Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta


Download 0.81 Mb.
bet39/41
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1488378
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)

8. Qo‘zg‘aluvchan tip. Boshqaruvdagi yetishmovchilik, mayl va ishtiyoqlar nazorati sust bo‘lib fiziologik ehtiyojlar shashti yuksak bo‘ladi. Yuqori darajadagi impulsiv, instinktiv, qo‘pol, badqovoq, jahldor, janjalkash, mojaro va ziddiyatlarni ko‘pincha o‘zi uyushtiradi va aktiv qatnashadi. Arzimas narsaga tutaqib ketib, jamoada chiqisholmay, ish joyini tez- tez almashtirib turadi. Muomala - muloqotda murosa qilishi juda past, verbal va noverbal feaksiyalari sust. Biror - bir mehnat, faoliyat bu shaxs uchun qiziqarli emas, majbur bo‘lganidan ishlaydi, o‘qishda qunt yo‘q, ertani o‘ylamay, shu kun bilan yashab ko‘proq ko‘ngilxushlikni ko‘zlaydi. Yuksak impulsivlik yoki hayajon reaksiyasini o‘chirish qiyin, shu bois atrofdagilar uchun xavfli. Hukmini o‘tkazishni yaxshi ko‘radi va atrofiga bo‘ysunuvchan shaxslarni yig‘adi.
9.Distimik tip. Bu shaxs jiddiyligi, tushkunlik kayfiyati, sustkorligi, irodasizligi bilan ajralib turadi. Kelajakka munosabati pessimistik, o‘z o‘zini baholashi past, muloqotchanligi past, indamas darajada kamgap. Shovqin suron davralardan yiroq bo‘lishga harakat qiladi, uydan chiqishni yoqtirmaydigan individualist, turmush tarzi belgilangan chegaradan chiqmaslikka intiladi. Ko‘pincha badqovoq, merov, hayotiy nuqson, kamchilikka ko‘proq etibor beradi. Bu shaxslar vijdonli, do‘stlarni qadrlaydigan va ularga bo‘ysinadigan. Haqni nohaqdan tez ajrata oladigan. Fikr yuritishi tezligi sust.


Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishi bitiruvchisi Odilova Dildoraning “Yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Respublikamizda o`ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub markazida shaxs va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar yotadiki, bu jarayonda psixologik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir shaxs va uning ijtimoiy muhit bilan bog`liq o`ziga xos psixologik imkoniyatlariga yetarlicha baho bermay turib shaxsning taraqqiyotiga hozirgi zamon talablariga mos tarbiyaviy ta`sir etish juda mushkuldir.
Mamlakatimizdagi mustaqil, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yo`lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uning o`zligini anglashdagi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga va ma`naviy barkamol, intellektual hamda aqliy-amaliy jihatdan mukammal yetuk kadrlarni tayyorlash uchun yangi shart-sharoitlar yaratib bermoqda.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi quyidagilar: yetuklik davrining psixologik adabiyotlarni o’rganilganlik darajasi va adabiyotlar tahlili; yetuklik davrining o’ziga xos psixologik jihatlarini o’rganish; pedagog shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’rganishdan iborat qilib belgilangan.
Bitiruv malakaviy ishimizning nazariy ahamiyati: yosh davrlari psixologiyasini nazariy jihatdan boyitish va ushbu soha bilan qiziquvchilarga uslubiy jihatdan yordam ko’rsatadi. O`rganish davomida o`rganilgan adabiyotlar tahlili va olingan empirik natijalar asosida ilgari surilgan ilmiy-nazariy g’oyalar, umumlashma ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalar umumiy psixologiya, ontogenez psixologiya, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, oila psixologiyasi, sohalaridagi bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishi o`rnatilgan talablar asosida tayyorlangan. Ishni ijobiy baholab, himoyaga tavsiya etaman.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling