1981 yildan 1990 yillarning o’rtalarigacha yanvar oyi harorati ancha yuqori bo’lgan. Ayrim stanstiyalarda kuzatuv olib borilgan davrning o’rtacha ko’rsatkichidan chekinish 20S dan ortiq bo’lgan.

Yuz yildan ortiqroq meteorologik kuzatuvlar olib borilayotgan stanstiyalar ma’lumotlariga ko’ra, iqlim o’zgarishida bundan ham kattaroq muddatli (davriy) o’zgarishlar mavjud. Bunday yillararo va davriy o’zgarishlarga iqlimning o’zgaruvchanligi deyiladi.

Agar iqlimning o’rtacha ko’rsatkichlari davriy ravishda muntazam o’zgarib borsa, iqlim o’zgaryapti deyiladi. Ma’lumotlarga ko’ra, Toshkentda iyul oyining o’rtacha havo harorati har yili o’rta hisobda 0,00540S ga oshib, 100 yilda 0,50S ga ko’tarilgan. Yanvar oyining harorati yanada sezilarli o’zgarib, bir yilda 0,0240S yoki 100 yilda 2,40S ga ko’tarilgan. Bu iqlimning yildan-yilga isib borayotganligidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda yillik yog`in-sochin miqdori ham ortib bormoqda.

Orol dengizi maydonining kichikligi tufayli u Orol- bo’yi iqlimiga uncha katta ta’sir etmas, faqat 50 km kenglikdagi qirg`oq bo’yi iqlimni biroz yumshatar edi.

Hozirgi kunda Janubiy Orol bo’yida tabiiy sharoitning o’zgarishi faqat Orol dengizining qurishi hisobiga bo’layotgani yo’q, balki bunga Amudaryo deltasining suv bilan ta’minlanishining yomonlashuvi va ayrim joylarda qurib qolishi, atmosfera umumiy harakatining ta’siri, dengiz sathining pasayishi, havo haroratining ko’tarilishi va boshqa sharoitlar sababchidir.

Janubiy Orol bo’yidagi meteostanstiyadan 1961-1962 yillarda olingan ma’lumotlarini va dengiz qurishining atrof-muhitga ta’sirini o’rganishga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar natijalari Janubiy Orol bo’yida yozgi havo haroratining ko’tarilganini, qishki haroratning esa pasayganini, bahorgi va kuzgi sovuqli kunlarning tez-tez qaytalanishini, havoning quruqlashganini, chang-to’zonli shamolli kunlarning oshganligini, sovuqsiz davrning qisqarganini ko’rsatmoqda.

I.P.Gerasimov va boshqalarning (1983) fikriga ko’ra, Orol dengizi maydonining qisqarishi Orol bo’yida iqlimning kontinentalligining kuchayishiga sabab bo’lgan. Dengiz ta’sirining susayishi esa iyul oyi haroratining 2-2,50S ga ko’tarilishiga va yanvar oyi haroratining 1-20S ga pasayishiga olib kelgan. Iqlimning bunday o’zgarishi faqat sobiq qirg`oq bo’yida va Orol dengizining qurigan qismida kuzatiladi. Lekin ayrim olimlar fikriga ko’ra, Orol dengizining qurishi Janubiy Orol bo’yi iqlimiga 400 km gacha va undan ham ko’proq masofaga ta’sir etadi.

O’zbekistonlik olimlarning qorni sun’iy yog`dirish bo’yicha 90-nchi yillarda Piskom vodiysida olib borgan tajribalari ham diqqatga sazovordir. Ular 4 oy davomida vaqti-vaqti bilan bulutlarga «quruq muz kukuni» bilan ta’sir etib, tajriba zonasida bir yilda yog`adigan qor miqdorini 15 % ga ko’paytirishga erishganlar. Buni ham odamzotning iqlimni o’zgartirishiga urinishi desa bo’ladi.

Insoniyat iqlimning tabiiy omillar ta’sirida o’zgarayotganidan ko’ra antropogen omillar ta’sirida sodir bo’layotgan o’zgarishlaridan ko’proq tashvishga tushayapti. Inson faoliyati tufayli atmosfera havosining tarkibida o’zgarishlar paydo bo’layapti. Bundan kelib chiqadigan muammolar orasida kislotali yomg`irlar, havo orqali zaharli va kimyoviy moddalarning ko’chishi, ozon qatlamidagi o’zgarishlar va ultra binafsha radiastiyaning ko’payishi hamda isitgich vositalari ta’sirida dunyo miqyosidagi haroratning ko’tarilishi ayniqsa tashvish uyg`otmoqda.
Qo’shimcha: Barotov P.
O`zbekiston hududi serquyoshligi, yozda havo va tuproq yuzasining qizib ketishi va yozning uzoq davom etishi, juda ham kontenentalligi bilan, hamda yillik yog`in miqdorining juda ham kamligi, ya'ni qurg`oqchilligi bilan ajralib turadi.

O`zbekistonning mu'tadil iqlim mintaqasida, Ustyurt hududi qurg`oqchilligi, qishining uzoq davom etib sovuqligi, yil bo`yi yog`in sochinning deyarli bir tekis taqsimlanishi, subtropik mintaqada joylashgan, qolgan qismi esa yozining quruqligi, issiqligi, qishining esa nisbatan iliqroqligi bilan ajralib turadi.

Respublikamiz iqlimini tarkib topishi uning geografik o`rniga, quyosh radiatsiyasiga, atmosfera sirkulyatsiyasiga, yer yuzasining xarakteriga va tuzilishiga hamda inson faoliyatiga bog`liqdir.

Respublikamizda yil davomida quyoshli kunlar ko`p bo`lib, katta miqdorda quyosh radiatsiyasini oladi. Quyoshdan yer yuzasiga tushadigan issiqlik miqdori yil davomida har bir kv. sm yuzasi 139 –160 kkalni tashkil etadi. Yozda qishdagiga nisbatan 4-5 marta ko`proq issiq tushadi, Demak,O`zbekiston hududi janubiy kengliklarda joylashib quyoshdan katta miqdorda energiya oladi. Shuning uchun O`zbekistonda havo haroratining o`rtacha ko`p yillik ko`rsatkichlari yozda ancha yuqori (+27 C +31 C), yoz juda ham issiq , hamda uzoq davom etadi.

Qishda esa O`zbekiston hududining, shimol va g`arb tomonlari tekislikdan iborat bo`lgani va orografik to`siqlarning yo`qligi uchun, shimoldan sovuq havo massalari ham bemalol kirib kelib, Qish oyi haroratini tushurib yuboradi va bizning hududimiz kengliklariga, ayniqsa janubiga mos bo`lmagan havo haroratining pasayib ketishiga sabab bo`ladi. O`zbekistonda havo haroratining yillik amplitudasi qo`shni hududlarga nisbatan katta ko`rsatkichlarni tashkil qiladi. Bu esa uning iqlimini juda ham yuqori darajada kontinentalligini ko`rsatadi.

O`zbekistonning katta qismini egallagan tekislik tog` oldi qiyaliklarida nam yetarli emas, chunki Atlantikadan kelayotgan nam havo massalari O`zbekistonga kelgunga qadar ma'lum miqdorda namini yo`qotib, yilning issiq faslida kuchsiz holatda kirib keladi. Shu munosabat bilan O`zbekiston iqlimi juda ham qurg`oqchil bo`lib qoladi. Uning ko`rinishlari yog`in sochin miqdorining kamligi (100 - 300mm), yoz kunlari kunduzi nisbiy namlikning pastligi, bulutlilikning kamligi va uning natijasida quyosh nur sochib turadigan soatning ko`pligi va xokazolardan iborat. O`zbekiston iqlimining xos xususiyatlaridan bo`lgan quyoshning nur sochib turish davrining (soatning) uzoqligi. Kontinentallik va qurg`oqchilik O`zbekistonning 80 % ga yaqin hududini egallagan tekislik qismida yaqqol ko`zga tashlanadi.

O`zbekistonning asosan sharqiy va janubiy qismini egallagan tog`larda yer yuzasining balandlashib borishi, yon bag`irlarining tutgan o`rniga, tog` vodiylarining kengligi va chuqurligi hamda ularni bir biriga nisbatan joylashishiga iqlim tog`larda tekislikdagiga nisbatan o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`la boshlaydi. Balandga ko`tarilgan sari atmosferaning tiniqligi, quyosh radiatsiyasining kuchi orta boradi, atmosfera bosimi, havo harorati pasaya boradi, havo namligi o`zgaradi, yog`in sochinning miqdori oshadi, ularning xarakteri o`zgaradi. Lekin, O`zbekiston uchun xos bo`lgan iqlimning umumiy xususiyatlari tog`larda ham umuman saqlanib qoladi.

O`zbekiston iqlimining tarkib topishida relyefi, qishda atmosfera sirkulyatsiyasi, yozda esa Quyosh radiatsiyasi muhim rol o`ynaydi. O`zbekistonning iqlim sharoitiga inson ham ta'sir ko`rsatadi. Masalan, sug`orib ekin ekiladigan vohalarda yozda havoning harorati atrofdagi cho`llarga nisbatan 1,5- 3,0 gradus past, sutkalik amplitudasi kamroq, nisbiy namligi 10-15 % dan oshiq, salqin bo`ladi. Xullas, o`ziga xos voha iqlimi hosil bo`ladi.

Meteorologik rejimning eng asosiy ko`rsatkichlaridan biri bu havo haroratidir. O`zbekistonning tekislik qismida havoning yillik o`rtacha harorati O gradusdan yuqori. U chekka shimolida 8,6 C, janubida +18 gradusgacha o`zgaradi, tog`larda 2200- 2500 metr absalyut balandlikda manfiyga tushib qoladi. Eng sovuq oy yanvarning o`rtacha harorati faqat O`zbekistonning junubida 0 gradusdan yuqori, Sherobodda +3,6 gradus, Termizda +2,8 gradus, G`uzorda +1,9 gradus bo`ladi. Shimoliy g`arbga borgan sari harorat pasaya boradi va Zarafshon vodiysida 0 - 2 gradus, Mirzacho`l va Qizilqumda -2 gradus, -4 gradus. Xorazm vohasida -5-7 gradus. Ustyurt platosida esa - 8-11gradus bo`ladi. Tog` oldi hududlarida (500 -1200 m balandlikda) havo harorati pastroq joylarga nisbatan iliqroq bo`ladi. Tog` oldidan balandga ko`tarila borganda havo harorati pasaya boradi. Chimyonda (1438m) -4,6 gradus. Kulvasoyda (balandlik -2100m) -5,9 gradusdir. Minus 6 gradus izoterma Hisor tog`larida 1800-2500 m balandlikdan o`tadi.

Minimal harorat Toshkent-Mirzacho`l hududida –28; -35gradusgacha, Surxondaryoda -20 -25gradus, Ustyurtda -37 gradusgacha yetadi. Iliq qish (ya'ni o`simliklarni o`sishi davom etadigan) Surxondaryoning quyi va o`rta oqimida hamma qishlarning 80- 100% i Toshkent, Mirzacho`l, Farg`ona vodiysi 30- 50%, Xorazmda 0-5% ni tashkil etadi. Yoz oylarida O`zbekiston hududida mahalliy issiq tropik havo qoplab oladi. Iyul oyining o`rtacha harorati O`zbekistonning tekislik va tog` oldi hududlarida 25-30gradus orasida o`zgaradi. Termiz va Sherobodda 31-32gradusga yetadi. 30 gradus izoterma Qizilqumning markaziy rayonlarini egallab turadi. Absalyut maksimal harorat esa tekislik va tog` oldilarida + 42 +47 gradus atroflarida bo`ladi. 1914 yilning 21 iyunida Termizda harorat +49,5 gradusga yetgan.

Respublikamizdagi yog`inlarning asosiy qismini Atlantikadan esuvchi nam havo massalari keltiradi. O`zbekistonning g`arbiy qismida yillik o`rtacha yog`in 100 mm atrofida va undan ham kam. Sharq va janubiy-sharqqa tomon yer yuzasining o`zgarishi tufayli yog`in miqdori ham orta boradi va 700-800 mm gacha yetadi. O`zbekistonda yog`inlarning asosiy qismi qish va bahor oylariga to`g`ri keladi. Qor respublikamizda hamma joyida yog`adi, ammo tekisliklarda uzoq saqlanmaydi. Surxondaryo viloyatining tekislik va tog` oldi rayonlarida, Buxoro viloyatining janubida qor o`rta hisobda 20-25 kun, qolgan hududlarda 20-45 kun saqlanadi. Tog`larda qor 2- 6 oygacha erimaydi va qor qoplamining qalinligi 0,5-1,0 metr va undan ziyod, tekisliklarda 5-10 sm, ayrim hollarda 20- 30 sm dan oshadi.

Respublikamizda atmosfera havosini muhofaza qilish dolzarb bo`lib qolmoqda, chunki har yili sanoat korxonalari, transport vositalari tomonidan atmosfera havosiga 2,5mln. tonna atrofida turli zaharli chiqindilar chiqarilmoqda.

Iqlim resurslariga issiqlik resursi, gellioresurs shamol energiyasi va davolanishdagi ahamiyati kiradi.

O`zbekiston xo`jaligi, xususan qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan eng muhim omillardan biri bu issiqlik resursidir. Chunki qishloq xo`jaligi ekinlarining pishib yetilishi uchun, mevalarning shirin bo`lishi uchun ma'lum darajada issiqlik talab etiladi. Bu jihatdan qaraganda O`zbekiston juda qulay issiqlik resursiga ega.

O`zbekiston tekislik qismida yil bo`yi, ayniqsa yozda bulutsiz bo`lib, quyosh uzoq vaqt yoritib, nur sochib turadi. Jumhuriyatimizning tekislik va tog` oldi qismlarida quyosh bir yilda 2500 soatdan 3000 soatgacha nur sochib turadi. O`zbekiston gelioresursga ancha boy o`lka hisoblanib, uning hududiga yiliga o`rtacha tushayotgan quyosh energiyasi miqdori 30 mlr. tonna ko`mir ekvivalentiga teng.

O`zbekiston Fanlar Akademiyasining «Quyosh ishlab chiqarish birlashmasi» ning Parkentdagi tajriba maydonida, quyosh energiyasidan foydalanish sohasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Maxsus laboratoriyalarda quyosh energiyasini elektr, mexanik energiyaga aylantirib, juda katta miqdordagi haroratni vujudga keltirmoqda. Yaqin kelajakda olimlarimiz gelioresurslardan foydalanishning ilg`or usullarini qidirib, izlab topadilarki, natijada quyosh energiyasini issiqlik va elektr energiyasiga aylantirib foydalanishga keng yo`l ochib beradi.

O`zbekistonning issiq, quruq va serquyosh iqlimi ko`p kasalliklarni, xususan buyrak shamollashi kasalligini davolashda ahamiyatli hisoblanadi. Chunki buyrak shamollash kasali bilan og’rigan kishilar buyragini juda tinch saqlashi kerak. Bunda teri buyrak vazifasini bajarishi lozim. Teri bunday vazifani faqat issiq, quruq va quyoshli iqlimiy sharoitdagina bajara olishi mumkin. Bunday iqlimiy sharoit O`zbekistonning tekislik qismida mavjud. Shu sababli Buxoroda buyrak kasalini davolaydigan sanatoriy joylashgan.

O`zbekistoning tog`li qismidagi havo nisbatan va o`rtacha quruq bo`lib, o`pka, yurak – qon tomir, astma, bronxit va boshqa kasalliklarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Bulardan tashqari, dam olib, hordiq chiqarish uchun zarur bo`lgan sanatoriya va dam olish uylari ham toza havoli tog`li joylarda, xususan G`arbiy Tyanshan, Hisor va Farg`ona vodiysini o`rab olgan tog`larda joylashgan. Bunga Bo`stonliq tumanidagi Chimyon, Oqtosh, Farg`ona vodiysidagi Shoximardon kabi shifobaxsh joylar yaqqol misoldir.

MA’RUZA №5



O’zbekiston suvlari.
O’zbekistonning iqlimi g`oyat quruq bo’lishiga qaramasdan uning hududida daryo va ko’llar ancha ko’p. Lekin ular respublikamizda notekis joylashgan. Tekislik qismida oqar suvlar juda kam. Tog`larida esa serirmoq daryolar, katta-kichik soy va jilg`alar juda ham ko’p. Tog`lardan oqib tushgan daryolar tekislikka kelishi bilan asosan ekin dalalarini sug`orishga sarf bo’ladi, qisman bug`lanadi, yer ostiga sizib ketadi va shunday qilib, suvi asta-sekin kamayib qoladi. Shuning uchun ham O’zbekiston daryolarining ko’pchiligi ma’lum bir suv havzasiga quyilmasdan tugab qoladi.

O’zbekistonning tog`larini o’rab turgan tog` oldi tekisliklarida ham gidrografik tarmoqlar ko’p, lekin ularning ko’pchiligi bosh daryolar va ularning irmoqlaridan suv olib tevarak-atrofdagi yerlarni sug`orish uchun tarqatib beruvchi kanallar va ariqlardan iborat. Binobarin, O’zbekiston tog`lari yog`in suvi yig`iladigan asosiy joy bo’lsa, tekisliklar suv sarf bo’ladigan va bug`lanadigan hududlardir. Oqim doimiy oqar suvlardan, vaqtincha oqar suvlar va qorasuvlardan tashkil topgan.

O’zbekistonda ko’llar ham notekis taqsimlangan. Ko’llarning ko’pchiligi tekisliklarda, asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon vodiylarida va deltalarida, vohalarning chekkalarida joylashgan. Katta maydonni egallagan cho’llarda esa tabiiy ko’llar juda kam. Ular daryolarning qayirlarida saqlanib qolgan. Tog`lik qismida ko’llar 2000-3000 m balandlikda, ayniqsa 3000 m dan yuqorida eng ko’p uchraydi.

O’zbekiston tog`laridagi muzliklar ham hududda notekis taqsimlangan. Muzliklar Piskom, Hisor tog` tizmalarining g`arbiy, janubi-g`arbiy yonbag`irlarining 3500 metrdan baland qismlarida ko’proq uchraydi.

Respublikamizda daryo va ko’llarning notekis taqsimlanganligiga asosiy sabab O’zbekiston hududining iqlimiy, gidrologik va orografik xususiyatlaridir. Respublika maydonining 20 % ga yaqiniga yil davomida 80-200 mm, qolgan 80 % iga esa 200-300 mm va undan ko’p yog`in tushadi. Yog`inning asosiy qismi qish va bahor oylariga to’g`ri keladi. Yozda yog`ingarchilik juda kam bo’ladi.

O’zbekistonning tekislik qismida Quyosh radiastiyasining katta bo’lishi, havoning quruq va issiq kelishi, yog`inning oz yog`ishi, qorning kamligi va uzoq turmasligi, yer yuzasi nishobliining kamligi hamda qumoq, qum jisnlarining keng tarqalgani oqimlar, ayniqsa oqar suvlar hosil bo’lishiga imkon yaratmaydi. Shuning uchun O’zbekistonning tekislik qismida doimiy oqar suvlar hosil bo’lmaydi. Faqatgina gil keng tarqalgan va taqirli erlarda qattiq jala yog`ganda, qor birdan eriganda vaqtincha oqar suvlar vujudga keladi.

Vaqtincha oqar suvlar va qurib qoladigan soylar O’zbekistonning tog` oldi mintaqasida va tog` etaklarida ham ko’p.

O’zbekistonning janubi-sharqida joylashgan tog`lik qismi iqlimiga relef, birinchi navbatda mutlaq balandlik juda katta ta’sir ko’rsatadi. Yuqoriga ko’tarilgan sari yog`in miqdori ham ortadi, havo sovuqroq keladi, qalinroq qor qoplami hosil bo’lib, uzoqroq turadi, namning bug`lanishi va erga shimilishi kam bo’ladi. Shunga ko’ra tog`lar muhim iqlimiy-gidrologik omil bo’lib, ular namlikni to’plab beradi. Bu bilan tog`lar oqar suvlar hamda yer osti suvlarining hosil bo’lishiga qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun O’zbekiston tog`larida daryolar ko’p.

O’zbekiston tog`lari O’rta Osiyodagi oqim vujudga keladigan tog`li hududning bir qismi hisoblanadi. Ammo respublika hududidagi tog`larda O’zbekiston yer usti suvlarining faqat oz qismi vujudga keladi. Respublikamizdagi ko’p daryolarning bosh qismi Tojikiston va Qirg`izistondagi doimiy qor hamda muzliklar ko’p bo’lgan baland tog`larda joylashgan.

O’zbekistonda foydalaniladigan daryo suvlarining faqat 10 %i (10 km3 atrofida) respublika hududida vujudga keladi, qolgan 90 %i, ya’ni 89 km3 suv manbai mamlakatdan tashqarida joylashgan. Bevosita O’zbekiston hududida vujudga keladigan daryo oqimi Amudaryo havzasi umumiy oqimining 6 % ini, Sirdaryo havzasi oqimining 15 % ini tashkil qiladi.

O’zbekiston hududi gidrografik jihatidan ochiq dengiz va okeanlar bilan bevosita bog`lanmagan berk havzadan iborat.

O’zbekiston daryolari dunyo okeaniga tabiiy bog`lanmagan Orol havzasiga kiradi.



Daryolar. V.L.Shulst O’zbekiston hududidagi daryolarni to’yinish manbaiga qarab 4 ta turga ajratadi.

I. Muzlik va qor suvlaridan to’yinadigan daryolar.

II. Qor va muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar.

III. Qor suvlaridan to’yinadigan daryolar.

IV. Qor va yomg`ir suvlaridan to’yinadigan daryolar.

Biroq bu to’yinish turlari shartlidir. Ma’lumki, tog` daryolarining to’yinishi jihatidan qaysi turga kirishi shu daryolarning ma’lum bir kuzatish punktiga nisbatan aniqlanadi va daryoning hamma qismi xususiyatini aks etdirmaydi. Bundan tashqari daryolarning to’yinish sharoitlari yildan yilga ham o’zgarishi mumkin.

I. Respublikamizdagi Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Oqsuv, Xo’jabaqirgan, Sox, Isfara kabi daryolarning bosh qismlari tog`larda 4500 m. dan balandda joylashgan muzliklar va doimiy qorlar suvidan to’yinadi. Bu xil daryolarda oqim yillar davomida eng kam o’zgaradi, yillik oqimda to’lin suv davri eng kech bo’lib, asosan iyul-avgust oylariga to’g`ri keladi. Bu oylarda oqib o’tgan suv yillik oqim miqdorining 30-38 % i ni tashkil etadi. Chunki bu oylarda havo xaroratining ko’tarilishi tufayli tog`larning baland qismidagi muz va qorlar eriydi. Daryo suvining eng kamaygan davri, aksincha qish oylariga to’g`ri keladi.

II. O’zbekistonning Sirdaryo, Norin, Qurshob, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan to’yinadi. Bu turdagi daryolarning oqimi ko’proq mavsumiy qor va kamroq miqdorda ko’p yillik qorlarning erishi hisobiga hosil bo’ladi, muzlik suvlarining hissasi ancha kam-yillik oqimning 15% i gacha boradi. Bu daryolarda to’lin suv davri may-iyun oylariga to’g`ri kelib, bu oylarda yillik oqimning 30-40 % i o’tadi. Kamsuvlik davri esa dekabr-fevral oylariga to’g`ri keladi.

III. Qashqadaryo, G`uzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G`ovasoy kabi suv yig`ish maydonlari 3400 metrdan pastda joylashgan daryolar asosan mavsumiy qorlar suvi hisobiga to’yinadi. Bu daryolar to’yinishida ko’p yillik qor va muzliklarning hissasi juda kam, to’lin suv davri esa ertaroq, ya’ni aprel-may oylarida qorlarning erishi natijasida kuzatiladi va yillik oqimning 60 % gacha qismini tashkil etadi. Yozda esa bu tipdagi daryolar suvi kamayib qoladi.

IV. Kalas, Zominsuv, Sheroboddaryo kabi suv yig`ish maydonlari 2000 metrdan pastda joylashgan daryolar qor-yomg`ir va yer osti suvlaridan to’yinadi. Bu turdagi daryolarda to’lin suv davri juda erta, bahor boshida (mart-aprel oylarida) bo’lib o’tadi va bu davrda yillik oqimning 80 % i oqib o’tadi. Chunki bu davrda tez-tez yomg`ir yog`adi, qorlarning erishi tezlashadi. Aksincha yozning ikkinchi yarmida daryolar suvi juda kamayib, ba’zi soylarning suvi esa qurib qoladi.

O’zbekistonda doimiy oqimga ega yoki qurib qoluvchi mayda soylar asosan chekkadagi tog` tizmalarida, tog` oldilarida, past tog`larda ko’p uchraydi. Ularning soni Farg`ona vodiysining o’zida 6500 ta, Zarafshonning o’rta oqimida 120 tadan ko’proq, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq daryosi havzalarida ham ancha ko’p. Soylar havzasining o’rtacha balandligi 1000-2000 m. oralig`ida, to’yinish manbalari qor-yomg`ir va buloq suvlaridan iborat, to’lin suv davri fevral-iyun oylariga to’g`ri keladi va bu davrda yillik oqimning 50-100 % oqib o’tadi.O’rtacha yillik oqim miqdori ko’pchilik soylarda 0,02-0,1 m3 G`sekundga to’g`ri keladi. Lekin sel kelganda soylarda katta miqdorda suv o’tadi. Sel suvlari miqdori soylarning bir yillik oqimidan ham ko’p bo’lishi mumkin.

Sel respublikamizning tog` oldi hududlarida kuzatilib, ancha tashvishlar keltiradi. Dahshatli sel hodisalari asosan, o’rmonsiz tog`lardan oqib tushadigan soylarda jala tarzida yoqqan yomg`irdan sodir bo’ladi. Bahordagi iliq yomg`irlar tog`dagi qorlarni eritgach soylarda suv miqdori bir necha barobar ortib ketadi. Sel asosan aprel (22 %), may (30 %), iyun (18 %) oylarida ro’y beradi. Sel tez nuraydigan tog` jinslari tarqalgan hamda eroziya mahsulotlari yig`ilib qolgan soylarda ko’proq yuz beradi. 1977-1990 yillarda Farg`ona vodiysida 1000 dan marta ortiq, Qashqadaryo tog`li hududida 180 dan ortiq sel hodisasi qayd qilingan. Bu hududlarda hozir ham sel kelish xavfi mavjud, chunki bitta Farg`ona vodiysining o’zida sel o’tadigan 270 dan ortiq soy bor. Respublikada sel o’tadigan havzalarning maydoni 93,5 ming km2 dan ortiqroq.

Ko’p yillik o’rtacha oqim miqdori O’zbekistonda ham asosan iqlimiy omillarga, eng avvalo, yog`in miqdori bilan bug`lanish miqdoriga bog`liq. Qolgan hamma tabiiy-geografik omillar-daryo havzasining relyefi, tuprog`i, o’simliklar qoplami va geologik tuzilishi ko’p yillik o’rtacha oqim miqdoriga ta’sir ko’rsatsa ham, ularning ta’siri asosan yog`in va bug`lanish miqdoriga ta’sir etish orqali bo’ladi. O’zbekiston tog`larida ko’p yillik o’rtacha oqimning miqdori bir xil emas. Nam havo oqimiga ochiq va ular yo’nalishiga ro’para bo’lgan chetki tog` tizmalarining g`arbiy, janubi-g`arbiy va janubiy yonbag`irilaridagi daryolar (Chirchiq, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim irmoqlari) suv yig`ilish maydonlari sersuvligi bilan ajralib turadi. Bu joylarda o’rtacha balandligi 3000 m bo’lgan suv yig`ilish maydonlarida o’rtacha oqim moduli 40 l/cek/km2 dan ortiq, o’rtacha balandligi 3500 m bo’lgan suv yig`ilishi maydonlarida esa 50 l/sek/km2 gacha etadi. Aksincha tog`larning nam havo oqimiga teskari yonbag`irlarida va past tog`larda (mutlaq balandligi 1000 m atrofida) o’rtacha oqim moduli kamayib, 7-12 l/sek/km2 ga, ayrim joylarda hatto 1-2 l/sek/km2 ga tushib qoladi.

Daryolar suvining harorati va muzlash hodisalari Daryolarda suvning muzlashi va uning davomiyligi, suv organizmlarining yashay olishi va ko’payishi, daryo suvidan iste’molda, xalq xo’jaligida foydalanish jihatdan suvning haroratiga bog`liq bo’ladi. O’zbekistonning tog`lik qismida daryo suvining ko’p yillik o’rtacha harorati daryolarning doimiy qor va muzliklardan chiqaverish joylarida 00 atrofida bo’lsa, ularning tekisliklarga chiqish joylari yaqinida 10-120, tekislikdagi qismlarida 14-15 0 ga teng, ayrim joylarda undan ham yuqori bo’lishi mumkin.

Suvning o’rtacha ko’p yillik harorati daryolardagi suv hajmiga, daryolarga tushayotgan yer osti suvlarining miqdori va haroratiga, suv harorati o’lchanayotgan joy xususiyatiga bog`liq bo’ladi. Tog` daryolarida oqish tomon suv harorati ortib borsa, tekisliklardagi janubdan shimolga oqadigan yirik daryolarda ma’lum joygacha suvning isib borishi, so’ngra sovushi kuzatiladi. V.L.Shulst va R.Mashrapov ma’lumotlariga ko’ra, Amudaryoda suvning ko’p yillik harorati Termiz shahri yonida +13,40, Karki shahri yonida +14,6 0 To’rtko’l shahri yonida esa +12,4 0 ga teng. Respublikamiz daryolarida suvi asosan iyulda, kamroq avgustda eng iliq bo’lsa, yanvar oyida va kamroq dekabr oyida eng sovuq bo’ladi. Daryolar suvi haroratiga antropogen omillar ham ta’sir ko’rsataboshladi. Masalan, Chorvoq suv omborida 2 mlrd. m3 gacha suv to’plash mumkin. Uning maydoni 40,3 km2, o’rtacha chuqurligi 49,4 m, eng chuqur eri 148 m. Suv ombori qor-muz suvlaridan to’yinadigan daryolar turiga kiradigan Chotqol, Piskom, Ko’ksuv daryolari hisobiga (96 %) va 20 dan ortiq soylar hamda yog`in-sochin (1%) hisobiga to’yinadi. Yilda yig`ilgan suvning 95% i gidrouzeldagi suv chiqaradigan inshootlardan chiqarib yuboriladi. Ular balandligi 168 metrli to’g`onning eng past qismiga o’rnatilgan. Shu sababli suv omboridan ancha sovugan suv chiqadi. Uning harorati suv omboriga quyilayotgan daryolar suvi haroratidan ham past. Bu suv bilan sug`orilayotgan ekinlarning pishib etilishi biroz kechikadi. Qishga tomon havoning sovub borishi va suv haroratining 00 ga qadar tushishi natijasida daryolarda suv muzlashi ro’y beradi. O’zbekistonning tog`li qismida daryolar o’zani nishabi katta bo’lganidan tez oqadi, o’zani toshloq, serostona bo’ladi. Shuning uchun ular muzlamaydi, faqat shovush (suv ichida hosil bo’ladigan va so’ngra suv betiga qalqib chiqadigan muzlar)oqadi. Suvning yoppasiga muzlashi suv sekin oqadigan keng vodiylarda kuzatiladi. Amudaryo va Sirdaryo kabi janubdan shimolga oqadigan daryolarning tekislikda oqadigan o’rta va quyi qismida suvning yoppasiga muzlashiga sharoit mavjud.

Respublikamizning asosiy daryolarida kuzatiladigan muzlik hodisalari, ularning turlari va daryo bo’ylab taqsimlanishi hamda davom etish vaqtlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, Amudaryoning yuqori oqimida suv muzlashi ayrim yillardagina kuzatiladi va qisqa vaqt davom etadi. Daryo quyi oqimiga tamon suv muzlash davri uzoqqa cho’ziladi. Suvning muzlashi o’rtacha hisobda Termiz yaqinida yiliga 4 kun, Nukus shahri yonida 68 kun davom etadi.

Sirdaryo Farg`ona vodiysida kamdan-kam yillarda va faqat muz tiqilgan joylardagina tutash muzlaydi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling