1. Gipertimik tip. Bu shaxs chaqqon, muloqotchan, sergap, mimika va pantomimika rivojlanganligi bilan ajratib turadi. Me’yordan ortiqcha mustaqil, ba’zan sho‘xIik qiladi, boshqalar bilan munosabatda psixologik distansiyani noto‘g‘ri his etadi. Suhbatda boshlangan mavzuni qoldirib beixtiyor boshqa mavzuga o‘tib ketadi. Tengdoshlar davrasini xush ko‘radi, shovqin suron o‘rnatib, ularni boshqarishga intiladi. Ko‘pincha kayfiyati chog‘, salomatligi yaxshi, uyqusi xotirjam, chehrasi ochiq, serharakat, ishtahasi karnay, kayfu safoga intiladi. Bu shaxs o‘ziga baxo berishi baland, shodon, yengiltak, shu bilan birga ishchan, tadbirkor, zeriktirmaydigan suhbatdosh. Tashabbuskor, boshqalarni ko‘nglini ko‘tara oladigan, serharakat. Haddan tashqari mustaqillika intilishi ziddiyatga sabab bo‘lishi mumkin. Omadsizlik yoki qat’iy to‘sqinlikka duchor bo‘lsa badjahl va darg‘azab bo‘ladi. Axloqsiz xatti -harakatlarga moyil, puxta o‘ylanmagan rejalarni odamlarga tavsiya etadi. O‘z vazifa va majburiyatlariga jiddiy munosabatda bo‘lmaydi. Qat’iy intizom, bir maromdagi faoliyatga, yolg‘izlikka bardosh berolmaydi.
2. Botib qoluvchi tip: bu shaxs kamgap, muloqotchanligi sust, pand- nasihat qilishni sevuvchi. Ko‘pincha boshqalarning o‘ziga bo‘lgan munosabatini nohaq deb iztirob chekadi. Shu bois odamlarga nisbatan sergak va ishonqiramaydigan, tez xafa bo‘ladigan, ko‘ngli nozik, gumonsurovchi, qasdini olmay qo‘ymaydigan, xafagarchilikdan chiqa olmaydigan. Boshqalarni mensimay tez- tez mojarolar sababchisi bo‘ladi. Izzattalabligi avj olib o‘z manfaatlarini qat’iy himoya qiladi. o‘z bilganidan qolmaydigan, har bir ishda yuksak ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishga harakat qiladi, o‘z maqsadiga erishishda tinimsiz. Haqparast, rashkchi, hadiksirovchi. Affektga moyillik- asosiy xususiyati. Motorika, tafakkur, affektlarning namoyon bo‘lishi inert.
3. Empatiya. ekzoltatsiyalangan tipga yaqin, lekin namoyon bo‘lishi sekinroq. Nozik tabiat, emotsional, xavotirlanuvchan, qo‘rqoq, ko‘p gapiradigan, nozik hissiyotlarga beriluvchan. Sahnada, filmlarda tajovuzkor xatti- harakatlarni ko‘rsa, ta’sirlanib uzoq vaqt esidan chiqara olmaydi va uyqusi buziladi. Mojaro va ziddiyatlarda juda kam qatnashadi, xafa bo‘lsa ichiga yutib, uniqib yuradi. Ma’suliyatli, burchni o‘ta jiddiy his etadi, o‘simliklarni o‘stirish, jonivorlarni parvarish qilishni yaxshi ko‘radi.Tabiatni asraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |